|
Mehnatni va atrof muhitni muhofaza qilish
|
bet | 8/9 | Sana | 24.06.2024 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #265371 |
Bog'liq Kimyo t e xnolo g iya9.Mehnatni va atrof muhitni muhofaza qilish
9.1. Umumiy xolat
Kategoriya A (portlovchi yonuvchi) – Yonilg’i gazlar, alangalanish harorati 280C dan oshmagan. O.A.S lar xonadagi bosim 5 kPa dan ortganda oson alangalanib, portlashi mumkin. Bunday maxsulot va materialalar suv, havo yoki o’zaro ta’siri orqali, xonadagi bosim 5 kPa dan oshganda portlashi mumkin.
Kategoriya B (portlash ga va yonishga xavfli) – yonilg’i changlari yoki tolalari. Alanglanish harorati 280C dan oshmagan OAS lar xonadagi bosim 5 kPa dan ortganda changli havo yoki bug’li havo aralashmalari xosil qilib, alangalanishi natijasida portlashi mumkin.
Kategoriya V (Yong’inga xavfli) – Yonilg’i va qiyin yonuvchi suyuqliklar, qattiqyoqilg’i va qiyin yonuvchi maxsulotlar va materialalar (shuningdek tola va changlar), suv, havodagi kislorod yoki o’zaro ta’siri orqali yonishi mumkin bo’lgan maxsulot va materiallar.
Kategoriya G – issik yoki erigan holdagi yonmaydigan maxsulot va materiallar. Ularni qayta ishlash jarayoni issiklik nurlarini ajralib chiqishi, bilan uchqun va alanga bilan boradi, yonilg’i sifatida ishlatiladigan yonilg’i gazlari, suyuq va qattiq maxsulotlar.
Kategoriya D – Sovuq holdagi yonmaydigan maxsulot va materiallar.
Elektr jixozlarni o’rnatish qoidalariga muvofik, elektr jixozlarni tanlashda portlashga xavfli vayong’inga xavfli bo’lgan zonalar katta axamiyatga ega. Portlashga xavli zona bu, xona yoki xonadagi chegaralangan joyda yoki tashqari qurilmada portlashga xavfli aralashma xosil bo’ladigan joydir. Texnologik yonilg’i gazlari yoki O.A.S bug’lari qurilmadan ajralib chiqishi mumkin bo’lgan joydan 5 m vertikal va 5 metr gorizontal joy portlashga xavfli joy deyiladi. Yong’inga xavfli zona deb davriy yoki doimiy ravishda yonilg’i (yonuvchan) maxsulotlar bilan bog’liqbo’lgan xonalar, ya’ni texnologik jarayon buzilganda yong’inga xavfli zona xisoblanadi. Portlashga xavfli xonada va tashqi qurilmada ishlatiladigan elektr jixozlar xavfsizlikni ta’minlasalar ularni portlashdan himoyalangan deb aytadilar. Portlashdan himoyalangan elektr jixozlarni tanlashda shu qurilma ishlatiladigan joyda portlashga xavfli aralashmalar konsentrasiyasi va kategoriyasi, gruppasi aniqlanadi. Kategoriya maksimal oraliqning xavfsizlik kattaligi bilan aniqlanadi, gruppasi esa – maxsulotning o’z-o’zidan alangalanish harorati bilan aniqlanadi. Transport qilinadigan maxsulotlarning fizika-kimiyoviy xususiyatlariga va ishchi parametrlariga qarab, truboprovodlar uchun materialalar ularning klassifikasiyasi bo’yicha tanlanadi. NQIZ larida yong’inning oldini olish uchun yong’inga qarshi tartib-rejim o’rnatiladi. Bu rejim obyektlarda yong’in xavfsizligini ta’minlashga yordam beradi.
Bosim ostida ishlaydigan idishlar ishga tushirishdan oldin albatta sinovdan o’tkaziladi. Bosim ostida ishlaydigan idishlar quyidagilar bilan ta’minlanadi: 1) Bosim va haroratni o’lchaydigan qurilmalar; 2) To’siqli armaturalar; 3) Suyuqlik sathini ko’rsatgichlar; 4) Saqlanish klapanlari:
“Bosim ostida ishlaydigan idishlarni o’rnatish va xavfsizlik qoidalari” ga muvofiqsaqlanish klapanlarining soni va ularning o’lchamlari sharoitdan kelib chiqqan holda xisoblash yo’li bilan tanlanadi: Apparatdagi saqlanish klapanlarini xisoblashda bosimni ko’tarilishi
Ishchi bosim, MPa normalari.
0,3 gacha < 0,5 MPa
0,3-6,0 < 15 % R
> 6,0< 10 % R
O’z o’zini himoya qilish vositalariga quyidagilar: Maxsus kiyim, maxsus oyoq kiyimi, qo’lni himoyalovchi vositalar, protivogazlar vaboshqalar misol bo’ladi. O’z-o’zini himoya qilish vositalaridan foydalanish texnika xavsizligiqoidalariga asoslangan bo’lib, norma bo’yicha beriladi. Maxsus kiyimlar himoyalash turiga qarabquyidagi gruppalarga bo’linadi. Harorat tushganda, harorat ko’tarilganda, mexanik ta’sirlanishda; rentgent nurlari va radioaktiv maxsulotlarda: elektr tokida, elektrostatik zaryadlarda, elektrli va elektromagnitli maydonda; changlarda; zaharli maxsulotlarda, zaharli bo’lmagan maxsulot eritmalari va suvlarda va boshqalarda. Maxsus himoyalovchi kiyimlar quyidagi turlarga bo’linadi: palto, yarim palto, yarim shuba, nakidkalar, plashlar, xalatlar, kostyumlar, shimlar, kombenzonlar, yarim kombenezonlar, jaketlar, bluzkalar, kuylaklar, fartuklar. Neft va neft maxsulotlaridan himoyalovchi maxsus kiyimlar GOST ga binoan paxtali va aralash matolardan tayyorlanadi.
Maxsus oyoq kiyimi oyoqlarni shikastlanishdan, agressiv maxsulotlar ta’siridan, neft va neft maxsulotlaridan, past haroratlardan, isib ketish va kuyishlardan, chang bo’luvchi va ifloslantiruvchi maxsulotlardan himoya qilish uchun ishlatiladi. Maxsus oyoq kiyimlari quyidagi turlarga bo’linadi: Etik, yarim etik, botinka, yarim botinka, tufli, kalish, sandali, tapochka.
Neft va neft maxsulotlaridan himoyalanishda polivinilxlorid va kauchukdan tayyorlangan rezina etikdan, kirza etikdan, «uonvert» tipidagi yarim etikdan foydalaniladi.Ishlab chiqarishda konsentrlangan kislotalar, ishqorli va boshqa agressiv suyuqliklar bilan ishlaganda ishqorga va kislotaga bardoshli rezina etikdan polivinilxlorid va kauchukdan tayyorlangan plastmassali etiklardan foydalaniladi.Qo’lni himoyalovchi vositalarga qo’lqoplar kiradi.Maxsus oyoq kiyimi va qo’lni himoya qilish vositalarini tanlashda qulay bo’lishi uchun ular markalarga ajratiladi.
Ishga kelgan vaqtda spirtli ichimliklar iste’mol qilgan holda kelish qat’iyan man qilinadi va mexnat qoidalarini o’ta jiddiy buzgan xisoblanadi.
Sexda yoki qurilmada yurish turishga xam qatiy rioya qilinishi lozim. Truboprovodlar o’rnatilgan joylardan o’tganda faqat ko’rsatilgan maxsus joylardan o’tish mumkin. Truboprovodlarda yurish oqibatida yiqilishga va baxtsiz hodisaga olib keladi. Tegishli bo’lmagan kishilar ishlab chiqarish sexlarida yoki blokida faqat smena boshlig’i shu jumladan blok boshlig’i va sex boshlig’ ishtirokida kirish mumkin. Muxofazaning umumiy talablari. Har bir ishchi muxofazaga qat’iyan rioya qilishi shart, har bir qilinadigan ish vaqtida ishchi o’rtog’i yordamida xam mexnat sharoitlariga rioya qilgan holda bajarilishi lozim. Agar ishchi texnika xavsizligi qoidalariga rioya qilmasa, darxol bu xaqda uchastka boshlig’i yoki sex boshlig’iga habar berish lozim.
Agarda o’ziga yoki boshqaga xavf tug’ulganda o’sha ondayoq tegishli shaxslarga habar berish kerak. Texnologik sxemalarda xam ishlaydiganlar uchun xam yuqoridagi barcha qoidalar tegishli xisoblanadi.
9.2. Yong’in xavsizligi
Neftni qayta ishlash zavodi yong’in va portlashga xavfli toifaga kiradi. Bu hodisalar katta miqdordagi uglevodorodlar ajralishi natijasida sodir bo’lishi mumkin. Yong’in chiqishi mumkin bo’lgan obyekt va qurilmalarda va uchastkalarda maxsus sezgi detektorlari qo’yilgan. Xavfli yoki yengil yonuvchan suyuqliklar maxsus idishlarda saqlanishi shart va ular metall shkaftlarda saqlanadi. Olov yoqish- ochiq olov sexlarda va zavod hududida, ishlab chiqarishda qatiyan man etiladi. Zavod hududidagi barcha xizmat ko’rsatish yo’llari yong’in o’chirish mashinalari uchun har doim ochiqbo’lishi kerak. Ishlab chiqarish chiqindilarini sistemali hududdan tashqari olib chiqish kerak. O’t o’chirish uchun zarur qum maxsus idishlarida saqlanadi. Har bir ishchi yong’in sodir bo’lganda yoki ishchi yengil kuyganda o’z raxbariga aytishi kerak Yong’inchiqqan xollarda yong’inni o’chirish uchun maxsus o’t o’chiruvchilar yordamidan foydalanish lozim. O’t o’chirishdan foydalanish juda qisqa vaqtda bo’ladi. Ular 60-80 sekund, 30 -45 sek davomiyligini xisobga olib ularni ishlatadigan vaqtda olovga yaqinqilib ishlatiladi.
Yong’invaqtida telefon nomerini bilish va undan foydalana bilish kerak.
Zavodda yong’inchiqsa 3-01, 4-01, rakamli telefonga qo’ng’iroqqilish kerak. Gazdan himoya qilishda 3-04, 4-04 nomerga qo’ng’iroqqilish lozim. Tez yordam xizmatidan foydalanish uchun 3-03 qo’ng’iroq qilish kerak. Yong’inchiqqanda xodimlar uz vazifalarini to’liq bajarishlari shart. N, S – rangsiz xisoblanadi.
9.3. Mexnatni muxofazalash qoidalari
Texnologik qurilmava apparatlar ishlayotgan vaqtda ehtiyot choralarini ko’rish kerak bo’ladi. Qurilma hududiga kirishdan oldin texnika xavsizligi qoidalarini yaxshi o’rganib olish kerak bo’ladi. Aks holda texnika xavsizligini bilmaslik, qurilma yonida uxlab qolish, sigaret chekish yomon oqibatlarga olib keladi. Qurilma hududiga temir qoqilgan oyoq kiyimi bilan kirish, maxsus kiyim va bosh kiyimsiz kirish qat’yan ta’qiqlanadi. Ayrim texnika xavsizligi qoidalariga rioya qilmaslik natijasida uchqun chiqib ketishi va yong’inchiqishiga olib kelishi mumkin va undan tashqari ishchilarning birgina exxtiyotsizligi natijasida bosim olib ketishi, haroratning kerakli normada bo’lmasligi, xom-ashyo kirish rejimining buzilishi portlash va boshqa salbiy xolatlarga olib kelishi mumkin. Reaktorlarni tozalash vaqtida uning ichiga tushishdan oldin belda arqon va gazdan himoyalovchni jixozlarni kiyib olish kerak bo’ladi. Himoyalovchi jixozlarga protivogaz misol bo’la oladi. Protivogazlarning turli sharoitlarda turli xil turlari qo’llaniladi. Masalan, Farg’ona NQIZ da SIZO – maxsus himoyalovchi kiyim: Ular 2 turga bo’linadi.
1) PPFM – sanoatda ishlatiluvchi mukammallashtirilgan fil’trlovchi protivogaz.
2) PSh – himoyalangan protivogaz.
PPFM – bitta yutuvchi element bilan bo’lsaquyidagi elementlar bo’ladi.
1.-maska. (yuz niqobi).
2. – quti (bitta yutuvchi element).
3).- sumka: 4- Pasport: 5- Birka.
PPFM ning 2 turining tuzilishi:
1-maska;
2.- Gofrirlangan trubka (kovurgali shlang.);
3- Qutilar; 4- fil’tr; 5- sumka;
6- Pasport; 7- Birka.
FP qutilarining xam bir necha turlari bor.
Markalari rangi ishlash vaqti.
«A» + «A» jigarrang 60 min + 120.
K D + kulrang 35 min + 70.
V + V sarik rang 60 min + 120.
Q uti A (jigarrang) – Uglevodorod gazlaridan, benzin bug’i, propan, butgan gazlaridan himoya qiladi.
KD (Kulrang) – H2S va xlor (va oltin gugurt) gazidan saqlaydi.
«V» (sarik rang) – xlor va oltin gugurt gazlaridan saqlaydi.
Fil’trlar chang va namdan saqlaydi.
Protivogazlar – 30 s dan + 50 s gacha haroratda ishlash qobiliyatiga ega bo’ladi.
Niqoblar 5 ta razmerga bo’linadi.
O; 1; 2; 3; 4;
RO – 63 sm.
R 1- 63,5 – 65,5sm.
R 2- 66,5 – 680sm.
R 3- 68,5- 70,5 sm.
R 4 – 71 - sm.
Havo tarkibidagi kislorod (O2) ning miqdori 20% gacha bo’lgantaqdirda, zaharli gazlar 0,5 % ni tashkilqilsa fil’tirlovchi protivogazlar ishlatiladi. Havo tarkibidagi kislorodning miqdori 20% dan kam bo’lsa va zaharli gazlar 0,5 dan ortgan bo’lsa himoyalangan protivogazlar ishlatiladi. Himoyalangan protivogazlar insonni yuzi, ko’rish, nafas olish organlarini himoya qilish maqsadida ishlatiladi.
Himoyalangan protivogazlar:
P Sh – 1 va PSh- 2 lardir.
PSh ning tuzilishi quyidagicha bo’ladi.
1. Maska
2. qovurg’ali shlang (10 m)
3. xomut (bog’lagich)
4. Yelka rement.
5. aloqa beruvchi va qutqaruvchi arqon.
6. bel kamari.
7. 10 m lik shlang.
8. shlang fil’tri.
9. qoziq; 10 – maxsus xalta; 11- Pasport.
|
| |