Keng polosali telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish va loyihalash




Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/81
Sana15.06.2024
Hajmi3,98 Mb.
#264042
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
telekommunikatsiya tarmoqlari

 
 



1-BOB. KENG POLOSALI TARMOQ TUSHUNCHASI 
1.1. Keng polosali tarmoq tushunchasining paydo bo‘lishi 
Yaxshi bilamizki, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining 
rivojlanishi, ma`lumotlarni ortib borishi, borgan sayin, ulardan 
foydalanish, ularni tartiblash, mukammalligini ta’minlash maqsadida, 
axborot texnologiyasi yangi bir tarmog‘ini yaratilishiga zarurat tug‘dirdi. 
Insoniyatning axborotlashtirishga bo‘lgan extiyoji nuqtai nazaridan 
tobora qimmati ortib borayotgan tarmoq tushunchasining yaratilishiga 
ham aynan shu omillar asosiy sababchi bo‘ldi desak aslo mubolag‘a 
bo‘lmaydi. Bugungi kunda jamiyatning qay bir qatlamini olmaylik uning 
vakillarini axborotlashtirishga bo‘lgan talabini ortib borishini ko‘rish 
mumkin. Axborot iste’molchilarining talabi nafaqat axbortning hajmiga, 
balki, uning sifatiga ham bevosita ta’sir etmoqda. O‘z-o‘zidan ma'lumki, 
katta xajmdagi axborotni iste’molchilarga qisqa vaqt ichida sifatli 
yetkazib berish xizmatlarni ta'minlovchi tizimlarga yuqori talablarni 
qo‘yadi. Aytish joizki, telekommunikatsiya xizmatlarini tashkil etuvchi 
telekommunikatsiya tarmog‘i operatorlari o‘z tarmoqlarini mijozlarning 
talablariga mos ravishda rivojlantirib borishlari zarur. Shuni unutmaslik 
kerakki, bunday usulda aloqa tarmoqlarini modernizatsiya qilish aloqa 
operatoridan qo‘shimcha sarf xarajatni talab etadi. Shuning uchun ham 
bunday aloqa tarmoqlarini tashkil qilishda eski texnologiyalardan 
yangisiga o‘tishni ta'minlovchi, yangi xizmat turlariga ega bo‘lgan, 
iqtisodiy tomondan tejamkorlikka sabab bo‘ladigan texnologiyalarni 
qo‘llash maqsadga muvofiqdir. 
Telekommunikatsiya tarmog‘ida keyingi avlod taromoqlari (NGN) 
yagona keng polosali aloqa kanali orqali tarmoq abonentlariga bir 
vaqtda matn, audio va video singari ko‘plab kommunikatsiya 
xizmatlarini taqdim etishi mumkin. Demak, NGN texnologiyasining 
respublikamiz 
aloqa 
tarmoqlarida 
qo‘llanilishi, 
aloqa 
sifati 
ko‘rsatkichlarini jahon standarti talabiga javob beradigan pog‘onaga 
olib chiqishga imkon beradi. NGN texnologiyasi asosida qurilgan 
tarmoq (ya'ni NGN tarmoq) universal tarmoq xisoblanib, paketli 
kommutatsiya asosida ixtiyoriy turdagi ma'lumotlarni (tovush, video, 
rasm, televizion kadr va boshqalar) sifatli, yo‘qotishlarsiz va yuqori 
tezlikda uzatish imkoniyatiga egadir. NGN tarmog‘i turli xil 
ma'lumotlar trakti uchun kerak bo‘ladigan barcha xizmatlarni ta'minlash 
imkoniyatiga egadir, ya'ni (QoS - Quality of Service) xizmat ko‘rsatish 



sifati yuqori ko‘rsatkichga egadir. Nazariy jixatdan o‘ylab qaralsa, NGN 
tarmog‘i ayni paytda foydalanib kelinayotgan umumfoydalanuvchi 
telefon tarmog‘i (UFTT-PSTN), ma'lumotlar uzatish tarmog‘i (MUT), 
elektr aloqa tarmoq (EAT)larining mukammal yagona tizim sifatida 
birlashtirgan multiservis tarmog‘idir deb aytishimiz mumkin bo‘ladi. 
NGN tarmog‘ini qurishdan asosiy maqsad, keng spektrdagi 
xizmatlar turini joriy qilish va jahon standartlariga mos keng ko‘lamli, 
sifatli, tezkor xizmatlar ko‘rsatishdan iborat. Bunda ularga quyidagilarni 
misol qilish mumkin: 

telefon aloqasi xizmati (mahalliy, shaharlararo, xalqaro telefon 
aloqasi); 

ma'lumotlar uzatish xizmati (ajratilgan ma'lumot uzatish kanali, 
ma'lumotlarni uzatuvchi virtual hususiy tarmoqlar); 

telematika xizmati («elektron pochta», «ovozli pochta», «IP-
telefoniya», «audiokonferensiya», «videokonferensiya»); 

harakatdagi elektr aloqa xizmati; 

provayder xizmati («elektron supermarket», «masofadan o‘qitish»). 

videokonferensiya xizmati. 

internet xizmati va hokozo.
Bu xolda NGN tarmog‘i har hil turdagi aloqa vositalari, ya'ni 
analog telefon apparati, faksimil apparati, IR-telefoniya terminali, mobil 
aloqa vositalari, raqamli tarmoq qurilmalari va boshqa tur aloqa 
komponentlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
NGN tarmog‘ining arxitekturasini yaratishda bitta yagona 
infrastrukturada UFTT, Mobil aloqa tarmog‘i, Internet tarmog‘i 
resurslari, IP-telefoniya tizimini jamlash ko‘zda tutiladi. Hozirgi kunda 
bizga ma’lum NGN tarmog‘ining to‘rt satxli arxitekturasi mavjud.
Ma'lumki, 
bugungi 
kunda 
mavjud 
telekommunikatsiya 
tarmoqlaning eng muammoli qismi bu abonent kirish tarmoqlaridir. 
Chunki, o‘rama juft o‘tkazgichli kabellar (TPP 600x2, 100x2, 50x2) 
asosida qurilgan analogli abonent liniyalari o‘tkazish qobiliyatining 
pastligi va sifatining yomonligi bugungi kunda ishlab chiqilayotgan 
yangi telekommunikatsiya xizmatlarini abonentlarga taqdim qilishga 
to‘sqinlik qiluvchi asosiy faktorlardan hisoblanadi. 
«Oxirgi milya» va tarmoqni qayta qurish muammolari asosan 
quydagilar bilan bog‘liq: 

uncha katta bo‘lmagan analog ATS larning sonini ko‘pligi, 
liniyalarning yetmasligi, yangi liniya yotqazish uchun kanalizatsiyaning 



yetishmasligi, eski liniyalar bo‘yicha xizmat sifatining pastligi, 
qurilishga va tarmoqdan foydalanishga ketadigan sarf xarajatning 
ko‘pligi; 

tarmoqdan tushadigan mablag‘ning kamligi. Bu asosan ATS 
xizmatlarining kamligi, narxi yuqoriligi va yangi xizmatlarni kiritishni 
texnik murakkabligi, qarzdorlik muammolari bilan bog‘liq; 

texnikadan 
foydalanishning 
murakkabligi 
va 
ekpluatatsiya 
xarajatlarining yuqoriligi. Bu asosan qurilmalarning tez-tez buzilishi va 
liniyalardagi avariyalar, qurilmalarning va liniya vositalarini ta’mirlash 
kabi muammolar bilan bog‘liq; 

tarmoqda qo‘llaniladigan operatorlarning infratsrukturasini optimal 
emasligi; 
Yuqoridagi 
kamchilik 
va 
muammolarning 
asosiy 
sababi 
tarmoqning o‘tkazish qobiliyatining pastligi, ya'ni, o‘tkazish 
polosasining pastligidir. Tarmoqning ma'lumot uzatish tezligi birinchi 
o‘rinda unda tashkil qilinayotgan aloqa kanallarining chastota polosasiga 
bog‘liq. Ya'ni, tarmoqda tashkil qilingan aloqa kanallarining chastota 
palasasi kengligi qanchalik yaxshi ta’minlangan bo‘lsa uning ma'lumot 
uzatish tezligi shunchalik katta bo‘ladi. Shunday ekan respublikamiz 
axolisiga sifatli telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish uchun 
nafaqat telekommunikatsiya tarmoqlarimizni transport qismlarini, balki 
shu qatorda abonent kirish tarmoqlarini xam modernizatsiya qilish, 
ularni zamonaviy texnologiyalar asosida qurish orqali o‘tkazish 
qobiliyatlarini 
oshirishni 
ta'minlash 
lozim. 
Tarmoqning 
aloqa 
kanallarining keng polosaga ega bo‘lishi nafaqat bu tarmoq tarkibidagi 
kanal hosil qiluvchi qurilmalarga, balki, o‘tkazish muxitining (simsiz, 
elektr aloqa kabellari, optik aloqa kabellarining) texnik imkoniyatlariga 
ham bog‘liq hisoblanadi. Demak, mavjud abonent liniyayalaridagi aloqa 
kabellarining aksariyati past chastotali (0.3-3.4 kGs) PCh telefon 
so‘zlashuv signallarini uzatishga mo‘ljallangan. Bunday aloqa 
kabellarida yuqori sifatli telekommunikatsiya xizmatlarini tashkil 
qilishda foydalanish muammolarni keltirib chiqaradi. Biroq, hozirda 
shunday texnologiyalar mavjudki, ularning yordamida past chastotali 
signallarni uzatishga mo‘ljallangan mis o‘tkazgichli kabellardan 
foydalanib yuqori chastotali kanallarni uzatish tarmoqlarini qurish 
mumkin. Lekin, shuni unutmaslik kerakki, bunday texnologiyalardan 
foydalanish orqali muammoni yechish ma'lum bir vaqtgagina amalga 
oshadi xolos. Telekommunikatsiya xizmatlarining sifatiga bevosita 
telekommunikatsiya 
xizmatlaridan 
foydalanuvchilarning 
soni, 


10 
shuningdek, ushbu sonning ortib borishi bilan ahamiyatli hisoblanadi. 
Ya’ni, mis o‘tkazgichli kabellardan foydalanish uzoq muddatli yechimni 
bermaydi. Shuning uchun ham aloqa tarmoqlarini o‘tkazish qobiliyatini 
oshirish, ya'ni ularni keng polosali tarmoqga o‘zgartirish uchun quyida 
texnologiyalarni qo‘llash lozim: 

optik tolali tarmoqlarni qurish va undan foydalanish; 

abonent kirish tarmoqlarini qurishda simsiz texnologiyalardan 
foydalanish; 

mavjud bo‘lgan mis sim juftliklaridan foydalanish. 
Abonent kirish tarmoqlarida optik texnologiyalarning keng tadbiq 
etilishi, abonentlarga yuqori sifatli ko‘plab telekommunikatsiya 
xizmatlarini taqdim qilishga imkon beradi. Ammo, iqtisodiy nuqtayi 
nazardan optik tolali tarmoqlarni qurish qimmatga tushishini ham 
anglashimiz kerak. Bunda ayniqsa abonent liniyalarini tashkillash 
masalasi muhim ahamiyat kasb etadi.
Mavjud 
mis 
kabellardan 
foydalangan 
xolda 
yangi 
texnologiyalardan foydalanish sarf xarajatlarni qisqarishiga olib keladi. 
Bunday liniyalardan foydalanganda xDSL texnoloniyalarini qo‘llash 
maqsadga muvofiqdir va bunday liniyalardan yana ko‘p yillar 
foydalanish mumkin. Shu sababli mavjud liniyalar qoldirilib, ularda 
yuqori tezlikli xDSL texnologiyasiga asoslangan raqamli uzatish 
tizimlarini qurish ham keng polosali abonent kirish tarmoqlarini 
qurishda qo‘llanidi. Lekin yuqorida ta’kidlaganimizdek, xDSL 
texnologiyasi vaqtinchalik o‘tish texnologiyasidir va tarmoqning 
ma'lumot uzatish tezligiga bo‘lgan talablarni vaqtinchalik davrga 
qondirishi mumkun. Chunki, abonentlar sonining ortishi tarmoqdagi bir 
kabel tarkibidagi yonma-yon mis o‘tkazgichlar juftliklaridan yuqori 
chastotali signallarni uzatish zaruriyatinin keltirib chiqaradi. Bu esa bir 
kabel tarkibidagi mis o‘tkazgichlar juftliklari o‘rtasida o‘zaro o‘tishlar, 
ya'ni o‘zaro xalaqitlarni hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Demak, xDSL 
texnologisidan foydalanish cheklangan sondagi abonentlarga yuqori 
tezlikli bog‘lanishlarga imkon berar ekan. 
Tarmoqning keng polosaliligi xususida tushunchalari vaqt o‘tgan 
sayin o‘zgarib boradi. Misol tariqasida aytishimiz mumkinki, bundan 
sanoqli yillar oldin keng polosali tarmoq sifatida ma'lumot uzatish 
tezligi 512 kBit/s bo‘lgan tarmoqlar e'tirof etilar edi. Bugungi kunga 
kelib tezlikka bo‘lgan talab keskin ortganligi sababli keng polosali 
tarmoq sifatida ma'lumot uzatish tezligi 2 Mbit/s dan yuqori tezlikli 
tarmoqlar tushuniladi. 


11 
Keng polosali tarmoq deyilganda 2 Mbit/s dan yuqori tezlikli va 
har xil turdagi ma'lumotlarni yuboradigan tarmoq tushunilanadi. Keng 
polosali tarmoqning tor polosali tarmoqdan farqi, unda tor polosali 
tarmoqalardan farqli ravishda kanallar soni ko‘p va ma’lumot uzatish 
tezligi yuqoridir. Keng polosali tarmoqlarga misol sifatida raqamli 
integral xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar (ISDN-Integrated Servies Digital 
Network)ni keltirish mumkin. ISDN ning bir qator ketma-ket rivojlanish 
bosqichlari mavjud bo‘lib, ular: 
0 – bosqich. Turli ko‘rinishdagi xabarlar, shuningdek xar xil 
xizmatlar uchun aloxida tarmoqlar mavjudligi. 
1 – bosqich. Uzatish va kommutatsiyalashning raqamli usullariga 
o‘tish, xizmatlarni va nutq va ma'lumotlarni yagona raqamli shaklda 
uzatish imkonini beradigan integral raqamli tarmoqqa IDN (

Download 3,98 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Keng polosali telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish va loyihalash

Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish