• 3.1. Turli jinsli sistemalar klassifikastiyasi Kamida ikkita har xil fazalardan (suyuqlik - qattiq jism, suyuqlik - gaz va h. ) tarkib topgan aralashmalar turli jinsli sistemalar
  • 3.1-rasm. Turli jinsli sistemalar klassifikastiyasi. Suyuqlik va qattiq zarrachalardan tashkil topgan turli jinsli sistema s uspenziya
  • Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари




    Download 1.72 Mb.
    bet1/13
    Sana11.04.2024
    Hajmi1.72 Mb.
    #193104
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    3..Gidromexanik jarayonlar KL-U-3(1-8)
    2.05-геоглогия-ФД-2018, Pegmatit konlarining hosil bo‘lish jarayonlari pegmatitlar, dasturlash 2-MI



    3 - bob. GIDROMEXANIK JARAYONLAR

    Gidromexanik jarayonlarga quyidagilar kiradi: suyuq va gazsimon turli jinsli sistemalarni gravitastion (cho`ktirish), markazdan qochma (stentrifugalash) yoki elektr maydoni kuchlari ta’sirida qattiq zarrachalardan tozalash; bosimlar farqi ostida suyuqlik va gazlarni g`ovak to`siqlar orqali o`tkazib filtrlash; suyuqlik muhitlarida aralashtirish; mavhum qaynash va boshqalar.




    3.1. Turli jinsli sistemalar klassifikastiyasi

    Kamida ikkita har xil fazalardan (suyuqlik - qattiq jism, suyuqlik - gaz va h. ) tarkib topgan aralashmalar turli jinsli sistemalar deb nomlanadi. Zarrachalari o`ta mayin yanchilgan holatdagi faza dispers yoki ichki faza deb ataladi. Dispers faza zarrachalarini o`rab olgan muhit esa - dispersion yoki tashqi faza deb ataladi.


    F
    azalarning fizik holatiga qarab turli jinsli sistemalar quyidagi guruhlarga bo`linadi: suspenziya, emulsiya, ko`pik, chang, tutun va tumanlar (3.1-rasm).


    3.1-rasm. Turli jinsli sistemalar klassifikastiyasi.

    Suyuqlik va qattiq zarrachalardan tashkil topgan turli jinsli sistema suspenziya deb ataladi. Qattiq zarrachalar o`lchamiga qarab suspenziyalar shartli ravishda quyidagi turlarga bo`linadi: dag`al (>100 mkm); mayin (0,5...100 mkm); loyqa (0,1...0,5 mkm) suspenziyalar va kolloid eritmalar ( 0,1 mkm).


    Biri ikkinchisida erimaydigan, dispers va dispersion fazalardan tashkil topgan aralashma sistemasi emulsiya deb nomlanadi. Dispers faza zarrachalarining o`lchami keng oralikda o`zgarishi mumkin. Odatda, emulsiya og`irlik kuchi ta’sirida qatlamlarga ajraladi. Lekin, dispers faza tomchilari 0,4...0,5 mkm dan kichik bo`lsa yoki stabilizatorlar qo`shilgan hollarda emulsiyalar turg`un bo`ladi va uzoq muddat davomida qatlamlarga ajralmaydi. Dispers faza konstentrastiyasi ortishi bilan dispers faza dispersion fazaga o`tishi va teskarisi bo`lishi mumkin. Bunday o`zaro almashinish hodisasi fazalar inversiyasi deyiladi.
    Suyuqlik va unda taqsimlangan gaz pufakchalaridan tashkil topgan sistemalar ko`piklar deb ataladi. Ko`piklar o`z xossalari bo`yicha emulsiyalarga yaqin.
    Gaz va unda taqsimlangan 0,3...5 mkm o`lchamli qattiq zarrachalardan tashkil topgan sistemalar tutunlar deb nomlanadi. Tutunlar bug` (yoki gaz) larning suyuq yoki qattiq holatga kondensastiyalanish jarayoni orqali o`tishda hosil bo`ladi. Undan tashqari, qattiq yoqilg`ilar yonishi natijasida ham paydo bo`ladi.
    Gaz va unda taqsimlangan 3...70 mkm o`lchamli qattiq zarrachalardan tashkil topgan sistemalar changlar deb ataladi.
    Ko`pincha changlar qattiq materialni maydalash, aralashtirish va ma’lum masofaga uzatish paytida hosil bo`ladi.
    Dispersion gaz va o`lchami 0,3...5 mkm bo`lgan dispers suyuqlik fazalardan tashkil topgan sistemalarga tumanlar deyiladi. Tumanlar suv bug`ini sovitish jarayonida, bug`ning kondensastiyalanishi natijasida hosil bo`ladi.
    Tutun, chang va tumanlar - aerozollar deb yuritiladi.



    Download 1.72 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 1.72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари

    Download 1.72 Mb.