• Tovarlar ishlatilish muddatiga qarab quyidagi uch guruhga bo’linadi
  • 3. Xizmatlar – insonga foydali natija va qoniqish beradigan xatti-harakatlar.
  • Ki 15 20 s guruxi talabasi Egamberdiyev Dostonbek




    Download 2,48 Mb.
    bet10/27
    Sana19.05.2024
    Hajmi2,48 Mb.
    #244578
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
    Bog'liq
    KI 15 20 s guruhi talabasi Egamberdiyev Yusufbek

    Tovar – butun marketing kompleksining asosidir. Agar tovar xaridorning talabini qondirmasa, u holda marketing tadbirlari uchun hyech qanday qo’shimcha xarajatlar raqobatli bozorda uning mavqyeini yaxshilay olmaydi. Endi esa marketingda tovar qanday ta’riflanishini keltiramiz.

    Tovar deb ma’lum bir ehtiyojni qondirish maqsadida bozorga sotib olish, foydalanish va iste’mol qilish uchun taklif etilayotgan mahsulot tushuniladi. Mahsulotga narx belgilanishi va bozorga taklif etilishi bilanoq tovarga aylanadi. Shuning uchun ham «tovar» atamasi «mahsulot» atamasi bilan teng ma’noda ishlatiladi.

    Tovarlarga baho berishda uning sifati asosiy o’rinda turadi. Tovarning sifati – maqsadiga ko’ra bu iste’molchilarning talabini qondirishi mumkin bo’lgan foydali xususiyatlarning majmuidan iboratdir. Marketingda tovar qator belgilari bo’yicha guruhlanadi.

    Tovarlarga baho berishda uning sifati asosiy o’rinda turadi. Tovarning sifati – maqsadiga ko’ra bu iste’molchilarning talabini qondirishi mumkin bo’lgan foydali xususiyatlarning majmuidan iboratdir. Marketingda tovar qator belgilari bo’yicha guruhlanadi.

    Tovarlar ishlatilish muddatiga qarab quyidagi uch guruhga bo’linadi:

    1. Uzoq muddat ishlatiladigan tovarlar. Bu guruhga kiyim-kechaklar, sovutgichlar, mashinalar va boshqa tovarlar kiradi.

    2. Qisqa muddatda foydalaniladigan tovarlar. Bu tovarlar bir yoki bir necha marta ishlatiladi. Bularga pivo, sovun, tuz, oziq-ovqatlarning boshqa turlarini kiritish mumkin.

    3. Xizmatlar – insonga foydali natija va qoniqish beradigan xatti-harakatlar.

    Bundan tashqari tovarlarga so’nggi qo’llanilishi nuqtai nazaridan qaraganda ular ikki guruhga bo’linadi: iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish– texnik maqsadlarga mo’ljallangan tovarlar.

    tovarlardir.

    Iste’mol tovarlari – bu bevosita insonlarning shaxsiy ehtiyojlarini qondirishga mo’ljallangan eng zarur tovarlardir. O’z navbatida iste’mol tovarlari jiddiy tanlanadigan tovarlar, alohida ahamiyatga ega bo’lgan tovarlar, talab juda kichik bo’lgan tovarlar guruhlariga bo’linadi. Kundalik ehtiyoj tovarlari – bu iste’mol tovarlari bo’lib, xaridor uni o’ylamasdan va boshqa tovarlar bilan deyarlik taqqoslamasdan, tez-tez xarid qiladigan. Jiddiy tanlov tovarlari – bularga sotib olish vaqtida sifati, narxi, tashqi ko’rinishi, yaroqlilik darajasi kabi ko’rsatkichlari bo’yicha o’xshash tovarlar bilan solishtiriladigan tovarlar kiradi. Masalan, kiyim-kechak, mebel, elektrotovarlarni shu guruhga kiritish mumkin. Alohida ahamiyatga ega bo’lgan tovarlar – bular tengi yo’q tavsifga ega bo’lgan yoki mashhur firmaning nomi bilan bog’liq bo’lgan tovarlardir. Masalan, mashinaning noyob markasi, o’ta qimmatbaho taqinchoqlar.


    Download 2,48 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




    Download 2,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ki 15 20 s guruxi talabasi Egamberdiyev Dostonbek

    Download 2,48 Mb.