• 2. Suvning issiqlikdan kengayishi haqida.
  • Kegl cc pechat indd




    Download 1,85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet77/134
    Sana28.06.2024
    Hajmi1,85 Mb.
    #266146
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   134
    Bog'liq
    6-sinf fizika uzb

    1. Bimetall plastina.
    72-rasmda bir-biriga parchinlab mahkam langan 
    ikkita – mis va temir plastina kel tirilgan.
    Bu plastinada mis va temir issiq 
    likdan turlicha kengayadi. Bunday 
    plastina qizdi 
    rilsa, plastina temir tomonga, sovitilsa mis tomonga 
    egiladi. Plastinani juda yuqori temperaturagacha yoki past temperatura-
    gacha sovitilsa nima bo‘ladi? Bu haqda o‘ylab ko‘ring.
    Uning ba’zi bir qo‘llanilishlari haqida to‘xtalib o‘taylik. Uyda 
    ishlati ladigan sovutkich yoki elektr dazmol ishiga razm solsak, 
    sovutkich ma’lum bir vaqt ishlaganidan so‘ng to‘xtaganini, dazmol 
    ham qiziganidan so‘ng qizil chirog‘i o‘chganligini ko‘ramiz. Chunki 
    unda bimetall plastinkali tokni uzib-ulovchi qurilmasi bor. Uning 
    ishlash tamoyili 73-rasmda ko‘rsatilgan.
    tok
    ulovchi
    kontakt
    issiqlik
    73-rasm.
    2. Suvning issiqlikdan kengayishi haqida.
    Suv bilan o‘tkazilgan 
    tajribalar shuni ko‘rsatadiki, sovitilish jarayonida dastlab uning hajmi 
    kamayib boradi. Temperatura 4
    °
    C (uy termometri bilan o‘lchanadi, 
    bu haqda keyingi mavzuda batafsil aytiladi)ga borganda kamayish 
    to‘xtaydi. Sovitish davom ettirilsa, endi uning hajmi, aksincha orta 
    boradi. Bu jarayon suv muzlagunga qadar davom etadi. Demak, 
    suv 4
    °
    C da eng katta zichlikka ega bo‘lar ekan. Shu hodisaga 
    ko‘ra, ko‘llarda qish paytida suvning ustki qismi muzlaydi. Ko‘l 
    tubida esa 4
    °
    C li suv bo‘ladi. Agar suv sovishi natijasida bir xilda 
    muzga aylanguncha hajmi kamayib kelganda edi, ko‘ldagi yoki suv 


    106
    omborlaridagi suv tubidan to ustki qismigacha muzga aylanar edi. 
    Suvda bu paytda hayot ham to‘xtab qolar edi.
    1. Qalin devorli stakan, yupqa devorli stakanga nisbatan issiq suv 
    quyilganda tezroq sinadi. Nima uchun?
    2. 
    Suyuqlik va gazlarning issiqlikdan kengayishidan qayerlarda 
    foyda lanish mumkin?
    3. Benzinni litrlarda o‘lchab sotiladi. Uni kunning qaysi vaqtida 
    olish foydali?

    Download 1,85 Mb.
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   134




    Download 1,85 Mb.
    Pdf ko'rish