|
Asosiy tayanch tushunchalar
|
bet | 7/8 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 295,9 Kb. | | #147172 |
Bog'liq Reja Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi. Ishlab chiqAsosiy tayanch tushunchalar:
Ishchi kuchi - mehnat qilishga yaroqli bo’lgan insonning jismoniy va aqliy mehnatining majmuidir.
Mehnat predmetlari – inson mehnati ta‘sir etadigan, ya‘ni mahsulot tayyorlanadigan barcha narsalardir. Masalan yer, suv, xom ashyo, barcha materiallardan tashkil topadi.
Mehnat qurollari – bu insonni tabiatga, mehnat predmetlariga ta‘sir ko’rsatishda qo’llaniladigan (ishlatiladigan) vositalar-narsalardir. Ya‘ni: mashinalar, stanoklar, asboblar, traktorlar, uskunalar, arra, bolta va boshqalardan tashkil topadi.
Kapital – bu ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish tarmoq va sohalarda ishlatilib, o’z egasiga daromad keltiradigan tovarlar, ishlab chiqarish vositalari va pul mablag’laridir.
Tabiiy resurslar - yer-suv, unumdor tuproq, o’rmon, qazilma boyliklar, utloqlar foydalanishga tortilsa, ular ham daromad keltiradi.
Tadbirkorlik – bu insonning yaratuvchilik faoliyati bo’lib, uni amalga oshirish uchun insonda tashabbus, tashkilotchilik ishbilarmonlik qobiliyatlari bo’lishi kerak va iqtisodiy xaf-xatardan, tavakkalchilik hamda javobgarlikdan ham cho’chimasligi lozim degan ma‘noni bildiradi.
Ishlab chiqarish jarayoni – bu iqtisodiy kategoriya bo’lib, o’zini va insonlarni iste‘moliga zarur bo’lgan moddiy va nomoddiy ne‘matlar yaratish maqsadida o’z qobiliyatini ishlab chiqarish vositalari bilan qo’shilishidir. Ishlab chiqarish tufayli iste‘mol qiymat va qiymat yaratiladi.
Ishlab chiqarishning umumiy samarasi - bu ishlab chiqarishga sarf qilingan resurslar xarajatlari bilan hosil qilingan daromadlar o’rtasidagi nisbatdan iboratdir.
Zaruriy mahsulot – bu ishlab chiqaruvchi sub‘ektlarning (ishchi, xizmatchi, dehqon, fermer va h.k) zaruriy ish vaqtida yaratgan va ularni ishchi kuchini qayta tiklash uchun zarur bo’lgan mahsulotlardan iboratdir.
Qo’shimcha mahsulot - bu ishlab chiqaruvchi sub‘ektlarning qo’shimcha ish vaqtida yaratilgan mahsulotidir. U sof mahsulotining zaruriy mahsulotdan oshiqcha qismi bo’lib, tadbirkorlarga, mulkdorlarga va davlatga tegishli bo’ladi.
|
| |