104
3.
Og‘zi berk idish issiq suvga tushirildi. Idish ichidagi havo
molekula larining potensial va kinetik energiyalari o‘zgaradimi?
4. Siz o‘qigan qaysi kitobda yoki ko‘rgan kinoda odamlar sun’iy
ravishda olov hosil qilishgan? Qanday usul bilan olinganligini
gapirib bering.
37-MAVZU
JISMLARNING ISSIQLIKDAN KENGAYISHI
10-mavzuda Siz qizdirilgan metall sharning kengayib, halqadan
o‘ta olmagan
ligi bilan tanishgansiz. Suyuqliklarda bu hodisani
o‘rganish uchun shunday tajriba o‘tkazaylik (70-rasm). Uchta
probirka olib ulardan biriga suv, ikkinchisiga yog‘, uchinchisiga sut
quyaylik. Probirkalar og‘ziga o‘rtasida nay
chasi bor tiqin o‘rnataylik.
Probirkalarni suvli idishga 70-rasmda ko‘rsatilganidek qo‘yib, tagidan
isitaylik. Suv isigan sari asta-sekin naychalardan
suyuqliklar yuqoriga
ko‘tarila boshlaydi. Demak, suyuqliklar ham isitilganda kengayar
ekan. Bunda suyuqliklarning naychadan ko‘tarilish balandligi turlicha
bo‘lgan ligidan, ularning kengayishi ham turlicha bo‘ladi. Gazlarning
issiq likdan kengayishini o‘rganish uchun bir kolbani olib,
uning ham
og‘ziga naychasi bor tiqin o‘rnataylik (71-rasm). Naycha uchini suvga
tiqib, kolbani ushlagan holda ozroq siypalab turamiz. Shunda naycha
uchidan suvga havo pufakchalari chiqa boshlaganini ko‘ramiz. Bunga
sabab kolba qo‘l harorati tufayli ichidagi havosi bilan birga isiydi.
Isigan gaz kengayib pufakcha shaklida chiqib ketadi. Kolba bo‘g‘zini
shtativga o‘rnatib
shu holda qoldirilsa, birozdan so‘ng naychadan suv
yuqoriga ko‘tarilganligini ko‘rish mumkin. Sababi soviganda kolbadagi
havo siqiladi.
72-rasm.
70-rasm. 71-rasm.
mis
temir
muz
Shunday qilib, moddalar (qattiq, suyuq va gazsimon) issiqlikdan
ken gayadi,
sovuq
likdan torayadi. Bu hodisaning sababi oldingi
105
mavzuda ay
tilgan molekulyar harakatdir. Moddalarning bu
xossasidan turmushda va texnikada keng foydala
niladi. Temir yo‘l
relslarini o‘rnatishda ularni bir-biriga jips tegmaydigan qilib o‘r-
natiladi. Elektr o‘tka
zuvchi simlarni ustun
lar ga yoz kunida biroz
osiltirib torti
ladi. Qishda to
rayish eva
ziga
uzilib ketmasligi uchun
shun day qilinadi. Shisha stakan
larga issiq suvni birdaniga quyib
bo‘lmaydi. Chunki, uning ichki qismi issiqlikdan tez kengayadi.
Tash qarisi esa kengayib ulgur maydi. Shu sababli stakan si nib ketadi.