|
Metallarni korroziyadan saqlashBog'liq \'metallar korroziyasi (1)3. Metallarni korroziyadan saqlash.
a) metall sirtini boshka metallar bilan koplash.
Bu maqsadda ishlatiladigan metallning normal elektrod potensiali metallarning aktivlik qatorida
korroziyadan saqlanishi kerak bo„lgan metalnikiga qaraganda manfiy qiymatga ega bo„lishi lozim. Masalan,
temirni rux bilan qoplash (anod qoplash), bunda temir buyum uning sirtini qoplagan ruxning hammasi
tugamanuncha emiriladi. Bunda temir-katod, rux-anod elektronlar ruxdan temirga boradi, Zn emiriladi Fe
saqlanib koladi. Temirni qalay bilan qoplaganda (katod qoplash), chunki qoplovchi metall qoplanuvchi
metalga qaraganda aslroq. Katod qoplamaning biror joyi ko„chsa, himoya qilinuvchi metall, yani temir juda
tez ishdan chiqadi, chunki metalning ochilib qolgan joyiga suv tegishi natijasida galvanik juft hosil bo„lib,
bu juftda qalay musbat elektrod (katod), temir esa manfiy elektrod (anod) vazifasini o„taydi. Elektronlar
oqimi temirning ochilib qolgan yuzasidan qalayga tomon yo„nalib, bu erda vodorod ionlarini
zaryadsizlantiradi, temir esa eritmaga yangidan-yangi ionlar berib emiriladi.
b) metallni metall
bo‘lmagan moddalar bilan qoplash.
Metallar sirtini lak, bo„yoq, rezina, tez quriydigan mineral moylar
(salidol, texnik vazelin bilan qoplash) emallash metalni korroziyadan saqlaydi.
v) metallarga turli
qo‘shimchalar kiritish.
Odatdagi po„latda 0,2-0,5% mis qo„shishi bilan po„latning korroziyaga nisbatan
mustahkamligini atmosfera sharoitida 1,5-2 marotaba oshirish mumkin. Zanglamaydigan po„latda 12% xrom
bo„ladi. Tarkibida 18% xrom va 8% nikel bo„lgan po„lat zanglamaydi.
g) metall sirtini kimyoviy birikmalar bilan qoplash.
Maxsus kimyoviy usul bilan metall sirtini
korroziyaga chidamli birikmalar pardasi bilan qoplash mumkin. Bunday pardalar-oksidli, fosfatli, xromatli
va boshqa bir necha sinfga bo„linadi. Metall sirtida korroziyaga chidamli oksid parda hosil qilish protsessi
oksidlash deyiladi. Oksidlashning 3 usuli bor:
-metall buyum sirti yukori temperaturada organik
moddalar bilan oksidlantiriladi (qaytariladi);
- metall buyum (MnO
|
| |