|
-bob. Xabar berish tizimining tayyorligini
tekshirish va baholash
|
bet | 4/4 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 52,38 Kb. | | #154158 |
Bog'liq Қарор5-bob. Xabar berish tizimining tayyorligini
tekshirish va baholash
Xabar berish tizimlari tayyorligini nazorat qilish maqsadida quyidagi turdagi tekshirishlar tashkil etiladi:
tegishli terminal kosmpleksining oxirgi qurilmalarini ishga tushirgan holda kompleks tekshirish;
tegishli terminal kosmpleksining oxirgi qurilmalarini ishga tushirmagan holda texnik tekshirish.
Ob`ekt darajasidagi xabar berish tizimining tayyorligini kompleks tekshirish Fuqaro muhofazasi boshlig’ining aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong’in xavfsizligini ta`minlash bo’yicha buyrug’iga asosan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig’i, favqulodda vaziyatlar vaziri, Farg’ona viloyat hamda Farg’ona shahar hokimlari – fuqaro muhofazasi boshliqlarining qarori yoki buyrug’i asosida ob`ekt darajasidagi xabar berish tizimining tayyorligi yiliga ko’pi bilan bir marta qo’shimcha kompleks tekshirilishi mumkin.
Xabar berish tizimining tayyorligini kompleks tekshiruvdan o’tkazishda, ob`ekt ishchilari va ob`ektda bo’lib turgan tashrif buyuruvchilar tegishli e`lon berish orqali ogohlantirilishi shart.
Xabar berish tizimini tayyorligini kompleks tekshirish har yili bir marta kunduzgi paytda tegishli axborot markazlaridan sinov signallari yoki ovozli xabarlarni yuborish orqali amalga oshiriladi.
Kompleks tekshirish davomida ushbu ob`ekt darajasidagi xabar berish tizimlari to’g’risidagi nizom, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarining bajarilishi o’rganiladi.
Ob`ekt darajasidagi xabar berish tizimining tayyorligi ushbu Nizomga
3-ilovaga muvofiq mezonlar asosida baholanadi.
6-bob. YAkunlovchi qoida
Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo’lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumani
14- umumiy o‘rta ta’lim maktabi
XIBDO‘ _____G’.Xolmatov
|
| |