• 29-modda. Kodeksga rioya qilishning attestatsiya va boshqa jarayonlar uchun ahamiyati
  • 30-modda. Kodeks qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
  • 9-bob. Odob-axloq komissiyasi faoliyatini tashkil etish 32-modda. Odob-axloq komissiyasi
  • -bob. Rag‘batlantirish va chora ko‘rish tartibi




    Download 69.67 Kb.
    bet12/14
    Sana14.10.2022
    Hajmi69.67 Kb.
    #27225
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    KT1 Odob axloq qoidalari
    Kompyuter taqdimotlari PowerPoint taqdimotga grafiklarni joylashtirish, O\'zbekiston tarixi. 11-sinf (2018,N.Jo\'rayev, A.Zamonov), Css elments, file, Gift template



    8-bob. Rag‘batlantirish va chora ko‘rish tartibi


    28-modda. Xodim va talabalarni rag‘batlantirish
    O‘quv yili davomida mazkur Kodeksga to‘la rioya qilgan, institutda yuksak ma’naviy-axloqiy muhitning yanada qaror topishi va mustahkamlanishiga o‘z hissasini qo‘shgan xodim va talabalar rahbariyat, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va boshqa tarkibiy bo‘linma rahbarlari tavsiyasiga binoan belgilangan tartibda moddiy yoki ma’naviy rag‘batlantirilishlari mumkin.


    29-modda. Kodeksga rioya qilishning attestatsiya va boshqa
    jarayonlar uchun ahamiyati

    Xodimlar tomonidan mazkur kodeksga rioya etilishi attestatsiyalar o‘tkazishda, yuqori va boshqa lavozimlarga tayinlash (kareraviy o‘sish) uchun kadrlar zaxirasini shakllantirishda hisobga olinadi.


    30-modda. Kodeks qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
    institut xodim, talaba va doktoranti tomonidan mazkur Kodeks qoidalarining buzilishi uni belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘lib xizmat qiladi.


    31-modda. Kodeks va ichki tartib-qoidalarning o‘zaro munosabati
    Xodim, talaba va doktorantlar mazkur Kodeks qoidalarini buzganida, ularga nisbatan institut Ichki tartib qoidalarining VII bobida (Mehnat va o‘qish intizomini buzganlik uchun javobgarlik) qayd etilgan choralar qo‘llaniladi.


    9-bob. Odob-axloq komissiyasi faoliyatini tashkil etish


    32-modda. Odob-axloq komissiyasi
    Mazkur Kodeks normalarining xodim, talaba va doktorantlar tomonidan buzilishiga oid masalalar, qoida tariqasida, Odob-axloq komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin.
    Shuningdek, Odob-axloq komissiyasi, qoida tariqasida, oliy ta’lim muassasasi rektorining ko‘rsatmasi bo‘yicha;
    xizmat tekshiruvi natijalariga ko‘ra;
    o‘z tashabbusi bilan;
    institut xodim, talaba va doktorantlaridan, shuningdek, institutga aloqa kanallari orqali kelib tushgan axborot asosida ham ushbu turdagi masalalarni ko‘rib chiqishi mumkin.
    Odob-axloq komissiyasi kamida 5 kishidan iborat tarkibda tuziladi. Odob-axloq komissiyasining maqsadi, vazifalari, funksiyalari, huquqlari va uning faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq boshqa masalalar oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan tasdiqlangan Odob-axloq komissiyasi to‘g‘risidagi nizomda belgilanadi.



    Download 69.67 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 69.67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bob. Rag‘batlantirish va chora ko‘rish tartibi

    Download 69.67 Kb.