110
o’nlab kanallarni zichlashtirish imkoni hosil bo’ldi. Bunday texnologiya
asosida ishlovchi turli hil ishlab chiqaruvchilar tomonida ishlab
chiqilgan qurilmalarni o’zaro hamkorlikda ishlay olishlarini ta’minlash
maqsadida bu texnologiyada optik tashuvchilarni standartlashtirish,
kanal va chastota rejasii standartlashtirish masalasi yuzaga keldi.
Bu masalani Xalqaro elektr aloqa birlashmasi (ITU) hal etdi.
DWDM twxnologiyasining kanallari va chastotalari rejasi ITU ning
G.692 standartida tartibga solingan va belgilab qo’yilgan. Unga ko’ra
DWDM texnologiyasida 1528,77 nm dan 1569,69 nm gacha spektrdan
(umumiy 5,1 TGs li diapazon) foydalanish, kanallar orasidagi filtr
polosasini 100 GGs erib tayinlash tavsiya etiladi. Bu diapazonda
maksimal 51 ta optik kanal hosil qilish mumkin. Demak bu holatda
kanallar orasidagi qadam 0,8 nm ni tashkil qiladi.
Ammo keyinchalik ma’lum bo’ldiki, juda ko’plab ishlab
shiqaruvchilari tomonida kanallar orasidagi filtr polosa farqi 50 GGs
(0,4 nm) bo’lgan qurilmalar ishlab chiqarilgan Bundan tashqari shunday
holatlar bo’ladiki bu darajadagi zichlashtirishga zarurat bo’lmaydi va
kanalla orasidagi filtr polosa farqini 200 GGs, hattoki 400 GGs gacha
oshirish mumkin. Shunday qilib ITU G.692 standartining ohirgi
versiyasi bunday texnologiyalarda kanalla orasidagi filtr polosasini
50,100, 200, 400 GGs (0,4; 0,8; 1,6; 3,2 nm) ga teng qilib olish tavsiya
etiladi. Kanallar orasidagi filtr polosa farqi 0,4 nm bo’lganda 1529-1565
nm diapazonda jami 102 ta optik kanal hosil qilsa bo’ladi. Hizirgi
kunda kelib ITU kanallar orasidagi filtr polosa kengligini 25, 12,5 GGs
qilib belgilanishini tavsiya etmoqda.
DWDM tarmoqlari quyidagicha asosiy afzalliklarga ega:
uzatish tezligining yuqoriligi;
xalqa tapologiyasi asosida 100 % li zaxirani ta’minlash
imkoniyati;
optik toladagi kanallarning shaffofligi tufayli kanal satxida
har qanday texnologiya’ni ko’llash imkoni;
optik magistraldagi kanallar sonini soddagina oshirish
imkoni.