Kiberhuquq va kiberetika sohasida Uzbekiston Respublikasi qonunchiligi




Download 110,26 Kb.
bet3/5
Sana22.02.2024
Hajmi110,26 Kb.
#160801
1   2   3   4   5
Bog'liq
kiberhuqu mustaqil ishi
Mavzu Algebraik va transtendent tenglamalarni taqribiy yechish-fayllar.org, chow2011 140-148[23], Binar Daraxt usuli, MTA, Reja Go‘daklik davrida psixik rivojlanish, Dars jadvali, Maftuna, Al-Xorazmiy vorislari. NATIJALAR, 2-amaliy ish, Pedagogika. Psixologiya. 1- topshiriq, Xotirani diagnostika qilish metodlari, diskr prakt, 1 BOB (3)
Kiberhuquq va kiberetika sohasida Uzbekiston Respublikasi qonunchiligi.
Jahon axborot maydonini yaratish kishilik taraqqiyotining hozirgi bosqichida insoniyat oldida turgan ulkan vazifalardan biridir. Halqaro huquqiy axborotlar maydoni ana shu jahon axborot maydonining bir qismi bo’lishi lozim. Halqaro kompyuter tarmoqlari jahonning deyarli barcha mamlakatlarini qamrab olishi zarur. Bu jahon iqtisodiyoti, siyosati, biznesi, ijtimoiy munosabatiar, shartnomalar tuzish, to’lovlami amalga oshirish va boshqa sohalarda yangi imkoniyatlar ochadi. Halqaro kompyuter tarmoqlarining tashkil etilishi milliy tizimlarni takomillashtirish zarurati bilan bog’liq. Ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda axborot texnologiyalari sohasida ortda qolish qaytmas jarayonga aylanishi mumkinligiga ishonch kuchayib borayotir. O’zbekistonda axborotlashtirish jarayonlarining rivojlanishi umumiy inqiroz va axborot inqirozi sharoitlarida kechmoqda. O’zbekistonda axborotlashtirish jarayonlarining rivojlanishi: axborot texnologiyalari, aloqa va telekommunikatsiya vositalari taraqqiyotidan ortda qolganligi; mamlakatda telefonlashtirish yetarli darajada zich emasligi; milliy axborot qonun hujjatlari taraqqiyotdan ortda qolganligi, bir qator muhim qonunlar hanuz qabul qilinmaganligi, amalga joriy etilgan qonunlar esa ko’pincha bajarilmasligi; jamiyat a’zolari huquqiy-axborot madaniyatining pastligi; O’zbekistonning jahon axborot hamjamiyatiga qo’shilishi masalalariga davlat hokimiyati organiari, jamoat birlashmalari va ommaviy axborot vositalari tomonidan yetarli darajada e’tibor berilmasligi bilan farq qiladi. O’zbekiston eng yangi axborot texnologiyalari sohasida rivojlangan g’arb mamlakatlaridan hatto optimistik baholashlar bo’yicha ham 25-30 yilga ortda qolgan. Jumladan, informatika vositalarini ishlab chiqarish hajmlari, EHM texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari va axborot uzatish tizimlari bo’yicha O’zbekiston AQShdan 4-5 baravar ortdadir. O’zbekistonning jahon axborot maydoniga kirishi konsepsiyasini shakllantirish negizida halqaro tarmoq tushunchasi yotadi. Halqaro tarmoq - bu komponentlari bir nechta mamlakatda joylashgan kompyuter tarmog’idir. Bunday tarmoqlar ilmiy tadqiqotlarni axborotlar bilan ta’minlash, iqtisodiy va texnologik vazifalarni hal qilish uchun tashkil etiladi. Jahondagi ilg’or mamlakatlarning axborot yig’ish, qayta ishlash va uzatish yagona jahon uyali axborot tarmog’ining zamonaviy telekommunikatsion aloqa vositalari kommutatsiya kanallariga ega davlat aloqasi, yo’ldoshli aloqa tizimlari, yer osti aloqa tizimlari, ko’chma va statsionar obyektlarga ega radioaloqa hamda hujjatlar almashish tizimlaridan foydalanadi. Bugungi kunda barpo etilayotgan va muvaffaqiyatli ish olib borayotgan jahon tijorat va bank tarmoqlarida global yo’ldoshli tizimlar, EHM tarmoqlari, halqaro aloqa tizimlari va teleradioaloqa tarmoqlaridan keng foydalanilmoqda. Internet muhim halqaro kompyuter tarmog’i hisoblanadi. Internet jahon kompyuter tarmog’i davrimizning buyuk yutuqlaridan biridir. Bugungi kunda Internet, uning ilovalari va texnologiyalari ko’pgina mamlakatlarning iqtisodiyoti mudofaa qobiliyatiga ta’sir ko’rsatmoqda, ularning rivojlanishining muhim omili bo’lib xizmat qilmoqda, tijorat va savdo-sotiqning o’sishiga yordam bermoqda. Internet global tarmog’i jahonning 200 dan ortiq mamlakatini birlashtirgan. Mazkur tarmoq faqat milliy miqyosdagi (AQSH va Kanada) infratuzilmalar bilan emas, Yevropaning shunday kontinental infratuzilmalari bilan ham ta’minlanadi. O’zbekiston Respublikasining davlat chegarasi orqali axborot mahsullarini uzatish va olish, shuningdek axborot xizmatlari ko’rsatishni tartibga soladi. Mazkur qonun shuningdek O’zbekiston Respublikasining davlat axborot resurslarini to’ldirish uchun respublika hududiga olib kiriladigan hujjatlashtirilgan axborotlaming (shu jumladan sotib olinadigan hujjatlashtirilgan axborotlaming) tarkibini aniqlash tartibini hamda ularni sotib olish tartibini ham belgilaydi.
Zamonaviy dunyoda kibermakonda sodir etilgan jinoyatlar soni sezilarli darajada oshdi. Noqonuniy maqsadlarga erishish uchun ishlatiladigan zararlidasturlarning yangi turlari muntazam ravishda ortib bormoqda. Mutaxassislarning fikricha, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida sodir etilgan jinoyatlardan jahon iqtisodiyotiga yetkazilgan moddiy zarar trillionlab dollarni tashkil etadi.
Bunday masshtablar kibermakonda rivojlanayotgan munosabatlarni huquqiy tartibga solishning samarali vositalarini talab qiladi. Kiberxavfsizlik zamonaviy halqaro huquqning eng dolzarb mavzularidan biri bo’lib, davlatlarning milliy xavfsizligini ta’minlash uchun zarurdir.
"Kibermakon" atamasi ilmiy muomalaga nisbatan yaqinda kiritilgan. Aksariyat mutaxassislar ushbu tushuncha birinchi marta 1981-yilda fantast yozuvchi V. Gibson tomonidan qo’llanilganligini ta’kidlashadi. Etimologik jihatdan "kibermakon" so’zi "kibernetika" -mashinalar, tirik organizmlar va jamiyatdagi axborotni boshqarish va uzatish jarayonlarining umumiy qonuniyatlarini o’rganadigan fan bilan bog’liq.
Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari davlat va jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va siyosiy munosabatlarga salbiy ta’sir ko’rsatishi, harbiy va mudofaa salohiyatiga ziyon yetkazishi mumkin. Shu munosabat bilan halqaro hamjamiyat kiberxavfsizlik sohasida hamkorlik masalalarida ko’p tomonlama huquqni rivojlantirish asoslariga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biroq, halqaro maydonda bu vazifani hal qilish uchun umumiy yondashuv hali ishlab chiqilmagan, chunki kibermakonni huquqiy tartibga solishning murakkabligi bu sohadagi munosabatlarning virtual xususiyatlar ega ekanligiga bog’liq.

Download 110,26 Kb.
1   2   3   4   5




Download 110,26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kiberhuquq va kiberetika sohasida Uzbekiston Respublikasi qonunchiligi

Download 110,26 Kb.