95
1. Ponani to‘nkaga qoqishda ham ish bajariladimi?
2. Masofadan yutuq beradigan blok chizmasini chiza olasizmi?
3. Yo‘ldan yutish uchun ko‘char blokdan qanday foydalanish kerak?
35-MAVZU
MEXANIKANING OLTIN QOIDASI.
MEXANIZMNING FOYDALI ISH KOEFFITSIYENTI
Yuqorida Siz oddiy mexanizmlarning ishdan yutuq bermas
-
ligi bilan tanishdingiz. Buni kengroq ma’noda qaralsa,
«har
qanday mexanik mexanizm kuchdan necha marta yutuq bersa,
yo‘ldan shuncha marta yutqazadi»
degan xulosaga kelinadi. Bunga
«
mexanikaning oltin qoidasi
»
deyiladi.
Oldingi mavzuda biror yukni ma’lum balandlikka ko‘tarishda
mexa nizmlarning og‘irligini, ulardagi ishqalanishlarni hisobga olmadik.
Bularni hisobga olinsa,
m
massali
yukni
h
balandlikka ko‘tarishda
A
f
=
mgh
ishga nisbatan ancha ko‘p ish (
A
u
) bajarish zarurligi kelib
chiqadi.
A
f
ish
foydali ish
deb ataladi.
A
u
– umumiy bajarilgan ish deb
atalib,
A
u
=
A
f
A
q
dan tashkil topadi.
A
q
– ishqalanishlarni yengish,
mexanizmning o‘zini ham ko‘tarish va h.k. larni bajarish bilan bog‘liq
qo‘shimcha ishlar.