• Tarixiy geografiya
  • Kimyo international university in tashkent mustaqil ish




    Download 160,5 Kb.
    bet1/3
    Sana12.06.2024
    Hajmi160,5 Kb.
    #262878
      1   2   3
    Bog'liq
    Jahon tarixi va geografiyasi kursining predmeti, maqsadi va vazifalari



    KIMYO INTERNATIONAL UNIVERSITY IN TASHKENT

    MUSTAQIL ISH


    Mavzu: Jahon tarixi va geografiyasi kursining predmeti, maqsadi va vazifalari


    Bajardi: Abdig‘aniyeva Gulshoda


    Tekshirdi: A.Xudoyorov
    Jahon tarixi va geografiyasi kursining predmeti, maqsadi va vazifalari

    Reja:

    1. Tarixiy geografiya fanining bahs mavzusi.
    2. Tarixiy geografiyaning bo`limlari va asosiy vazifalari
    3. Tarixiy geografiya fanining shakllanishi.
    Tarixiy geografiya fan tarmog‘i sifatida qadimdan shakllangan tarix va geografiya fanlaridan ancha yosh sanaladi. U fan sifatida bir necha yuz yildan beri mavjud. Uning taraqqiyot tarixi tarixiy- geografik adabiyotlarda qisqacha berib o‘tilgan. Jumladan, S.M.Seredoninning kitobida bu fan to'g'risidagi ma’lumotlar Kiyev Rusi va Moskva davlati tarixiy geografiyasi misolida tahlil etilgan, xolos1. G ‘arb adabiyotida ham tarixiy geografiya tarixi bo‘yicha ilmiy asarlar juda kam. Avstriyalik taniqli olim Vimmeming tadqiqotida qadimgi dunyo va Germaniya, qisman Fransiya tarixiy geografiyasi bo'yicha asarlar biroz sharhlangan2. Fransuz olimi Dejardenning yirik mashhur asarida Galliya tarixiy geografiyasiga doir adabiyotlar tahlil etilgan3. Ammo Vimmerning ham, Dejardenning ham kitoblarida tarixiy geografiyaning rivoji haqidagi ma’lumotlar unchalik ko‘p emas. Ingliz ilmiy adabiyotida Bekeming bu sohaga oid maqolasi ingliz tarix va geografiya assosiasiyasining Oksford bo‘limi qo‘shma yig'inida о‘qilgan bo'lib, unda so'nggi yuz yil ichida tarixiy geografiya bo'yicha ingliz olimlarining tadqiqotlari ko'rib chiqilgan.
    Ilmiy adabiyotlarda uzoq vaqt davomida tarixiy geografiyaning shakllanishi va unga omil bo‘lgan sabablami asoslovchi ilmiy xulosalar deyarli yo‘q edi. Holbuki, ilmiy adabiyotlarda bu masala ancha oldin qo‘yilgan. XVIII asr oxiri — XIX asr boshlarining yirik nemis tarixchisi Geeren (1760—1842 yillar) 1785 yilda Volteming tarixiy g'oyalarini davom ettirib, tarixiy geografiyaning shakllanishi va asosiy bosqichlari haqida to'xtalib o‘tdi. Geeren o‘z fikrlarini mualliflar jamoasi tomonidan nashr etilgan qadimgi dunyo tarixiga doir kitobida bayon etgan1. Geeren qadimgi dunyo tarixiy geografiyasining asoschisi deb Niderlandiyaning Leyden universiteti professori Klyuvemi (XVII asming birinchi choragi) tan olgan. Geeren tarixiy geografiya fani taraqqiyoti tarixini uch bosqichga bo ‘ladi: 1. Klyuverdan Sellariusga qadar; 2. Sellariusdan D’Anvilga qadar; 3. D’Anvildan Gatterer va Mannertga qadar. Geeren tarixiy geografiyaning ilmiy fan sifatidagi taraqqiyotiga galliyalik olim Xristofor Sellarius hissa qo‘shganligini ham alohida uqtirgan. XIX asrda Geerenning fikrlari boshqa tadqiqotchilar tomonidan bir necha bor takrorlandi. 40-yillarda Forbiger qadimgi geografiyaga oid darslik kitobida Klyuver va Sellariusni tarixiy geografiyaning haqiqiy asoschilari deb hisoblagan2. 70-yillarda Bursian mashhur nemis kishilari hayoti lavhalari nashr etiladigan „Allgemeine Deutsche Biographie“ kitobiga yozgan Klyuver haqidagi biografiyasida ham uni tarixiy geografiyaning asoschisi deb ta’riflagan. 80-yillarda Vimmer ham yuqorida ko'rsatilgan asarda bu fikmi takrorlagan. Klyuver haqida 1891 yilda geograf olim, professor Parch tomonidan maxsus monografiya e’lon qilingach, uning (Klyuver-ning) tarixiy geografiya asoschisi ekanligi haqidagi qarashlar yana ham ko'paydi. Nemis olimi Gettner Parchning fikrlariga qo'shilib, Klyuvemi tarixiy geografiya asoschisi deb ataydi. Sho'rolar hukmronligi davridagi adabiyotlardagi bu haqdagi dastlabki qarashlar 1937 yilda S.Rudniskiy va 1939 yilda V.P.Bu- dyanovlar tomonlaridan bildirilgan. Shunday qilib, tarixiy geografiyaning paydo bo'lishi va vaqti haqidagi eski an’analar mavjuddek ko‘rinsa-da, aslida haqiqat boshqacharoq. 1930 yilda belgiyalik olim Van der Linden Birinchi xalqaro tarixiy geografiya kongressi ochilishidagi kirish nutqida boshqacha nuqtai nazami, ya’ni XVI asrning ikkinchi yarmida dunyoning ilk tarixiy atlasini yaratgan flamand olimi A.Orteliyni tarixiy geografiyaning asoschisi deb baholadi. Xuddi shunday qarashlar 1935 yilda geografiya fanlari tarixi bo'yicha yirik italyan mu- taxassisi Almadja tomonidan „Italyan ensiklopediyasi“ga Orteliyga bag'ishlab yozilgan maqolada ham bildirildi. Amerikalik Garri Barnes 1938 yildagi asarida XII asr ingliz muarrixi va geograf! Jerald de Barri o'z davrida tarixiy geografiya bilan jiddiy qiziqqanligi hamda „Irlandiya topografiyasi" va „Uels bo'ylab sayohat" nomli asarlarini yozganligini ma’lum qilgan1. Yuqoridagi noaniqliklami bartaraf etish maqsadida ko'plab ilmiy anjumanlar tashkil etilgan. 1930 yilda Belgiyada tarixiy geografiyaga bag'ishlangan maxsus xalqaro kongressda Belgiya, Fransiya, Germaniya, Angliya, Italiya, Ispaniya, Polsha va Gollandiyadan kelgan olimlar ishtirok etishdi. Kongressdagi yetti seksiyada jami 55 ma’ruza o'qilgan. 1950 yilda sobiq Ittifoq tarixiy geografiyasi bo'yicha maqolalar to'plami nashr etila boshlandi (qarang: „Voprosi geografii", №20). 1932 yilda London iqtisodiyot maktabida Angliya tarix va geografiya jamiyatining munozarasida tarixiy geografiya fani maxsus muhokama qilingan. Muhokama tarixiy geografiya fanito‘g‘risidagi fikrlarga bir qator aniqliklar kiritdi1. Tarixiy geogra fiyaga siyosiy chegaralar tarixi, tarixiy jarayonlarga tabiat ta’sirlari, shuningdek, tarixiy jarayonlaming geografik hodisalarga ta’siri va alohida mintaqalarning geografiyasini o'rganish, geografik kashfiyotlar, geografik fanlar tarixi kabi bo‘limlarni kiritish ilgari surilgan. Bu yerda tarixiy geografiyaga oid yangi bo‘limlar bilan birga geografiya tarixi ham qo‘shilib ketganligini farqlash kerak. Qabila va urug‘lar, xalqlaming biror hududda joylashishi va o‘z tarixi davomida bu hududlaming o‘zgarishi, mustamlakalar natijasida yangi xalqlaming kelib joylashishi kabi masalalar tarixiy geografiya bo‘limi sifatida M.K.Lyubavskiyning Rossiya tarixiy geografiyasiga oid asarida tilga olib 0‘tilgan2. Ba’zan tarixiy geografiya fanining mazmunini aniqlashtirishda chalkashliklarga ham yo‘l qo‘yilgan.


    Download 160,5 Kb.
      1   2   3




    Download 160,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kimyo international university in tashkent mustaqil ish

    Download 160,5 Kb.