90
Tajribada chap tomonning yelkasini kichik qilib olinsa, natija
qanday o‘zgaradi?
33-MAVZU
ODDIY MEXANIZMLAR: BLOK, QIYA
TEKISLIK, VINT, PONA VA CHIG‘IRIQNING QO‘LLANILISHI
Inson mehnat qilish jarayonida ko‘proq kuchiga emas,
balki
aqliga tayanadi. Og‘ir yukni ko‘tarishda, o‘rnidan siljitishda oddiy
mexanizmlardan foydalanishni insonlar qadimdan o‘zlashtirib
olishgan. Qurilishlarda chig‘iriq, qiya tekislik,
pona va bloklardan
foydalanishgan.
Blok.
Blok qirrasi ariqchadan iborat g‘ildirak bo‘lib, undan ip, sim
arqon yoki zanjir o‘tkaziladi.
Ipning bir uchiga yuk osib, ikkinchi
uchi dan tortiladi. Yukni ko‘tarish davomida blok qo‘zg‘almasdan joyida
qolsa, uni
ko‘chmas blok
deyiladi (59-rasmda
1
).
Yuk bilan birgalikda
harakatlanadigan blokni
ko‘char blok
deyi ladi (59-rasm
da
2
). Ko‘chmas
blokda yuk uchun kuch yelkasi
AO
masofa,
F
kuchning yelkasi
OB
masofa bo‘ladi (60-
a
rasm). Ular teng bo‘lganligidan
F
kuch yuk
og‘irligiga teng bo‘ladi. Shu sababli ko‘chmas blok kuchdan
yutuq
bermaydi.
Ko‘ch mas blok kuch yo‘nalishini o‘zgartirib beradi.
59-rasm.
a
)
b
)
60-rasm.
91
Ko‘char blokda esa aylanish o‘qi
O
nuqtaga to‘g‘ri keladi (60-
b
rasm). Shunga ko‘ra yuk uchun yelka
OA
masofani,
F
kuch uchun
yelka
OB
masofani tashkil etadi.
OA
=
R
,
OB
= 2
R
bo‘lganligidan
(
R
– g‘ildirak radiusi)
F
·
2
R
=
mg
·
R
bo‘ladi.
Bundan