125
6.3. MAC-adres tushunchasi va uning qo‘llanilishi MAC adreslar fizik dareslar lokal tarmoqda qurilmalarni noyob
idintifikatori hisoblanadi. Bitta qurilma uchun noyob xisoblanib boshqa
bir qurilmada takrorlanmaydi. Bu adres qurilmaga zavodda ishlab
chiqarilish mobaynida uning doimiy xotirasiga (energiyaga bog‘liq
bo‘lmagan xolda ishlovchi) yoziladi va u o‘zgarmaydi. Masalan tarmoq
kartalari yoki mashrutizatorlarning portlariga.
Abbreviatura MAS abbreviaturasi (qisqartmasi) ingliz tilidan
olingan bo‘lib Media Access Control – kirishni nazoratlash vositasi
ma'nosini anglatadi.
6.3.1.MAC adres strukturasi. Bu fizik adres 6 baytdan iborat. Uni o‘n oltilik sanoq tizimida
ifodalash mumkin va quyidagi formatda yozish mumkin: 00-aa-00-64-
c8-09 yoki 00:aa:00:64:c8:09. Har bir baytlar bir biridan devis yoki ikki
nuqta bilan ajratiladi. Buning sababi adres ko‘rinishidan yaqqol esda
qolish va tushinishga oson bo‘lishi uchun.
MAC adresning dastlabki uch bayti OUI (Organizational Unique
Identifier) – ya'ni, tashkilotning noyob adresi deb nomlanadi. Ya'ni bu
dastlabki 3 bayt ishlab chiqaruvchiga tegishli xisoblanadi va ma'lum bir
ishlab chiqaruvchiga tegishli barcha tarmoq qurilmalarining MAC
adreslarini dastlabki u bayti bir xil bo‘ladi. Keyingi uch bayti esa aynin
bitta qurilmaning idintifikatori bo‘lib u qurilmani ishlab qicharish
vaqtida zavodda yoziladi. Bu qismi shu bir ishlab chiqaruvchining
qurilmalarida takroriy bo‘lmaydi, ya'ni bitta ishlab chiqaruvchi
tomonidan ishlab chiqarilgan qurilmaning MAC adresini oxirgi uch
bayti noyob o‘ladi. Shuni e’tiborga olish kerakki MAC adres bu
kompyuterning emas balki undagi tarmoq kartalarining fizik adresidir.
Demak bir kompyuter turli MAC adreslar orqali turli tarmoqlarga
ulanishni amalga oshirishi mumkin.
Ulanishi lozim bo’lgan tarmoqning hususiyatlariga, masalan
ulanishdagi muhit, ulanish protokollari, umumiy qili aytganda
texnologiyasiga mos ravishda tarmoq kartalasi simsiz, o’rama juftli mis
kabelli, optik kabelli bo’lishi mumkin. Bir kabel bir vaqtda bir necha
tarmoq kartalariga ega bo’lishi mumkin. Bu holatda u bir nech MAC
adreslar orqali tarmoqga ulana oladi.
Ixtiyoriy kompyuterning tarmoq kartasining MAC adresini ko‘rish
uchun Windows operatsion tizimining komandalar qatoriga kirish va u
126
Yerga "ipconfig -all" komandasini kiritish lozim. Faqat qo‘shtirnoqsiz
albatta.
6.3-rаsm. Windows komandalar qatorida МАС adresini ko`rish
Yuqoridagi
rasmda
ulanishning
nomlanishini
va
tarmoq
kartasining MAC adresini ko‘rish mumkin.
Agar tarmoqga ulanish aktiv xolatda turgan bo‘lsa uning belgisiga
ikki marta cherting va ochilgan oyning “Podderjka” bandiga o‘ting.
So‘ngra MAC adresni bilish uchun ushbu oynadagi “Podrobnosti”
tugmasini bosish lozim.
127
6.4 – rаsm. Windows tarmoq ilovasida МАС adresini ko`rish
Paydo bo‘lgan dialog oynasida birinchi qatorda ushbu ulanishni
amalga oshiruvchi tarmoq kartasining MAC adresi aks ettiriladi.