• GSTI= t *100 / (f1+f2+f3)*2
  • ReFeRAT MAVZULARI 1.Sog‘lom turmush tarzi.
  • 3.Sport bilan shug‘ullanuvchilar yuragining xususiyatlari.
  • 4.Sport tibbiyotida funksional tekshiruvlar.
  • 6.Sport inshoatlariga gigienik talablar.
  • 8. Sport jarohatlanishi.
  • 10.Sport amaliyotida tezkor yordam.
  • ADABIYoTLAR RO‘YXATI Asosiy (A)
  • Qo‘llanilgan adabiyotlar
  • Adilov Sh.Q. Xalq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi dotsenti, t.f.n.
  • Sharipov U.A. Xalq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi assistenti
  • 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
  • 3-modda. Talim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari
  • 4-modda. Bilim olish huquqi
  • 5-modda. Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi
  • 6-modda. Talim muassasasining huquqiy maqomi
  • 7-modda. Davlat talim standartlari
  • 8-modda. Talim berish tili
  • Kafedra: halq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya fan: vrach nazaroti tibbiy profilaktika fakulteti




    Download 2.15 Mb.
    bet8/9
    Sana31.12.2019
    Hajmi2.15 Mb.
    #6754
    1   2   3   4   5   6   7   8   9

    Garvard step-testi kuchlanishli jismoniy yuklamaga asoslangan bo‘lib, organizmning tiklanish jarayonlarini baholashga imkon yaratadi. Jismoniy yuklama erkaklar uchun 50sm va ayollar uchun 43sm balandlikdagi zinapoyaga ko‘tarilib tushishdan iborat. Zinapoyaga ko‘tarilib tushish vaqti 5daqiqa bo‘lib, 1daqiqada 30 marta ko‘tarilib tushishtezligida bajariladi. Agar bajaruvchi 5 daqiqa mobaynida yuklamani bajara olmasa, baholash vaqtida faqatgina bajarilgan mashqlarning vaqti belgilanadi. Bajaruvchining bo‘yi, yoshi va boshqa ko‘rsatkichlarini hisobga olib,turli modifikatsiya sinovlari o‘tkazilganligini ta'kidlash lozim. Puls chastotasi tiklanish vaqtining 2-3-4 daqiqalarining birinchi 30 soniyasida registratsiya qilinadi. Test natijalari Garvard step-testining indeks shaklda aks etiriladi: GSTI= t *100 / (f1+f2+f3)*2 bu yerda t-belgilangan tempda zinapoyaga ko‘tarilib tushish vaqti; f1-f2-f3-puls chastotasining tiklanish vaqtidagi 2-3-4 daqiqalarining birinchi 30soniyasidagi ko‘ratkichi. Ma'lumki, jismoniy mashqlar darajasining ko‘tarilishi GSTI ko‘payishi bilan bog‘liq. Jismoniy mashqlar darajasining pasayishi yuklamani to‘liq bajara olmasligi bilan belgilanadi.Shuni ta'kidlash joizki,step-testinig umumiy yuklamasi biroz mushkul, shu sababli sinov faqatgina sog‘lom insonlarga mo‘ljallangan.Sog‘lom insonlar uchun Garvard step-testi indeksining baholash tizimi 2-jadvalda berilgan.
    Garvard step-testining baholash natijalari:


    Garvard step-testining indeksi

    Jismoniy mashqlarning baholanishi

    55 dan kam

    qoniqarsiz

    55-64

    o‘rtachadan past

    65-79

    qoniqarli

    80-89

    yaxshi

    90 va undan ortiq

    a'lo



    Пулсни физиологик эгрилиги.







    ШПН


    Босқичлари

    Умумий вақтдан улуши (%)

    Бажариладиган машқлар даражаси

    текширувлар

    Кириш қисми

    20-30

    Чигалёзди (разминка)

          1. ЭКГ

          2. Оксигенотерапия

          3. Миотонометрия

          4. Электромиография

          5. Тонометрия

          6. Биокимёвий усул

    Асосий қисм

    40-50

    Энг кучли машқлар

    Якунловчи қисм

    25-30

    Спортчини машғулотни якунлашга тайёрлаш


    Klaster tuzilmasi







    ReFeRAT MAVZULARI

    1.Sog‘lom turmush tarzi.

    Organizmning jismoniy rivoj-lanishiga, salomatlik holatiga, ichki organlarning rivojlanishi va funksional holatiga jismoniy yuklamalarni ta'siri



    2.Somatotip turlari (erta sport saralashida tana tuzilishining ahamiyati).

    Sportchilarni saralash prinsip-lari, o‘smir-bolalarda antropometrik va somatoskopik ko‘rsatchilarga asoslanib sport turi bilan shug‘ullanishni belgilash.



    3.Sport bilan shug‘ullanuvchilar yuragining xususiyatlari.

    Yurakning anatomo-fiziologik xususiyatlari. Jismoniy yuklama ta'sirida yurakda bo‘ladigan o‘zgarishlar. Sport yuragining o‘lchamlarini aniqlash (telerent-genometriya, exokardiografiya) va baholash usullari.



    4.Sport tibbiyotida funksional tekshiruvlar.

    Sportchilar organizm tizimlarining funksional holatni baholashda qo‘llaniladigan klinik va paraklinik usullari, laborator va anjomlar bilan tekshiruvlari haqida tushuncha berish.



    5. Sport dietologiyasi.

    Muntazam sport bilan shug‘ullanish natijasida organizmda kuzatiladigan funksional va morfologik o‘zgarishlar. Ovqatlanish tartibi, ratsionlar.



    6.Sport inshoatlariga gigienik talablar.

    Ochiq va yopiq tipidpgi sport inshoatlariga, sport invertarlariga qo‘yilgan gigienik talablar va ularga rioya qilish.



    7. Doping va sport.

    Doping haqida tushuncha. Turlari. Doping qabul qilish natijasida organizmda kuzatiladigan o‘zgarishlar va ularning organizmga ta'siri haqida tushuncha.



    8. Sport jarohatlanishi.

    Sport jarohatlanishi haqida tushuncha, klassifikatsiyasi, sport jarohatlanishining sababi, mexanizmi va oldini olish chora-tadbirlari.



    9. Cport farmakologiyasi.

    Sportchilarda kasaliklar kechishining o‘ziga xosligi, farmokologik prepapratlar, dori vositalar ta'siri. Dori-larning tizmlar funksional holatiga ta'siri.



    10.Sport amaliyotida tezkor yordam.

    Sportchilar jaroxatida va o‘tkir toliqish(charchash) birinchi tezkor yordam berish asoslari bilan tanishish.



    11.Maxsus tibbiy guruhlarga saralashning o‘ziga xos xususiyatlari

    Maxsus tibbiy guruh haqida tushuncha. Guruhga saralash va me'yoriy jismoniy yuklama tavsiya etish. Kasallangan bemorlar bilan maxsus tibbiy guruhlarda shug‘ullanishni boshlash vaqti va muddati.


    ADABIYoTLAR RO‘YXATI

    Asosiy (A):

    1.Dubrovskiy V.A.Sportivnaya meditsina. 2007g.

    2.yepifanov V.A. Apanasenko R.L M Lechebnaya fizkultura i vrachebnыy kontrol M.1990

    3.yepifanov V.A Lechebnaya fizkultura i sportivnaya meditsina. M. 2000 g.

    4.Chogovadze A.V. Kruglыy I.M. Vrachebnыy kontrol v fizicheskom vospitanii i sporte M.1987.

    5.Dembo A.G, Vrachebnыy kontrol v sporte. M.: Meditsina, 1988

    6.Juravlyova A.I., Graevskaya N.D. Sportivnaya meditsina i lechebnaya fizicheskaya kultura. Rukovodstvo M., 1993

    7.Leksionnыe materialы i uchebno-metodicheskie razrabotki.



    Qo‘shimcha (Q) :

    1.Aulik I.V. Opredelenie fizicheskoy rabotosposobnosti v klinike i sporte. M.1990 g.

    2.Karpman V.L Sportivnaya meditsina. M. 1987 g.

    3.Karpman V.L. Serdse i sport. M. 1990 g.

    4.Dembo A.G., Zemsovskiy E.V. Sportivnaya kardiologiya. M.1989 g.

    5.Rixsieva O.A. Massaj T., 1996

    6.yerыshev O.F. Jizn bez narkotikov. S:P. Izdatelstvo «Pioner», Moskva Astrel, 2001

    7.Sportivnaya meditsina Pod red. A.V.Chogovadze M.,Moskva, 1984

    8.Vinogradov P.A., Dushanin A.P., Joldak V.I. Osnovы fizicheskoy kulturы i zdorovыy obraz jizni Moskva, 1996

    9.Volojin A.I., Subbotin Yu.K., Chikin S.Ya. Put k zdorovyu Moskva, 1987

    10.Kukolevskiy G.M. Vrachebnoe nablyudeniya za sportsmenami M., 1975

    11.Meditsinskie osnovы fizicheskogo vospitaniya i formirovaniya zdorovya i garmonichnogo razvitiya detey i podrostkov» prof. Nazirov F.G. prof. Axmedova D.M. prof. Suyumov F.A. dots. Vasilev V.D, prof. Shayxova G.I. Tashkent, 2003.


    Chet el adabiyoti:

    1. Consuelo T Lorenzo et al. Physical Medicine and Rehabilitation Medscape Reference 2011 – WebMD

    2. Marlis Gonzalez-Fernandez, MD, PhD, Jarrod David Friedman, MDPhysical Medicine and Rehabilitation Pocket Companion

    3. Mark Harrast, MD, Jonathan Finnoff, DOSports MedicineStudy Guide and Review for Boards

    4. Sara J. Cuccurullo (Editor)Physical Medicine and Rehabilitation Board Review 2004 - Demos Medical Publishing, 848 pp.

    5. Teylor S.B., Miller N.H. “Basic physiologic principils relatied to Group exirsise programs” Filadelphiya 1990

    6. Tehaxton L. “Phithiological and psythological effects of short term exirsiseeddiction on habitual runners.” 1992 96.

    7. Wainapel, Stanley F.; Fast, Avital (Editors)Alternative Medicine and RehabilitationA Guide for Practitioners2003 - Demos Medical Publishing.

    Internetsaytlari:

    www.doktor.ru

    www. medinfo. home.ml.org

    http://www.restart-med.ru

    http://www.mirmed.ru

    http://micropolarization.narod.ru

    http://skolioz.mccinet.ru

    http://www.sportpsy.cz

    www. aapmr.org



    www.alhealth.com

    www.docguide.com

    www.healthweb.com

    www.acsm.org

    www.apta.org

    www.sportsmed.org

    www.jphysiol.org

    www.physsportmed.com

    www.sportsmedicine.com
    VRACh NAZORATINING VAZIFALARI VA MAZMUNI. JISMONIY TARBIYa VA SPORT BILAN ShUG‘ULLANUVChI AHOLINING HAR XIL TOIFALARINI TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TKAZISh. VRACh-JISMONIY TARBIYa DISPANSeRI
    Ma'ruzaning maqsadi

    Talabalarni vrach nazorati fani bilan, ularning vazifalari va ish mazmuni, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarning har xil toifalarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, tibbiy ko‘rik turlari va vrach – jismoniy tarbiya dispanserlari bilan tanishtirish.

    Tarbiyaviy maqsadi

    Talabalarni fan orqali deontologiya haqidagi tushuncha, ularda vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalash. Ularni aholining sog‘lig‘ini yaxshilash, ish va mehnat qobiliyatini oshirish, shu bilan bir qatorda jismoniy yuklama bajarish bilan bog‘liq shug‘ullanuvchilarning jaroxatlanishi va kasallanishining oldini olishga tadbirlarini o‘tkazishga o‘rgatish.

    Ma'ruzaning vazifalari

    1.Talabalarni vrach nazorati fani, vazifalari va ish mazmuni bilan tanishtirish.

    2.Vrach nazoratida qo‘llaniladigan tibbiy ko‘rik turlari bilan tanishtirish.

    3.Talabalarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchi aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bilan tanishtirish.

    4.Talablarni vrach-jismoniy tarbif dispanseri, uning tuzilish strukturasi va vazifalari bilan tanishtirish.

    Ma'ruzada ko‘riladigan savollar

    1.Vrach nazorati fani, ish mazmuni va uning vazifalari -25 minut

    2.Vrach nazoratida qo‘llaniladigan tibbiy ko‘rik turlari va qo‘llanilish maqsadlari -20 minut

    3.Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi -10 minut

    4.Vrach – jismoniy tarbiya dispanserlari -35 minut

    Jismoniy tarbiya va tibbiyotning sog‘liqlik ildizlari bir necha asrni o‘z ichiga oladi. Shu vaqt ichida vrachlar jismoniy tarbiya turlaridan ratsional foydalanishda ishtirok etadilar. Bu narsalarni Hind va Xitoy shifokorlari eramizdan 3000 yil avval yozilgan qo‘l yozmalarida, Gippokrat qo‘l yozmalarida ko‘rishimiz mumkin. XV asrda Italiyada Salernskiy sog‘lomlashtirish kodeksini ishlab chiqdi, u o‘z ichiga ertalabki badan tarbiyani oldi. XVII-XVIII asrlarda ko‘pgina shifokorlar jismoniy mashqlarning sog‘lomlashtiruvchi va shifobaxsh ta'sirga ega ekanligini yozganlar. XIX asrda Fridrik Vilgelm IV Germaniya maktablariga jismo-niy tarbiya darslarini kiritdi.

    XIX asrda Peterburgda birinchi marta jismoniy tarbiya o‘qituvchilrini tayyorlovchi uch yillik kurslar ochildi, keyinchalik revolyusiyadan so‘ng u jismoniy tarbiya institutiga aylndi.

    Jismoniy mashqlarning organizmga ta'sirini o‘rganish, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarni tibbiy nazorat qilish – hozirgi vaqtda mustaqil ilmiy fan hisoblangan sport tibbiyoti fanining shakllanishiga sabab bo‘ldi.

    Sport tibbiyoti – ilmiy fan bo‘lib, sog‘lom va bemor organizmiga har xil darajali jismoniy yuklamalarning ijobiy va salbiy ta'sirlarini o‘rganish (gipo- va giperkineziya). Bundan maqsad organizm salomatligini yaxshilash va mustaxkamlash, funksional holatini oshirish, sportdagi natijalarni oshirish uchun, shuningdek har xil kasalliklarning oldini olish va davolash uchun optimal darajadagi jismoniy aktivlikni aniqlashdir.

    Sport tibbiyotining asosiy qismi bo‘lib vrach nazorati hisoblanadi. Vrach nazorati – bu o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarning organizmga ta'sirini aniqlash maqsadida sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarni saralash va ularni doimiy tibbiy kuzatilishidir.

    Vrach nazortining mazmuni quyidagilardan iborat : salomatlik holatini, jismoniy rivojlanganlikni va ichki organlarning funksional holatini aniqlash; shug‘ullanuvchining organizmiga jismoniy yuklamaning ta'sirini kuzatish va o‘rganish; funksional tekshirish, diagnostika va davolash usullarini ishlab chiqish va jismoniy yuklamalardan norsional foydalanilganda kelib chiqadigan asoratlarning oldini olish.

    Vrach nazoratining ish mazmuniga quyidagilar kiradi :

    -ayrim sportchilarni va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarni dispanser kuzatib turish (kuzatish, kasallikni aniqlab davolash va oldini olish);

    -sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;

    -o‘quv-mashq darslarini shifokor pedagog bilan birga nazorat o‘tkazish;

    -sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish sharoitlari ustidan doimiy sanitariya nazoratini o‘tkazib borish;

    -sport musobaqalarini tibbiy yordam ko‘rsatish tadbirlari bilan ta'minlash;

    -sport va jismoniy tarbiya masalalari bo‘yicha vrach maslahatlarini berish;

    -mashg‘ulotlarda va musobaqalarda yuz beradigan sport jarohatlarining oldini olish;

    -aholining jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishini targ‘ibot qilish.

    Ko‘rilib chiqilgan vrach nazorati asosan vrach-jismoniy tarbiya dispanserlarida olib boriladi. Vrach-jismoniy tarbiya dispanserlarida asosan sport masterlari, 1-razryadli sportchilar, shahar, viloyat yoki Respublika terma jamoalari nazorat qilinadi. Qolgan sportchilarning vrach nazorati poliklinika, medsanchast, sport jamiyatlari, ishlab chiqarish korxonalari va oliy o‘quv yurtlarida tashkil etilgan vrach nazorati xonalarida olib boriladi yoki poliklinikaning vrach-terapevti tomonidan o‘tkaziladi.

    Shuni ta'kidlab o‘tish kerakki, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish organizmni mustahkamlaydi, himoya – moslashuv jarayonlarining biologik mexanizmlarini oshiradi. “Har doim jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishda shunga erisha olamizmi?” – degan savol tug‘iladi. Qachonki jismoniy mashq bajarayotgan shaxs uchun jismoniy yuklama darajasi optimal bo‘lgandagina ijobiy ta'sirga olib keladi. Agar jismoniy yuklama darajasi past bo‘lsa, u holda hyech qanday ta'sirga olib kelmaydi; agar katta bo‘lsa u holda har xil kasalliklarga va hatto yurakning tez va ko‘p ishlab yuborishi hisobiga “to‘satdan o‘limga” olib keladi. Jismoniy yuklama katta bo‘lganida yoki xaddan tashqari ko‘p shug‘ullanganda yurak, buyrak, qon, jigar va hatto suyaklarda har xil o‘zgarishlar kelib chiqishi mumkin.

    Jismoniy mashqlar 3 ta asosiy yo‘nalishlarda qo‘llaniladi :

    1.Sport yo‘nalishi – sport bilan shug‘ullanishning asosiy maqsadi o‘z ustida ishlab sportda erishgan natijalarini yaxshilab borishdir, ya'ni bunda salomatlik holati doimo yaxshilanib boriladi. Sport bilan faqat sog‘lom odamlar shug‘ullanadi, shuning uchun sport bilan shug‘ullanish o‘z oldiga davolash vazifasini qo‘ymaydi, ya'ni sport bilan davolash ishlari olib borilmaydi. Vrachning vazifasi ma'lum sport turi uchun zarur bo‘lgan shug‘ullanish yuklamasini individuallashtirish, sportchining salomatligiga yuklamaning salbiy ta'sirida uni mashg‘ulotlardan chetlashtirishdir.

    2.Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya yo‘nalishi – uning vazifasi umumiy sog‘lomlashtirish, organizmning qarshiligini oshirish, kasalliklarning oldini olish va h.z. Bu yo‘nalish o‘z oldiga sport natijalariga erishishni maqsad qilib qo‘ymaydi. Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya bilan sog‘lom odamlar, shuningdek surunkali kasali bor bemorlar ham (kasallikning remissiya davrida) shug‘ullanishlari mumkin. Bunda jismoniy yuklama miqdori vrach va jismoniy tarbiya o‘qituvchisi tomonidan aniqlanadi va kuzatib boriladi. Mashg‘ulot davomida mashqlarning organizmga ta'sir etishiga qarab yoki organizm holatining o‘zgarishiga qarab vrach va pedagog yuklama midorini oshirishi yoki kamaytirishi, hamda ma'lum vaqtga mashg‘ulotlardan chetlatishi mumkin.

    3.Shifobaxsh jismoniy tarbiya yo‘nalishi – uning maqsadi va vazifalari – har xil jismoniy mashqlarni qo‘llash yordamida bemorlarni davolash, kasallik va jarohatlardan so‘ng organ va sistemalarning buzilgan funksiyalarini tiklashdan iboratdir. Davolash maqsadida jismoniy mashqlarni qo‘llash faqat vrach mutxassis tomonidan tavsiya etiladi.

    Vrach nazoratining vazifaalari

    1.Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarni mashg‘ulotlarga qo‘yish maqsadida jismoniy rivojlanish darajasini, salomatlik holatini va ichki organlarning funksional holatini aniqlash va mashqlarni ratsional tavsiya qilish.

    2.Jismoniy mashqlar ta'sirida jismoniy rivojlanish, salomatlik va funksional holatlarda bo‘ladigan o‘zgarishlarni doimiy kuzatib trish.

    3.Jismoniy mashqlardan noratsional foydalanish natijasida yuzaga keladigan patologik holatlarni va o‘zgarishlarni erta aniqlash, davolash va oldini olish.

    Sport bilan shug‘ullanuvchilarga “sog‘lom” degan diagnoz qo‘yilishi kerak, chunki salomatlik holatlarida o‘zgarishlar bo‘lsa, ular sport bilan shug‘ullanishga qo‘yilmaydilar. Sababi hozirgi vaqtda sport bilan shug‘ullanuvchilar juda katta jismoniy yuklamalar bajaradilar, masalan : shtangist shug‘ullanish vaqtida 20000 kggacha yuk ko‘taradilar; suzuvchilar 12 kmgacha suzadilar; yuguruvchilar 40 kmgacha yuguradilar. Trenirovkalar haftasiga 10-12 martagacha, hr kuni 1,5 – 2 soatgcha davom etadi.

    Adabiyotlardan shu narsa ma'lumki, jismoniy aktivlik immunitet sistemasiga ta'sir ko‘rsatadi. Agar jismoniy mashqlar ratsional qo‘llanilsa, immunitetning nospetsifik faktorlari oshadi, lekin noratsional qo‘llanilsa, ya'ni katta va juda katta jismoniy yuklamalar organizmning immunobiologik reaktivligini pasaytiradi. Kuchli jismoniy yuklama teri va shilliq pardalarning himoya faktorlariga ta'sir ko‘rsatadi.

    Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarda surunkali infeksion o‘choqlarining bo‘lishi muhim ahamiyatga ega, ya'ni karies tishlar, surunkali tonzilit va surunkali xoletsistit. Chunki shug‘ullanish vaqtida har xil, ba'zida og‘ir asoratlarning hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Vrach nazortida salomatlik holatini aniqlash o‘ziga xos xususiyatga egadir. Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida vrach birinchidan ularning jismoniy rivojlanganligini, salomatlik holatini va ichki organlarning funksional holatini aniqlashi muhim ahamiyatga ega. Bu qilingan ishlar har bir tibbiy ko‘rikda albatta takrorlanadi va xal etiladi, chunki shu olingan natijalarga asoslanib, sport bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lganlarga sport turlari tavsiya etiladi. Bundan tashqari pedagogik saralash usuli ham qo‘llaniladi. Trener yoki pedagog maxsus pedagogik sinamalar yordamida jismoniy rivojlangan va qobiliyatli shug‘ullanuvchilarni aniqlaydi, chunki ular sport musobaqalarida yuqori natijalar ko‘rsatishi mumkin. Lekin ularning salomatlik holatlari tibbiy talablarga javob berishi shart. Agar ularning salomatlik holati sport bilan shug‘ullanishga imkon bermasa, ular sport bilan shug‘ullanishga va mashqlar bajarishga ruxsat etilmaydi, ammo ularga jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishga va jismoniy mashqlar bajarishga ruxsat etiladi. Jismoniy tarbiya bilan har bir odam shug‘ullanishi mumkin, lekin bunda har bir shug‘ullanuvchi uchun mashqlar hajmi alohida belgilanadi, bundan maqsad mashqlaridan ratsional foydalanib, ijobiy ta'sir olishdir.

    Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvilar albatta tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart. Bu tibbiy ko‘riklar quyidagilarga bo‘linadi :

    Birlamchi tibbiy ko‘rik

    Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilar birinchi marta shifokor huzurida bo‘ladilar. Bu tekshirishda sport bilan shug‘ullanish mumkinmi yoki yo‘qmi, shug‘ullanish mumkin bo‘lsa, saralash ishlari olib boriladi, shuningdek sport bilan shug‘ullanishga qarshi ko‘rsatmalar bo‘lsa, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish, ya'ni sog‘lomlashtiruvchi yoki shifobaxsh jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish vazifalari xal qilinadi. Birlamchi tekshiruvda terapevtdan tashqari boshqa mutaxassislar – jarroh nevropatolog, okulist, laringolog, stomatolog, ginekolog va boshqalar qatnashadilar. Bundan tashqari laboratoriya va instrumental tekshirish ishlari (EKG, FKG, ExoKG va h.z.) olib boriladi. Sport bilan shug‘ullanish uchun tekshiruvdan o‘tayotgan shug‘ullanuvchiga “sog‘lom” degan diagnoz qo‘yilishi va ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsning morfo-funksional holatiga qarab sport turi tavsiya etilishi kerak. Agar shug‘ullanuvchining salomatlik holatida o‘zgarishlar bo‘lsa, unga sog‘lomlashtiruvchi mashqlar tavsiya etiladi.



    Qayta tibbiy ko‘rik

    Ko‘rik rejali ravishda muntazam, ma'lum vaqt oralig‘ida sportchi yoki jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchining salomatlik holati qanday bo‘lishidan qat'iy nazar vrach tomonidan belgilanadi va o‘tkaziladi. Maqsad organizmga jismoniy mashqlarning ijobiy yoki salbiy ta'siri aniqlanadi. Qayta tibbiy tekshirish jismoniy mashqlardan noratsional foydalanish natijasida yuzaga keladigan organizmdagi salbiy o‘zgarishlar aniqlanadi, shuningdek o‘zgarishlar rivojlanishining oldi olinadi, kerakli davolash tavsiya etiladi.



    Qo‘shimcha tibbiy ko‘rik

    Rejasiz olib boriladi. Ko‘rik shug‘ullanish mashg‘ulotlarida kasallik yoki boshqa sabablarga ko‘ra qatnasha olmaganida o‘tkaziladi. Bu holatda trener va o‘qituvchi sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchini mashg‘ulotlarga qo‘yishga haqi yo‘qdir. Shuningdek ko‘rik musobaqalardan oldin tashkil qilinadi va ko‘rik hajmi vrach tomonidan belgilanadi.

    Maktab o‘quvchilari, kolledj va oliy gohlar talabalari tibbiy ko‘rikdan o‘tganlaridan so‘ng, jismoniy rivojlanganligi, salomatligi va funksional holatiga qarab tibbiy guruhlarga bo‘linadi.

    Asosiy tibbiy guruhi

    Unga jismoniy rivojlanishi va salomatligida o‘zgarishlar bo‘lmagan, ichki organlarining funksional holati yaxshi bo‘lganlar yuboriladi. Ular o‘quv dasturida belgilangan jismoniy mashqlardan tashqari, sport seksiyalarida shug‘ullanishi va musobaqalarda ishtirok etishi mumkin, lekin ularning jismoniy tayyorgarligi yetarli bo‘lishi kerak.



    Tayyorlov tibbiy guruhi

    Salomatligida bir oz o‘zgarish bo‘lgan, jismoniy rivojlanishi va ichki organlarning funksional holati past yoki yetarli bo‘lmaganlar yuboriladi. Jismoniy tayyorgarligi e'tiborga olingan holda o‘quv darslaridagi jismoniy mashqlar asta-sekinlik bilan o‘zlashtiriladi va normativlar topshiriladi. Ular sport seksiyalarida qatnasha olmaydilar. Bajarayotgan jismoniy mashqlar ta'siri salomatligining, jismoniy rivojlanishining va funksional holatining yaxshilanishi bilan ular asosiy guruxga o‘tkaziladilar.



    Maxsus tibbiy guruhi

    Salomatligida va jismoniy rivojlanishida katta, turg‘un o‘zgarishlar bo‘lgan shaxslar yuboriladi. Jismoniy mashqlarning bajarilishi bu guruh qatnashchilari bilan maxsus dastur asosida, organizmga ta'sirini yoki organizmdagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda olib boriladi. Bu mashg‘ulotlar vrach nazorati ostida o‘tkaziladi. Zarur bo‘lgan holatlarda shug‘ullanuvchilar shifobaxsh jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga yuboriladilar.

    Vrach-jismoniy tarbiya dispanseri davolash-profilaktika muassasasi hisoblanib, sport bilan shug‘ullanuvchilarni tibbiy ta'minlashni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan, shu bilan birga sog‘liqni saqlash muassasalarida vrach nazorati va shifobaxsh jismoniy tarbiyaga tashkiliy-uslubiy raxbarlik qiladi.

    Vrach-jismoniy tarbiya dispanseri :

    -jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarda vrach nazoratini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha davolash-profilaktika muassasalariga tashkiliy-uslubiy raxbarlik qilishni, nazorat va maslaxat berishni amalga oshiradi;

    -dispanserga biriktirilgan sport bilan shug‘ullanuvchilarni dispanser kuzatish, davolash tadbirlarini o‘tkazishni amalga oshiradi;

    -o‘tkazilgan kasallik va jaroxatlardan so‘ng sportchilarni reabilitatsiya (tiklash) bo‘yicha tadbirlarni tashkil etadi va o‘tkazadi;

    -ommaviy-sport va sport musobaqalarini tibbiy xizmat bilan ta'minlaydi;

    -sportchilarning mashg‘ulot o‘tish vaqtida tibbiy ko‘rsatmalar bo‘yicha vrach nazoratini amalga oshirish;

    -sport bilan shug‘ullanuvchilarning salomatlik holatlarida bo‘ladigan buzilishlar va sport jaroxatlarining sabablarini taxlil qiladi va oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqaradi;

    -taalluqli mutaxassislar o‘rtasida vrach nazorati va shifobaxsh jismoniy tarbiya bo‘yicha ilg‘or usullar ishini o‘rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi;

    -jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilar o‘rtasida sanitar-oqartuv ishlarini olib boradi;

    Vrach-jismoniy tarbiya dispanseri vrachlarni va xamshiralarni tayyorlash va qayta o‘qitish bo‘yicha klinik baza sifatida qo‘llanilishi mumkin.

    Vrach-jismoniy tarbiya dispanseri quyidagi bo‘limlarga ega bo‘lishi mumkin :

    -katta yoshdagi aholini uchun vrach nazorati bo‘limi (kabineti);

    -bolalar va o‘spirinlar uchun vrach nazorati bo‘limi (kabineti);

    -shifobaxsh jismoniy tarbiya bo‘limi (kabineti);

    -statsionar;

    -tashkiliy – uslubiy kabinet;

    -vrach-mutaxassislar kabineti (otoloringolog, oftalmolog, travmatolog-ortoped, xirurg, nevropatolog, akusher-ginekolog, stomatolog va boshqalar);

    -funksional diagnostika kabineti;

    -fizioterapevtik muolajalar kabineti;

    -rentgen kabineti;

    -laboratoriyalar;

    -ma'muriy-xo‘jalik qismi.

    Vrach-jismoniy tarbiya dispanserini bosh vrach boshqaradi.

    Vrach-jismoniy tarbiya dispanserlarida sportchilar, sport maktabida o‘qiydigan o‘spirinlar va bolalar sport tturlariga qarab dispanserizatsiya o‘tadilar. Shuningdek solamatligida buzilishlar bo‘lgan, sport musobaqalari va unga tayyorgarlik vaqtida jarohatlanganlarga malakali tibbiy yordam berish va reabilitatsiya vrach-jismoniy tarbiya dispanseri miqyosida o‘tkaziladi.

    yetuk sportchilar quyidagi vazifalarni ta'minlash maqsadida dispanser hisobiga olinadi:

    -salomatligini mustaxkamlash va uni uzoq vaqt davomida sport qobiliyatini saqlash;

    -salomatlik holatidagi buzilishlarni, xaddan tashqari trenirovka belgilarini erta aniqlash va oldini olish;

    -sport masterligini oshirishga yordam berish va shug‘ullanish usullarini takomillashtirish.

    Dispanser hisobiga olinadilar :

    -xizmat ko‘rsatgan sport masteri, sport masteri, sport masterligiga nomzod, 1-razryadli sportchilar;

    -terma jamoaga kiruvchi boshqa razryadli sportchilar;

    -bolalar-o‘spirinlar sport maktabining o‘quvchilari;

    -salomatligi yomon va maxsus tibbiy mutaxassislar nazoratiga muxtoj sportchilar.

    Dispanser nazorati hajmi :

    -asosiy dispanser tekshiruvi;

    -umumiy va sport anamnezi;

    -jismoniy rivojlanganlikni tekshirish;

    -umumklinik tekshirishlar;

    -laborator, elektrokardiografik va boshqa maxsus tekshirishlar;

    -funksional sinamalar;

    -vrach mutaxassislar tomonidan tekshirish : nevropatolog, xirurg, otolaringolog, okulist, stomatolog va boshqalar, ayol-sportchilar uchun ginekolog.

    Zaruriyat tug‘ilganda vrach-jismoniy tarbiya dispanseri boshqa mutaxassislarining maslaxatlarini, qo‘shimcha laborator tekshirishlarni amalga oshirishi mumkin.

    Xulosa

    Ma'ruzada vrach nazorati fani, uning ish mazmuni, vazifalari tushuntirildi. vrach nazoratida qo‘llaniladigan tibbiy ko‘rik turlari, ularni qo‘llashdan maqsad, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartiblari haqida gapirildi. Vrach-jismoniy tarbiya dispanserlari, ularning vazifalari va tuzilish strukturasi haqida fikr yuritildi.

    Tinglovchilar bilan o‘zaro aloqani o‘rnatish uchun savollar

    1.Vrach naxorati fani nimani o‘rganadi ?

    2.Vrach nazoratining ish mazmuni haqida nima bilasiz ?

    3.Vrach nazoratining vazifalari.

    4.Qaydan tibbiy ko‘rik turlarini bilasiz ?

    5.Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilar qanday tibbiy guruhlarga bo‘linadi ?

    6.Vrach-jismoniy tarbiya dispanserining vazifasi qanday ?

    2-ma'ruza. JISMONIY YuKLAMALAR TA'SIRIDA ORGANIZMDA BO‘LADIGAN O‘ZGARNIShLAR. VRACh NAZORATIDA QO‘LLANILADIGAN FUNKSIONAL SINAMALAR. SPORT VA JISMONIY TARBIYa BILAN ShUG‘ULLANISh INShOATLARINING SAQLANIShIGA SANITAR-GIGIeNIK TALABLAR


    Ma'ruza tibbiy-profilakgika fakultetining 3 kurs talabalari uchun mo‘ljallangan.

    Ma'ruzaning maqsadi

    Talabalarni jismoniy mashqlar ta'sirida shug‘ullanuvchi organizmida bo‘ldigan o‘zgarishlar, organizm sistemalarining fnuksional holatini baholovchi sinamalar, sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish inshoatlarining saqlanishiga sanitar-gigienik talablar bilan tanishtirish.

    Tarbiyaviy maqsadi

    Talabalarni fan orqali deontologiya haqidagi tushuncha, ularda vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalash. Ularni aholining sog‘lig‘ini yaxshilash, ish va mehnat qobiliyatini oshirish, shu bilan bir qatorda jismoniy yuklama bajarish bilan bog‘liq shug‘ullanuvchilarning jaroxatlanishi va kasallanishining oldini olishga tadbirlarini o‘tkazishga o‘rgatish.

    Ma'ruzaning vazifalari

    1.Talabalarda sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish sharoitlarining sanitar holatiga javobgarlikni tarbiyalash.

    2.Sport inshoatlariga sanitar-gigienik talablar haqida tushuncha, maqsad va vazifalarini berish.

    3.Talabalarni jismoniy mashqlar ta'sirida organizmda bo‘ladigan o‘zgarishlar bilan tanishtirish.

    4.Talablarni funksional sinamalar bilan tanishtirish.

    Ma'ruzada ko‘riladigan savollar

    1.Jismoniy yuklamalar bajarish natijasida organizmda bo‘ladigan o‘zgarishlar va ularning shug‘ullanuvchi organizmi uchun ahamiyati -25 minut

    2.Yurak-qon tomir, nafas va vegetativ nerv sistemalarining funksional holatini baholash uchun qo‘llaniladigan funksional sinamalar -20 minut

    3.Gigiena va uning vazifalari -10 minut

    4.Sport inshoatlariga gigienik talablar -35 minut



    Muntazam jismoniy mashqlar bajarilishida yurak-qon tomir sistemasi muhim ahamiyatga ega, chunki ular yordamida tashqi muxitdan ish bajarayotgan organ va mushaklar kislorod kislorod bilan ta'minlanadi. Jismoniy yuklamalar ta'sirida yurakning strukturasida va funksional holatida o‘zgarishlar kuzatiladi. Yurakning struktura tuzilishida birinchi navbatda dilyatatsiya kuzatiladi, yurakning qorincha va bo‘limmachalari kengayadi. Dilyatatsiyaning qanday paydo bo‘lishi oxirigacha o‘rganilmagan, lekin muntazam ravishda trenirovka qilish uning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Dilyatatsiyaga uchragan yurak sport yuragining asosiy xususiyatini ta'minlab beradi, ya'ni yuqori ishlab chiqarish yoki ko‘p hajmda qonni xaydash. Sistolik hajm – bu sistola vaqtida yurakdan tomirga chiqarayotgan qon miqdori. Dastlab yurak qisqarganda, chap qorinchadan hamma qon chiqadi degan fikrlar aytilardi, lekin keyingi olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, sistolada chiqadigan qon hajmi qorinchadagi hamma qon bo‘lmay, balki ma'lum miqdorda qon qoladi. Bu qon rezerv qon miqdori deb ataladi. Ish bajarish vaqtida sistolik qon hajmining ortishini rezerv qon hajmi ta'minlab beradi. Bu esa ish bajarish vaqtida yurakning yuqori ishlab chiqarish xususiyatini ko‘rsatadi. Tekshirish va izlanishlar shuni ko‘rsatdaki, tinch holatda sport bilan shug‘ullanuvchilarda dilyatatsiyaga uchragan yurakdan chiqayotgan sistolik qon hajmi dilyatatsiyaga uchramagan yurakdan chiqayotgan sistolik qon hajmidan deyarli farqlanmaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, dilyatatsiyaga uchragan yurakda rezerv qon bo‘ladi va uning miqdori yurakning qanchalik dilyatatsiyaga uchraganiga bog‘liqdir. Chidamlilikni talab qiluvchi sport turlari bilan shug‘ullanuvchilarning yuragi dilyatatsiyaga ko‘proq uchraydi. Shug‘ullanmaydigan 20 – 30 yoshlilarda yurakning hajmi o‘rta hisobda erkaklarda 760 sm3 va ayollarda 580sm3 ni tashkil etadi. yurak hajmining qanchalik o‘zgarishi sport faoliyatiga bog‘liq. Chidamlilikni talab qiluvchi sport turlaribilan shug‘ullanuvchilarda yurak hajmi ko‘proq oshadi (chang‘ichilar, velosipedchilar, o‘rta va uzoq masofaga yuguruvchilar va h.z.). Ularga nisbatan chidamlilikka ma'lum miqdorda e'tibor beriladigan sport turlarida, ya'ni ularda chidamlilik dominant rolini o‘ynamaydigan sport turlarida kamroq dilyatatsiyaga uchraydi (kurashchilar, sport o‘yinlari va h.z.). Asosan tezlikni va kuchni talab qiluvchi sport turlari bilan shug‘ullanuvchilarning (og‘ir atletika, qisqa masofaga yuguruvchilar, gimnastlar va h.z.) yuragi shug‘ullanmaydiganlarga nisbatan kam miqdorda hajmi kengayadi. Shunday qilib, yurak dilyatatsiyasi hamma sportchilar uchun bir bo‘lmasdan, balki chidamlilik bilan bog‘liq bo‘lgan sport turlari bilan shug‘ullanuvchilarga xarakterlidir. Agar tezlik va kuchni talab etuvchi sport turlari bilan shug‘ullanuvchilar yuragida dilyatatsiya aniqlansa, uning sababini albatta aniqlash zarur. Yurak hajmining xaddan tashqari ortishi (1200 sm3 dan yuqori), hattoki chidamlilik bilan shug‘ullanuvchi sportchilarda ham fiziologik dilyatatsiya patologik shakliga o‘tishi mumkin. Mumkin bo‘lgan yurak hajmi kattaligini aniqlash uchun yurak hajmi va kislorodni maksimal ist'emol qilinish ko‘rsatkichlarini bir-biriga taqqoslash kerak. Agar shug‘ullanish vaqtida yurak hajmining kattalashishi kislorodni maksimal ist'emol qilishning ortishi bilan borsa, dilyatatsiya moslashish-fiziologik xarakterga ega bo‘ladi, agarda kislorodni maksimal ist'emol qilish ko‘tarilmasa, hattoki pasaysa yurak dilyatatsiyasi xaddan tashqari deb hisoblanadi.

    Shuningdek jismoniy mashqlar ta'sirida yurakning miokardida fiziologik gipertrofiya kuzatiladi. Miokard gipertrofiyasi organning ish bajarish qobiliyatini oshiruvchi asosiy mexanizm bo‘lib hisoblanadi. Gipertrofiya jarayoni sportchilarda yaqqol namayon bo‘ladi. Masalan : tinch holatda yurakning chap qorinchasidan 60-80 ml qon haydaladi, unga o‘rta hisobda 0,26 -0,27 sekund vaqt ketadi. Jismoniy ish bajarish vaqtida sistolik hajm 150-200 mlgacha ortishi mumkin, tinch holatdagi hajmiga nisbatan. Shu bilan bir qatorda qon haydashga ketadigan vaqt esa 0,1- 0,12 sekundgacha kamayadi. Shunday qilib, misoldan ko‘rinib turibdiki, yurak qisqa vaqt ichida deyarli 3 marta ko‘p miqdorda qon haydashi kerak. Buning uchun yurak qon oqimi yaxshilash uchun kuch bilan ishlashi zarur, bu esa miokardning gipertrofiyasi orqali amalga oshiriladi. Yurak mushagining qisqaruvchi elementlarining hajmi ortishi bilan gipertrofiya jarayoni amalga oshiriladi. Miokardning ishchi gipertrofiyasi kapillyar qon tomirlarining ortishi bilan xarakterlanadi, ya'ni miokardning qon bilan ta'minlanishi buzilmaydi. Miokard gipertrofiyasining xaddan tashqari bo‘lishi organizmda patologik holat rivojlanayotganidan darak beradi.

    Sportchi yuragiga xos bo‘lgan funksional xususiyatlaridan biri bu yurakning ekonom ishlashidir, ya'ni ularda tinch holatda bradikardiya kuzatiladi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, sportchilarning yuragi tinch holatda kun davomida 85000 marta qisqargan, xuddi shu yoshdagi va jinsdagi sog‘lom odamlarda kuniga 110000 marta qisqargan. Misoldan ko‘rinib turibdiki, sportchining yuragi 20-25% ekonom ishlagan. Xattoki sportchi kun davomida mashg‘ulot o‘tganda ham yuragi ekonom ishlab, sog‘lom odamning kunlik yurak qisqarishi soniga yetmaydi. Zaruriy ko‘rsatkichlardan biri bu qonning minutlik hajmidir. Bu ko‘rsatkich sportchilarda ish bajarish vaqtida katta bo‘ladi. Sog‘lom shug‘ullanmaydiganlarda qonning minutlik hajmi 15-20 l/min ga oshsa, sportchilarda 25-30 l/min gacha oshadi (sistolik hajm hisobiga). Sistolik qon hajmini mushakning ishlash kuchiga bog‘liq. Yurak ishi kuchi kam bo‘lsa, sistolik hajm o‘zining individual bo‘lgan maksimal miqdoriga erishmaydi. Agar yurak ishi kuchli bo‘lsa, yurakdagi qoldiq qon to‘lib chiqarilib, sistolik hajm maksimal bo‘ladi. Bu esa chidamlilikni talab qiluvchi sport turi bilan shug‘ullanuvchilar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

    Vrach nazoratida sistemalarning funksional holatini baholvchi sinamalardan keng foydalaniladi. Sportchining bo‘lajak musobaqalarga organizmining tayyorgarligini ob'ektiv baholashga vrach nazoratining kompleks analiz ma'lumotlari, apparatlar yordamida o‘tkazilgan tekshirish usullarining va o‘tkazilgan funksional sinamalarning natijalari imkon beradi. Sportchi organizmining umumiy va maxsus moslashuv imkoniyatlarini funksional sinamalar yordamida aniqlash mumkin. Ularni laboratoriya sharoitida, shuningdek to‘g‘ridan-to‘g‘ri sport zallarida va stadionda mashg‘ulot vaqtida o‘tkazish mumkin. Olingan natijalarga asoslanib, organizmning umumiy holatini, uning shu vaqtga moslashuv imkoniyatlarini aniqlash mumkin. Sinamalar yordamida organizmning funksional rezerv imkoniyatlarini va umumiy jismoniy ish bajarish qobiliyatini aniqlash imkoniyatini beradi.

    Yurak-qon tomir sistemasining funksional holatini baholashda bir bosqichli, ya'ni yuklamalar bir marta qo‘llaniladi (20 marta o‘tirib-turish yoki 2 minutlik yugurish), ikki bosqichli,bunda ikki bir xil yoki har xil yuklamalar tanaffus bilan bajariladi va kombinatsiyalashgan sinamalar, bunda ikkitadan ortiq har xil yuklamalardan foydalaniladi (Letunov sinamasi).

    Letunov sinamasi sportchi organizmining tezkor ish bajarishga va chidamlilikka moslashuvini baholash uchun qo‘llaniladi. Sinamani bajarishda quyidagi 3 ta bosqich ketma-ketlikda qo‘llaniladi : 1. 30 sekund davomida 20 marta o‘tirib-turish. 2. 3 minutdan so‘ng turgan joyida 15 sekund davomida maksimal tempda yugurish. 3. 4 minutdan so‘ng 3 minut davomida turgan joyida 180 qadam/min tezligida yugurish. Har bir yuklamadan keyin qon bosimi va yurak qisqarish soni yuklamalar oralig‘idagi dam olish vaqtida (3minut, 4 minut va 5 minut) belgilab boriladi.

    Martine sinamasi – 30 sekund davomida 20 marta to‘liq o‘tirib-turish. Sinamagacha tekshiriluvchining pulsi har 10 sekunda stabillashguncha o‘lchanadi (bir xil son 3 marta ketma-ket qaytarilguncha), so‘ngra qon bosimi o‘lchanadi. Keyin manjetani yechmasdan, tekshiriluvchi 30 sekund davomida 20 marta to‘liq-o‘tirib turadi. O‘tirish vaqtida qo‘llarini oldinga ko‘taradi. Bajarilib bo‘linganidan so‘ng, tekshiriluvchi joyiga tezlik bilan o‘tiradi tiklanish davrining 1 minutining 1-10 sekundida puls, keyingi 40 sekund davomida qon bosim o‘lchanadi. 1-minutning 50-sekundidan boshlab har 10 sekund davomida puls o‘lchab boriladi, toki tiklanib stabillashguncha. Shundan so‘ng qon bosim o‘lchanadi. Ko‘rsatkichlar maxsus jadvalga yoziladi va o‘rganilib, xulosa qilinadi. Bu sinama yordamida yurak-qon tomir sistemasi tomonidan berilayotgan jismoniy yuklamaga quyidagi 5 xil javob reaksiya tiplari aniqlanadi : 1. Normatonik

    2. Gipotonik 3. Giperntonik 4. Distonik 5. Maksimal qon bosimining pog‘anasimon ko‘tarilishi

    Nafas sistemasining funksional holatini baholovchi funksional sinamalar : 1. Shtange 2. Gench 3. Serkin 4. Rozental

    Vegetativ nerv sistemasining funksional holatini baholovchi funksional sinamalar : 1. Ortostatik 2. Klinoortostatik

    Gigiena va uning asosiy vazifalari.

    Gigiena hamda tashqi muhitning tabiiy sharoiti (quyosh nurlarining, havoning, suvning ta'siri) jismoniy tarbiyaning aositalari bo‘lib hisoblanadi.Jismoniy tarbiya faqat jismoniy mashqlarni sport, gimnastika, harakatli o‘yinlar va boshqa shakllar bilan cheklanib qolmasdan, balki umumiy va shaxsiy mehnat va maishiy gigienasini, tabiatning tabiiy omillarini qo‘llashni, ishlash va dam olishning to‘g‘ri rejimini o‘z ichiga olashi kerak.

    Gigiena – sog‘liq, inson salomatligini saqlash uchun qulay sharoitlarni hosil qilish, ishlash va dam olishni to‘g‘ri tashkil qilish, kasalliklarni olidini olish haqidagi fandir.Uning maqsadi bo‘lib inson salomatligiga yashash sharoiti va mehnatning ta'sirini o‘rganish, kasalliklarning rivojlanishini olidini olish, insonning yashashi uchun optimal sharoitlar bilan ta'minlash, inson salomatligini va ko‘p yil umr ko‘rishini saqlash hisoblanadi. Gigiena kasalliklarni oldini olishning asosi bo‘lib hisoblanadi. Gigienaning asosiy vazifalari :

    -insonlarning salomatligiga va ish bajarish qobiliyatiga tashqi muhit ta'sirini o‘rganish;

    -tashqi muhitni sog‘lomlashtirish va zararli ta'sir omillarini yo‘qotish bo‘yicha gigienik me'yorlarni, qoidalarni va tadbirlarni ishlab chiqish va ilmiy asoslash;

    -organizmning salomatligi va jismoniy rivojlanganligini yaxshilash, ish bajarish qobiliyatini oshirish maqsadida tashqi muhitning zararli omillarining ta'siriga organizmning qarshiligini oshirish bo‘yicha gigienik me'yorlarni, qoidalarni va tadbirlarni ishlab chiqish va ilmiy asoslash;

    Sanitariya – gigiena talablarini amaliy amalga oshirish, zaruriy gigienik qoida va tadbirlarni bajarishdir.

    Gigienaning rivojlanishi bir qator gigienik fanlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi, jumladan : mehnat gigienasi, ijtimoiy gigiena, bolalar va o‘smirlar gigienasi, jismoniy tarbiya va sport gigienasi va h.z.

    Jismoniy tarbiya jarayonida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilar organizmining tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasini o‘rganuvchi jismoniy tarbiya va sport gigienasi muhim o‘rin egallaydi.Jismoniy tarbiya harakatida gigienik nizomlar, me'yorlar va qoidalar keng qo‘llaniladi. Gigienik nizomlarning katta ahamiyat kasb etishiga sabab, usiz insonlarni gormanik va har tomonlama rivojlantirish, aholini yuqori ishlab chiqarish mehnatiga va vatan himoyasiga tayyorlash, mustaxkam salomatligi va ijodiy faolligini uzoq vaqt saqlash bo‘yicha asosiy vazifalarni bajarish mumkin emas.

    Sport inshoatlariga gigienik talablar.

    Sport inshoatlari joriy qilingan sanitar-gigienik talab va me'yorlariga mos bo‘lishi kerak. Sport inshoatlarining gigienik so‘rovlariga katta talab qo‘yiladi, chunki ularning sanitar holati jismoniy mashq va sport mashg‘ulotlarining sog‘lomlashtiruvchi samarodorligiga bog‘liqdir.Sport inshoatlari foydalanishga topshirilganidan so‘ng Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi (DSENM) va vrach-jismoniy tarbiya dispanseri xodimlari, hamda jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislar tomonidan shu inshoatlarning joriy sanitariya nazorati olib boriladi. Sanitar nazorati organlari vakillarining tanbeh va takliflari hamma sport inshoatlarida bo‘lishi zarur bo‘lgan sanitar jurnallariga yoziladi. Shuningdek har bir sport ob'ektlarida DSENM bilan kelishilgan ichki tartib qoidalari bo‘lishi kerak. sport inshoatlarining sanitar-gigienik me'yorlarga, saqlash va foydalanish qoidalariga rioya qilinmasa, bunga javobgarlik inshoat rahbariyati zimmasiga yuklatiladi. Sanitar-gigienik me'yor va qoidalar buzilganda inshoat rahbariyati javobgarlikka tortiladi.

    Yopiq sport inshoatlariga gigienik talablar. Sport inshoatlari (zallar, suzish basseynlari va h.z) maxsus yoki jamoa inshoatlari (o‘quv yurtlari, klublar va h.z.) tarkibiga kiritilishi mumkin. Sport inshoatlarining xizmat xonalari bir-biri bilan shunday bog‘lanishi kerakki, shug‘ullanuvchilar quyidagi tartibda harakat qilishi amalga oshirilsin : kiyimlar uchun vestyubl-garderob – erkak va ayollarning kiyinish xonalari (dush va xojatxona bilan) – sport zali.Inshoatning ichki ishlovi muhim gigienik ahamiyat kasb etadi. Devorlari tekis, to‘p tegishlariga chidamli va nam yig‘ishtirishga qulay bo‘lishi kerak. Markaziy isitish radiatorlari devor ichiga joylashtirilib, himoya panjaralari bilan ta'mirlangan bo‘lishi kerak.Eshik romlari bo‘rtib chiqqan joylarga ega bo‘lmasligi lozim. Tibbiy shahobcha sport zallarga yaqin joyda bo‘lishi kerak. Ko‘rinadigan joylarda strelkali belgilar yordamida tibbiy shahobcha joylashgan joy ko‘rsatilishi lozim. Sport zallardagi inventarlar sozlangan, ishchi holatda va shakli, vazni va material sifati bo‘yicha ma'lum standartlarga mos kelishi lozim. Ularga quyidagi gigienik talablar qo‘yiladi : sport jarohatlarini oldini olishga yo‘naltirilgan, havoni chang bilan iflosga qarshi yo‘naltirilgan, shug‘ullanuvchining yoshiga snaryadlarning mos kelishiga yo‘naltirilgan talablardir. Bularning hammasi o‘quv-mashg‘ulotlarini normal holatda o‘tishiga sharoit yaratib beradi. Sport zallarni har kuni nam holda yig‘ishtirish, haftasida 1 marta pollar, devorlar va sport inventarlari general yig‘ishtirilishi kerak. Yopiq sport zallarida chekish, sport kiyimisiz shug‘ullanish qatiyan man etiladi.



    Devorlarni bo‘yashda yorug‘likni qaytarilish darajasi va ruhiy fiziologik funksiyalarga ta'siri inobatga olishini zarur : yashil rang tinchlantiradi va ko‘rish organiga yaxshi ta'sir etadi; sariq va qizg‘ish (oranjiviy) rang tetiklashtiradi va issiqlik sezgisini chaqiradi; qizil rang qo‘zg‘atadi; havo va binafsha rang tormozlaydi. Yog‘li bo‘yoqlar qo‘llanilganda devor va shiplar to‘liq bo‘yalmaydi, chunki inshoatning tabiiy ventilyasiyasiga qarshilik ko‘rsatadi. Pollar tekis, silliq emas, elastik, yengil yuviluvchi bo‘lishi lozim. Inshoatlarda optimal mikroiqlimni hosil qilinishi o‘ziga xos gigienik ahamiyatga ega : havo harorati + 150S darajasida ushlab turilishi kerak, nisbiy namlik 30-60 %, havoning harakat tezligi 0.5 m/s bo‘lishi lozim. Kurash va stol tennisi zallari uchun havo harakatining tezligi 0.25 m/s dan, dushlarda, kiyinish va massaj qilish xonalarida 0.15 m/s dan oshmasligi kerak. Zaruriy havo almashinuvini ta'minlash uchun markaziy ventilyasion moslamalardan foydalaniladi, tashqaridan ichkariga soatiga 80 m3 havo bir shug‘ullanuvchi uchun va 20 m3 havo bir tomoshabin uchun havo yuboriladi. Agar buning imkoniyati bo‘lmasa, tabiiy yo‘l bilan ventilyasiya amalga oshiriladi (oynalarni, fortochkalarni ochib). Buning uchun aeratsiya koeffitsienti aniqlanadi va normada 1/50 nisbatda bo‘ladi, ya'ni fortochkalarning umumiy maydoni polning umumiy maydonidan 50 marta kichik bo‘ladi. Sport zallarida havoni almashtirish soatiga 3-4 marta bo‘lishi kerak. Sport zallari imkon darajasida tabiiy yoritilishi lozim; sun'iy yoritish yorug‘likni tarqatuvchi yoritkichlar bilan amalga oshiriladi. Yorug‘lik bir me'yorda tarqalishi va normalarga amal qilingan holda gorizontal va vertikal yoritishning zaruriy darajalari ta'minlanishi kerak. Markaziy nerv sistemasining tonusini aniqlashda, ko‘rish analizatorlarining holatiga ta'sir etishda, jaroxatlanishni aniqlashda yoritishning gigienik ahamiyati kattadir. Yoritishga gigienik talablar quyidagilardir : tabiiy yoritishga mos bo‘lishi kerak; maydonning hamma yuzasiga bir xil tarqalishi kerak; kunning hamma vaqtlarida doimiy bo‘lishi kerak; ko‘zga yaqqol tushmasligi kerak; issiqlik effektini bermasligi kerak. Tabiiy yoritishni baholash quyidagi mezonlar bo‘yicha amalga oshiriladi : mahalliy yorug‘lik iqlimi, kun vaqti, yorug‘lik tushushi bo‘yicha inshoatning qurilishi, yorug‘lik tushishi bo‘yicha derazalarning qo‘yilishi (yaxshisi janubiy-sharqiy), derazalarga daraxtlarning yaqinligi (20 metrdan yaqin emas), qo‘shni binolarning yaqinligi, derazalarning kattaligi va shakli (yaxshisi to‘rtburchakli), oynalarning tozaligi, derazalardagi oynalar soni va ularning himoyalanganligi, poldan derazalarning joylashgan balandligi (2 metrdan kam emas), devordagi derazalar oralig‘i (deraza kengligidan 1,5 marta kam bo‘lmagan), inshoat shipidan tutgan o‘rni (0,5 metrdan ko‘p emas), inshoatning ichki bo‘yalishi (ko‘zga tashlanuvchi rang), inshoat kattaligi. Shuningdek yorug‘lik koeffitsienti aniqlanadi, ya'ni derazadagi oynalarning maydoniga pol yuzasining nisbati – sport zallari uchun 1/6, ya'ni pol yuzasi oynalarning umumiy yuzasidan 6 marta katta bo‘lishi kerak; agar maydon bir tomonlama yoritilsa, unda yorug‘lik nurlarining maydonning ishchi yuzasiga tushish burchagi aniqlanadi va u 270 bo‘lishi kerak, shundagina yorug‘lik ko‘zga yaqqol tushmaydi. Shu bilan bir qatorda sun'iy yoritishdan ham keng foydalaniladi. Bu maqsadda lyuminessent lampalaridan foydalaniladi. Ular shipga (umumiy yoritish uchun), devorga (yon tomondan yoritish uchun) va mahalliy (ishchi maydonni yoritish uchun) ko‘rinishda qo‘yiladi. Sport turlarining o‘tkazilishiga qarab, lampalar har xil balandlikka osiladi. Masalan : stol tennisi zali uchun minimal, sport o‘yinlari zali uchun 8-9 metr balandlikda joylashadi. Hamma lampalar himoyalangan bo‘lishi bo‘lishi kerak. Yoritishni potimal holatga keltirishda yorug‘lik yo‘nalishining quvvati muhim ahamiyatga ega, sport zallarida qo‘llanilayotgan lyuminessent lampalar uchun 13-16 Vt/m2 va qizuvchi lampalar uchun 26-32 Vt/m2 bo‘lishi kerak.

    Gimnastika zali – birinchi navbatda to‘g‘ri rejalashtirilgan bo‘lishi kerak, ya'ni yaqin joyda qo‘shimcha xonalar (yechinib-kiyinish, cho‘milish, xojatxona) bo‘lishi lozim. Bu sportchilarni inshoatning boshqa tomoshabinlar joylashgan qismi bilan aloqa qilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Zal 1-qavatda joylashishi lozim, har xil foydalaniladigan snaryadlarni joylash-tirish maqsadida.Gimnastika zallarining 3 xil turlari farqlanadi :

    -katta – 42*24*6 m. – zal ikkita to‘liq gimnastik asbob-uskunalar komplekti bilan jixozlanishga mo‘ljallangan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida ham erkaklar, ham ayollar shug‘ullanishi mumkin;

    -o‘rta – 36*18*6 m. – faqat bitta gimnastik komplektga mo‘ljallangan bo‘lib, ba'zi snaryadlar alohida erkak va ayollarga, ba'zilari umumiy bo‘ladi;

    -kichik – 30*18*6 m. – faqat bitta komplekt bo‘lib, erkak va ayollar navbat bilan shug‘ullanadilar.

    Zallarda qancha shug‘ullanuvchi shug‘ullanishi ularning mahorat darajalariga bog‘liq bo‘ladi : yangi kelgan har bir shug‘ullanuvchi uchun – 10-12 m2; o‘rta razryadli sportchilar uchun – 12-15 m2; yuqori razryadli sportchilar uchun – 15-20m2.

    Zalning mikroiqlimi quyidagi parametrlarga bog‘liqdir : yangi kelgan shug‘ullanuvchilar uchun – 180S, mahoratli sportchilar uchun – 150S ularning mashg‘ulot vaqtida bajaradigan yuklamasining hajmini inobatga olgan holda. Zalning yoritilishi, ventilyasiyasi, isitilishi xuddi boshqa inshoatlarnikiga o‘xshash. Gimnastika zallarida shug‘ullanish vaqtida jarohatlanishni oldini olish uchun gimnastik snaryadlarni to‘g‘ri joylashtirish kerak. Masalan : markazga – erkin mashqlar uchun taxta supa (kattaligi 12*12 m yumshoq kopfort rangli qoplama bilan qoplangan va kamida 1 m havfsiz joy); zalga kirishda – zalning uzunligini e'tiborga olgan holda tayanib sakrash uchun joy; zalning ichkarisida – turnik zalga ko‘ndalang osilgan parda bilan.

    Sport o‘yinlariga moslashgan zallar.

    Zalga bo‘lgan gigienik talabalar, tekshirish usullari xuddi gimnastika zallarinikiga o‘xshash, ular alohidagi parametrlarning normativ ahamiyati bilan farq qiladilar. Sport zalning kattaligi bo‘yicha quyidagicha : katta zallar (42*24*8 m.) – ko‘pgtna sport o‘yinlariga mo‘ljallangan, bir vaqtning o‘zida shug‘ullanuvchilar soni 78 tadan ko‘p emas; o‘rta zallar (36*18*8 m.) – basketbol, voleybol, gandbol, tennis va h.z., 48 ta shug‘ullanuvchi shug‘ullanishi mumkin; kichik zallar (30*18*8 m.) – voleybol, basketbol va h.z., 40 ta shug‘ullanuvchi. O‘yin maydonchasidan devorgacha kamida 2 m havfsiz joy har xil predmetlardan holi bo‘lishi, maydon chegarisi aniq, pol rangi bilan farq qiluvchi, kamida 5 sm enli rang bilan belgilanishi lozim. Zalning harorati – 16-180S ; namligi – 30-60%, havoning harakati – 0,3 -0,5 m/s.

    Yopiq suzish basseynlari.

    Bu inshoat boshqa sport inshoatlaridan farqli ravishda ikkida asosiy zallariga ega bo‘ladi : basseyn vannasi uchun zal va tayyorlanish mashg‘ulotlarini o‘tish uchun zal (“quruq” tayyorlanish). Shuning uchun shug‘ullanuvchining harakati quyidagicha bo‘lishi kerak : shug‘ullanuvchi yuqori kiyimlarini yechganidan so‘ng, yechinib-kiyinish xonalariga boradi, bu xona quyidagi chiqish yo‘llariga ega bo‘lishi lozim – quruq shug‘ullanish zaliga, cho‘milish xonasiga (undan vanna zaliga) va to‘g‘ridan to‘g‘ri basseynning vanna zaliga. Shug‘ullnuvchilarning tayyorlanishi uchun zallarga bo‘lgan gigienik talablar boshqa zallarga qo‘yilgan talablarga o‘xshash. Basseyn vannalarining kattaligiga qarab 25 va 50 metrli basseynlar farqlanadi, suzish yo‘lkalari 6-8 ta bo‘lib, har biri 1,25 m kenglikka ega. Atrofida 2,5-3 m kenglikda aylanib o‘tish yo‘lkalari joylashadi. Yo‘lka va devorning bir qismi 300S gacha isitilishi lozim (suzuvchilarni yallig‘lanish kasalliklaridan asrash maqsadida).

    Basseyn devorlari suv (nam) o‘tkazmaydigan och rangli plitkalardan poldpn 2,5-3 m kam bo‘lmagan balandlikda teriladi, undan yuqorisi, shu jumladan tomi suv o‘tkazmaydigan materialni shovqindan saqlovchi material bilan kombinatsiya holida teriladi. Basseyn devorlari va tubi och rangli (suv ostida yaxshi ko‘rinishi uchun) va butun (jarohatlanishni oldini olish uchun) kafellar teriladi. Basseyn vannalarining chuqurligi har xil bo‘ladi : boshlovchilar uchun sayoz jeoyida 90 sm, eng chuqur joyi - sakrash uchun platformaning balandligiga qarab 4 metrdan 10 metrgacha.

    Suzish bilan shug‘ullanuvchilarning ish bajarish qobiliyati uchun suvning holati katta rol o‘ynaydi. Basseyndagi suv ichadigan suv bo‘lishi va SanPiNning 2.1.4.559-96 “Ichimlik suvi” ning quyidagi gigienik talablariga javob berishi kerak : suv harorati havo haroratidan 1-20S past (yallig‘lanish jarayonlarini oldini olish maqsadida); rangi – 50 dan ko‘p emas (suv ko‘kimtir rangga bo‘yaladi, bu ruhiy komfort sezishni hosil qiladi); ta'm va hid – 2 balldan yuqori emas (sezilmaydi); tiniqligi – basseyn vannasining butun chuqurligi bo‘yicha; qoldiq xlorning miqdori – 0,3 – 0,5 mg/l (basseyn suvida har 2 soatda aniqlanadi).

    Yuqumli kasalliklarning (ichak kasalliklari) oldini olish maqsadida shug‘ullanuvchilar 2 marta (suzishdan oldin va keyin) dush xonasidan o‘tishlari kerak, bunda issiq suv va sovun bilan cho‘milishi lozim.

    Yopiq suzish basseynlari uchun o‘ziga xos sanitar-gigienik tartiblardan biri bu havo haroratidir. Yangi kelganlar uchun suvning harorati 290S, sog‘lomlashtirish guruhlari uchun – 29-300S, suvga sakrovchilar uchun – 280S, suzish sporti uchun – 24-260S bo‘ladi. Basseyndagi havo namligi 65%dan ko‘p emas, havo harakati suzuvchilarning kasallanishini oldini olish uchun minimal (0,2 m/s). Havo ventilyasiyasi soatiga 3-4 marta o‘tkaziladi. Shug‘ullanuvchilar soni ularning mahorat darajasiga bog‘liq bo‘ladi : yangi kelganlar uchun 1 ta yo‘lkada 10-12 odam (maksimum 15 ta), mahoratli sportchilar uchun 2-3 shug‘ullanuvchi. Sportning boshqa turlari kabi suzish bilan shug‘ullanuvchilar ham yuqumli kasalliklar bilan kasallanilmaslik uchun shaxsiy gigiena qoidallariga (sochiq, sovun, mochalka, slansi, maxsus kiyim) amal qilishlari kerak, shu maqsadda suv basseynlariga vrach ko‘rigidan o‘tgan shaxslargina qo‘yiladi.

    yengil atletika manejlari.

    Yopiq sport inshoatlariga tqo‘yiladigan gigienik talablarga javob berishi kerak. Ularning kattaligi yugurish yo‘lkalarning uzunligi va soniga, yengil atletika sektorlariga qarab bo‘ladi.

    Yugurish yo‘lkalarining kengligi 1,25 m, tekis, sirpanchiq bo‘lmagan, yaxshi amortizatsiya xususiyatiga ega, elastik, mustaxkam, yuguruvchilar uchun ruhiy komfort rangga (och pushti) ega bo‘lgan maxsus tartan qoplama (rekortan, fispol va boshqalar) bilan qoplangan. Yo‘lkaning uzunligi zaruriy masofaga mos (60 m yoki undan katta) va havfsiz zonaga ega, ya'ni startda 3 m dan kam emas, finishda 15-18 m, yon tomonlari 1 m dan. Yugurish yo‘lkalari bir nechta bo‘ladi (4-5 ta).

    Balandlikka sakrash sektori konus shaklida bo‘ladi (kengaygan qismi yugurish uchun). Yugurish uzunligi 15 m dan kam emas, yon tomondan havfsiz zona 1,5 m dan kam emas. Sakrash uchun mo‘ljallangan snaryad ustuni statsionar yoki boshqa joyga olishga moslangan bo‘lib, yengil metalldan tayyorlangan, diametri 2,5-3 sm, ukzunligi ikki ustun oralig‘idagi masofadan 0,5 m ga ko‘p. Sakrashdan so‘ng tushadigan chuqurlik porolon mato bilan to‘ldirilgan, uzunligi 6,0 m, kengligi 3,0 m va chuqurligi 0,5 m, poldan 1,8 m yuqorigacha bo‘ladi. Chuqurlikning havfsiz zonasi quyidagicha : chuqurlik orqasida 2 m gacha, yon tomondan 1,5 m gacha.

    Uzunlikka sakrash sektori manejning uzunligi bo‘yicha joylashtiriladi. Yon tomondan 1,5 m havfsiz zonaga ega 10-13 m li yugurish yo‘lkasi bo‘ladi.Yugurish yo‘lkasining tayanib sakrashga mo‘ljallangan qismi yog‘ochdan tayyorlangan statsionar bo‘lib, yo‘lka bilan bir xil tekislikda joylashadi. Tayanib sakrash qismidan qum bilan to‘ldirilgan chuqurlikkacha masofa 4 m dan ko‘p bo‘lmasligi va uch xatlab sakrash uchun 9 m bo‘lishi kerak. Sportchi sakrashdan keyin tushadigan chuqurlik (2,7 * 6.7 * 0.5) toza, yengil namlangan (15%), mayda qum bilan chetlarigacha to‘ldiriladi. Chuqurning chetlari yog‘ochli, oldi tomoni yo‘lka bilan bir tekislikda, uning orqa tomonida 3 m, yon tomonidan 1,5 m gacha havfsiz zona bo‘lishi kerak. Chuqurlikdagi qum maxsus moslama bilan tekislanadi. Manejda boshqa sektorlar ham bo‘lishi mumkin : yadro otish va boshqalar.

    yengil atletika maneji tabbiy va sun'iy yoritilgan, ventilyasiyasi – soatiga 3-4 marta, havo harorati 14-170S, namligi 30-60% bo‘lishi kerak.

    Xulosa

    Ma'ruzada jismoniy mashqlar ta'sirda organizm sistemalarida bo‘ladigan o‘zgarishlar va ularning ahamiyati tushuntirildi. Yurak-qon tomir, nafas va vegetativ nerv sistemalarining funksional holatini baholash uchun qo‘llaniladigan funksional sinamalar haqida gapirildi. Gigiena va uning vazifalari, sport inshoatlariga bo‘lgan sanitar-gigienik talablar haqida fikr yuritildi.

    Tinglovchilar bilan o‘zaro aloqani o‘rnatish uchun savollar

    1.Jismoniy mashqlar organizmga qanday ta'sir ko‘rsatadi ?

    2.Jismoniy yuklamalarni muntazam bajarish natijasida organizm sistemalarida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi ?

    3.Yurak-qon tomir sistemasining funksional holatini baholovchi qaysi sinamalarni bilasiz ?

    4.Qaysi sinamalar nafas sistemasining funksional holatini baholaydi?

    5.Vegetativ nerv sistemasining fuknsional holatini baholashda qo‘llaniladigan sinamalar?

    6.Gigiena nima va uning vazifalariga nimalar kiradi ?

    7. Sport inshoatlariga qo‘yiladigan sanitar-gigienik talablar haqida nima bilasiz ?

    8. Sport inshoatlariga qo‘yiladigan sanitar-gigienik talablar nimalarga bog‘liq ?

    3-ma'ruza. BeMORLARNING TIBBIY VA IJTIMOIY TIKLANIShIDA ShIFOBAXSh JISMONIY TARBIYa. ODAM ORGANIZMIGA JISMONIY MAShQLARNING ASOSIY TA'SIR MeXANIZMLARI. ShIFOBAXSh JISMONIY TARBIYaNING UMUMIY ASOSLARI – VOSITA VA ShAKLLARI,HARAKAT TARTIBOTLARI.


    Ma'ruzaning maqsadi

    Talabalarni jismoniy mashqlarning shifobaxsh ta'sir mexanizmi va usullari bilan tanishtirish. Bemorlarning holatiga va toshxisiga qarab shifobaxsh gimnastika kompleksini tuzishni o‘rgatish.

    Tarbiyaviy maqsadi

    Talabalarni fan orqali deontologiya haqidagi tushuncha, ularda vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalash. Ularni aholining sog‘lig‘ini yaxshilash, ish va mehnat qobiliyatini oshirish, shu bilan bir qatorda shifobaxsh jismoniy tarbiya vositalari yordamida kasallikning oldini olish va reabilitatsiya tadbirlarini o‘tkazishga o‘rgatish.

    Ma'ruzaning vazifalari

    1.Talabalarda bemorning holatiga javobgarlikni tarbiyalash.

    2.Fan haqida tushuncha, maqsad va vazifalarini berish.

    3.Talabalarni shifobaxsh jismoniy tarbiya usullarining o‘ziga xosligi va jismoniy mashqlarning ta'sir mexanizmi bilan tanishtirish.

    4.Talablarni shifobaxsh jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari, shakllari va harakat tartibotlari bilan tanishtirish.

    Ma'ruzada ko‘riladigan savollar

    1.Shifobaxsh jismoniy tarbiya fani, uning maqsadi va vazifalari.

    -10 minut

    2.Shifobaxsh jismoniy tarbiya – davolash usullari, jismoniy mashqlarning shifobaxsh ta'sir mexanizmi. -10 minut

    3.Shifobaxsh jismoniy tarbiyaning vositalari. -25 minut

    4.Shifobaxsh jismoniy tarbiyaning shakllari. -20 minut

    5.Shifobaxsh jismoniy tarbiyaning harakat tartibotlari, shifobaxsh gimnastika kompleksini tuzish prinsiplari. -25 minut


    Shifobaxsh jismoniy tarbiya (ShJT) – bu jismoniy tarbiya vosita-larini kasallikni davolash, oldini olish va bemorlarni reabilitatsiyasi maqsadida qo‘llashdir.

    ShJTning o‘ziga xos xususiyatlari yoki davolash usullari :

    -ShJT tabiiy biologik davolash usulidir. Bunda davolash jarayonida tabiiy bo‘lgan harakatlar va tabiiy omillardan foydalaniladi;

    -butun davolanish jarayonida bemorlar faol ishtirok etadilar;

    -ShJT patogenetik davolash usulidir. Jismoniy tarbiya vositalari yordami bilan kasalliklrning patogeneziga ta'sir ko‘rsatiladi. Masalan : bronxial astmada bronxlarning torayishi (spazmi) kuzatiladi. Beriladigan maxsus mashqlar yordamida bronxlarning torayishiga ta'sir etib, yo‘qotiladi. Bunda o‘pka ventilyasiyasi oshiriladi, drenajlovchi nafas mashqlari yordamida turib qolgan sekretlar haydaladi;

    -ShJT nospetsifik davolash usulidir. Davolash maqsadida beriladi-gan mashqlar spetsifik ta'sir qilish bilan bir vaqtda, organizmning umumiy reaktivligi,modda almashinuv jarayonlari,organlarning qon bilan ta'minlanishlarini kuchaytiradi;

    -ShJT funksional davolash usulidir. Patologik jarayonning rivojlanishi hisobiga organ va sistemalarning funksional holatlarida buzilishlar kuzatiladi. ShJT vositalari bilan buzilgan funksional holatlar yaxshilanadi va tiklanadi. Masalan : jarohat vaqtida singan suyak-larga gips qo‘yiladi, bunda yaqin bo‘lgan ikki bo‘sh bo‘g‘im fiksatsiyalanadi. Natijada uzoq vaqtga qo‘yilgan gips bo‘g‘imlardagi harakatlarni chegaralaydi, ularning qon bilan ta'minlanishi buziladi va mushaklar atrofiyaga uchraydi. Bemorlarga beriladigan jismoniy tarbiya vositalari bu holatlarni kamaytirishga, yo‘qotishga va funksiyasini yaxshilashga va qisqa vaqt davomida tiklashga qaratiladi. Shifobaxsh gimnastika muolajasi gips qo‘yilgan birinchi kundan boshlab ochiq joylarga, bo‘sh bo‘g‘imlarga beriladi. Gips olinganidan so‘ng har xil mashqlar beriladi (tuzatuvchi, mexanotera-piya, muvozanatga, koordinatsiyaga va h.z) va ular yordamida buzilgan funksiyalar yaxshilanadi va tiklanadi.

    Shifobaxsh jismoniy tarbiyaning ta'sir mexanizmlari :

    1.Neyro-reflektor-gumoral ta'sir – jismoniy mashqlar nerv retsep-torlarining nospetsifik qo‘zg‘atuvchilari bo‘lib hisoblanadilar. Ular nerv retseptorlariga ta'sir etib, markazga intiluvchi yo‘l orqali MNSga bora-dilar. U yerda gipofiz-gipotalyamus sistemasi orqali o‘tib, retikulyar for-matsiya va po‘stloq ostida joylashgan har xil markazlarga ta'sir etib, impulslarni o‘zgartirilgan holda markazdan qochuvchi nerv yo‘llari orqali patologik o‘chog‘iga qaytib tushadi va quyidagilarga olib keladi:

    -qon va limfa aylanishi yaxshilanadi;

    -modda almashinuv jarayoni faollashadi;

    -biologik aktiv moddalarning ajralishi kuchayadi;

    -regeneratsiya va reporatsiya jarayonlari yaxshilanadi;

    -to‘qima trofikasi yaxshilanadi.

    Bunday ta'sirlar natijasida og‘riq susayadi va qoladi, yallig‘lanish holatlari kamayadi, spazmalitik ta'sirni yuzaga keltiradi.

    2.Kompensator (to‘ldiruvchi) ta'sir – bunda organizmdagi patologik o‘zgarishlar o‘rni to‘ldiriladi va patologik jarayonning avj olib ketishi-ning oldi olinadi. Masalan : nafas organlari kasalliklarida, nafas jarayo-nida ishtirok etuvchi mushaklarga mashqlar beriladi, ya'ni diafragmaga, qovurg‘alar oralig‘iga, yelka kamariga, orqa mushaklariga. Hazm organlari kasalliklarida qorin oldi mushak pressiga mashqlar, tos tubi organlari kasalliklarida oraliq va anus sfinkteriga mashqlar va h.z.

    3.Trofik ta'sir – qo‘llanilayotgan jismoniy tarbiya vositalari ta'si-rida tomirlar kengayadi, qon aylanishi yaxshilanadi, modda almashinuvi yaxshilanadi, natijada jarohatlangan joyning trofikasi yoki oziqlanishi yaxshilanadi.

    Shifobaxsh jismoniy tarbiya vositalariga quyidagilar kiradi :

    1.Jismoniy mashqlar

    2.Tabiatning tabiiy omillari

    3.Shifobaxsh massaj

    4.Mehnat bilan davolash

    Jismoniy mshqlar.

    Jismoniy mashqlar ShJTning asosiy vositasi bo‘lib hisoblanadi. Jismoniy mashqlar quyidagilarga bo‘linadi :

    1.Gimnastik mashqlar

    2.Amaliy sport mashqlari

    3.O‘yinlar

    Gimnastik mashqlar jismoniy mashqlarning asosini tashkil etadi. Gimnastik mashqlar o‘z navbatida bo‘linadi :

    A.Nafas mashqlariga :



    a)statik yoki turg‘un nafas mashqlari

    -ko‘krak nafas mashqlari

    -diafragmal yoki qorin orqali nafas mashqlari

    -to‘liq yoki aralash nafas mashqlari

    -lokal yoki mahalliy nafas mashqlari

    b)dinamik nafas mashqlari

    -fiziologik nafas mashqlari

    -Strelnikova bo‘yicha paradoksal nafas mashqlari – o‘pkaning venti-lyasiyasini oshirish va drenajini yaxshilash uchun beriladi, qo‘l va oyoqlar bilan birgalikda harakat qilinib, asosiy e'tibor nafas olishga qaratiladi.

    v)maxsus nafas mashqlari

    -ritmik yurish – bunda nafas olish yurishga moslashtiriladi, ya'ni 1-nafas olinadi, 2-nafas chiqariladi.

    -tovushli nafas mashqlari – tovushli nafas mashqlarini bajarish maqsadida unli va undosh harflardan foydalaniladi. Bu mashqlar o‘pka ventilyasiyasini oshirish maqsadida qo‘llaniladi, masalan : nafas olib, nafas chiqarishda unli harflardan foydalaniladi. Shuningdek nafas yo‘lla-ridan balg‘amni haydash maqsadida nafas chiqarishda undosh harflarni aytish bilan amalga oshiriladi.

    -drenajlovchi nafas mashqlari – asosiy e'tibor drenajlovchi dastlab-ki holatlarga qaratiladi, ya'ni unga talab shuki, patologik o‘chog‘ bronxlar bifurkatsiyasidan, tananing bosh qismidan yuqori turishi kerak. Quyidagi dastlabki holatlar qo‘llaniladi :

    a) sog‘ yon boshda yotgan;

    b) tizza-tirsak;

    v) qorinda yotib, boshi pastga tushurilgan;

    g) qorinda yotib, oyoq qismi 15, 30, 45 graduslarga ko‘tarilgan;

    d) o‘tirgan, bosh qismi pastga engashtirilgan.

    B.Umumiy rivojlantiruvchi mashqlarga :

    Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar belgilari bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi :

    a) anatomik belgisi bo‘yicha

    -yuz, ensa mushaklari uchun mashq

    -bo‘yin, yelka va orqa mushaklari uchun mashq

    -qo‘l mushaklari uchun mashq

    -qorin oldi mushaklar pressi va tos tubi mushaklari uchun mashq

    -oyoq mushaklari uchun mashq

    -butun tana mushaklari uchun mashq

    b) faollik belgisi bo‘yicha mashqlar

    -passiv mashqlar – tushak tartibotidagi bemorlar uchun tavsiya etiladi, metodist, shifokor, hamshira yoki boshqalar yordamida mashqlar bajariladi

    -faol mashqlar – bemorlar o‘zi mustaqil mashqlarni bajaradi

    -ideomotor mashqlar – hayolan bajariladigan mashq, organizmga neyroreflektor ta'sir ko‘rsatadi

    v) snaryadlarni qo‘llash belgisi bo‘yicha mashqlar

    -snaryadsiz bajariladigan mashqlar

    -snaryadlar bilan bajariladigan mashqlar (gimnastik tayoqcha, meditsin-bol, koptok, sakratgich, halqa, espander, gantella va h.z)

    -snaryadlarda bajariladigan mashqlar (gimnastik skameykalar, sog‘lomlashtiruvchi narvon, sog‘lomlashtiruvchi disk va h.z)

    -mexanoterapiya – bunda tibbiy asboblar, apparatlar va trenajerlardan foydalaniladi. Tibbiy asboblar – og‘izni va lablarni kengaytiruvchi, apparatlar – ortopedik moslamalar, yordamchi moslamalar va Jom apparati, trenajerlar – veloergometr, velotrenajer, yuguruvchi yo‘lka, “eshkak eshish”, kuch talab qiluvchi trenajerlar, “chigiritka” trenajeri va h.z.

    g) o‘quv-tarbiyaviy belgisi bo‘yicha mashqlar

    -intizomlashtiruvchi mashqlar

    -tayyorlovchi mashqlar

    -tuzatuvchi (korreksiyalovchi) mashqlar

    -mos harakatli (koordinatsiyaga) mashqlar

    -ritmoplastik mashqlar

    -muvozanat uchun mashqlar

    -tirmashish mashqlari

    -o‘rmalash mashqlari

    -osilib turish mashqlari

    -irg‘itish mashqlari

    -sakrash mashqlari

    -qarshilikda bajariladigan mashqlar

    Amaliy sport mashqlari – bu mashqlar yordamida yuklamalarga mos-lashtirish, oshirib borish, qon va limfa aylanishlari, modda almashinuvi-ning yaxshilanishi amalga oshiriladi. Ularga quyidagilar kiradi : yurish, yugurish, o‘tirgan va turgan holatlarda eshkak eshish, suzish, chang‘i va konki uchish, velosiped haydash.

    O‘yinlar – ular quyidagilarga bo‘linadi :

    -kam harakatli o‘yinlar – shaxmat, shashka va h.z. Bunda bemorlarni kasallikdan chalg‘itish, emotsional-ruhiy holatiga ta'sir etish, e'tiborini kuchaytirish amalga oshiriladi;

    -harakatli o‘yinlar – stol tennisi, badminton, kegelban, kreket va h.z. Ular yordamida bemorlarning emotsional holati yaxshilanadi, harakat kengligi oshiriladi, o‘sib boruvchi yuklamalarga organizm moslashtiriladi;

    -sportga oid o‘yinlar – voleybol, basketbol, futbol va h.z. Ular ham bemorlarning emotsional holatini yaxshilaydi, o‘sib boruvchi yuklamalarga organizmni moslashtiradi.

    Tabiatning tabiiy omillari

    Tabiatning quyidagi tabiiy omillaridan foydalaniladi :

    -aeroterapiya – havo bilan davolash;

    -gidroterapiya – suv bilan davolash;

    -tallasoterapiya – dengiz suvlari bilan davolash;

    -gelioterapiya – quyosh nurlari bilan davolash.

    Bu omillardan organizmni chiniqtirish, kasallikning oldini olish va davolash maqsadida qo‘llaniladi.

    Shifobaxsh massaj

    Massaj qo‘l yoki apparat yordamida amalga oshiriladi. Qo‘l bilan massaj qilinganda quyidagilarga e'tibor beriladi, qo‘l har doim limfa oqimi bilan yaqin yotgan limfatugunlari tomon harakat qiladi. Qo‘l bilan massaj qilinganda quyidagi usullar qo‘llaniladi :

    -silash;

    -siqib chiqarish (qon tomirlardagi qon haydaladi);

    -yumshatish (bo‘yin, orqa, qo‘l, qorin, sonning oldingi yuzasi, dumba mushagi, boldir);

    -surtish (ko‘krak qafasi, orqa, hamma bo‘g‘imlar);

    -tebratish.

    Massaj doim silash bilan boshlanadi va silash bilan tugatiladi, bundan tashqari har bir usuldan so‘ng silash o‘tkaziladi. Qo‘l yordami bilan quyidagi massajlar amalga oshiriladi : klassik, segmentar-reflektor va nuqtali. Klsssik massajda odam tanasi bir necha qismlarga bo‘linib massaj qilinadi, ya'ni qo‘l, oyoq, qorin va h.z(1 birlik 10 minut). Segmentar-reflektor massajda ta'sir ma'lum segmentlarga ko‘rsatiladi, masalan : yoqa sohasi, bo‘yin-ensa sohasi, yuqori ko‘krak sohasi va h.z., ya'ni ichki organlar-ning nerv sistemasi tomonidan inervatsiyasiga bog‘liq holda amalga oshiri-ladi. Nuqtali massajda odam tanasidagi ma'lum nuqtalar massaj qilinadi, ya'ni biologik aktiv nuqtalar. Bunda massaj ko‘rsatkich yoki uchinchi barmoq bilan o‘tkaziladi.

    Apparat bilan massajga taalluqli :

    -gidromassaj;

    -vibriomassaj;

    -pnevmomassaj;

    -baromassaj;

    -vakuum massaj.

    Vakuum massaj asosan o‘pka, nafas yo‘llari kasalliklarida, osteoxon-drozda qo‘llaniladi. Tananing tuzilishiga va teri osti yog‘ qatlamining rivojlanishiga qarab yoki unga bog‘liq holda vakuum massaj tibbiy bankalar yoki 200 ml, 500 mlli bankalar yordamida o‘tkaziladi. Bunda bemor kushetkaga shunday yotishi kerakki, uning orqasi tekis bo‘lishi shart. Shundan so‘ng orqa maz bilan surtiladi va banka orqaga vakuum hosil qilgan holda qo‘yiladi. Vakuum massaj o‘tkazilganda quyidagilarga amal qilinishi kerak, ya'ni banka aylanma holida sekin harakat qildiriladi yoki ilon izi holida harakat qildiriladi, masalan : zotiljamda, bronxial astmada, bronxitda va h.z. Osteoxondrozda bankalar paravertebral soha bo‘yicha to‘g‘ri chiziqli harakat qildiriladi.

    Massaj organizmga trofik, mexanik, neyroendokrin, reflektor va neyrogumoral ta'sir ko‘rsatadi. Bu ta'sir mexanizmlari natijfsida fizio-logik ta'sirlar yuzaga keladi, ya'ni terining funksiyasini yaxshilaydi, qon va limfa aylanishini, modda almashinuvini, asab sistemasining qo‘zg‘atuv-chanligining pasayishini oshiradi, tashqi nafas funksiyasini yaxshilaydi, mushak va bo‘g‘imlarni mustahkamlaydi va h.z. Massajga qarshi ko‘rsatmalar : teri butunligining buzilishi, piodermiya, dermatitlar, ekzema, angiomalar, haroratli holat va h.z.



    Mehnat bilan davolash

    Bemorning emotsional ruhiy holatlariga oid savollarni xal qilish uchun qo‘llaniladi. Mehnat bilan davolash shifoxona va uy sharoitlarida olib boriladi. Shifoxonada, ayniqsa asab kasalliklari, travmatologiya, revmatologiya va boshqa bo‘limlarda muhim ahamiyatga ega. Asab kasalliklari bo‘limida bemorlarning o‘ziga-o‘zi xizmatini tiklash, travmatologiyada – mehnat stendlaridan foydalanib, bemorni hayot faoliyatida zarur mehnat-larga o‘rgatish. Uy sharoitida meva va sabzavotlarni tozalash, hamirli ovqat qilish, tugish, bichish mashqlari, bog‘ va polizlarda me'yorli ishlash.



    Shifobaxsh jismoniy tarbiya shakllari

    ShJT shakllari ikki guruhga bo‘linib o‘rganiladi :



    1.Shifoxonada qo‘llaniladigan ShJT shakllari :

    -ertalabki badan tarbiya

    15 – 20 minut davomida bajariladi, qo‘llashdan maqsad organizmning umumiy tonusini ko‘tarish, tetiklashtirish. Shakl yakka, kichik guruh, guruh holida o‘tkaziladi;

    -shifobaxsh gimnastika muolajasi

    shifoxonada o‘tkziladigan shakllarning asosiysi bo‘lib hisoblanadi. Muolaja 3 qismdan iboratdir, ya'ni - kirish qismi, bunda organizm asosiy yuklamani bajarishga tayyorlanadi. Birinchi qismda yengil mashqlar berilib, umumiy vaqtning 15-25 %ni tashkil etadi;

    - asosiy qismi, bunda organizmga aso-siy mashqlar beriladi va uning jismoniy yuklamaga moslashishi amalga oshiriladi. Mashqlar, yuklamalar asta-sekin o‘sib boradi, avvaliga umumiy vaqtning 50 %, keyinchalik 70 % ajratiladi;

    - tugallanish qismi – bunda organizm-ga yengil, bo‘shashtiruvchi mashqlar beriladi, organizmning dastlabki holati-ga qaytishi ta'minlanadi. Avvaliga umumiy vaqtning 25 %, keyinchalik 15 % ajratiladi.

    Shifobaxsh gimnastika muolajasini amalga oshirish uchun har bir sistema kasalligiga, har bir kasallikka alohida gimnastik mashqlar kompleksi tuziladi va yakka, kichik guruh, guruh holida o‘tkaziladi;

    -bemorlarga beriladigan individual topshiriqlar

    bemorlarga kasalligini bilgan holda shifokor yoki metodist tomonidan individul bajarishi uchun mashqlar beriladi. Masalan : nafas organlari kasalligida – drenajlovchi dastlabki holatlarda mashqlar baja-rish, maxsus tovushli nafas mashqlari va h.z.;

    -me'yorli yurish

    bu shakl yurak-qon tomir sistemasi, nafas organlari, tayanch-harakat apparati kasalliklarida, modda almashinuvi buzilishlarida qo‘llaniladi. Shakl davolovchi shifokor yoki metodist tomonidan nazorat qilinadi. Masalan : miokardning o‘tkir infarkti – bemorlar me'yorli yurishni palata-da, so‘ngra koridorda ma'lum masofalarni o‘tish bilan amalga oshiradilar.



    2.Shifoxonadan tashqarida qo‘llaniladigan ShJT shakllari :

    -terrenkur

    Har xil ko‘tarilib tushish burchagiga, masofa uzunligiga ega bo‘lgan maxsus tayyorlangan yo‘lka. Bu shakl asosan sanatoriya-kurortlarda, dispan-serlarda qo‘llaniladi. Yurak-qon tomir kasalliklarida, nafas organlari, oshqozon-ichak yo‘li, tayanch-harakat apparati kasalliklari va modda almashinuvi buzilishi bor bemorlarga tavsiya etiladi. Davolash maqsadida buyurilishi uchun terrenkurning 4 ta mashruti tavsiya etiladi, ular :

    -1-marshrut – ko‘tarilish burchagi 4 gradusdan oshmaydi, masofa uzun-ligi 500 metr;

    -2-marshrut – ko‘tarilish burchagi 5-10 gradus, masofa 1000 metrgacha;

    -3-marshrut – ko‘tarilish burchagi 11-15 gradus, masofa 2000 metrgacha;

    -4-marshrut – ko‘tarilish burchagi 16-20 gradus, masofa 3000-5000 metrgacha.

    -sog‘lomlashtiruvchi yugurish

    me'yorli sur'atda yugurish uchun oyoqlar ma'lum balandlikka ko‘trilib yuguriladi;

    -sayr qilish, ekskursiya

    sog‘lomlashtirish, organizmni mustahkamlash, chiniqtirish, emotsional tonusni tiklash maqsadida foydalaniladi;

    -yaqin turizm

    asosan sanatoriya-kurortlarda, tog‘li sharoitda qo‘llanilib, bemorlarga kuniga ko‘p emas, kam emas o‘rta hisobda 15 kmgacha yayov yurish tavsiya etiladi;

    -o‘yinli darslar

    shifoxonadan tashqarida o‘yin vositalaridan foydalangan holda o‘yinli darslar amalga oshiriladi. Bu bilan bemorlar organizmini o‘sib boruvchi jismoniy yuklamalarga moslashtirib boriladi.

    -ommaviy jismoniy tarbiyaviy chiqishlar.



    Shifobaxsh jismoniy tarbiyada harakat tartibotlari

    ShJTda quyidagi harakat tartibotlari va ularning vazifalari farqlanadi :



    1.Tushak harakat tartiboti

    A) qat'iy

    B) kengaytirilgan

    Muolajaning davomiyligi 5-7 minut, ishlash – dam olish nisbati 1:1, o‘rta hisobda 8-10 ta mashq beriladi, har bir mashq 3-4 marta sekin sur'atda qaytariladi.

    Umumiy vazifalari :

    1.Bemorga ta'sir etayotgan ruhiy va jismoniy ta'sirlarni kamayti-rish yoki yo‘qotish.

    2.Qon aylanishning ekstrakardial omillarini faollashtirish yoki yaxshilash.

    3.Qat'iy tushak tartiboti asoratlarining oldini olish (yotoq yara, qon dimlanishi, ichak parezi, mushak atrofiyasi, kontraktura va h.z.).



    2.Yarim tushak yoki palata harakat trtiboti

    Muolajaning davomiyligi 15-20 minut, ishlash – dam olish nisbati 3:1, o‘rta hisobda 20-25 ta mashq beriladi, mashqlarning qaytarilish soni 6-8 marta, sekin sur'atda.

    Umumiy vazifalari :

    1.Qon aylanishning ekstrakardial omillarini asta – sekin chiniqti-rish;

    2.yengil jismoniy yuklamalarga organizmni asta-sekin moslashtirish.

    3.Dimlanish holatlari bilan kurashish.



    3.Erkin harakat tartiboti

    A) erkin avaylovchi

    B) erkin avaylovchi-chiniqtiruvchi

    V) erkin chiniqtiruvchi

    Muolajaning davomiyligi 30-45 minut, ishlash – dam olish nisbati

    5 : 1, o‘rta hisobda 25-35 ta mashq beriladi, mashqlarning qaytarilish soni 10-12 marta, sekin, o‘rta sur'atlarda.

    Umumiy vazifalari :

    1.O‘sib boruvchi jismoniy yuklamalarga organizmni moslashtirib borish.

    2.Organ va sistemalar orasidagi o‘zaro aloqalarning korrelyativli-gini yaxshilash.

    3.Bemorlarni kasb va yashash faoliyatlariga tayyorlash.



    Shifobaxsh gimnastika muolajasini tuzish prinsiplari :

    1.Dastlabki holatni tanlash.

    2.Patogenetik belgisi bo‘yicha maxsus mashqlarni tanlash.

    3.Muolajaning davomiyligi.

    4.Beriladigan mashqlarning soni.

    5.Har bir mashqning qaytarilish soni.

    6.Bir mashqning davomiyligi (tushak tartiboti – 10-15 sekund, yarim tushak tartiboti – 15-20 sekund, erkin tartiboti – 30-40 sekund).

    7.Qo‘llaniladigan mashqlarning tarqoqligi, ya'ni muolajaga har xil mashqlar kiritilishi kerak.

    8.Berilayotgan yuklamaning asta-sekinlik prinsipi, ya'ni muolaja shunday tuzilishi kerakki, avval bemor organizmi yengil mashqlar yordamida asosiy yuklamaga tayyorlanadi, so‘ngra muolaja oxirida bo‘shashtiruvchi mashqlar yordamida bemor organizmi dastlabki holatga qaytarilishi lozim.

    9.Qo‘llaniladigan mashqlar sur'ati (sekin, o‘rta, tez, tezlashadigan).

    10.Muolaja vaqtida ishlash-dam olish nisbati.

    11.Muolaja vaqtida bajariladigan harakatning ritmi va amplitudasi.

    12.Muolajaga emotsional omillarni qo‘shish (musiqa, raqslarga xos mashq).

    ShJT bo‘yicha vrachning majburiyatlari

    1.Bemorlarni qabul qilish va tekshirish.

    2.Davolovchi shifokorlar bilan ShJTga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar haqida suhbat o‘tkazish.

    3.Mashg‘ulotlarning effektivligini aniqlash.

    4.Vrachli-pedagogik nazoratni o‘tkazish.

    5.Metodistning malakasini oshirishni muntazam nazorat qilish.

    6.ShJT mashg‘uloti sxemasini tuzish va shifobaxsh gimnastika muolajasini tuzishda ShJTning vazifalarini tavsiya etish.

    Shifobaxsh gimnastika muolajasini o‘tkazishga qarshi ko‘rsatmalar:





    1.Nisbiy qarshi ko‘rsatmalar :

    -bemorlarning umumiy og‘ir holati;

    -kasallikning o‘tkir davri;

    -tana haroratining 37,5 gradusdan ortishi;

    -jismoniy mashqlar bajarishda og‘riqning zo‘rayishi;

    -yiringli jarayonning bo‘lishi;

    -shikastlangan suyak bo‘laklarining yetarli bo‘lmagan immobilizatsiyasi;

    -yirik qon tomir va nerv yaqinida yod tanalarning bo‘lishi;

    -qon ketish va qon ketishga moyillik.

    Bu ko‘rsatmalarning nisbiy deyilishiga sabab shuki, ular bartaraf etilganidan so‘ng shifobaxsh jismoniy tarbiya muolajasini bemorga tavsiya etish mumkin.

    2.Absolyut qarshi ko‘rsatma :

    -yomon sifatli shishishlar yoki onkologik kasalliklar.

    Xulosa

    Ma'ruzada ShJT usullarining boshqa dori-darmon bilan davolash usullaridan afzallik tomonlari ko‘rsatildi, jismoniy mashqlarning ta'sir mexanizmlari tushuntirildi. ShJT vositalari, shakllarining klassifikatsiyalari, harakat tartibotlari va unga bog‘liq holda shifobaxsh gimnastika muolajasini tuzish prinsiplari haqida fikr yuritildi.



    Tinglovchilar bilan o‘zaro aloqani o‘rnatish uchun savollar

    1.Davolash-reabilitatsiya kompleksida ShJT qanday maqsadda qo‘llani-ladi ?

    2.ShJTning usullari va ularning afzalliklari?

    3.Jismoniy mashqlarning shifobaxsh ta'sir mexanizmi.

    4.Jismoniy mashqlar qanday guruhlarga bo‘linadi?

    5.Qaysi holatlarda ideomotor mashqlarni qo‘llash tavsiya etiladi?

    6.Harakat tartibotini kengaytirish qachon va kim bilan xal etiladi?

    7.Harakat tartibotlari va ularning vazifalari qanday?

    8.Shifobaxsh gimnastika muolajasini tuzishda nimaga e'tibor berish kerak?

    Qo‘llanilgan adabiyotlar

    1.V.A.yepifanov, G.L.Apanasenko Lechebnaya fizkultura i vrachebnыy kontrol M., «Meditsina» 1990 g.

    2.A.V.Chogovadze, M.M.Kruglыy Vrachebnыy kontrol v fizicheskom vospitanii i sporte Moskva, «Meditsina», 1977 g.

    3.I.V.Aulik Opredelenie fizicheskoy rabotosposobnosti v klinike i sporte Moskva, «Meditsina», 1990 g.

    4.V.A.yepifanov Lechebnaya fizkultura i sportivnaya meditsina M.,2000 g.

    5.V.L.Karpman Serdse i sport M., 1990 g.

    6.V.L.Karpman Sportivnaya meditsina M., 1987 g.

    7.Sportivnaya meditsina Pod red. A.V.Chogovadze M., Moskva, 1984g. 8.Ma'ruza matnlari va щыuv uslubiy qo‘llanmalar.


    HORIJIY MANBALAR

    1. Teylor S.B., Miller N.H. “Basic physiologic principils relatied to Group exirsise programs” Filadelphiya 1990

    2. Tehaxton L. “Phithiological and psythological effects of short term exirsise eddiction on habitual runners.” 1992 96.

    3. Marlis Gonzalez-Fernandez, MD, PhD, Jarrod David Friedman, MD Physical Medicine and Rehabilitation Pocket Companion

    4. Mark Harrast, MD, Jonathan Finnoff, DO Sports MedicineStudy Guide and Review for Boards

    5. Wainapel, Stanley F.; Fast, Avital (Editors)Alternative Medicine and RehabilitationA Guide for Practitioners2003 - Demos Medical Publishing

    6. Consuelo T Lorenzo et al. Physical Medicine and Rehabilitation Medscape Reference 2011 – WebMD

    7. Sara J. Cuccurullo (Editor)Physical Medicine and Rehabilitation Board Review 2004 - Demos Medical Publishing, 848 pp.


    Internet resurslar:

    http://www.lib.uiowa.edu/hardin/md/index.html,http://dir.rusmedserv.c,http://www.medlinks.ru/,http://www.kosmix.com/,http://www.medpoisk.ru/,http://www.tripdatabase.com/,h ttp://www.klinrek.ru/cgi-bin/mbook,http://www.intute.ac.uk/medicine/

    http://elibrary.ruhttp://www.freebooks4doctors.com/ http://www.medscape.com/ http://www.meducation.net/ http://www.thecochranelibrary.com

    Annotatsiya

    “Shifokor nazoratining vazifalari va mazmuni. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchi aholining har xil toifalarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish” ma'ruzasi tibbiy-profilaktika fakultetining 3 kurs talabalariga mo‘ljallangan.

    Ma'ruza o‘qishdan maqsad talabalarga shifokor nazorati fani, uning ish mazmuni, vazifalari, qo‘llaniladigan tibbiy ko‘rik turlari, ularni qo‘llashdan maqsadi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartiblari, vrach – jismoniy tarbiya dispanserlari haqida tushuncha berish.

    Ma'ruzada quyidagi savollarni matn va slaydlar yordamida yoritish rejalashtirilgan : shifokor nazorati fani, ish mazmuni va uning vazifalari, qo‘llaniladigan tibbiy ko‘rik turlari va qo‘llanilish maqsadlari, vrach – jismoniy tarbiya dispanserlari haqida tushuncha.

    Ma'ruza bo‘yicha 13 ta slaydlar sxema ko‘rinishida tayyorlangan. Matn tayyorlashda oxirgi adabiyotlardan, internet ma'lumotlaridan foydalanilgan. Ma'ruzada tinglovchilarning olgan bilimlarini aniqlash uchun savollar keltirilgan.
    Annotatsiya

    “Jismoniy yuklamalar ta'sirida organizmda bo‘ladigan o‘zgarishlar. Shifokor nazoratida qo‘llaniladigan funksional sinamalar” ma'ruzasi tibbiy-profilaktika fakultetining 3 kurs talabalariga mo‘ljallangan.

    Ma'ruza o‘qishdan maqsad talabalarga jismoniy mashqlar ta'sirida shug‘ullanuvchi organizmida bo‘ldigan o‘zgarishlar va ularning shug‘ullanuvchilar uchun ahamiyati, organizm sistemalarining fnuksional holatini baholovchi sinamalar va ularning ahamiyati haqida tushuncha berish. Ma'ruzada quyidagi savollarni matn va slaydlar yordamida yoritish rejalashtirilgan : jismoniy yuklamalar bajarish natijasida organizm-ning yurak-qon tomir va nafas sistemalarida bo‘ladigan o‘zgarishlar va ularning shug‘ullanuvchi organizmi uchun ahamiyati, yurak-qon tomir, nafas va vegetativ nerv sistemalarining funksional holatini baholash uchun qo‘llaniladigan funksional sinamalar haqida tushuncha.

    Ma'ruza bo‘yicha 22 ta slaydlar sxema ko‘rinishida tayyorlangan. Matn tayyorlashda oxirgi adabiyotlardan, internet ma'lumotlaridan foydalanilgan. Ma'ruzada tinglovchilarning olgan bilimlarini aniqlash uchun savollar keltirilgan.


    Annotatsiya

    “Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish inshoatlarining saqlanishiga sanitar-gigienik talablar. Sportchilarning shaxsiy gigienasi. Sportchilar ovqatlanishiga gigienik talablar.” ma'ruzasi tibbiy-profilaktika fakultetining 3 kurs talabalariga mo‘ljallangan.

    Ma'ruza o‘qishdan maqsad talabalarga sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilar uchun mo‘ljallangan ochiq va yopiq tipdagi sport inshoatlarining saqlanishiga sanitar-gigienik talablar va ularga rioya qilishning ahamiyati, sportchilarning shaxsiy va ovqatlanish gigienasi haqida tushuncha berish.

    Ma'ruzada quyidagi savollarni matn va slaydlar yordamida yoritish rejalashtirilgan : gigiena va uning vazifalari, ochiq va yopiq tipdagi sport inshoatlariga gigienik talablar, sport inshoatlariga qo‘yilgan gigienik talablarga rioya qilishning, sportchilarning shaxsiy va ovqatlanish gigienasining ahamiyati haqida tushuncha.

    Ma'ruza bo‘yicha 15 ta slaydlar sxema ko‘rinishida tayyorlangan. Matn tayyorlashda oxirgi adabiyotlardan, internet ma'lumotlaridan foydalanilgan. Ma'ruzada tinglovchilarning olgan bilimlarini aniqlash uchun savollar keltirilgan.
    Annotatsiya

    “Bemorlarning tibbiy va ijtimoiy tiklanishida davolovchi jismoniy tarbiya” ma'ruzasi tibbiy-profilaktika fakultetining 3 kurs talabalariga mo‘ljallangan.

    Ma'ruza o‘qishdan maqsad talabalarga davolovchi jismoniy tarbiya usullarining boshqa dori-darmon bilan davolash usullaridan afzallik tomonlari, jismoniy mashqlarning ta'sir mexanizmlari, davolovchi jismoniy tarbiyaning vositalari, shakllarining klassifikatsiyalari, harakat tartibotlari va unga bog‘liq holda davolovchi gimnastika muolajasini tuzish prinsiplari haqida tushuncha berish.

    Ma'ruzada quyidagi savollarni matn va slaydlar yordamida yoritish rejalashtirilgan : davolovchi jismoniy tarbiya fani, uning maqsadi va vazifalari, davolash usullari, jismoniy mashqlarning shifobaxsh ta'sir mexanizmi, vositalari, shakllari, harakat tartibotlari, davolovchi gimnastika kompleksini tuzish prinsiplari haqida tushuncha.

    Ma'ruza bo‘yicha 47 ta slaydlar sxema ko‘rinishida tayyorlangan. Matn tayyorlashda oxirgi adabiyotlardan, internet ma'lumotlaridan foydalanilgan. Ma'ruzada tinglovchilarning olgan bilimlarini aniqlash uchun savollar keltirilgan.

    .
    MUALLIFLAR TO‘G‘RISIDA










    Adilov Sh.Q.

    Xalq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi dotsenti, t.f.n.

    Vыsogorseva O.N.

    Xalq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi qatta o‘qituvchisi, t.f.n.

    Sharipov U.A.

    Xalq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi assistenti



    NORMATIV HUJJATLAR

    O‘ZBeKISTON ReSPUBLIKASINING

    QONUNI

    29.08.1997 y.

    N 464-I

    TA'LIM TO‘G‘RISIDA

    I. Umumiy qoidalar (1-8-moddalar)

    II. Ta'lim tizimi va turlari (9-19-moddalar)

    III. Ta'lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilish (20-24-moddalar)

    IV. Ta'lim tizimini boshqarish (25-29-moddalar)

    V. Yakunlovchi xulosalar (30-34-moddalar)



    I. UMUMIY QOIDALAR

    1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

    2-modda. Ta'lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

    3-modda. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari

    4-modda. Bilim olish huquqi

    5-modda. Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi

    6-modda. Ta'lim muassasasining huquqiy maqomi

    7-modda. Davlat ta'lim standartlari

    8-modda. Ta'lim berish tili

    1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

    Ushbu Qonun fuqarolarga ta'lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta'minlashga qaratilgan.



    2-modda. Ta'lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

    Ta'lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan hamda boshqa qonun hujjatlaridan iborat. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ta'lim sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ta'lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.



    3-modda. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari

    Ta'lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e'lon qilinadi. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; ta'limning uzluksizligi va izchilligi;

    umumiy o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining majburiyligi; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi; ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi; ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; bilimli bo‘lishni va iste'dodni rag‘batlantirish; ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.

    4-modda. Bilim olish huquqi

    Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e'tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqyei, turar joyi, O‘zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat'i nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi. Bilim olish huquqi:

    davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini rivojlantirish; ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta'lim olishni tashkil etish; ta'lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o‘qitish, shuningdek ta'lim muassasalarida shartnoma asosida to‘lov evaziga kasb-hunar o‘rgatish; barcha turdagi ta'lim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi o‘quv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo‘lishi;

    oilada yoki o‘zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditatsiyadan o‘tgan ta'lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o‘tish huquqini berish orqali ta'minlanadi. Boshqa davlatlarning fuqarolari O‘zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega. Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilim olishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.



    5-modda. Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi

    Tegishli ma'lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Pedagog xodimlarni oliy o‘quv yurtlariga ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan Nizomga muvofiq tanlov asosida amalga oshiriladi. Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish sud hukmiga asosan man etilgan shaxslarning ta'lim muassasalarida bu faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.



    6-modda. Ta'lim muassasasining huquqiy maqomi

    Ta'lim muassasasini akkreditatsiyalash vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiyaga asosan amalga oshiriladi. Ta'lim muassasasi yuridik shaxs bo‘lib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda barpo etiladi. Nodavlat ta'lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlari va ta'lim faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi. Ta'lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan ustav asosida faoliyat ko‘rsatadi. Ta'lim muassasasi attestatsiya natijalariga binoan davlat akkreditatsiyasidan mahrum etilishi mumkin. Ta'lim muassasalari o‘quv-tarbiya majmuilariga hamda o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari va uyushmalariga birlashishga haqli. Ta'lim muassasalari ustavda belgilangan vazifalariga muvofiq pulli ta'lim xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari bilan shug‘ullanishga haqli.



    7-modda. Davlat ta'lim standartlari

    Davlat ta'lim standartlari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta'lim standartlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasining barcha ta'lim muassasalari uchun majburiydir.



    8-modda. Ta'lim berish tili

    Ta'lim muassasalarida ta'lim berish tilidan foydalanish tartibi Davlat tili haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi.



    II. TA'LIM TIZIMI VA TURLARI

    9-modda. Ta'lim tizimi

    10-modda. Ta'lim turlari

    11-modda. Maktabgacha ta'lim

    12-modda. Umumiy o‘rta ta'lim

    13-modda. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi

    14-modda. Oliy ta'lim

    15-modda. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim

    16-modda. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash

    17-modda. Maktabdan tashqari ta'lim

    18-modda. Oiladagi ta'lim va mustaqil ravishda ta'lim olish

    19-modda. Ta'lim to‘g‘risidagi hujjatlar



    9-modda. Ta'lim tizimi

    O‘zbekiston Respublikasining ta'lim tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

    davlat standartlariga muvofiq ta'lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta'lim muassasalari; ta'lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar; ta'lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar. O‘zbekiston Respublikasining ta'lim tizimi yagona va uzluksizdir.



    Download 2.15 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 2.15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kafedra: halq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya fan: vrach nazaroti tibbiy profilaktika fakulteti

    Download 2.15 Mb.