• – temperatura va uni o‘lchash haqidagi ma’lumotlarni o‘rganasiz. ISSIQLIK HODISALARI HAQIDA DASTLABKI MA’LUMOTLAR
  • KIRISH SUHBATI
  • Kegl cc pechat indd




    Download 1,85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet74/134
    Sana28.06.2024
    Hajmi1,85 Mb.
    #266146
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   134
    Bog'liq
    6-sinf fizika uzb

    IV
    BOB
    Bu bobda Siz:
    issiqlik manbalari;
    – turli muhitlarda issiqlik o‘t-
    kazuvchanlik;
    – konveksiya hodisasi;
    – nurlanish;
    jismlarning issiqlikdan ken-
    gayishi;
    – issiqlik hodisalari haqida 
    Forobiy, Beruniy va Ibn 
    Sinoning fikrlari;
    – temperatura va uni o‘lchash 
    haqidagi ma’lumotlarni 
    o‘rganasiz.
    ISSIQLIK HODISALARI
    HAQIDA DASTLABKI
    MA’LUMOTLAR


    102
    KIRISH SUHBATI
    Siz televizorda ko‘p marta berilgan «Maugli» haqidagi multfilmni 
    ko‘rgansiz. Unda Maugli o‘z dushmani bo‘lgan yo‘lbarsni yengish 
    uchun «qizil gul»ni (ya’ni olovni) qo‘lga kiritadi. Shundan so‘ng barcha 
    hayvonlar uni endi hayvon emas, balki inson deb qabul qiladi. Inson 
    esa barcha mavjudotlarning podshohi hisoblanadi. Haqiqatan ham, 
    odamlar olovdan foydalana boshlaganlaridan so‘ng turmush tarzi keskin 
    o‘zgargan. Ovqatlarni pishgan holda yeyish, metallarni eritib ov, ish va 
    urush qurollari yasash, isinish va h.k. barchasi olovni hosil qilish va 
    foydalanishni o‘rganish bilan bog‘liqdir. Unga doir ko‘plab afsonalar ham 
    to‘qilgan. Masalan, grek afsonalarida alp Prometey xudolardan olovni 
    olib, insonlarga bergan va undan foydalanishni o‘rgatganligi haqida gap 
    boradi. Hattoki kosmosga qilingan birinchi parvoz haqidagi filmni ham 
    «Olovning tizginlanishi» deb atashgan. Chunki inson yerda, okeanlarda 
    harakatlanishi uchun ishlatiladigan mashinalarda issiqlikdan foydalanish 
    bilan birga, kosmosga ham issiqlik (olovni) ishlata olishi tufayli chiqdi.
    Kundalik turmushda ham Siz issiq, sovuq, qaynoq, iliq, qish, 
    yoz kabi iboralarni ko‘p ishlatasiz. Biz Siz bilan modda tuzilishini 
    o‘rganganimizda bug‘, suv va muz bir xil molekulalardan tashkil 
    topganligini ham bilib oldik. Xo‘sh, unda issiq suv va sovuq suv 
    molekulalari nimasi bilan farqlanadi? Temperatura deganda nimani 
    tushunamiz? Bu kabi savollarga keyingi mavzularda javob olamiz.

    Download 1,85 Mb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   134




    Download 1,85 Mb.
    Pdf ko'rish