• Ob`ekt axborot markazi
  • 4-bob. Ob`ekt darajasidagi xabar berish tizimini yaratish, ishga tushirish, saqlash va undan foydalanish tartibi
  • -bob. Xabar berish tizimining tarkibi




    Download 52.38 Kb.
    bet3/4
    Sana10.02.2024
    Hajmi52.38 Kb.
    #154158
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Қарор
    html, 4446-Текст статьи-10872-1-10-20211221 (1), 1d26510680dd1768cd12ef25ff414713 O`g`it qo`llash tizimi, test, Законодательное регулирование криптовалют в разных странах, Xushnazarov Azizbek Individual loyiha ishi, Xushnazarov Azizbek Individual loyiha ishi, 2-laboratoriya ishi, p4N7Wpxv6cXNCu3K6sq9mhyoGm8KuSuomcEoW0qI, Jismoniy shaxslarning omonatlari boʼyicha operatsiyalarni amalga oshirish va hisobga olish tartibi
    3-bob. Xabar berish tizimining tarkibi

    1. Ob`ekt darajadagi xabar berish tizimi ushbu ob`ekt ishchilariga
      va shu ob`ektda bo’lib turgan tashrif buyurivchilarga shoshilinch xabar berishni, shuningdek, fuqaro muhofazasi signallari hamda tezkor ma`lumotlar yetkazilishini ta`minlaydi.

    2. SHuningdek, ob`ekt darajasidagi xabar berish tizimi ob`ekt axborot markazi va terminal komplekslaridan iborat bo’ladi.

    Ob`ekt axborot markazi – ta`siri ob`ekt hududidan tashqariga chiqmaydigan favqulodda vaziyat ro’y berishi mumkin bo’lgan potensial xavfli ob`ektlar hamda bir vaqtning o’zida xodimlar va tashrif buyuruvchilarning soni ellik va undan ortiq nafarni tashkil etadigan tashkilotlarda tashkil etiladi. Ushbu markaz axborot operasiyalarini amalga oshirish, javobgarlik hududidagi terminal komplekslarning translyasiyalarini boshqarish, ob`ekt darajasidagi xabar berish tizimining faoliyatini nazorat qilish uchun mo’ljallangan.
    Potensial xavfli ob`ektlarning ob`ekt axborot markazi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq zarar yetishi mumkin bo’lgan zonalardagi aholiga xabar berish va ma`lumot yetkazishni ta`minlashi kerak.

    1. Terminal komplekslarning tarkibiga ular o’rnatilgan joylarga ko’ra quyidagilar kiradi: axborot tablosi, o’tuvchi yozuvlar qurilmasi, tovushni kuchaytiruvchi vositalar, videokuzatuv kameralari, radiasion va kimyoviy nazorat vositalari va boshqalar.

    4-bob. Ob`ekt darajasidagi xabar berish tizimini yaratish, ishga tushirish, saqlash va undan foydalanish tartibi

    1. Ob`ekt darajasidagi xabar berish tizimi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq tashkiliy-funksional tuzilma asosida yaratiladi (rivojlantiriladi).

    2. Ob`ekt darajasidagi xabar berish tizimlari tashkilotga ajratilgan davlat byudjeti mablag’lari doirasida, byudjetdan tashqari mablag’lar hamda xalqaro moliya institutlarining grant mablag’lari
      va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa
      manbalar hisobidan yaratiladi
      va saqlanadi.

    3. Xabar berish tizimi faoliyati uchun mo’ljallangan bog’lovchi liniyalar va ma`lumotlarni uzatish kanallari “O’zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Farg’ona viloyati filiali tomonidan ustuvor tartibda telekommunikasiya xizmat tariflarini kamaytirish bo’yicha tashkilotning imtiyozini hisobga olgan holda, shartnoma asosida taqdim etiladi.

    Bunda “O’zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Farg’ona viloyati filialiga shartnoma shartlariga muvofiq bog’lovchi liniyalar va ma`lumotlarni uzatish kanallarining sozligi uchun to’liq javobgarlik yuklanadi.

    1. Bog‘dod tumani 14- umumiy o‘rta ta’lim maktabida favqulodda vaziyat ro’y berishi xavfi yoki favqulodda vaziyat ro’y berganda ob`ekt rahbariyati qaroriga muvofiq ob`ekt darajasidagi xabar berish tizimi ishga tushiriladi.

    Ob`ekt darajasidagi xabar berish tizimi Farg’ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig’i buyrug’iga asosan masofadan ishga tushirilishi mumkin.

    1. Ob`ekt darajasidagi xabar berish tizimi orqali favqulodda vaziyatlar to’g’risida xabar berish, ma`lumotlar va signallar uzatish avtomatik, avtomatlashtirilgan yoki qo’lda ishlatish rejimlarida amalga oshirilishi mumkin.

    Avtomatik ish rejimida xabar berish tizimiga bog’langan monitoring kuzatish qurilmalari orqali to’g’ridan-to’g’ri xavfli tabiat hodisalari yoki gidrotexnik inshootlarda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan hodisalar to’g’risidagi signallarga muvofiq tizimga oldindan kiritilgan ssenariy dasturlariga asosan faollashib, tizimdan foydalanish (ishga tushirish) navbatchi-dispetcherlik xizmatlari navbatchilarining ishtirokisiz amalga oshiriladi.
    Avtomatlashtirilgan ish rejimida xabar berish tizimini ishga tushirish buyruq va ko’rsatmalar asosida navbatchi-dispetcherlik xizmatining ushbu tizimni ishga tushirish huquqiga ega bo’lgan navbatchilari tomonidan amalga oshiriladi.
    Qo’lda ishga tushirish rejimida potensial xavfli ob`ektlarda o’rnatilgan xabar berish tizimining oxirgi qurilmalarini ob`ekt rahbarining buyruq va ko’rsatmalariga asosan navbatchi-dispetcherlik xizmati navbatchilari tomonidan boshqariladi.
    Avtomatik ish rejimi barcha darajadagi xabar berish tizimining asosiy rejimi hisoblanadi. Navbatchi-dispetcherlik xizmati mavjud bo’lgan ob`ektlarda xabar berish tizimlarining avtomatlashtirilgan rejimda ishlashiga ruxsat beriladi.

    1. Xabar berish signallari va favqulodda vaziyat to’g’risidagi holat haqidagi axborot ob`ekt ishchilariga va ob`ektda bo’lib turgan tashrif buyuruvchilarga fuqaro muhofazasining “Diqqat hammaga!” signalini berish orqali yetkaziladi. Bunda elektrosirenalar va ruporli ovoz kuchaytirgichlar orqali 3 daqiqagacha ogohlantiruvchi signallar uzatiladi.

    2. Ogohlantirish signallaridan so’ng yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar hamda ularda xarakatlanish tartibi to’g’risidagi ma`lumot (axborot)lar yetkaziladi.

    3. Farg’ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga favqulodda vaziyatlar ro’y berish xavfi yoki favqulodda vaziyat ro’y berganligi to’g’risidagi xabarni yetkazish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema asosida tashkil etiladi.

    4. Xabar berish tizimiga texnik xizmat ko’rsatish aloqa va axborotlashtirish vositalaridan foydalanish, ularni sozlash va xizmat ko’rsatish sohasida o’z faoliyatini yurituvchi tashkilotlar o’rtasida har yili tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.

    5. Mavjud xabar berish tizimini foydalanishdan chiqarishda, ularni modernizasiya qilish (rekonstruksiya qilish) ishlari yakunlanib, yangi xabar berish tizimi foydalanishga topshirilgandan keyingina demontaj qilishga ruxsat etiladi.

    6. Kundalik faoliyat rejimida ob`ekt xabar berish tizimi terminal komplekslaridan ijtimoiy reklama, reklama-marketing va boshqa ijtimoiy muhim ma`lumotlar translyasiyasi uchun foydalanish mumkin.


    Download 52.38 Kb.
    1   2   3   4




    Download 52.38 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bob. Xabar berish tizimining tarkibi

    Download 52.38 Kb.