MASALALAR VA MASHQLAR TO‘PLAMI
Mavzu №1. Vaziyatli masala:
1.Bemor o‘ng tomonlama o‘tkir bronxopnevmoniya tashxisi bilan shifoxonaga 5 kun avval tushgan. Hozirgi kunda holati qoniqarli, tana harorati – 37,3oS, EChT – 20 mm/soat, leykotsitoz – 9000. Bemorga qaysi fizioterapevtik muolajalarni tavsiya etish mumkin? Agar bemorga induktotermiya muolajasi tavsiya etilsa, u qanday o‘tkaziladi?
Javob : bemorga fizioterapevtik muolajalardan UVCh-terapiya, SVCh-terapiya, induktotermiya va past chastotali magnitoterapiya muolajalarini tavsiya etish mumkin. Induktotermiya o‘tkazish mumkin, u induktor disk yordamida, ko‘krak qafasi sohasiga qo‘yish bilan o‘tkaziladi.
2.Bemor qo‘zg‘alishsiz o‘ng yelkaning sinishi tashxisi bilan travmatolog tomonidan yuborildi. Jarohat sohasida immobilizatsiya – gipsli bog‘lam. Jarohatdan keyin 7 kun o‘tgan. Shikoyatlar yo‘q. Laborator analizlarida deyarli o‘zgarishlar yo‘q. Bemorga qaysi fizioterapevtik davolash muolajasini tavsiya etish mumkin? Qanday ko‘rsatkichlar qarshi ko‘rsatma bo‘lishi mumkin?
Javob : bemorga jarohat sohasida Ca moddasini jamlash maqsadida UVCh-terapiya va induktotermiya muolajalarini qo‘llash mumkin. Agar bemorning jarohat sohasida drenajsiz kechayotgan yiringli jarayon va tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida metall shtiftlar qo‘llanilgan bo‘lsa UVCh-terapiya va induktotermiya muolajalarini o‘tkazish mumkin emas.
|