|
“Kiberxavfsizlik asoslari” fanidan bajargan
| bet | 2/17 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #231363 |
Bog'liq Mustaqil ishPrezidentimizning 2018 yil 21 noyabrdagi PQ-4024-son Qarori bilan davlat unitar korxonasi shaklida Kiberxavfsizligi markazi tashkil etildi. Ta’kidlash joizki kiberxavfsizlik sohasiga tegishli bo‘lgan 17 ta qonun hujjati, 9 ta Prezident Farmon va Qarorlari, 14 ta Vazirlar Mahkamasining Qarori, shuningdek tegishli normalar va ko‘plab idoralararo me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra 2019 yilda «UZ» milliy domen zonasida ro‘yxatdan o‘tgan domenlar soni 74 mingtadan oshdi. Xususan, Adliya vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (Lex.uz) va Davlat xizmatlari portali (Davxizmat.uz) singari yirik axborot resurslari tegishli. Ma’lumot uchun: Kiberxavfsizlik bo‘yicha xalqaro global reyting ABI Research va XEI ning qo‘shma loyihasi bo‘lib, indeks davlatlarning kiberxavfsizlik sohasidagi ishtiroki darajasini baholash imkonini beradi. Bunda majburiyatlar darajasi besh sohada baholanadi: huquqiy choralar, texnik choralar, tashkiliy choralar, salohiyatning rivoji va xalqaro hamkorlik. Kiberxavfsizlik bo‘yicha global reytinglarda 2020 yil sarhisobiga ko‘ra O‘zbekiston Milliy kiberxavfsizlik indeksi (National Cyber Security Index) da 90 o‘rinda, Global kiberxavfsizlik indeksi (Global Cybersecurity Index) da 52 o‘rinda, AKT rivojlanganlik indeksi ( ICT Development Index) da 95 o‘rinda. Karantin sharoitida global tarmoqda koronavirusdan saqlanish bo‘yicha ko‘rsatmalar yorlig‘i ostida dasturiy tizimlarni ishdan chiqaruvchi viruslar tarqatish holatlari uchradi. Xorijda dori-darmonni onlayn sotish va yetkazib berishni va’da qilib, oldindan pullarni hisob raqamiga o‘tkazishni so‘rab, sodda odamlarni aldab ketayotgan moliyaviy firibgarlar soxta onlayn-do‘konlar, veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar va elektron pochta manzillaridan foydalanishdi. Bu ham axborot xavfsizligini ta’minlash zaruratini yana bir bor tasdiqlaydi. “Kiberxavfsizlik markazi” tahlillariga ko‘ra, 2019 yilda internetning milliy segmenti veb-saytlarida 268 ta kiberxavfsizlik insidenti aniqlangan. Bu raqamli olamdagi huquqbuzarliklar soni oldingi yilga qaraganda 44 foizga kamaygan deganidir. Shulardan 222 tasi kontentni ruxsatsiz yuklash, 45 tasi defeys (veb-sayt sahifasi boshqa, masalan, reklama joylashtirilgan sahifaga almashtirilishini anglatuvchi xakerlik hujumi) va bittasi yashirin mayning (kriptovalyuta platformasidagi yashirin faoliyat) ulushiga to‘g‘ri keladi.
|
| |