• REYTING TIZIMI
  • Amaliy ko’nikmalar ta’lim safatining kafolatlati




    Download 21.67 Kb.
    bet1/2
    Sana06.09.2023
    Hajmi21.67 Kb.
    #80388
      1   2
    Bog'liq
    Amaliy ko’nikmalar
    46.Ataxanov O\'tkir, Mundarija

    AMALIY KO’NIKMALAR TA’LIM SAFATINING KAFOLATLATI

    Ta’lim sarhadlar osha insonlarga ilm tarqatish jarayonidir. Uning sarhadlari cheksizdir. Ta’lim dunyo millatlarini sarhadlar osha bog’lovchi vositadir. Bu sohalar rivojiga ulkan hissa qo’shuvchi yangi g’oya, intilish va innovatsion loyihalar oliy ta’lim tizimidagi o’zaro integratsiyalar asosida vujudga keladi va amaliyotga joriy etiladi. Shu nuqtai nazaridan ham Axborot texnologiyalari (IT) sohasidagi ta’limning globallashuv jarayonlarida amaliy bilim berish metodikalari va mexanizmlariga jididiy e’tibor berishimiz lozim. IT sohasidagi fanlar tendensiya yildan yilga kuchayib bormoqda. Uni o’z vaqtida o’rganish, o’rgatish va mavjud tegishli sohalarga tadbiq etish hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.


    Shiddat bilan rivojlanayotgan IT sohasi afsuski, amaliy jihatdan yetuk professor o‘qituvchilarga muhtoj. IT sohasining fanlari yangilanmoqda, qolaversa zamon talablari asosida yangi fanlar paydo bo‘lmoqda. Shuning uchun IT sohasida ta’lim berish va professor o‘qituvchilar bilim olish faoliyatini tubdan o‘zgartirish mexanizmini ishlab chiqish lozim.
    Mamlakatimizda ikki turdagi oliy ta’lim muassasalari bor. Birinchisi davlat va ikkinchisi nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi. Xususiy (nodavlat) universitetlar har doim o’zlarining maqsadlaridan kelib chiqib, lider bo’lishga harakat qiladi va bunga erishib kelmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri, nadavlat universitetlari faoliyati davomida ko’proq amaliy ko’nikmalarga e’tibor qaratishidir. Shularni inobatga olgan holda men ishlaydigan Perfect University da mavjud barcha kafedralarning asosiy maqsadi “Talabalarga ko‘proq nazariy emas, amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatish va talabalarni mustaqil ishlashini ta’minlagan holda ularning bilimlarini baholashning REYTING TIZIMI ni ishlab chiqish hamda ushbu tizim asosida yetuk kadrlar tayyorlash” hisoblanadi.
    Davlat oliy ta’lim muassasalari nazariy asos, ilmiy ishlanmalar, tadqiqotlar olib borishga ko’nikib qolgan. Misollar bilan ko’rib chiqsak, avvalo, soha mutahassisi bo’lishga hissasi past fanlarining o’quv rejalariga asosiy fan sifatida kiritilishi, fanlardan ajratilayotgan amaliy soatlarning kamligi, fan uzoq yillar o’tilishiga qaramay amaliyot soatlar uchun aniq masalalarning ishlab chiqilmaganligi, yuqori (3, 4-) kurs talabalariga dars beradigan o’qituvchilarning amliy jixatdan ilmiy saviyasining pastligi va shu kabi bir qancha muammoli jarayonlarni keltirish mumkin.
    Bunday muammolarning ba’zilari ya’ni o’quv rejalarni ishlab chiqishda majburiy fanlarni kirish nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining maqsadiga erishishiga katta to’siqlardan biri hisoblanadi. Birinchidan, bu fanlarni o’quv rejalardan olib tashlash mumkin emas. Ikkinchidan, fanlarga ajratilgan nazariy soatlar sonini qisqartirib bo’lmaydi.
    Keyingi o’rinlarda davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari kredit modul tizimi asosida faoliyat olib boradi. Davlat oliy ta’lim muassasalari nazariyaga asoslangan baholash mexanizmini qo’llab quvatlaydi. Masalan: Fan o’quv dasturlari va sillabuslarida mustaqil ta’lim bandlariga katta soatlar berilganiga qaramay, mustaqil ta’limni bajarilishi va qabul qilish mexanizmi to’g’ri yo’lga qo’yilmagan. Bunga asosiy sabablardan biri qilib oqituvchining darslar yuklamasidan mustqil ta’lim qismining olib tashlanganini keltirish mumkin. Valoholaki, kredit-modul tamoyilida asosiy masala qilib quyidagi ikkita masalaga ahamiyat berilishi qatiy belgilab qo’yilgan:

    • talabalarning mustaqil ishlashini ta’minlash;

    • talabalar bilimini reyting asosida baholash.

    Bu ikkita asosiy masala ko’pgina o’qitish tizimidagi quyidagi kamchiliklarga barxam berishi kerak edi:

    • qiziqmaydigan fanlarda majburan o’tirishga;

    • soha uchun foydasiz ma’ruzalarni tinglashga;

    • nazariyaga asoslangan bilimlarga ko’nikib qolishlarga;

    • amaliy darslarning kamligi va real muammolarga bog’lanmagan masalalarni yechishga.

    Lekin davlat oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimining yuqorida keltirilgan asosiy ikkita masalalaridan aylanib o’tib ketilmoqda. Qisqa qilib aytganda, hali ham kredit-modul tizimining eng asosiy ko’rsatgichini ishlash mexanizmi joriy qilinmagan.
    Yuqorida sanab o’tilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida, Perfect University nodavlat oliy ta’lim tashkilotida barcha yo’nalish fanlaridan
    Download 21.67 Kb.
      1   2




    Download 21.67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amaliy ko’nikmalar ta’lim safatining kafolatlati

    Download 21.67 Kb.