|
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xavfsizligiga bo’ladigan tahdidlar taxlili
|
bet | 5/17 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #231363 |
Bog'liq Mustaqil ishAxborot-kommunikatsiya texnologiyalari xavfsizligiga bo’ladigan tahdidlar taxlili.
Tizim ma'muri uchun himoyaning maqbul darajasini ta'minlashning yagona usuli-axborotga ega bo’lishi, chunki hozircha axborot xujumiga eng tez reaktsiya beradigan inson hisoblanadi. Demak, axborotni himoyalash ma'murlarining o’qitishga va professional o’sishiga sarf-harajat axborot xujumlariga qarshi turuvchi eng samarali vosita hisoblanadi. Ammo mamlakatning halqaro telekommunikatsiya tizimida va axborot almashinuvida ishtirokining axborot xavfsizligi muammosini kompleks hal qilmasdan mumkin emasligini aniq tasavvur etish lozim. Ayniqsa xususiy axborot resurslarini himoyalash muammosi axborot va telekommunikatsiya texnologiyalar sohasida rivojlangan mamlakatlardan texnologik orqada qolayotgan mamlakatlar uchun jiddiy hisoblanadi. Axborot qurolini ishlab chiqishni va uni ishlatishni ximiyaviy va bakteriologik qurol kabi taqiqlash ehtimoldan uzoq. Xuddi shu kabi ko’pgina mamlakatlarning yagona global axborot makonini shakllantirish bo’yicha urinishlarini chegaralab bo’lmaydi. Tarmoq texnologiyalari rivojining boshlang’ich bosqichida viruslar va kompyuter xujumlarining boshqa turlari ta'siridagi zarar kam edi, chunki u davrda dunyo iqtisodining axborot texnologiyalariga bog’liqligi katta emas edi. Hozirda, xujumlar sonining doimo o’sishi hamda biznes ning axborotdan foydalanish va almashishning elektron vositalariga bog’liqligi sharoitida mashina vaqtining yo’qolishiga olib keluvchi hatto ozgina xujumdan kelgan zarar juda katta raqamlar orqali hisoblanadi. Misol tariqasida keltirish mumkinki, faqat 2003 yilning birinchi choragida dunyo miqyosidagi yo’qotishlar 2002 yildagi barcha yo’qotishlar Shukurov F.B. yig’indisining 50%ini tashkil etgan, yoki bo’lmasa 2006 yilning o’zida Rossiya Federeatsiyasida 14 mingdan ortiq kompyuter jinoyatchiligi holatlari qayd etilgan[29, 30, 32]. Korporativ tarmoqlarda ishlanadigan axborot, ayniqsa, zaif bo’ladi. Hozirda ruxsatsiz foydalanishga yoki axborotni modifikatsiyalashga, yolg’on axborotning muomalaga kirishi imkonining jiddiy oshishiga quyidagilar sabab bo’ladi:
|
| |