6.4.3.Tezkor Ethernet (100 Mbit/s) yoki (Fast Ethernet) 100BASE-T — 100 Mbit/s li ethernetning umumiy nomlanishi.
Standartdagi T xarfi bu standartda mis o‘tkazgichli o‘rama juft
kabellaridan foydalanish ko‘zda tutilganini anglatadi. Segmentning
uzunligi 200-500 metrni tashkil qiladi. Bu standart quyidagi variantlarga
bo‘linadi: 100BASE-TX, 100BASE-T4 i 100BASE-T2.
100BASE-TX, IEEE 802.3u — 10BASE-T standartining birinchi
varianti bo‘lib 5-kotigoriyali o‘rama juftli kabelning 2 juftidan
foydalangan xolda 100 mbit/s gacha ma'lumot uzatish tezligini
ta'minlay oladi. Xozirda eng keng qo‘llanilishga ega.
100BASE-T4 — 100 MBit/s li Ethernet standarti bo‘lib, 3-
kotigoriyadagi kabelning 4 ta juftidan foydalanadi. Ma'lumot uzatish
yarim dupleks rejimda amalga oshiriladi va xozirgi kunda deyarli
qo‘llanilmaydi.
100BASE-T2 — 100 Mbit/s li Ethernet standarti bo‘lib 3 –
kotigoriyali kabelning 2 juftligidan foydalnadi. Bir yo‘nalishda ma'lumot
uzatish tezligi 50 Mbit/s ni tashkil qiladi. Bugungi kunda deyarli
qo‘llanilmaydi.
100BASE-FX — 100 Mbit/s li Ethernet texnologiyasi bo‘lib, optik
aloqa kabellaridan foydalanishga asoslangan. Ko‘p moddali tolalardan
foydalanilganda 2 km, bir modali toladan foydalanilganda 32 km gacha
masofada aloqa tashkil qilish mumkin.
6.4.4.Gigabit Ethernet 1000BASE-T, IEEE 802.3ab — 1Gbit/s li Ethernet standarti. 5
chi yoki 6 chi kotigoriyadagi kabellardan foydalanish ko‘zda tutilgan.
132
Ma'lumot uzatish jarayonida 4 ta juftliklarning hammasi qo‘llaniladi.
Ma'lumot uzatish tezligi 250 Mbit/s ga yetadi.
1000BASE-TX — Faqat 6- kotigoryadagi o‘rama juftlikdagi
kabellardan foydalanishga asoslangan 1 Gbitli Ethernet standarti.
Deyarli qo‘llanilmaydi.