Kelishildi




Download 1.68 Mb.
bet1/22
Sana19.03.2017
Hajmi1.68 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

KELISHILDI “TASDIQLAYMAN”



Toshkent Tibbiyot Akademiyasi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor,

Tibbiy profilaktikaprofessor professor Teshaev O.R.
Tibbiyot, meditsina, tabobat - kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui.
Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V.
Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
_________


F.I. Salomova _______________ «____» _______________2014 yil

«______»___________2014 y


Kafedra: XALQ TIBBIYOTI, REABILITOLOGIYA VA JISMONIY TARBIYA

Fan: FIZIOTERAPIYA

DAVOLASH VA TIBBIY PEDAGOGIKA FAKULTETLARI



4 KURS TALABALARI UCHUN
O‘QUV- USLUBIY MAJMUA

TOSHKENT-2014

O‘QUV USLUBIY- MAJMUA MUNDARIJASI




MUNDARIJA

BETLAR

1

Namunaviy o‘quv dasturi

3-17

2

Ishchi o‘quv dasturi

18-35

3

Ta'lim texnologiyasi

36-118

4

Masalalar va mashqlar to‘plami

119-125

5

Test savollari

125-136

6

Nazorat uchun savollar (JN, YaN)

136-139

7

Umumiy savollar

139-140

8

Tarqatma materiallar

141-150

9

Glossariy

151-153

10

Referat mavzulari

153-154

11

Adabiyotlar ro‘yxati

154-156

12

Tayanch konspekt

-

13

O‘quv materiallari

157-210

14

Xorijiy manbalar

210

15

Kurs ishi mavzulari

-

16

Annotatsiyalar

210-212

17

Mualliflar to‘g‘risida

212

18

Foydali maslahatlar

-

19

Normativ hujjatlar

213-221

20

Baholash mezonlari

221-225


врач назорати, шифобахш жисмоний тарбия, физиотерапия

Fanning o‘quv dasturi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi o‘quv-uslubiy birlashmalari faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 201_ yil «____»dagi «_____»-son majlis bayoni bilan ma'qullangan.

Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.

Fanning o‘quv dasturi Toshkent tibbiyot akademiyasida ishlab chiqildi.

Tuzuvchilar:



Usmanxojayeva A.A.

Xalq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedra mudiri, dotsent, t.f.n.

Visogorseva O.N.

Xalq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, t.f.n.


Taqrizchilar :


Fedorova M.V.

TTA ichki kasalliklar propedevtikasi XDT, gematologiya va kasb kasalliklar kafedrasi dotsenti. t.f.n.

Xamrabaeva F.I.

ToshVMOI gastroenterologiya va fizioterapiya kafedrasi mudiri t.f.d, professor

Fanning o‘quv dasturi Toshkent tibbiyot akademiyasi Ilmiy-uslubiy kengashida tavsiya qilingan (201_ yil ________dagi «_____» «____»-sonli bayonnoma)


Kirish

Vrach nazorati, shifobaxsh jismoniy tarbiya va fizioterpiya bo‘yicha dastur. Davlat o‘qitish standarti asosida tuzilgan va tibbiy oliygohlarning tibbiy-pedagogika, davolash, stomatologiya fakultetlari uchun mo‘ljallangan. Dastur umumiy fizioterapiya, jismoniy reabilitatsiya va shifokor nazorati sohasida tibbiy ta'limni va ma'lumot saviyasini oshirishga qaratilgan.



O‘quv fanining maqsadi va vazifalari

Fanlarni o‘qitishdan maqsad – aholini salomatligini yaxshilash va mustahkamlash, tibbiyot sifatini oshirishda davolash-profilaktik chora tadbirlarni amalga oshirish.

Aholi - Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan - Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir.
Shifoxona, shifomaskan (sanatoriy) va ambulator (poliklinika) sharoitida turli kasalliklar bilan xastalangan bemorlarni davolashda, asoratlarini oldini olishda va profilaktika maqsadida fizikaviy va davolovchi jismoniy tarbiya usullarni qo‘llanishiga o‘rgatish.Aholining sog‘ligini mustahkamlash, ijtimoiy va maishiy sharoitlarga moslashishini (adaptatsiyasini) yaxshilash. Shifokor nazoratida -jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarning jismoniy rivojlanganligini, organizmning funksional holatini, asosiy tizimlarning holatini, jismoniy yuklamalarning organizmga ta'sirini, organizm tomonidan berilayotgan javob reaksiyalarini baholashni o‘rgatish.

Faninng vazifalari:


  • fizik muolajalarni organizmga ta'sir etish mexanizmini, turli kasalliklarda davolash, asoratlarining oldini olish va organizmning qarshiligini oshirish maqsadida qo‘llanilishini o‘rgatish;

  • turli kasalliklarda davolash va reabilitatsiya davrida to‘laqonli kompleks tuzib organizmni sog‘lomlashtirishda oqilona foydalanishni o‘rgatish;

  • jismoniy mashqlarning organizmga ta'sir etish mexanizmini, turli kasalliklarda davolash, asoratlarining oldini olish va organizmning qarshiligini oshirish maqsadida qo‘llanilishini o‘rgatish;

  • davolash va reabilitatsiya davrida davolovchi jismoniy tarbiyaning harakat tartibotlarini, vosita va shakllarini to‘g‘ri tanlashni va qo‘llashni o‘rgatish;
    Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.


  • aholining turli kontingentlari orasida, ularning jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga ko‘nikishlari uchun tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish qoidalarini o‘rgatish;

  • aholining sog‘ligini mustahkamlash, ijtimoiy va maishiy sharoitlarga moslashishini (adaptatsiyasini) yaxshilash uchun jismoniy yuklamaning organizmga ta'sirini baholash usullarini o‘rgatish.


Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar

«Vrach nazorati, shifobaxsh jismoniy tarbiya va fizioterpiya» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

- Organizmning jismoniy ish bajarish qobiliyatini aniqlash usullarini, mustaqil ravishda somatoskopiya va antropometriyani o‘tkazishni, mustaqil funksional sinamalarni o‘tkazishi va olingan natijalar asosida yurak-qon tomir, nafas va vegetativ nerv tizimlarni funksional holatlarini baholashni, yurak-qon tomir, nafas va vegetativ nerv tizimlarning berilayotgan jismoniy yuklamalarga javob reaksiyalarini aniqlash va baholashni, sport inshoatlarga bo‘lgan sanitar-gigienik talablarni, vrach-jismoniy tarbiya dispanserlarining turlari va tashkil etilishini, jismoniy mashqlarning ta'sir mexanizmini, DJTni qo‘llash uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarni, davolash jismoniy tarbiya vositalari va uning turlarini, davolovchi jismoniy tarbiyaning davolash usullarini, davolash jismoniy tarbiya shakllarini, davolovchi jismoniy tarbiyaning harakat tartibotlarini va davolovchi jismoniy tarbiyaning samaradorligini baholashni.

Qarshi (1926 37 yillarda Behbudiy) - Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926 yildan), viloyat markazi (1943 yildan). Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro t. yil va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda.
Asosiy va yondosh kasalliklarni hisobga olgan holda davolash gimnastik mashqlar kompleksini tuzishni, DJT harakat tartiboti vazifalarini aniq belgilashni, DJTning vositalarini to‘g‘ri tanlashni, DJT xonasini jihozlashni, birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatishni, turli kasalliklarda fizioterapevtik muolajalarini to‘g‘ri tavsiya etishni, fizik muolajalarni optimal ta'sirini aniqlashni, bemorlarni shifomaskani kurortlarga tanlash va davolash masalalarini xal etishni, sanator-kurort kartalarni to‘ldirishni, fiziodavolashda va elektrojarohat holatidagi patologik reaksiya paytida birinchi yordam ko‘rsatishni, fizioterapevtik muolajalarni o‘tkazish tartibini, umumiy davolash tadbirlari bilan bir qatorda (dori-darmon, parhez, jarrohlik operatsiyalari va h.z.) maxsus fizioterapektik usullarini belgilash va dozalashni aniqlashni bilishi kerak;

- Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarning jismoniy va funksional holatini baholash usullari, despansirizatsiya o‘tkazishda vrach nazoratining asosiy usullari, nafas va yurak-qon tomir tizimlarining organizmga ta'sir etayotgan jismoniy yuklamaga nisbatan bo‘ladigan javob reaksiyalari, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarni tibbiy guruhlarga saralashlar, jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida jismoniy mashqlarning samaradorligini baholash usullari, asosiy, tayyorlov va maxsus tibbiy guruhlarida shug‘ullanish uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, sport inshoatlariga qo‘yilgan sanitar-gigienik talablarning bajarilishi va davolovchi jismoniy tarbiyaning umumiy asoslari, jismoniy mashqlarning ta'sir mexanizimi, DJTni qo‘llash uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, davolovchi jismoniy tarbiya vositalari va uning turlari, davolovchi jismoniy tarbiyasi davolash usullari, davolash jismoniy tarbiya shakllari, davolovchi jismoniy tarbiyaning harakat tartibotlari va davolovchi jismoniy tarbiyaning qo‘llanilish effektivligini baholash, turli kasalliklarni davolashda fizioterapevtik muolajalarni tanlashda umumiy va maxsus ko‘rsatma va mon’eliklarga rioya qilish, davolash muolajalar majmuasini tuzishda asosiy va yondosh kasalliklarni xisobga olish, normal va patologik holatlarda fizik omillarning xususiyatlarini va ularning organizmga ta'sir qilish mexanizmi, fizioapparatlarning ishlash prinsiplarini va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, sog‘lomlashtirish maqsadida fizioprofilaktik muolajalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

Texnika (techne - mahorat, sanʼat) - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui.



- Mustaqil tibbiy xulosa berish va vrach nazorti kartasini to‘ldirish, asosiy, tayyorlov va maxsus tibbiy guruhlari mashg‘ulotlarida shug‘ullanishga ruxsat berish uchun tibbiy ko‘rik turlarini va o‘tkazilish tartiblari, akademik guruhlarda va davolovchi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida vrach - pedagogik nazoratini o‘tkazish va shifokor nazorati xonasini jihozlash, organizmning jismoniy ish bajarish qobiliyatini aniqlash va usullarini o‘tkazish, somatoskopiya va antropometriyani o‘tkazish, funksional sinamalarni o‘tkazish va olingan natijalar asosida yurak-qon tomir, nafas va vegetativ nerv tizimlarini funksional holatlarini baholash, yurak-qon tomir, nafas va vegetativ nerv tizimlarni berilayotgan jismoniy yuklamalarga javob reaksiyalarini aniqlash va baholash, sport inshoatlarini sanitar-gigienik baholash va sport inventar normativlar, vrach-pedagogik nazoratini o‘tkazish va mashg‘ulotlarda (sportchilarda) qo‘llanilayotgan jismoniy yuklamalarning adekvatligini va effektiligini baholash, bemorlarga DJTni rejalash va to‘g‘ri tavsiya qilish, bemorlar bilan individual mashg‘ulotlar oborish, vrach-pedagogik nazoratini o‘tkazish, mashg‘ulotda qo‘llanilayotgan jismoniy yuklamalarning adekvatligini va effektivligini baholash, reabilitatsiya bosqichida poliklinika va shifoxonada DJT vazifalarini va harakat tartibotlarini aniqlash, fizik muolaja usullarini mustaqil bajarish, fizioterapevtik muolajalarga retseptlarni aniq va to‘g‘ri yozish, fizik apparatlarni muolajalarga tayyorlash, birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish malakalariga ega bo‘lishi kerak.

Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi.

Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan odam anatomiyasi, normal va patologik fiziologiya, biologiya, biofizika, umumiy gigiena, jismoniy tarbiya fanlarini bilishi, ichki kasaliklar propedevtikasi, pediatriya, fakultet terapiyasi va xirurgiyasi, akusher(doya)-ginekologiya, travmatologiya fanlardan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.



Sog‘liqni saqlash tizimidagi o‘rni.

Sog‘liqni saqlash tizimidagi muassasalarida reabilitatsiya bo‘limlari, fizioterapiya bo‘limlarni bo‘lishi va ularda olib boriladigan fizioterapiya va davolovchi jismoniy tarbiya usullari odam organizmida sog‘lomlashtirishda, chiniqtirishda kasallikni davolash vaqtini qisqartirishda va asoratlarni oldini olishda qo‘llanilishi dolzarb masala hisoblanadi. Chunki yuqoridagi uslublarni qo‘llanishi asosiy terapiyani ta'sirini kuchayishiga va dori moddalardan kuzatiladigan asoratlarni oldini olishiga imkoniyat beradi. Sport tibbiyoti bo‘limlarida sportchilarni salomatligini saqlashda va mustahkamlashda ahamiyati yuqori.



Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Talabalarning fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma'ruza matnlari, tarqatma materiallar, kompyuter dasturlari, elektron materiallar, amaliy darslarda mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalar qo‘llaniladi.

Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.



Asosiy qism

Shifokor nazoratining asosiy vazifalari. Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchi aholining har xil toifalarini tibbiy tekshiruvi. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati.

Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ulanuvchilarda o‘tkaziladigan tibbiy ko‘rik turlari bilan tanishtirish. Tibbiy guruhlar haqida tushuncha berish. Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarning anamnezini yig‘ish xususiyatlari. Shifokor nazorati kartasi bilan tanishtirish va rasmiylashtirishni o‘rgatish.



Jismoniy rivojlanish. Jismoniy rivojlanganlikni antropometriya va somatoskopiya ma'lumotlariga asoslanib aniqlash va baholash usullari. Tana tuzilishi tiplari. Sport turiga saralash.

Jismoniy rivojlanganlikning antropometrik ko‘rsatkichlarini olish: spirometriya, dinamometriya, tana uzunligi va vaznini, ko‘krak qafasining aylanasini o‘lchash. Somatoskopiya ko‘rsatkichlarini olish : umurtqa pog‘anasi, qad-qomat, ko‘krak qafasi, oyoq, tovon shakllari. Kaliperometriya : tana vaznining tarkibiy qismini aniqlash (suyak, mushak va yog‘). Jismoniy rivojlanganlikning baholash usullari, ya'ni standartlar, korrelyatsiya va indekslar haqida tushuncha berish. Antropometrik ko‘rsatkichlarini indekslar usuli yordamida Ketle, Pine, farqlash, hayotiy, Erisman va boshkalar, qo‘l va bel mushaklari indekslarini aniqlash. Olingan natijalarga asoslangan holda jismoniy rivojlanishni aniqlash.



Shifokor nazoratida qo‘llniladigan funksoinal sinamalar. Yurak-qon tomir tizimini funksional sinamalari.

Muntazam shug‘ullanish natijasida organizmda kuzatiladigan funksional va morfologik o‘zgarishlar. Yurak-qon tomir tizimini funksional holatini baholashda qo‘llaniladigan sinamalar (Letunov va Martine sinamalarining o‘tkazilish tartibi). Sinamasini o‘tkazish va olingan natijalar asosida yurak-qon tomir tizimini funksional holatini baholash, javob reaksiya tiplarini aniqlash.



Nafas va vegetativ nerv tizimlarni

funksional sinamalari

Nafas tizimini funksional holatini baholashda qo‘llaniladigan Shtange, Gench, Serkin va Rozental sinamalarining o‘tkazilish tartibi va olingan natijalarni baholash. Vegetativ nerv tizimini funksional holatini baholashda qo‘llaniladigan ortostatik va klinoortostatik sinamalarining o‘tkazilish tartibi va olingan natijalarni baholash. Talabalar bilan Shtange, Genche va Serkin sinamalarini o‘tkazish va olingan natijalarni baholash.



Tashqi nafas olishning funksional holatini aniqlash

Tashqi nafas olishning ochiq va yopiq usullari haqida tushuncha. Tekshiriluvchidan olingan spirogramma yordamida nafasning minutlik hajmini, nafas olish sonini, nafasning o‘rtacha chuqurligini, o‘pkaning tiriklik sig‘imini, o‘pkaning maksimal ventilyasiyasini, maksimal nafas olganda nafaslar soni va chuqurligini, rezerv nafasni, kislorod hajmini aniqlash. Sportchilarda va jismoniy tarbiya bilan shug‘unlanganlardan olingan spirogrammalarni baholash.



Jismoniy ish bajarish qobiliyatini aniqlash usullari.

Organizmning ish bajarish qobiliyati va tiklanish jarayonlari haqida tushuncha. Garvard step-testining o‘tkazilish tartibi, olingan natijalar asosida Garvard step-testi indeksini aniqlash, olingan indeks orqali organizmning tiklanish jarayonlarini baholash. Sportchilarda va jismoniy tarbiya bilan shug‘unlanganlar bilan Garvard step-testini o‘tkazish va olingan natijalarni baholash.

PWC-170 submaksimal testi haqida tushuncha, o‘tkazilish tartibi, olingan natijalar asosida organizmning ish bajarish qobiliyatini baholash. Kislorodning maksimal iste'mol qilinishini aniqlovchi bevosita va bilvosita usullari haqida tushuncha. Sportchilarda jismoniy tarbiya bilan shug‘unlanganlar bilan PWC-170 submaksimal testini veloergometrda bajarish va olingan natijalarni baholash.

Shifokor- pedagogik nazorati. Jismoniy yuklamalar ta'sirida shug‘ullanuvchi organizmida bo‘ladigan o‘zgarishlar. Sport bilan shug‘ullanuvchilarda ko‘p uchraydigan patologik holatlar. Sport jarohati profilaktikasi.

Shifokor-pedagogik nazoratining vazifalari, nazorat usullari, ya'ni o‘tkazilayotgan mashg‘ulot zichligi (xronometraj), fiziologik egri chizig‘i va holsizlanish darajalarini aniqlash bilan tanishtirish. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida shifokor-pedagogik nazoratining usullarini qo‘llash va olingan natijalarini baholash.



Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga ko‘rsatma

va qarshi ko‘rsatmalar. Vrach-jismoniy tarbiya dispanseri.

Vrach nazorati kartasini rasmiylashtirish va himoya qilish

Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar haqida tushuncha berish. Tibbiy guruxlar va ularga saralash prinsiplari. Vrach-jismoniy tarbiya dispanseri turlari, tuzilishi, faoliyati. Talabalar tomonidan shifokor nazorati kartasini rasmiylashtirish va uni himoya qilish. Kartani topshirish.


  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22


Download 1.68 Mb.