• 60612100- Kiberxavfsilik injiniringi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun Individual loyihani bajarish va rasmiylashtirish bo‘yicha (kunduzgi va sirtqi ta’lim shakli uchun)
  • 1. Individual loyihaning maqsad va vazifalari
  • Kiberxavfsilik injiniringi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun Individual loyihani bajarish va rasmiylashtirish bo‘yicha




    Download 0.93 Mb.
    bet1/23
    Sana06.06.2023
    Hajmi0.93 Mb.
    #70087
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
    Bog'liq
    INDVIDUAL


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    KIBERXAVFSIZLIK FAKULTETI

    Kiberxavfsizlik va kriminalistika kafedrasi

    60612100- Kiberxavfsilik injiniringi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun Individual loyihani bajarish va rasmiylashtirish bo‘yicha
    (kunduzgi va sirtqi ta’lim shakli uchun)

    USLUBIY KO‘RSATMA

    Toshkent 2022
    Mualliflar:
    D.Ya. Irgasheva - Kiberxavfsizlik fakulteti dekani, M.O. Allanov - Kiberxavfsizlik va kriminalistika kafedrasi mudiri, PhD, dotsent. J.D. Sodiqova- Kiberxavfsizlik va kriminalistika kafedrasi o‘qtuvchi-stajyor, “Individual loyiha”, Uslubiy ko‘rsatma, -Toshkent: TATU. 2022. -57 b.

    Ushbu uslubiy ko‘rsatma axborot xavfsizligiga tahdidlar to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘ish, tahlil qilish va to‘plash, davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalariga noqonuniy suqilib kirishlarni aniqlash va ularning oldini olishni ta’minlaydigan samarali tashkiliy va dasturiy-texnik echimlarni qabul qilish bo‘yicha axborot – kommunikatsiya texnologiyalarida axborot himoyasi profiliga mos, ta’lim standartida talab qilingan bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.

    Uslubiy ko‘rsatma Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 60612100-Kiberxavfsilik injiniringi ta’lim yo‘nalishi talabalariga individual loyihalarni bajarish bo‘yicha tartibi va tamoyillarini belgilaydi.

    Uslubiy ko‘rsatma Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ilmiy-uslubiy kengashining qarori bilan chop etishga tavsiya etildi (20__ yil (“__” “______________” “__” – sonli bayonnoma).



    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, 2022
    1. Individual loyihaning maqsad va vazifalari
    Individual loyiha talabaning mustaqil ilmiy tadqiqot ishi bo‘lib, u ixtisoslik fanlarining ilmiy-nazariy asoslarini chuqur o‘zlashtirish, xalqaro va milliy iqtisodiyot muammolarini o‘rganish, tahlil qilish va umumlashtirish asosida yoziladi.
    Individual loyihaning asosiy maqsadi talabalarni tanlangan mavzuning ilmiy-amaliy muammolarini aniqlash, ularning yеchimini topish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
    Individual loyiha yozishning vazifalari quyidagilardan iboratdir:

    • Ixtisoslik fanlardan o‘tilgan nazariy matеriallarni mustahkamlash va talabalarni muammoli mavzuni ilmiy nuqtai-nazardan yoritib bеrishga hamda amaliyotga tadbiq qilishga yo‘naltirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga o‘rgatish;

    • talabalarda aniq muammoni qo‘yish va uni yеchish qobiliyatini rivojlantirish;

    • talabalarni ilmiy va amaliy faoliyatda adabiyotlar, amaliy tahliliy va statistik ma'lumotlar va boshqa matеriallardan foydalanishga o‘rgatish.

    Individual loyiha mavzusining yoritilishi va uning talab darajasida bajarilishi talaba ilmiy-nazariy tayyorgarligining muhim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi.

    Download 0.93 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Download 0.93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kiberxavfsilik injiniringi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun Individual loyihani bajarish va rasmiylashtirish bo‘yicha

    Download 0.93 Mb.