Suhbatning maqsadi – magistraturaga kiruvchi abituriyentlarning lingvistika sohasidagi tayyorgarligi tayanch darajasini aniqlash.
Og’zaki suhbatning asosiy vazifalari:
Og’zaki suhbat bilet asosida imtihon komissiya tomonidan har bir abituriyent bilan alohida o’tkaziladi. Abituriyentga uning kasbiy va shaxsiy imkoniyatlarini baholashga imkon beradigan savollar beriladi. Har bir biletga ilmiy-tadqiqot muammolari bo’yicha 2 ta savol va abituriyentning bitiruv malakaviy ishi bo’yicha suhbat o’tkazish uchun 1 ta savol kiritilgan. Har bir abituriyentga 10 daqiqagacha vaqt ajratiladi.
Abituriyent suhbatdan so’ng imtihon biletidagi savollarga tayyorlagan o’zining yozma ko’rinishdagi javoblarini komissiya a’zolariga qoldiradi.
Suhbat davomida abituriyentning ilmiy maqola yoki tezislari (yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlar) ko’rib chiqilib, suhbat natijalarini baholashda inobatga olinadi.
|