• 6.4.1.Ethernet texnologiyasining dastlabki standartlari Xerox Ethernet
  • Ethernet texnologiyasining turlari




    Download 3,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet46/81
    Sana15.06.2024
    Hajmi3,98 Mb.
    #264042
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   81
    Bog'liq
    telekommunikatsiya tarmoqlari

    6.4. Ethernet texnologiyasining turlari 
    Ethernet texnologiyasining ma'lumot uzatish tezligiga va uzatish 
    muxitiga bog‘liq ravishda bir necha turlari mavjud. Uzatishning usuliga 
    bog‘liq bo‘lmagan xolda quyida sanab o‘tiladigan Ethernetning barcha 
    quyida sanab o‘tiladigan variantlarida bir xil tarmoq protokoli steki va 
    dastrulari ishlaydi. Ushbu bo‘limda Ethernet texnologiyasining barcha 
    rasmiy mavjud variantlari ko‘rib o‘tiladi. Bir qator sabablarga ko‘ra bazi 
    tarmoq qurilmalari ishlab chiquvchilar asosiy standartlarga qo‘shimcha 
    sifatida boshqa uzatish muxitlaridan ham foydalanish kerakligini tavsiya 
    qiladilar. Bu albatta tarmoqdagi ulanuvchi qurilmalar ulanish masofasini 
    ortirish maqsadida. Masalan optik toalalardan foydalangan xolda. Ko‘p 
    sondagi Ethernet kartalar boshqa tarmoq qurilmalari tezlikni va 
    duplekslikni avtomatik aniqlash asosida bir necha xil ma'lumot uzatish 
    tezliklarini qo‘llab-quvvatlaydilar. Bu ikki qurilma o‘rtasida eng 
    samarali ulanishni ta'minlash maqsadida qo‘llaniladi. Agar avtomatik 
    aniqlash amalga oshmasa, u xolda ma'ulmot uzatish tezligi tarmoqdagi 
    ikkinchi tomondagi qurilma tomonidan o‘rnatiladi va bunda yarim 
    dupleksli rejimga o‘tiladi. Masalan, qurilmada Ethernet 10/100 porti 
    bo‘lsa, u xolda bu port orqali 10BASE-T va 100BASE-TX standartlari 
    bo‘yicha, agar Ethernet 10/100/1000 porti bo‘lsa, u xolda bu port orqali 
    10BASE-T, 100BASE-TX va 1000BASE-T standartlari bo‘yicha 
    ulanishni amalga oshirish mumkin.


    130 
    6.4.1.Ethernet texnologiyasining dastlabki standartlari 
    Xerox Ethernet 
    — Original standart bo‘lib ma'lumot uzatish 
    tezligi 3Mbit/s. Bu standartning ikki Version 1 va Version 2 
    versiyasiyalari mavjud va oxirgi versiya’ning kadr formati xaligacha 
    qo‘llanilib kelinadi.
    0BROAD36 
    — bu standarti keng qo‘llanilmagan. Uzoq masofaga 
    aloqa o‘rnatishga imkon beruvchi birinchi standartlardan biri. Keng 
    poloslai modulyatsiya qo‘llanilgan xolda ma'lumotlarni koaksial 
    kabellardan foydalangan xolda uzatishni ko‘zda tutgan. 
    1BASE5 
    — bu standart shuningdek StarLAN nomi bilan ham 
    mashxur bo‘lib Ethernet texnologiyasining o‘rama juftli kabellardan 
    foydalanuvchi birinchi standartidir. Ma'lumot uzatish tezligi 1 Mbit/s 
    bo‘lgan ammo keng tijoriy qo‘llanishga ega bo‘lmagan.

    Download 3,98 Mb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   81




    Download 3,98 Mb.
    Pdf ko'rish