|
“Kiberxavfsizlik asoslari” fanidan bajargan
|
bet | 4/17 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #231363 |
Bog'liq Mustaqil ishXulosa qilib aytganda O‘zbekistonda kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan tizimli va fundamental yondashuv, yagona normativ-huquqiy hujjatlar bazasini yaratish, ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish, innovatsion usullardan keng foydalanish davlat axborot siyosatini samarali olib borishga hamda axborot xavfsizligi sohasidagi muammolarni hal etishga hizmat qiladi. Bu esa axborot kommunikatsiya va texnologiyalari tizimini zamonaviy kibertahdidlardan himoya qilish, turli darajadagi tizimlar uchun kiberxavfsizlik bo‘yicha zamonaviy mexanizmlarni joriy etish, mazkur sohada davlat organlari, korxonalar va tashkilotlarning huquqlari va majburiyatlarini belgilash, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish kabilarni amalga oshirish orqali belgilanadi. Bu sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarni unifikatsiyalash orqali kiberxavfsizlikni ta’minlashni takomillashtirish mumkin. Yurtimizda olib borilayotgan barcha islohotlar zamirida xalqimizga qulayliklar yaratish maqsadi yotibdi. Kiberxavfsizlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilishi raqamli imkoniyatlardan ishonchli va xavfsiz tarzda foydalanishga asos bo‘ladi. Shoxrux Sobirov, Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i Davlatning dunyo ochiq tarmog’iga ulanishining iqtisodiy va ilmiytexnik siyosatini axborot xavfsizligi orqali ko‘rish lozim. Bu ochiq, fuqarolarning axborotga va intellektual mulkga ega bo’lish qonuniy huquqini saqlashga mo’ljallangan siyosat mamlakat xududida tarmoq asbobuskunalarini unga axborot quroli elementlarining kirishidan saqlashni ko’zda tutish lozim.
Bu muammo hozirda, chet el axborot texnologiyalarini ommaviy sotib olinayotgan paytda o’ta muhimdir. Ma'lumki, dunyo axborot makoniga ulanmasdan mamlakat iqtisodini rivojlantirib bo’lmaydi. Internet tarmog’i tomonidan ta'minlangan axborot va hisoblash resurslaridan operativ foydalanishni davlatchilikni, fuqarolik jamiyati institutlarini mustahkamlash, ijtimoiy infratuzilmalarining rivojlanish shartlari sifatida talqin etish mumkin.
|
| |