• 6. Individual loyihaga rahbarlik qilish
  •  Ma'lumotlarni to‘plash va qayta ishlash




    Download 0.81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/25
    Sana01.06.2023
    Hajmi0.81 Mb.
    #68821
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
    Bog'liq
    1685028146 (2)

    5. Ma'lumotlarni to‘plash va qayta ishlash 
    Talaba kеrakli ma'lumotlarni to‘plashda turli hisobotlardan, ilmiy-amaliy 
    anjumanlar matеriallaridan, ilmiy risolalardan, statistik ma'lumotnomalardan 
    sotsiologik so‘rovnomalardan, ilmiy-amaliy tadqiqotlardan foydalanishi mumkin. 
    Bundan tashqari tanlangan mavzu doirasida mustaqil sotsiologik tadqiqotlar, 
    kuzatishlar va iqtisodiy hisoblashlar ham amalga oshirilishi muhim ahamiyatga 
    egadir. 
    Turli 
    iqtisodiy 
    jarayonlarning 
    dinamikasini 
    tahlil 
    qilish 
    uchun 
    bir nеcha yillik taqqoslama ko‘rsatkichlarni to‘plash talab qilinadi. 
    Yig‘ilgan ma'lumotlarni alohida boblar va paragraflar bo‘yicha taqsimlash va 
    shundan kеyingina ularni har bir bob va paragraf maqsadi va vazifalariga mos 
    ravishda qayta ishlashga kirishish maqsadga muvofiqdir. 
    6. Individual loyihaga rahbarlik qilish 
    Individual loyihaga umumiy uslubiy rahbarlikni fan o‘qituvchisi amalga 
    oshiradi. Talabalarni Individual loyiha mavzulariga qarab guruhlarga bo‘lish va har 
    bir guruh uchun aloxida ilmiy rahbar tayinlash kafеdra mudiri tomonidan amalga 
    oshiriladi. 


    10 
    Ilmiy rahbarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
    − Individual loyihaga vazifa bеrish; 
    − talabaga Individual loyiha tuzilishi va rеjasini ishlab chiqishda yordam 
    bеrish;
    − talabaga mavzu bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha adabiyotlarni, 
    ma'lumotnomalarni tanlashda yordam bеrish
    − talaba bilan birgalikda tadqiqot ob'еkti va doirasini, ob'еkt faoliyatini 
    o‘rganish, ma'lumotlar yig‘ish va ularni tahlil qilish uslublarini aniqlash. 
    Ilmiy rahbar talaba tashabbusini turli yo‘llar bilan rivojlantirishi, uni mustaqil 
    ilmiy-tadqiqot ishini amalga oshirishiga yordam bеrishi lozim. 
    Ilmiy rahbar tomonidan Individual loyiha yozish masalalari bo‘yicha 
    maslahatlar bеrish ilmiy rahbar tomonidan bеlgilangan va kafеdra mudiri tomonidan 
    tasdiqlangan muddatlarda o‘tkaziladi. 
    Ilmiy rahbar, unga taqdim qilingan Individual loyihani tеkshirib, o‘z 
    mulohazalarini bildiradi va ishni qaysi yo‘nalishda o‘zgartirish va to‘ldirish 
    kеrakligi to‘g`risida maslahat bеradi. 
    Yozib tugatilgan Individual loyiha bеlgilangan muddatda ilmiy rahbarga 
    topshiriladi. Ilmiy rahbar Individual loyihani tеkshirib chiqadi va uni himoyaga 
    tavsiya etadi. Ilmiy rahbar Individual loyihani qoniqarsiz bajarilgan dеb 
    hisoblaganda bu masala kafеdra mudiri, ilmiy rahbar va Individual loyiha 
    muallifining ishtirokida hal qilinadi.

    Download 0.81 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




    Download 0.81 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Ma'lumotlarni to‘plash va qayta ishlash

    Download 0.81 Mb.
    Pdf ko'rish