O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
“TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor,
professor Teshaev O.R.__________
«____» _______________2013 yil
KAFEDRA: HALQ TIBBIYOTI, REABILITOLOGIYA VA JISMONIY TARBIYA
FAN: VRACH NAZAROTI
TIBBIY PROFILAKTIKA FAKULTETI
3 KURS TALABALARI UCHUN
O‘QUV- USLUBIY MAJMUA
TOSHKENT-2013
O‘QUV USLUBIY MAJMUA MUNDARIJASI
№
|
MUNDARIJA
|
BeTLAR
|
1
|
Namunaviy o‘quv dasturi
|
3-16
|
2
|
Ishchi o‘quv dasturi
|
17-37
|
3
|
Ta'lim texnologiyasi
|
38-264
|
4
|
Masalalar va mashqlar to‘plami
|
264-265
|
5
|
Test savollari
|
266-275
|
6
|
Nazorat uchun savollar (JN, YaN)
|
275-281
|
7
|
Umumiy savollar
|
281-283
|
8
|
Tarqatma materiallar
|
284-298
|
9
|
Glossariy
|
299-302
|
10
|
Referat mavzulari
|
302-303
|
11
|
Adabiyotlar ro‘yxati
|
304-305
|
12
|
Tayanch konspekt
|
-
|
13
|
O‘quv materiallari
|
306-335
|
14
|
Xorojty manbalar
|
336
|
15
|
Kurs ishi mavzulari
|
-
|
16
|
Annotatsiyalar
|
336-338
|
17
|
Mualliflar to‘g‘risida
|
338
|
18
|
Foydali maslahatlar
|
-
|
19
|
Normativ hujjatlar
|
339-350
|
20
|
Baholash mezonlari
|
351-257
|
o‘quv dasturi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi o‘quv-uslubiy birlashmalari faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 201_ yil «____»dagi «_____»-son majlis bayoni bilan ma'qullangan.
Fanning o‘quv dasturi Toshkent tibbiyot akademiyasida ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:
Usmanxodjaeva A.A.
|
Xalq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedra mudiri, dotsent, t.f.n.
|
Vыsogorseva O.N.
|
Xalq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi qatta o‘qituvchisi, t.f.n.
|
Taqrizchilar :
Fedorova M.V.
|
TTA ichki kasalliklar propedevtikasi XDT, gematologiya va kasb kasalliklar kafedrasi dotsenti. t.f.n.
|
Xamrabaeva F.I.
|
ToshVMOI gastroenterologiya va fizioterapiya kafedrasi mudiri t.f.d, professor
|
Fanning o‘quv dasturi Toshkent tibbiyot akademiyasi Ilmiy-uslubiy kengashida tavsiya qilingan (201_ yil ________dagi «_____» «____»-sonli bayonnoma)
Kirish
Vrach nazorati, shifobaxsh jismoniy tarbiya va fizioterpiya bo‘yicha dastur. Davlat o‘qitish standarti asosida tuzilgan va tibbiy oliygohlarning tibbiy-pedagogika, davolash, stomatologiya fakultetlari uchun mo‘ljallangan. Dastur umumiy fizioterapiya, jismoniy reabilitatsiya va shifokor nazorati sohasida tibbiy ta'limni va ma'lumot savsiyasini oshirishga qaratilgan.
O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanlarni o‘qitishdan maqsad – axolini salomatligini yaxshilash va mustaxkamlash, tibbiyot sifatini oshirish da davolash-profilaktik chora tadbirlarni amalga oshirish. Shifoxona, shifomaskan (sanatoriy) va ambulator (poliklinika) sharoitida turli kasalliklar bilan xastallangan bemorlarni davolashda, asoratlarini oldini olishda va profilaktika maqsadida fizikaviy va davolovchi jismoniy tarbiya usullarni qo‘llanishiga o‘rgatish.Aholining sog‘ligini mustahkamlash, ijtimoiy va maishiy sharoitlarga moslashishini (adaptatsiyasini) yaxshilash. Shifokor nazoratida -jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarning jismoniy rivojlanganligini, organizmning funksional holatini, asosiy tizimlarni holatini, jismoniy yuklamalarning organizmga ta'sirini, organizm tomonidan berilayotgan javob reaksiyalarini baholashni o‘rgatish.
Faninng vazifalari:
fizik muolajalarni organizmga ta'sir etish mexanizmini, turli kasalliklarda davolash, asoratlarining oldini olish va organizmning qarshiligini oshirish maqsadida qo‘llanilishini o‘rgatish;
turli kasalliklarda davolash va reabilitatsiya davrida to‘laqonli kompleks tuzib organizmni sog‘lomlashtirishda oqilona foydalanishni o‘rgatish;
jismoniy mashqlarning organizmga ta'sir etish mexanizmini, turli kasalliklarda davolash, asoratlarining oldini olish va organizmning qarshiligini oshirish maqsadida qo‘llanilishini o‘rgatish;
davolash va reabilitatsiya davrida davolovchi jismoniy tarbiyaning harakat tartibotlarini, vosita va shakllarini to‘g‘ri tanlashni va qo‘llashni o‘rgatish;
aholining turli kontingentlari orasida, ularni jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga ko‘nikishlari uchun tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish qoidalarini o‘rgatish;
aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, ijtimoiy va maishiy sharoitlarga moslashishini (adaptatsiyasini) yaxshilash uchun jismoniy yuklamaning organizmga ta'sirini baholash usullarini o‘rgatish.
Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar
«Vrach nazorati, shifobaxsh jismoniy tarbiya va fizioterpiya» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- Organizmning jismoniy ish bajarish qobiliyatini aniqlash usullarini, mustaqil ravishda somatoskopiya va antropometriyani o‘tkazishni, mustaqil funksional sinamalarni o‘tkazishi va olingan natijalar asosida yurak-qon tomir, nafas va vegetativ nerv tizimlarni funksional holatlarini baholashni, yurak-qon tomir, nafas va vegetativ nerv tizimlarning berilayotgan jismoniy yuklamalarga javob reaksiyalarini aniqlash va baholashni, sport inshoatlarga bo‘lgan sanitar-gigienik talablarni, vrach-jismoniy tarbiya dispaserlarining turlari va tashqil etilishini, jismoniy mashqlarning ta'sir mexanizmini, DJTni qo‘llash uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarni, davolash jismoniy tarbiya vositalari va uning turlarini, davolovchi jismoniy tarbiyaning davolash usullarini, davolash jismoniy tarbiya shakllarini, davolovchi jismoniy tarbiyaning harakat tartibotlarini va davolovchi jismoniy tarbiyaning samaradorligini baholashni. Asosiy va yondosh kasalliklarni hisobga olgan holda davolash gimnastik mashqlar kompleksini tuzishni, DJT harakat tartiboti vazifalarini aniq belgilashni, DJTning vositalarini to‘g‘ri tanlashni, DJT xonasini jihozlashni, birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatishni, turli kasalliklarda fizioterapevtik muolajalarini to‘g‘ri tavsiya etishni, fizik muolajalarni optimal ta'sirini aniqlashni, bemorlarni shifomaskani kurortlarga tanlash va davolash masalalarini xal etishni, sanator-kurort kartalarni to‘ldirishni, fiziodavolashda va elektrojarohat holatidagi patologik reaksiya paytida birinchi yordam ko‘rsatishni, fizioterapevtik muolajalarni o‘tkazish tartibini, umumiy davolash tadbirlari bilan bir qatorda (dori-darmon, parhyez, jarrohlik operatsiyalari va h.z.) maxsus fizioterapektik usullarini belgilash va dozalashni aniqlashni bilishi kerak;
- Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarning jismoniy va funksional holatini baholash usullari, dispansirizatsiya o‘tkazishda vrach nazoratining asosiy usullari, nafas va yurak-qon tomir tizimlarining organizmga ta'sir etayotgan jismoniy yuklamaga nisbatan bo‘ladigan javob reaksiyalari, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarni tibbiy guruhlarga saralashlar, jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida jismoniy mashqlarning samaradorligini baholash usullari, asosiy, tayyorlov va maxsus tibbiy guruhlarida shug‘ullanish uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, sport inshoatlariga qo‘yilgan sanitar-gigienik talablarning bajarilishi va davolovchi jismoniy tarbiyaning umumiy asoslari, jismoniy mashqlarning ta'sir mexanizimi, DJTni qo‘llash uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, davolovchi jismoniy tarbiya vositalari va uning turlari, davolovchi jismoniy tarbiyasi davolash usullari, davolash jismoniy tarbiya shakllari, davolovchi jismoniy tarbiyaning harakat tartibotlari va davolovchi jismoniy tarbiyaning qo‘llanilish effektivligini baholash, turli kasalliklarni davolashda fizioterapevtik muolajalarni tanlashda umumiy va maxsus ko‘rsatma va mo'neliklarga rioya qilish, davolash muolajalar majmuasini tuzishda asosiy va yondosh kasalliklarni xisobga olish, normal va patologik holatlarda fizik omillarning xususiyatlarini va ularning organizmga ta'sir qilish mexanizmi, fizioapparatlarning ishlash prinsiplarini va texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilish, sog‘lomlashtirish maqsadida fizioprofilaktik muolajalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
- Mustaqil tibbiy xulosa berish va vrach nazorti kartasini to‘ldirish, asosiy, tayyorlov va maxsus tibbiy guruhlari mashg‘ulotlarida shug‘ullanishga ruxsat berish uchun tibbiy ko‘rik turlarini va o‘tkazilish tartiblari, akademik guruhlarda va davolovchi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida vrach - pedagogik nazoratini o‘tkazish va shifokor nazorati xonasini jihozlash, organizmning jismoniy ish bajarish qobiliyatini aniqlash va usullarini o‘tkazish, somatoskopiya va antrepometriyani o‘tkazish, funksional sinamalarni o‘tkazish va olingan natijalar asosida yurak-qon tomir, nafas va vegetativ nerv tizimlarini funksional holatlarini baholash, yurak-qon tomir, nafas va vegetativ nerv tizimlarni berilayotgan jismoniy yuklamalarga javob reaksiyalarini aniqlash va baholash, sport inshoatlarini sanitar-gigienik baholash va sport inventar normativlar, vrach-pedagogik nazoratini o‘tkazish va mashg‘ulotlarda (sporchilarda) qo‘llanilayotgan jismoniy yuklamalarning adekvatligini va effektiligini baholash, bemorlarga DJTni rejalash va to‘g‘ri tavsiya qilish, bemorlar bilan individual mashg‘ulotlar oborish, vrach-pedagogik nazoratini o‘tkazish, mashg‘ulotda qo‘llanilayotgan jismoniy yuklamalarning adekvatligini va effektiligini baholash, reabilitatsiya bosqichida poliklinika va shifoxonada DJT vazifalarini va harakat tartibotlarini aniqlash, fizik muolaja usullarini mustaqil bajarish, fizioterapevtik muolajalarga retseptlarni aniq va to‘g‘ri yozish, fizik apparatlarni muolajalarga tayyorlash, birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi.
Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan odam anatomiyasi, normal va patologik fiziologiya, biologiya, biofizika, umumiy gigiena, jismoniy tarbiya fanlarini bilishi, ichki kasaliklar propedevtikasi, pediatriya, fakultet terapiyasi va xirurgiyasi, akusher(doya)-ginekologiya, travmatologiya fanlardan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.
Sog‘liqni saqlash tizimidagi o‘rni.
Sog‘liqni saqlash tizimidagi muassasalarida reabilitatsiya bo‘limlari, fizioterapiya bo‘limlarni bo‘lishi va ularda olib boriladigan fizioterapiya va davolovchi jismoniy tarbiya usullari odam organizmida sog‘lomlashtirishda, chiniqtirishda kasallikni davolash vaqtini qisqartirishda va asoratlarni oldini olishda qo‘llanilishi dolzarb masala xisoblanadi. Chunki yuqoridagi uslublarni qo‘llanishi asosiy terapiyani ta'sirini kuchayishiga va dori moddalardan kuzatiladigan asoratlarni oldini olishiga imkoniyat beradi. Sport tibbiyoti bo‘limlarida sportchilarni salomatligini saklashda va mustaxkamlashda axamiyati yuqori.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim axamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma'ruza matnlari, tarqatma materiallar, kompyuter dasturlari, elektron materiallar, amaliy darslarda mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalar qo‘llaniladi.
Asosiy qism
Shifokor nazoratni asosiy vazifalari. Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchi aholining har xil toifalarini tibbiy tekshiruvi. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati.
Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ulanuvchilarda o‘tkaziladigan tibbiy ko‘rik turlari bilan tanishtirish. Tibbiy guruhlar haqida tushuncha berish. Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarning anamnezini yig‘ish xususiyatlari. Shifokor nazorati kartasi bilan tanishtirish va rasmiylashtirishni o‘rgatish.
Jismoniy rivojlanish. Jismoniy rivojlanganlikni antropometriya va somatoskopiya ma'lumotlariga asoslanib aniqlash va baholash usullari. Tana tuzilishi tiplari. Sport turiga saralash.
Jismoniy rivojlanganlikning antropometrik ko‘rsatkichlarini olish: spirometriya, dinamometriya, tana uzunligi va vaznini, ko‘krak qafasining aylanasini o‘lchash. Somatoskopiya ko‘rsatkichlarini olish : umurtqa pog‘anasi, qadi-qomat, ko‘krak qafasi, oyoq, tovon shakllari. Kaliperometriya : tana vaznining tarkibiy qismini aniqlash (suyak, mushak va yog‘). Jismoniy rivojlanganlikning baholash usullari, ya'ni standartlar, korrelyasiya va indekslar haqida tushuncha berish. Antropometrik ko‘rsatkichlarini indekslar usuli yordamida Ketle, Pine, farqlash, hayotiy, Erisman va boshkalar, qo‘l va bel mushaklari indekslarini aniqlash. Olingan natijalarga asoslangan holda jismoniy rivojlanishni aniqlash.
Shifokor nazoratida qo‘llniladigan funksoinal sinamalar. Yurak-qon tomir tizimini funksional sinamalari.
Muntazam shug‘ullanish natijasida organizmda kuzatiladigan funksional va morfologik o‘zgarishlar. Yurak-qon tomir tizimini funksional holatini baholashda qo‘llaniladigan sinamalar (Letunov va Martine sinamalarining o‘tkazilish tartibi). Sinamasini o‘tkazish va olingan natijalar asosida yurak-qon tomir tizimini funksional holatini baholash, javob reaksiya tiplarini aniqlash.
Nafas va vegetativ nerv tizimlarni
funksional sinamalari
Nafas tizimini funksional holatini baholashda qo‘llaniladigan Shtange, Gench, Serkin va Rozental sinamalarining o‘tkazilish tartibi va olingan natijalarni baholash. Vegetativ nerv tizimini funksional holatini baholashda qo‘llaniladigan ortostatik va klinoortostatik sinamalarining o‘tkazilish tartibi va olingan natijalarni baholash. Talabalar bilan Shtange, Genche va Serkin sinamalarini o‘tkazish va olingan natijalarni baholash.
Tashqi nafas olishning funksional holatini aniqlash
Tashqi nafas olishning ochiq va yopiq usullari haqida tushuncha. Tekshiriluvchidan olingan spirogramma yordamida nafasning minutlik hajmini, nafas olish sonini, nafasning o‘rtacha chuqurligini, o‘pkaning tiriklik sig‘imini, o‘pkaning maksimal ventilyasiyasini, maksimal nafas olganda nafaslar soni va chuqurligini, rezerv nafasni, kislorod hajmini aniqlash. Sportchilarda va jismoniy tarbiya bilan shug‘unlanganlardan olingan spirogrammalarni baholash.
Jismoniy ish bajarish qobiliyatini aniqlash usullari.
Organizmning ish bajarish qobiliyati va tiklanish jarayonlari haqida tushuncha. Garvard step- testining o‘tkazilish tartibi, olingan natijalar asosida Garvard step-testi indeksini aniqlash, olingan indeks orqali organizmning tiklanish jarayonlarini baholash. Sportchilarda va jismoniy tarbiya bilan shug‘unlanganlar bilan Garvard step-testini o‘tkazish va olingan natijalarni baholash.
PWC-170 submaksimal testi haqida tushuncha, o‘tkazilish tartibi, olingan natijalar asosida organizmning ish bajarish qobiliyatini baholash. Kislorodning maksimal iste'mol qilinishini aniqlovchi bevosita va bilvosita usullari haqida tushuncha. Sportchilarda jismoniy tarbiya bilan shug‘unlanganlar bilan PWC-170 submaksimal testini veloergometrda bajarish va olingan natijalarni baholash.
Shifokor- pedagogik nazorati. Jismoniy yuklamalar ta'sirida shug‘ullanuvchi organizmida bo‘ladigan o‘zgarishlar. Sport bilan shug‘ullanuvchilarda ko‘p uchraydigan patologik xolatlar. Sport jaroxati profilaktikasi.
Shifokor-pedagogik nazoratining vazifalari, nazorat usullari, ya'ni o‘tkazilayotgan mashg‘ulot zichligi (xronometraj), fiziologik egri chizig‘i va holsizlanish darajalarini aniqlash bilan tanishtirish. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida shifokor-pedagogik nazoratining usullarini qo‘llash va olingan natijalarini baholash.
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga ko‘rsatma
va qarshi ko‘rsatmalar. Vrach-jismoniy tarbiya dispanseri.
Vrach nazorati kartasini rasmiylashtirish va himoya qilish
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar haqida tushuncha berish. Tibbiy guruxlar va ularga saralash prinsiplari. Vrach-jismoniy tarbiya dispanseri turlari, tuzilishi, faoliyati. Talabalar tomonidan shifokor nazorati kartasini rasmiylashtirish va uni himoya qilish. Kartani topshirish.
Davolovchi jismoniy tarbiyaning umumiy asoslari –
vositalari, shakllari. Harakat tartibotlari
Davolovchi jismoniy tarbiya, davolash usullari va jismoniy mashqlarning asosiy ta'sir qilish mexanizmlari haqida tushuncha berish. Davolovchi jismoniy tarbiyaning vositalari, ularning turlari va qo‘llanilish maqsadlari. Shakllari, ularning guruhlari, turlari va qo‘llanilish maqsadlari. Bemorlarga davolash jismoniy tarbiya tavsiya etilganda qo‘llaniladigan harakat tartibotlari, ularning vazifalari haqida tushuncha berish
Davolovchi jismoniy tarbiyaning umumiy asoslari
DJT vositalari va shakllari. Harakat tartibotlari. DJT muolajasini belgilash prinsiplari. DJT bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish. Bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan DJT usullarining samaradorligini aniqlash. Massaj turlari haqida tushuncha berish. Shifobaxsh massajda qo‘llaniladigan asosiy usullari, ta'sir mexanizmlariga tushuncha. Shifobaxsh massajni talabalarda ko‘rsatish.
Yurak qon-tomir tizimini kasalliklarida DJTni qo‘llash
MO‘I, GK, YuIK, NSD kasalliklarida DJTning davolash usullarini tanlash va asoslash, vosita shakl va xarakat tartibotlarini to‘g‘ri tanlash va qo‘llash, davolash samaradorligini aniqlash kriteriylari.
Nafas tizimi kasaliklarida DJTni qo‘llash
Zotiljam, plevrit, surunkali bronxit, o‘pka emfizemasi, bronxial astma, bronxoektatik kasalliklarida DJTni qo‘llash maqsadi va vazifalari, xususiyati, davolash usullarini tanlash va asoslash, davolash gimnastika kompleksini tuzish va samaradorligini aniqlash. Mustaqil bemor qabul qilish.
Ovkat-hazm klish va harakat-tayanch tizimlari va modda almashinuvi kasalliklarida DJTni qo‘llash.
Oshqozon-ichak yarasi, gastrit, kolit, enterit, enterokolit, splanxnoptoz, gepatit, xoletsistit, artrit, poliartrit, artroz, qandli diabet, semirish, podagra kasalliklarida DJTni qo‘llash maqsadi va vazifalari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. DJTning davolash usullarini tanlash va asoslash, davolash gimnastika komplesini tuzish. hujjatlarni to‘ldirish, poliklinikada bemor qabul qilish.
Jarrohlik kasalliklarda va travmatologiya-ortopediyada
DJTni qo‘llash
Tomir kasalliklari, ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘ida o‘tkaziladigan operatsiyadan oldingi va keyingi davrlari, qo‘l-oyoq suyaklari va umurtqa pog‘anasi sinishlarining immobilizatsiya va undan keyingi davrlari, yassi tovon, osteoxondroz, skolioz, kifoz, lordoz kasalliklarida DJTni qo‘llash maqsadi va vazifalari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. DJTning davolash usullarini tanlash va asoslash, davolash gimnastika komplesini tuzish. Xujjatlarni to‘ldirish, poliklinikada bemor qabul qilish.
Akusherlikda va ginekologik kasalliklarida va
pediatriyada DJTni qo‘llash
Homiladorlikda, tug‘ish va tug‘ishdan keyingi davrlarda jismoniy mashqlarni qo‘llash. Ginekologik kasalliklarda (yallig‘lanish, ptoz va anomaliya) va operatsiyalarda DJTni qo‘llash xususiyatlari. Davolash gimnastika kompleksini tuzish. Mashg‘ulotlar samaradorligini aniqlash. Ayollar maslahatlarida bemorlarni qabul qilish.
Pediatriyadagi DJTning o‘ziga xos xususiyatlari. Bolalarni chiniqti-rishda davolash gimnastikasi usullarini qo‘llash. Ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.
Doimiy va impuls toklari bilan davolash
Fizioterpevtik galvanizatsiya, elektroforez, elektruyqu, diadinamoterapiya, amplipulsterapiya, elektrodiagnostika, elektrostimulyasiya muolajalarida qo‘llaniladigan fizik omillarga tavsif, ta'sir mexanizmi, fiziologik ta'siri, qo‘llaniladigan fizik apparatalar, usullari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, dozalash.
O‘zgaruvchan tok va elektromagnit maydonlari bilan davolash
Fizioterpevtik ultrayuqori chastotali va o‘ta yuqori chastotali terapiya, franklinizatsiya, darsonvalizatsiya, induktotermiya, magnitoterapiya muolajalarida qo‘llaniladigan fizik omillarga tafsif, ta'sir mexanizmi, fiziologik ta'siri, qo‘llaniladigan fizik apparatalar, usullari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, dozirovkasi.
Yorug‘lik bilan davolash. Aerozolterapiya. Aeroionoterapiya. Gidroaeroionoterapiya. Ultratovush bilan davolash. Baroterapiya
Fizioterpevtik muolajalarda qo‘llaniladigan fizik omillarga tafsif, ta'sir mexanizmi, fiziologik ta'siri, qo‘llaniladigan fizik apparatalar, usullari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, dozirovkasi.
Suv va issiqlik bilan davolash. Kurortlar
Fizioterpevtik muolajalarda qo‘llaniladigan fizik omillarga tafsif, ta'sir mexanizmi, fiziologik ta'siri, qo‘llaniladigan fizik apparatalar, usullari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, dozirovkasi. Kurort omillari va turlari. O‘zbekiston kurortlari. Sanator-kurortga boruvchilarni saralash. Sanator-kurort kartasini rasmiylashtirish, himoyalash va topshirish.
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg‘ulotlarda talabalar
1. Fizioterapevtik muolajalarining odam organizmiga ta'sir mexanizmi;
2. Tibbiy tiklanishida fizioterapiyani axamiyati ;
Fizioterapevtik muolajalar va dori moddalarini birgalikda qo‘llash yo‘llarini;
Bemorlarni sanatoriy va kurortlarga tanlash masalalarini;
Davolash hujjatlarini rasmiylashtirish;
Organizm to‘qimalarini fizik muolajalarga sezuvchanligini aniqlash va ta'sir etish sohasini belgilashni;
Fizioapparatlarning ishlash prinsiplari va texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilish;
Sog‘lomlashtirish maqsadida fizioprofilaktik muolajalarni qo‘llash
Davolash terapiyasining samaradorligini aniqlashni;
Fizioterapevtik muolajalarga retseptlarni aniq va to‘g‘ri yozish
Fizik apparatlarni muolajalarga tayyorlashni va ular bilan ishlash, elektrotravma va patologik reaksiyalarda birinchi yordam ko‘rsatishni;
Bemorlarga DJTni rejalash va to‘g‘ri tavsiya qilishni;
Bemorlar bilan individual mashg‘ulotlar oborishni;
Shifokor-pedagogik nazoratini o‘tkazish, mashg‘ulotda qo‘llanilayotgan jismoniy yuklamalarning adekvatligini va effektiligini baholashni;
Jismoniy mashqlarning ta'sir mexanizimi;
Davolovchi jismoniy tarbiyani qo‘llash uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar;
Davolovchi jismoniy tarbiya vositalari va uning turlari;
Davolovchi jismoniy tarbiyasi davolash usullari, shakllari, harakat tartibotlari;
20. Davolovchi jismoniy tarbiyaning qo‘llanilish effektivligini baholash
21.Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchi aholining har xil toifalarini tibbiy tekshirishni va vrach nazorati kartasini tuldirishni
22.Jismoniy rivojlanganlikni antropometriya va somatoskopiya ma'lumotlariga asoslanib aniqlash va baxolash usullarini
23. Shifokor nazoratida qo‘llaniladigan funksional sinamalarni. Yurak-qon tomir tizimini funksional sinamalarini o‘tkazishni
24.Nafas va vegetativ nerv tiziminig funksional sinamalarini o‘tkazishni
25.Tashqi nafas olishning funksional holatini aniqlashni
26.Jismoniy ish bajarish qobiliyatini aniqlashni. Garvard step-testni o‘tkazishni
27.PWC-170 submaksimal testni o‘tkazishni. Kislorodning maksimal iste'mol qilinishini aniqlashni
28.Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish sharoitlarini sanitar-gigienik kuzatishni.
29.Shifokor - pedagogik nazoratni mashg‘ulotlarda o‘tkazishni
30.Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarni nazarga olib tavsiya kilishni
31.Shifokor nazorati kartasini rasmiylashtirish va himoya qilishni
32.Sport amaliyotida tiklanish vositalarini kompleks qo‘llash
34. Sport bilan shug‘ullanuvchilarda ko‘p uchraydigan patologik xolatlar. Sport jaroxati profilaktikasini o‘rganadilar.
Amaliy mashg‘ulotlarning taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari:
1.Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchi aholining har xil toifalarini tibbiy tekshirish. Shifokor nazorati kartasi bilan tanishtirish.
2.Jismoniy rivojlanganlikni antropometriya va somatoskopiya ma'lumotlariga asoslanib aniqlash va baxolash usullari.
3.Shifokor nazoratida qo‘llaniladigan funksional sinamalar. Yurak-qon tomir tizimiining funksional sinamalari.
4.Nafas va vegetativ nerv tizimlarining funksional sinamalari. 5.Tashqi nafas olishning funksional holatini aniqlash.
6.Jismoniy ish bajarish qobiliyatini aniqlash. Garvard step-testi.
7.PWC-170 submaksimal testi. Kislorodning maksiml iste'mol qilinishini aniqlash.
8.Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish sharoitlarini sanitar-gigienik kuzatish.
9.Shifokor - pedagogik nazorat.
10.Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. Vrach-jismoniy tarbiya dispanseri.
11.Shifokor nazorati kartasini rasmiylashtirish va himoya qilish.
14.Davolash jismoniy tarbiyaning umumiy asoslari – vositalari, shakllari. Harakat tartibotlari.
15.Massaj turlari.
16.Davolovchi jismoniy tarbiyaning umumiy asoslari.
17.Yurak qon-tomir sistemasi kasalliqlarida DJTni qo‘llash (MO‘I, GK, YuIK, NSD).
18.Nafas tizimini kasaliklarida DJTni qo‘llash (zotiljam, plevrit, surunkali bronxit, o‘pqa emfizemasi, bronxial astma, bronxoektatik kasalligi).
19.Hazm va harakat-tayanch sistemalari va modda almashinuvi kasalliklarida DJTni qo‘llash (oshqozon-ichak yarasi, gastrit, kolit, enterit, enterokolit, splanxnoptoz, gepatit, xoletsistit, artrit, poliartrit, artroz, qandli diabet, semirish, podagra).
20.Jarrohlik kasalliklarda va travmatologiya-ortopediyada DJTni qo‘llash (tomir kasalliklari, ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘ida o‘tkaziladigan operatsiyadan oldingi va keyingi davrlari, qo‘l-oyoq suyaklari va umurtqa pog‘anasi sinishlarining immobilizatsiya va undan keyingi davrlari, yassi tovon, osteoxondroz, skolioz, kifoz, lordoz).
21.Akusherlikda va ginekologik kasalliklarida va pediatriyada DJTni qo‘llash.
22.Doimiy va impulsli toklar bilan davolash.
23.O‘zgaruvchan tok va elektromagnit maydonlari bilan davolash.
24.Yoruglik bilan davolash.
25.Aerozolterapiya. Aeroionoterapiya. Gidroaeroionoterapiya.
26.Ultratovush bilan davolash.
27.Baroterapiya.
28.Suv va issiqlik bilan davolash.
30.Kurortlar.
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma'ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy masalalar yechish orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o‘quv qo‘llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, masalalar yechish, mavzular bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi.
Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni
Talaba mustaqil ishini tayyorlashda fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;
tarqatma materiallar bo‘yicha ma'ruzalar qismini o‘zlashtirish;
avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;
maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
Yangi texnikalarni, apparaturalarni, jarayonlar va texnologiyalarni o‘rganish;
talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish;
faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari;
masofaviy (distansion) ta'lim.
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari:
1. Balneoterapiya
2. Gidroterapiya
3. Gelioterapiya
Talassoterapiya
Speleoterapiya (galoterapiya)
Mexanik tebranishga asoslangan terapiya
Fizioterapiyani zamonaviy usullari (ko‘shimcha bitta apparatda, zamonaviy asbob-uskunalar ko‘llaniladigan usullar)
8. Markaziy elektroanalgeziya
9. Insonni yoshiga qarab fizik muolajalarni qo‘llanishini aspektlari
( pediatriyada va geriatriyadagi dozalanishini muammolari)
10. Aerob mashqlar
11.Miofassial og‘riq sindromlarni dovolovchi jismoniy tarbiya vositalari orqali davolash (PIR)
12. Gidrokineoterapiya
13. Vegetativ distoniya sindromida DJT vositalari
14. Umurtqa pog‘onasini churrasida DJT.
15. Ko‘z xarakatlarini gimnastikasi
16. Manual terapiya
17. Massaj (davolovchi massaj usullari)
18. Somatotip turlari (erta sport saralashida tana tuzilishini axamiyati)
19. Sport dietasi (sport turlarida ovkatlanish asoslari).
20. Sport tibbiyotida funksonal tekshiruvlar
22. Noratsional jismoniy yuklamada sportchilarda rivojlanadigan patologik xolatlar
23. Doping – nazorati
24. Sporchilarni farmakologik ta'minlanishi
25. Sog‘lom turmush tarzi
26. Sport amaliyotida tezkor yordami
Dasturning informatsion-uslubiy ta'minoti
Mazkur fanni o‘qitish jarayonida ta'limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilishi nazarda tutilgan.
- barcha mavzular bo‘yicha ma'ruza mashg‘ulotlarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron didaktik texnologiyalarni;
- fanning umumiy va xususiy bo‘limlariga tegishli mavzularida o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlarda aqliy hujum, qora quti, o‘rgimchak ini, guruhli fikrlash pedagogik texnologiyalarini qo‘llash nazarda tutiladi.
Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv
qo‘llanmalar ro‘yxati
Asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar
1. Babadjanov S.N Spravochnik fizioterapevta “Abu Ali Ibn Sino”, T, 1999 s.279 (uchebnik dlya studentov)
2. yepifanov V.A., Apanasenko G.L. «Lechebnaya fizkultura i vrachebnыy kontrol» M., 1990 (uchebnik dlya studentov)
3. Chogovadze A.V. Kruglыy I.M. Vrachebnыy kontrol v fizicheskom vospitanii i sporte M.1987. (uchebnik dlya studentov)
4. Yuldashev K.Yu, Kulikov Yu.A. «Fizioterapiya» (uchebnik dlya studentov) 1994 s. 298
Qo‘shimcha adabiyotlar
Aulik I.V. «Opredelenie fizicheskoy rabotosposobnosti v klinike i sporte»,
Bassina V.G., Bergnitskiy Ya.M. «Klimatolechenie» Spravochnik. Semfiropol. Tavriya. 1990 s. 289
Bet Shou “Yoga fit Trening dlya zdorovya” M. 2005
Biryukov A.A. «Massaj-sputnik zdorovya» kniga dlya uchaщixsya 1992 s. 157
Bogolyubov V.A. «Obщaya fizioterapiya» M. 2001 s. 679
Bogolyubov V.A. «Metodika i texnika provedeniya fizioterapevticheskix protsedur» M. 2001 s.280
Bokov A., Sergeev S. “ Yoga dlya detey” M. 2004
Vorobev M.G., Vorobev V.M. «Fizioterapiya na domu» S. Peterburg, 1992 s. 217
Dembo A.G «Vrachebnыy kontrol v sporte». M.: Meditsina, 1988
Dubrovskiy V.A. «Lechebnaya fizkultura» M. 2004
yevdokimova T.A. Milyukova I.V. Noveyshiy spravochnik «Lechebnaya fizkultura» M. 2004
yepifanov V.A. «Lechebnaya fizicheskaya kultura» M. 2003
yepifanov V.A. «Lechebnaya fizkultura i sportivnaya meditsina» M., 2000
yepifanov V.A., Moshkov V.N. «Lechebnaya fizkultura (spravochnik)» M.1997
yefanov O.I., Dzanagova G.R. «Fizioterapiya stomatologicheskix zabolevaniy», M., Meditsina, 1990
Juravlyova A.I., Graevskaya N.D. Sportivnaya meditsina i lechebnaya fizicheskaya kultura. Rukovodstvo M., 1993
Karpman V.L. «Serdse i sport» M., 1999
Larskiy E.G. «Sovremennыe metodы elektroforeza» Obzor lit. 1990 s. 127
Leksionnыe materialы i uchebno-metodicheskie razrabotki
Leksionnыe materialы i uchebno-metodicheskie razrabotki
Milyukova I.V., yevdokimova T.A. «Gimnastika dlya detey» M. 2004
Muravyannikova J.G. «Osnovы stomatologicheskoy fizioterapii » Rostov na Donu 2002. s. 320
Natalov G.G. «Vvedenie v fizicheskuyu kulturu» Krasnodar, 1995
Oranskiy I.ye., Ilxamdjanova R.S. «Kratkiy spravochnik po fizioterapii». Izd-vo Ibn-Sino 1992 s. 267
Pastuxov O.G., Sheftelovich T.K., yermoshenko L.S., Makarova X.A. «Fizioterapiya v stomatologii» Krasnodar 2002.-103 s.
Pasыnkov ye.I. «Fizioterapiya» Darslik 1995. (na uzb. yazыke) s.285
Popov V.I. Chogovadze V.G. « Fizicheskaya reabilitatsiya» Rostov na Donu 2001
Rixsieva O.A. «Massaj» T. 1996
Sokolov A.A.., Zausaev N.K. «LFK v chelyustno-litsevoy xirurgii» M., 1990
Soloveva T.R. «Magnitoterapevticheskaya apparatura». M. Meditsina, 1991s. 210
Ulaщik V.S. « Fizioterapiya» M. 2003 s. 450
Ulaщik V.S. «Domashnyaya fizioterapiya» Minsk. Belorus. 1993 s. 239
Umarova X.T. , Karachevseva T.V. «Fizioterapiya v pediatrii» izd-vo Ibn-Sino, 1993 s. 354
Sarfis P.G., Kiselev V.B. «Lechebnыe gryazi i drugie prirodnыe teplonositeli» 1990 s. 235.
Edvard T. Xouli, B. Don-Frenks «Rukovodstvo instruktora ozdorovitelnogo fitnessa», Kiev 2004.
Yuldashev K.Yu. «Nemedikamentoznыe metodы lecheniya profilaktiki i meditsinskoy reabilitatsii». Sb. nauch. trudov. T.-1994 s. 347.
Yuldashev K.Yu. «Preformirovannыe i yestestvennыe fizicheskie faktorы v profilaktike i meditsinskoy reabilitatsii». T. – 1991 s.236.
«Vodolechenie. Teoriya i praktika vodolecheniya doma, v lechebnitse i na kurortax», Rostov – 1996. s. 293.
«Meditsinskie osnovы fizicheskogo vospitaniya i formirovaniya zdorovya i garmonichnogo razvitiya detey i podrostkov» prof. Nazirov F.G. prof. Axmedova D.M. prof. Suyumov F.A. dots. Vasilev V.D, prof. Shayxova G.I. Tashkent, 2003.
Chet el adabiyoti:
Eckel M. Phizikoterapie 165. 2000
Consuelo T Lorenzo et al. Physical Medicine and Rehabilitation Medscape Reference 2011 – WebMD
Lehrbuch K. Berlin. Phizijterapie volk 140.1988
Marlis Gonzalez-Fernandez, MD, PhD, Jarrod David Friedman, MD Physical Medicine and Rehabilitation Pocket Companion
Mark Harrast, MD, Jonathan Finnoff, DOSports Medicine Study Guide and Review for Boards
Mika T. Warshava. Fizikaterapia. 460.2000
Sara J. Cuccurullo (Editor) Physical Medicine and Rehabilitation Board Review 2004 - Demos Medical Publishing, 848 pp.
Teylor S.B., Miller N.H. “Basic physiologic principils relatied to Group exirsise programs” Filadelphiya 1990
Tehaxton L. “Phithiological and psythological effects of short term exirsise eddiction on habitual runners.” 1992 96.
Wainapel, Stanley F.; Fast, Avital (Editors) Alternative Medicine and Rehabilitation A Guide for Practitioners 2003 - Demos Medical Publishing.
Internet manbalari:
www.doktor.ru,
www.medinfo.home.ml.org
www.pubmed.com, www.sportmed,ru
http://www.guideline.gov/index.asp
http://www.klinrek.ru/cgibin/mbook,
http://www.rusmedserv.com
http://www.eurasiahealth.org,
http://www.medscape.com,
http://www.pubmedcentral.nih.gov
www.alhealth.com, www.docguide.com, www.healthweb.com,www.acsm.org,
www.apta.org,www.sportsmed.org ,www.jphysiol.org
www.physsportmed.com, www.sportsmedicine.com
Tuzuvchilar:
Visogorseva O.N.
|
Xalq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi qatta o‘qituvchisi, t.f.n.
|
|
Adilov Sh.Q.
|
Xalq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi dotsenti
|
|
Retsenzentlar:
Tuxtarov B.E.
|
TTA umumiy va radiatsion gigienasi kafedrasi, t.f.d.
|
|
Agzamova Sh.A.
|
ToshPTI ambulator tibbiyoti va reabilitologiya kafedrasi dotsenti
|
|
|