103
issiqlik chiqib havoga o‘tadi va h.k. Shunga ko‘ra uni o‘lchash uchun
alohida «issiqlik miqdori» degan fizik kattalik kiritilgan. Shunday
tajriba o‘tkazaylik. Sovuq qish kunida ikkita muz parchasini qalin
qo‘lqop bilan ushlab (qo‘lingizning issig‘i muzga o‘tmasligi uchun),
ularni bir-biriga ishqalab ko‘raylik. Shunda muzlar erib, suv tomchilay
boshlaydi. Muzni eritish uchun unga issiqlik nimadan berildi?
Qadimda odamlar ikkita yog‘ochni ishqalab olov hosil qilganlar. Simni
ham bir joyidan bir necha marta tez-tez buklansa, o‘sha joyi qizib
ketadi. Og‘ir bolg‘ani ko‘tarib metall bo‘lagiga bir necha marta urilsa,
metall ham isiydi. Bularning barchasida mexanik energiya issiqlik
energiyasiga aylanadi. Shunga o‘xshash ishqalangan barcha jismlarning
qizishini turmushda uchratgansiz. Ular haqida eslab ko‘ring. Mana
shunday tajribalar, issiqlik ham energiyaning bir turi ekanligi
haqidagi xulosaga olib keldi. Unda potensial va kinetik energiyadan
qaysi biri issiqlik energiyasiga mos keladi? Yoki bir vaqtda ikkalasi
hammi? Ma’lumki, moddalar mayda zarralardan tashkil topgan va
ular to‘xtovsiz harakatda bo‘ladi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki,
agar modda isitilsa, zarralar harakati tezlashadi. Bundan