• Kuchlar analizi uchun beriladigan qiymatlar.
  • ) MEXANIZMNI KINETOSTATIKAVIY HISOBLASh




    Download 0.62 Mb.
    bet9/12
    Sana27.02.2024
    Hajmi0.62 Mb.
    #163441
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    Mashina mexdoc
    imtiyozlar, 2 5467433092236973909, 1655196537 (1), Cценарий, Электролит эритмаларнинг электр eтказувчанлиги, amaliy kta, amaliy ish, Арқонда сакраш3, Massalar tasir-WPS Office, Закон-действующих-масс-124093, Jamoat binolari. Qodirova, Документ Microsoft Word, магист Календар режа намуна 2023 3 (4), Bipolyar tranzistorlardan tashkil topgan kuchaytirgichlar.
    3) MEXANIZMNI KINETOSTATIKAVIY HISOBLASh

    Mexanizmni kinetostatikaviy hisoblashning asosiy vazifalaridan biri mexanizmni quyidagi parametrlarini aniqlashdan iborat.



    1. Mexanizm zvenolariga ta’sir etuvchi kuchlarni aniqlash;

    2. Kinematikaviy juftlarda hosil bo’ladigan reaktsiya kuchlarini va etakchi zvenodagi muvozanatlovchi kuchni aniqlash.

    Inertsiya kuchi nazarda tutilib olib boriladigan hisoblash kinetostatikaviy hisoblash deb nomlanadi. Bu kuchlarni hisoblash mexanizm zvenolarining mustahkamligini, eyilishga chidamliligini oshirish, mexanizmning barcha kinematikaviy juftlaridagi ishqalanuvchi yuzalarda sarf bo’ladigan quvvatlarni aniqlash uchun lozim bo’ladi.
    Mexanizmni kinetostatikaviy hisoblash, asosan, etakchi zvenoga eng oxirida birlashgan Asur gruppasini hisoblashdan boshlanadi. So’ngra unga ketma – ket birlashgan boshqa gruppalar hisoblanadi va eng sugi urinda etakchi zveno o’zi hisoblanadi. Demak kuchlar analizi shu ketma – ketlikda hisoblanadi.


    Kuchlar analizi uchun beriladigan qiymatlar.
    Zvenolarning og’irliklari
    m1=0,8[kg] m2 =1,1 [kg] m3 =1,1[kg]
    m4 = 0,9[kg] m5 =1,6[kg]
    Zvenolarning inertsiya momentlari
    Js1 = 0,10 [kg.m2] Js2 = 0,12 [kg.m2] Js3 =0,22 [kg.m2] Js4 =0,22 [kg.m2]
    Bo’g’inlar, kinematik juftlar va tayanchlarga turli kuchlarning ta`sirini o’rganish masalasi dinamikaning asosiy masalalaridan biri hisoblanadi. Bundan maqsad mexanizm harakatini engillashtirish va uning uzoq muddatga chidamliligini oshirishdir, ya`ni mexanizm detallarini mustaxkamligini hisoblash, kinematik juftlarni edirilish darajasini belgilash va mexanizmni harakatlantirish uchun sarflanadigan quvvatni aniqlash masalalaridir.
    Kinetostatik hisobni bajarishda Dalamber printsipi qo’llaniladi. Statikaning muvozanat tenglamalarini qo’llab harakatdagi mexanizmni kuch ta`siridagi analizi kinetostatik analiz deb ataladi.
    Quyida mexanizmlarning kinematik juftlaridagi reaktsiya kuchlarini aniqlash va ularning muvozanatlovchi kuchlarini aniqlash uslubi bilan misollarda tanishamiz.
    Masalani echish uchun quyidagilar berilgan:

    1. Mexanizmni turi (metrik o’lchamlari bilan).

    2. Bo’g’inlarga ta`sir etuvchi tashqi kuchlar- R.

    3. Bo’g’inlarning og’irlik kuchlari- G.

    4. Boshlang’ich (etaklovchi) bo’g’inning harakat qonuni ω1 yoki n1.

    5. Bo’g’inlar masalalarini inertsiya momentlari J.



    Yuqoridagilardan foydalanib:

    1. Mexanizmni berilgan xolati uchun tezlik va tezlanish rejalari qurib, bo’g’inlarning chiziqli, burchak tezlik va tezlanishlarining miqdori va yo’nalishlari aniqlanadi.

    2. Bo’g’inlarni og’irliklari (G) va og’irlik markazi tezlanishlaridan (as) foydalanib, inertsiya kuchlari va juft kuch momentlarining (FU,MU) yo’nalishi va miqdorlari aniqlanadi.

    3. Mexanizni Assur guruxlariga ajratib, oxirgi bog’lanuvchi Assur guruhidan boshlab muvozanatlik tenglamalarini qo’llagan xolda kinematik juftlardagi reaktsiya kuchlari aniqlanadi.

    4. Etaklovchi bo’g’inni muvozanatga keltiruvchi kuch (moment) va mexanizmni harakatlantirish uchun sarflanadigan quvvat aniqlanadi.

    Kurs loyihasini amalga oshirishda kinematik juftlardagi ishqalanishni hisobga olmasdan yuqoridagi masalalarni hal qilish tartibi bilan tanishamiz



    Download 0.62 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 0.62 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ) MEXANIZMNI KINETOSTATIKAVIY HISOBLASh

    Download 0.62 Mb.