|
“Kiberxavfsizlik asoslari” fanidan bajargan
|
bet | 6/17 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #231363 |
Bog'liq Mustaqil ishAxborot xavfsizligiga tahdid deganda axborotning buzilishi yoki yo’qotilishi xavfiga olib keluvchi himoyalanuvchi ob'ektga qarshi qilingan harakatlar tushuniladi. Oldindan shuni aytish mumkinki, so’z barcha axborot xususida emas, balki uning faqat, mulk egasi fikricha, kommertsiya qiymatiga ega bo’lgan qismi xususida ketyapti. Zamonaviy korporativ tarmoqlar va tizimlar duchor bo’ladigan keng tarqalgan tahdidlarni tahlillaymiz. Hisobga olish lozimki, xavfsizlikka tahdid manbalari korporativ axborot tizimining ichida (ichki manba) va uning tashqarisida (tashqi manba) bo’lishi mumkin. Bunday ajratish to’g’ri, chunki bitta tahdid uchun (masalan, o’g’irlash) tashqi va ichki manbalarga qarshi harakat usullari turlicha Shukurov F.B. bo’ladi. Tez-tez bo’ladigan va xavfli (zarar o’lchami nuqtai nazaridan) tahdidlarga foydalanuvchilarning, operatorlarning, ma'murlarning va korporativ axborot tizimlariga xizmat ko’rsatuvchi boshqa shaxslarning atayin qilmagan xatoliklari kiradi. Ba'zida bunday xatoliklar (noto’g’ri kiritilgan ma'lumotlar, dasturdagi xatoliklar sabab bo’lgan tizimning to’xtashi yoki bo’zilishi) to’g’ridan to’g’ri zararga olib keladi. Ba'zida ular niyati buzuq odamlar foydalanishi mumkin bo’lgan nozik joylarni paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Global axborot tarmog’ida ishlash ushbu omilning etarlicha dolzarb qiladi. Bunda zarar manbai tashkilotning foydalanuvchisi ham, tarmoq foydalanuvchisi ham bo’lishi mumkin, oxirgisi ayniqsa xavfli. Zarar o’lchami bo’yicha ikkinchi o’rinni o’g’irlashlar va soxtalashtirishlar egallaydi. Tekshirilgan holatlarning aksariyatida ishlash rejimlari va himoyalash choralari bilan a'lo darajada tanish bo’lgan tashkilot shtatidagi xodimlar aybdor bo’lib chiqdilar. Global tarmoqlar bilan bog’langan quvvatli axborot kanalining mavjudligida, uning ishlashi ustidan etarlicha nazorat yo’qligi bunday faoliyatga qo’shimcha imkon yaratadi. Xafa bo’lgan xodimlar (hatto sobiqlari) tashkilotdagi tartib bilan tanish va juda samara bilan ziyon etkazishlari mumkin. Xodim ishdan bo’shaganida uning axborot resurslaridan foydalanish xuquqi bekor qilinishi nazoratga olinishi shart. Hozirda tashqi kommunikatsiya orqali ruxsatsiz foydalanishga atayin qilingan urinishlar bo’lishi mumkin bo’lgan barcha buzilishlarning 10%ini tashkil etadi. Bu kattalik anchagina bo’lib tuyulmasa ham, Internetda ishlash tajribasi ko’rsatadiki, qariyb har bir Internet-server kuniga bir necha marta suqilib kirish urinishlariga duchor bo‘lar ekan. Xavf-xatarlar taxlil qilinganida tashkilot korporativ yoki lokal tarmog’i kompyuterlarining xujumlarga qarshi turishi yoki bo’lmaganida axborot xavfsizligi buzilishi faktlarini qayd etish uchun etarlicha himoyalanmaganligini hisobga olish zarur. Masalan, axborot tizimlarini himoyalash Agentligining (AQSh) testlari ko’rsatadiki, 88% kompyuterlar axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan nozik joylarga egaki, ular ruxsatsiz foydalanish uchun faol ishlatishlari mumkin. Tashkilot axborot tuzilmasidan masofadan foydalanish xollari alohida ko’rilishi lozim. Himoya siyosatini tuzishdan avval tashkilotda kompyuter muhiti duchor bo’ladigan xavfxatar baholanishi va zarur choralar ko’rilishi zarur. Ravshanki, himoyaga tahdidni nazoratlash va zarur choralarni ko’rish uchun tashkilotning sarf-harajati tashkilotda aktivlar va resurslarni himoyalash bo’yicha hech qanday choralar ko’rilmaganida kutiladigan yo’qotishlardan oshib ketmasligi shart.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
|
| |