111
narxi uncha katta bo’lmagan 12 ta to’lqin uzunligini ajratishga
mo’ljallangan OADM multipleksorlaridan foydalaniladi. Biror tugundan
boshqa tugunga axborotlarni uzatish uchun, o’zaro bir-biri bilan
bog’langan bir necha oraliq tugunlardan foydalaniladi. Bunday
texnologiyalarni qo’llash orqali:
nuqta-nuqta
va
xalqa
tapologiyasi
asosida
milliy
masshtabdagi operatorlarning yuqori tezlikli transport tarmoqlarini
yaratish;
turli protokollardan foydalaniladigan va yuqori uzatish
tezligini talab qiluvchi juda ko’p foydalanuvchilar qo’llashga
mo’ljallangan quvvatli shahar transport magistralini yaratish mumkin.
DWDM kurilmalari 4 ta asosiy tugunga bo’linadi:
optik terminal multipleksor (Optikal Terminal Multiplexer-
OTM);
regenerator (Regenerator-REG);
optik kuchaytirgich (Optikal Line Amplifier);
kirish/chiqishli optik multipleksor (Optikal Add Drop
Multiplexer- OADM).
Optik terminal multipleksorlar oxirgi stantsiyalarda joylashtiriladi
va turli tizimlarning signallarini to’lqinli zichlashtirishni amalga
oshiradi:
optik kuchaytirgich so’ngra signalni kuchaytiradi;
optik regenerator guruxli signalning shaklini kayta tiklaydi;
djitterni pasaytiradi va signalning shovqinga nisbatini
yaxshilaydi;
kirish/chiqishli multipleksorlarda asosan optik kanallarni
kiritish va chiqarish amalga oshiriladi.