141
qurilmalar, ham ichki binolarda, ham tashqi qo’llash uchun qurilmalar
seriyasi taqdim etiladi.
FG-GP0N-0LT (7.4-rasm) stantsiya qismi qurilmasi o’zida ikkita
boshqarish kartasini, ikkita uplink kommutatorli karta (abonent
qurilmalaridan kelayotgan oqimlardagi time-slotlarni taqsimlash kartasi)
va 10 tagacha GRON interfeyslari kartasini joylashtirish imkonini
beradi. Barcha interfeyslar old panelda joylashgan, platalarni “issiq”
almashtirish imkoni mavjud, boshqarish va kommutatsiya panellarini
(1+1) sxemada zahiralash imkoni mavjud. Qurilma 12U,19 shassisida
joylashgan, ikkita quvvat kirishiga ega. Shassining orqa tomonida
ikkita 10 Gbps li (10GBE) ma'lumotlar uzatish shinalari va ikkita 1 Gbit
/ s gacha Ethernet (GBE) nazorat qilish shinalari (zahira uchun ikkita)
mavjud.