Ketma-ket qo‘zg‘atish hulg‘amli dvigatelning mexanik tavsiflari




Download 118.5 Kb.
bet1/5
Sana08.04.2024
Hajmi118.5 Kb.
#190893
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Doc1, Turkistonda sovet hokimiyatining o’rnatilishi, 12, 88 (1), 2-amaliy ish. Elektrotexnika asoslari. EHM avlodlari, Resume, Dasturlashda ma’lumotlar tuzilmasining o’rni va axamiyati Reja, 18, Elektromexanik tizimlar va komplekslarni boshqarish-hozir.org, 5-Laboratoriya ishi Mavzu Simulink paketida chiziqli va algebra-hozir.org, Mustaqil ta’lim mavzulari-hozir.org

Ketma-ket qo‘zg‘atish hulg‘amli dvigatelning mexanik tavsiflari


Ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘amli dvigatellar transport vositasida, xususan, metropolitenda, trolleybus va tramvaylarda, zavod sexlarida harakatlanadigan transport vositalarida, shaxtalardagi o‘zi yurar vagonchalarda keng qo‘llaniladi. Chunki bu mexanizmlarda bitta trolley (maxsus konfiguratsiyali tok o‘tkazgich simi) qo‘llaniladi. Bundan tashqari ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘amli o‘zgarmas tok dvigateli kuchlanish kamaygan­da ham me’yorida ishlaydi, bu esa trolley orqali uzoq masofaga elektr uzatish imkonini beradi. Bu dvigatellar mustaqil qo‘zg‘atish chulg‘amli mashinalarga nisbatan yana ikkita asosli afzallikka ega bo‘lib, ulardan biri, mexanizmda yuklama ortib ketganda, tok bo‘yicha bir xil o‘ta yuklanishda momentni katta qiymatga oshiradi. Ikkinchi afzalligi esa, qo‘zg‘atish chulg‘ami simlarining ko‘ndalang kesimining kattaligi, ularning o‘ramlari orasidagi kuchlanishning kichikligi, qo‘zg‘atish chulg‘ami maydonining so‘ndirish tizimi mavjudligi tufayli yuqori ishonchlilikka egaligidadir. Shuning uchun elektrotexnika sanoati bunday mashinalarning turli seriyalarini ishlab chiqarishda davom etmoqda. Masalan, kran va metallurgiya dvigatellari 2,5 kW dan 185 kW gacha quvvatga, (2,7—5,0) Mnom ga ega bo‘lgan maksimal momentli ДС, ДП va boshqa rusumdagi dvigatellar ishlab chiqa­rilmoqda.


Ketma-ket ulangan qo‘zg‘atish chulg‘amli mashi­nalarda qo‘zg‘atish chulg‘ami yakor bilan ketma-ket ulanadi va magnit oqimi yakor tokining funksiyasi bo‘lib qoladi. Shuning uchun yuklama ortganda tezlikning pasayishi nafaqat kuchlanish tushishining ortishidan, balki magnit oqimi ortishi hisobiga ham hosil bo‘ladi. Bu bilan mexanik tavsif­larning ayniqsa, kichik yuklamalarda katta qiyalikka ega ekanligini ham izohlash mumkin.
Agar mashina magnit tizimini to‘yinmagan deb hisoblasak, u holda uning magnit oqimi tokka to‘g‘ri proporsional deb qabul qilinadi. U holda quyidagini yozish mumkin:


= aI; (2.49)

O‘zgarmas tok mashinasi uchun mexanik tavsif ifodasidan va (2.49) bog‘lanishdan foydalanib, quyi­dagini olamiz:


(2.50)
yoki
(2.51)

bu yerda: (CEa)-0,5; b = R(CEa)-1. (2.50) ifoda giperbola tenglamasi bo‘lib, uning bitta asimptota­si ordinata o‘qi, ikkinchisi ega abssissa o‘qiga parallel va B masofada pastroqdan o‘tadigan to‘g‘ri chiziqdir.


Zamonaviy dvigatellarning magnit tizimi nominal rejimda anchagina to‘yingan bo‘lib, w = (M) giperboloik bog‘lanish esa faqat kichik yuklamalardagina mavjud bo‘ladi.
Shuning uchun hisoblashlarda dvigatellarning ish tavsiflaridan foydalaniladi. Bunday n = f (Iq.ch), (Iq.ch) va (E/n) = f (Iq.ch) kabi tavsiflar elektr mashinalarning barcha rusumlari uchun kataloglarda berilgan bo‘ladi.
Bunday tavsiflar, agarda nisbiy birliklarda berilsa, ular universal tavsiflar deyiladi (2.16- rasm). Bu yerda bazaviy qiymatlar sifatida nominal: Unom, nnom, Inom, Mnom, rnom qiymatlar qabul qilinadi. ДП rusumli o‘zgarmas tok mashinasining universal tavsiflari 2.16- rasmda keltirilgan bo‘lib, bu yerda: M = f (iya) bog‘lanishdagi momentning qiymati elektromagnit momentning emas, balki dvigatel o‘qidagi momentning qiymatini ko‘rsatadi.

Download 118.5 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 118.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ketma-ket qo‘zg‘atish hulg‘amli dvigatelning mexanik tavsiflari

Download 118.5 Kb.