|
I.BOB- KIMYO VA OZIQ OVQAT SANOATIDA MAHSULOT TANNARXINI KAMAYTIRISH
|
bet | 2/6 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 70,48 Kb. | | #263505 |
Bog'liq Kimyo va oziq ovqat sanoati korxonasida mahsulot tannarxini kama-fayllar.orgI.BOB- KIMYO VA OZIQ OVQAT SANOATIDA MAHSULOT TANNARXINI KAMAYTIRISH
1.1 MAHSULOT TANNARXINI PASAYTIRISH MANBALARI OMILLARI
Korxonada ishlab chiqarish xarajatlari korxona faoliyati uchun muhim rol o’ynaydi, chunki mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari qancha kam bo’lsa korxona foydasi va rentabelligi shuncha oshadi.
Korxona sarf xarajatlari o’z ichiga 1) mahsulot ishlab chiqarish tannarxi, 2) davr xarajatlari, 3) moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar, 4) favqulotda zararlarni oladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevralda qabul qilgan 64 qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (xizmatlar)ning sotish xarajatlarining tuzilishi va moliyaviy natijalarning tashkil topishi qoidalari»ga asosan korxonalarning xarajat moddalari quyidagilardan tashkil topadi:
Ishlab chiqarish xarajatlari:
– mahsulot tannarxi:
Ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari:
mahsulotga qushiladigan xom ashyo va materiallar – sotib olingan materiallar (ishlab chiqarishni me’yorida o’tishini ta’minlash, ehtiyot qismlar, mahsulotlarni urash, joylash uchun materiallar va h.k);
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, yangicha sharoitda mahsulot tannarxiga tijorat, ma’muriy, umumxo’jalik va moliyaviy xarajatlar kiritilmaydi. Balki ular har davrning o’zida korxona foyda summasi hisobidan qoplanadi va bu holat milliy hisoblar tizimiga mos keladi.
Davr xarajatlari – korxonalar faoliyatida yangi ko’rsatkich hisoblanadi. Bu xarajatlar bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq emas.
Bularga ishlab chiqarishni boshqarish, tijorat xarajatlari, umumxo’jalik xarajatlari shu jumladan ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktorlik xarajatlari kiradi. Ular umumxo’jalik xarajatlari bo’lib, ularning hajmi ishlab chiqarish mahsulot hajmi bilan bog’liq emas, balki davr, vaqt bilan bog’liq.
Mahsulot tannarxi korxona mahsulotini ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq bo’lgan, pul bilan ifodalangan xarajatlarning yig’indisidir. Mahsulot tannarxining ma’lum darajasi juda ko’p ishlab chiqarish omillarining o’zaro ta’sir natijasidir. Masalan, tannarxning pasayishiga mehnat unumdorligining oshishi, xom ashyo, elektroenergiya, yoqilg’gi materiallarning tejab tergab sarf qilinishi, asbob uskunalardan foydalanish darajasining oshirilishi, brak, bekor turishlarning kamaytirilishi va h.k. ta’sir ko’rsatadi.
Tannarxning pasaytirilishi bilan korxonalarning pul jamg’armalari oshadi, ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va takomillashtirish uchun qo’shimcha mablag’ beradi, mahsulotlar chakana narxini pasaytirib bu bilan aholining turmush darajasini yuksaltirishga imkon yaratadi.
Mahsulot tannarxi xarajat elementlari bo’yicha klassifikasiyalanadi.
Xarajatlarning iqtisodiy elementlari quyidagilardan iborat:
Xom ashyo va asosiy materiallar (chiqindilar kirmaydi);
Yordamchi va boshqa materiallar;
Yoqilgi;
Energiya;
Asosiy va qo’shimcha ish haqi;
Ijtimoiy sug’urta ajratmalari;
Asosiy fondlar amortizasiyasi;
Boshqa pul xarajatlari.
Bundagi 1-4 – elementlar mehnat predmetlari uchun, 5 va 6 – elementlar kishi mehnati uchun, 7 – element mehnat vositalari uchun sarflangan pul xarajatlarini ifodalaydi. 8 – element esa ishlab chiqarishni normal amalga oshirish uchun zarur pul xarajatlaridir (yollangan transport, xodimlarni xizmat safariga yuborish, pochta, telegraf, o’qishga yuborilganlarga to’lanadigan stipendiya va boshqa shu kabi xarajatlar).
Ishlab chiqarish xarajatlarini mazkur iqtisodiy elementlari bo’yicha klassifikasiya qilish tannarxning tuzilishini o’rganish imkonini beradi. Birlik mahsulot uchun xarajat kalkulyasiya moddalari bo’yicha mahsulot tannarxidagi xarajatlar klassifikasiyalanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarish jarayonida tutgan o’rniga qarab asosiy va qo’shimcha xarajatlarga ajratiladi. Asosiy xarajatlar bevosita mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’ladi. Qo’shimcha xarajatlar korxonani xo’jalik jihatdan boshqarish bilan bog’liq bo’lib unga ortiqcha xarajat va nobudgarchiliklar ham (jarima, kamomad, brak, bekor turishlar) qo’shiladi.
Mahsulot hajmi bilan bog’liqligiga qarab xarajatlar o’zgaruvchan va shartli doimiy xarajatlarga ajratiladi. O’zgaruvchan xarajatlar mahsulot hajmi o’zgarishiga qarab o’zgaradi (xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, energiya, asosiy ishchilarning ish haqi va h.k). SHartli doimiy xarajatlar mahsulot hajmi o’zgarishiga qarab o’zgarmaydi (boshqaruv xarajatlari). Mahsulot hajmining ortishi shu xarajatlar hisobiga uning bir donasi tannarxining pasayishiga olib keladi.
Mahsulotlarning ayrim turlari orasida taqsimlanishiga qarab xarajatlar bevosita va bilvosita xarajatlarga ajratiladi. Bevosita xarajatlar ayrim mahsulotlar tannarxiga to’g’ridan-to’g’ri qo’shiladi (xom ashyo yoki asosiy materiallar).
Bilvosita xarajatlar ayrim mahsulotlar turlari bo’yicha shartli ravishda qandaydir to’g’ri xarajat (masalan, ish haqi)ga nisbatan proporsional ravishda taqsimlanadi. Xarajatlarni bunday guruhlarga ajratish bir necha xil mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarga xos bo’lib, bir xil mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarga hamma xarajatlar ham o’sha mahsulot tannarxiga kiradi.
Mahsulot tannarxining dinamikasini o’rganishning muhim shartlaridan biri o’rganilayotgan mahsulotning albatta solishtirma tovar mahsulot bo’lishidir. Solishtirma tovar mahsulotga solishtirilayotgan ikki davr (bazis va joriy)da ishlab chiqarilgan va shu bilan birga texnologiyasi, konstruksiyasi bir oz o’zgarsa ham lekin iste’mol xususiyati o’zgarmagan mahsulotlar kiradi.
2.Mahsulot tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari
Mehnat unumdorligini oshirish, xomashyo va material, yoqilg’i va elektroenergetika xarajatlarini kamaytirish, xizmat ko’rsatish va boshqarish sarflarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan tashqari, xarajatlarni tejash sanoat mahsuloti tannarxini pasaytirishning eng muhim manbalari hisoblanadi.
Mehnatunumdorliginioshirishuchunyangitexnika, texnologiyajarayonlarinivaishlabchiqarishnio’stirishyokitashkiletishningilg’orusullarinijoriy qilishorqaliharbirmehnatchitomonidantayyorlanayotganmahsulotniko’paytirishkerakbo’ladi. Buholdaharbirmahsulotbirligigasarflanadiganishhaqi qisqaradi, ammoishchiningumumiyishhaqiesaortibboradi. Mehnat unumdorligi ish haqiga nisbatan jadal o’sgandagina tannarx pasayadi.
Mehnat unumdorligining o’sish mohiyati shundan iboratki, bunda mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan jonli mehnat ulushi kamayadi, ilgari sarflangan mehnatning ulushi esa ortadi, biroq mahsulot birligi uchun ketadigan mehnat sarfi qisqaradi.
Material, yoqilg’i va elektr energiya xarajatlarini kamaytirish uchun ularni tejab sarflash, qimmatbaho materiallarni arzon, Lekin yaxshi materiallar bilan almashtirish, ularni sotib olish va korxonaga keltirish bilan bog’liq bo’lgan sarflarni qisqartirish kerak bo’ladi.
Xizmat ko’rsatish va boshqarish uchun ketadigan xarajatlarni qisqartirishga esa tarmoq va korxonalardagi ma’muriy boshqaruv apparatining sarflarini kamaytirish, asbob-uskuna, bino va inshootlarni saqlash, yoritish, isitish uchun ketadigan mablag’’larni tejab-tergab sarflash orqali erishiladi.
Unumsiz xarajatlarni (jarima to’lash, penya va hokazolar) tugatish mahsulot tannarxini pasaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni tashkil etishning ijtimoiy shakllarini takomillashtirishning, ishlab chiqarishni rasional joylashtirish, ishlab chiqarish va mehnatni korxonaning ichida uyushtirishni yaxshilash mahsulot tannarxini pasaytirishning ta’minlovchi omillari bo’lib hisoblanadi. Masalan, texnika taraqqiyoti mahsulot tannarxini pasaytirishning barcha manbalariga ta’sir ko’rsatadi. Ishlab chiqarishni elektrlashtirish va elektronizasiyalash hamda kompleks avtomatlashtirish, ximiyalash mahsulot tayyorlash uchun sarflanadigan solishtirma xarajatlarni kamaytiradi.
Har bir korxonada mahsulot tannarxini pasaytirish darajasini hisoblash uchun eng avvalo undagi rezervlarni, ya’ni foydalanilmayotgan imkoniyatlarni aniqlash kerak. Ular ko’zga tashlanadigan, yuzaki, juda murakkab, ko’z ilg’amaydigan bo’lishi mumkin. Faqat chuqur, har taraflama iqtisodiy-texnik tahlildan keyin ularni aniqlash, topish mumkin bo’ladi.
Rezervlar har xil belgilarga qarab guruhlarga ajratilishi mumkin. Ular eng avvalo to’planish joyiga qarab ichki ishlab chiqarish va tashqi rezervlarga ajraladi.
Tashqi rezervlarga tarmoqlar bo’yicha rezervlar, regional (hududiy) va tabiiy-ekologik rezervlar kiradi.
Rezervlar safarbar etilishi muddati bo’yicha joriy va istiqbolli rezervlarga ajraladi.
Rezervlarni ishlab chiqarish jarayonlarining elementlari bo’yicha ham guruhlarga bo’lish mumkin. Bunday rezervlarga mehnat, moddiy va asosiy fondlardan foydalanish rezervlari kiradi.
Korxona yoki tarmoq faoliyatini tahlil etish uchun rezervlarni ikkiga bo’lib ko’rish mumkin:
- tashkiliy-texnikaviy rezervlar;
- ijtimoiy-iqtisodiy rezervlar.
Mana shu yuqorida keltirilgan barcha rezervlar, ya’ni foydalanilmayotgan imkoniyatlarni safarbar etish, ishga solish hamda shu asosda tannarxni keskin pasaytirish uchun bir qator omillardan keng foydalanish va ularni hisoblab chiqish kerak. U ishning metodikasi, usulini “Korxonalar faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish va boshqarish” fanidan o’qiladigan ma’ruzalarda, amaliy mashg’ulotlarda chuqqurroq va har tomonlama tushuntirib beriladi.
Mahsulot tannarxini rejalashtirish mehnat, moddiy va moliyaviy mablag’’lardan oqilona foydalanish asosida ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishishga qaratilgandir. Tannarx rejasi quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:
Mahsulot tannarxi va uni pasaytirish topshiriqlari davlat va korxona rejasida yuqoridan belgilanmaydigan, aksincha, korxonalarning o’zida hisob qilinadigan ko’rsatkich hisoblanadi. SHunga qaramay, mahsulot tannarxi sanoat ko’rsatkichlaridan biri bo’lib qolaveradi. CHunki sanoat mahsuloti tannarxini pasaytirish ishlab chiqarishning rentabellik darajasini oshirish rezervlaridan biri hisoblanadi. Mahsulot tannarxi qanchalik past bo’lsa, albatta, boshqa shart-sharoitlar bir xil bo’lgan holda (masalan, xuddi o’sha mahsulotning narxi barqaror bo’lganda) uni sotishdan kelgan foyda ham shunchalik ko’p bo’ladi.
Narx bozor kategoriyasi bo’lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan munosabatlarni anglatadi. Narx nazariy jihatdan olganda tovar qiymatining puldagi ifodasi, qiymatining bozordagi ko’rinishidir.
Narx nimaga tegishli bo’lishidan qat’iy nazar (tovar, xizmat) beshta asosiy funksiyani bajaradi:
bozor muvozanatini ta’minlash funksiyasi
hisob-kitob, ulchov funksiyasi
iqtisodiy regulyator funksiyasi
raqobat vositasi funksiyasi
ijtimoiy himoya funksiyasi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxning quyidagi turlari mavjud:
demping narx
nufuzli narx
milliy narx
arzonlashtirilgan narx
jahon narxi
yashirin narx
erkin narx
standart narx
kontrakt (ulgurji) narx
chakana narx
o’zgaruvchan narx
limit narx
muvozanat narx
Narxlar faqat iste’moldagina emas, balki ishlab chiqarishdagi o’zgarishlardan ham darak beradi.
Narxlarning boshqa muhim vazifasi – ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni rag’batlantirishdir.
Narxlar mexanizmi ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini ko’paytirishgina emas, balki ishlab chiqarishning eng tejamli usullarini ishlashni ham rag’batlantiradi.
Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas bog’liq. Bu daromadlarnig taqsimlanishiir. Tovar ishlab chiqarish sharoitida xo’jalik faoliyati ishtirokchilari oladigan daromadlar ular o’z shaxsiy yoki ishlab chiqarish iste’mollarini ko’plab sotadigan yoki sotib oladigan tovarlar va xizmatlarning narxlariga bevosita bog’liq bo’ladi.
Narxlarning to’rtinchi vazifasi alohida korxonalarga va xo’jalik sohalariga ishlab chiqarish omillarini taqsimlashdir.
Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini hisoblash uslublari
Narx bilan iste’molchilar o’rtasida juda chambarchas aloqadorlik mavjudki, uni iqtisodiy tamoyillar: talab qonuni, talabning narx ravonligi, bozor segmentasiyasi bilan izohlash mumkin. Talab qonuni iste’molchilar odatda qimmat narxlarga qaraganda arzon narxlarda ko’proq tovarlar sotib olishini ifodalaydi. Ammo har qanday tovar ham «narx-miqdor» aloqadorligiga to’g’ri kelavermaydi. Ayrim mahsulotlarga talab shundayki, muayyan sharoitlarda yuqoriroq narxlar ko’proq tovar aylanmasi hajmini ta’minlaydi. Bunday tovarlar bozorning ayrim segmentlariga mo’ljallangan – bular qimmatbaho avtomobillar, kemalar, zeb-ziynat buyumlari, mo’yna va boshqalar.
Raqobat narx siyosatida muhim barometr bo’lib xizmat qiladi. Korxonalarning narx siyosati narx belgilash maqsadlari va uslublariga bog’liq bo’lgan to’rt bozor tipini ajratish mumkin: sof raqobat, monopolistik raqobat, oligopolistik raqobat sof monopoliya.
Asosan narxni o’zgartirish yo’li bilan talabga ta’sir ko’rsatish raqobatning narx bilan bog’liq usullarini yaratadi. Narx bilan bog’liq bo’lmagan raqobat usullarida firmalar o’z mahsulotining o’ziga xos xislatlariga zo’r beradi, mahsulot sotish, tovarlar harkati, reklama, mahsulotni joylash, servis kabi marketing qismlariga katta e’tibor beradi.
Bozorda narx uchta guruh omil natijasida shakllanadi:
1. Talab omillari (bozorda o’xshash tovarlar mavjudligi va ularga bo’lgan narxlar, bozorga kirish, xaridorlar daromadlari, xaridorni talablari, talabga yo’naltirilgan narx)
2. Xarajat omillari (ishlab chiqarish xarajatlari, marketing xarajatlari, foyda).
3. Raqobat omillari (tarmoqdagi firmalar soni, aynan o’xshash import tovarlari, raqobatchilar tovarlariga bo’lgan narxni bilish.
Asosiy narxni belgilash uslubi quyidagilardan iborat:
narxlashtirish masalasi qo’yiladi,
talabi aniqlanadi,
xarajatlari baholanadi,
raqobatchilar tovari va narx tahlil qilinadi,
narxni shakllantirish uslubi tanlanadi,
oxirgi natijaviy narx o’rnatiladi.
«O’rtacha xarajatlar plyus foyda» tamoyili bo’yicha narx belgilash tovarning tannarxiga muayyan ustama qo’yishdan iborat bo’lib, narx belgilashning eng oddiy usuli hisoblanadi. Ustama narx miqdori tovar turiga qarab, juda keng chegaralarda tebranib turadi. SHuningdek, tovarning ishlab chiqaruvchidan pirovard natijada iste’molchiga etib borishga qarab oxirgi narx ulgurji va chakana savdo qo’yadigan ustama narxlar yakunini ifodalaydi.
«Ko’zlangan foyda normasi» olishni ta’minlaydigan narx belgilash usulini qo’llaydigan ishlab chiqaruvchilar oldindan sarf etilgan kapital uchun muayyan qaytim foiz olishga intmiladilar. Bu usul o’rtacha solishtirma xarajatlarni hisoblashga asoslanadi.
Narxni chegaraviy xarajatlar bo’yicha belgilash usulini qo’llash bilan firma mahsulotning qo’shimcha hajmi birligini bu mahsulotni ishlab chiqarishning alohida qiymatiga sotadi, bu holda xarajatlarning faqat bir qismi koplanadi, foyda amalga oshmaydi. Narx belgilashning bu strategiyasi agar firma ishni to’xtatish xavfi ostida qolgan va foydalanadigan ishchi kuchini saqlab qolishni xohlagan sharoitlarda naf keltirishi mumkin.
Savdoda do’konlarga xaridorlarning kelishini ko’paytirish uchun sotuvchilar ayrim tovarlarni to’liq xarajatlaridan pastroq baholab, «jalb etuvchi» narxlar yaratadilar. Xaridorlar ko’payadi, ular arzon narxdagi tovarlar bilan birga bunga qo’shimcha ravishda narxi me’yorda bo’lgan tovarlarni ham xarid qiladilar.
Bozor tez o’zgarib boradi va shunga ko’ra har bir mahsulot ham o’z yashash davrini ham o’taydi. Shu vaqt davomida firmalar doimo narxlarga o’zgartirishlar kiritadi.
Yangi mahsulotga narx belgilash eng jiddiy bosqichlardan biridir. YAngi mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlar bozordagi talab darajasi, raqiblar harakati hali etarli darajada ma’lum emas.
Narx belgilashning qiyinligi, muayyan darajada mahsulotning yangiligi darajasiga ham bog’liq. Bu daraja esa uchga bo’linadi:
eng yangi mahsulot;
texnikaviy ilg’or mahsulot;
original bo’lmagan (yangi taqlidiy) va o’rinbosar mahsulotlar.
Bozor talabi hali noma’lum, shu sababli noyob mahsulotga narx belgilashda asosiy masala «Qaymog’ini olish» yoki «Kirib olish» siyosatini qabul qilishdan iboratdir.
Bunda mutaxassislar narxga nisbatan asosiy iste’molchilarning munosabati darajasini belgilaydilar, shuningdek, raqiblar bozorga qay darajada tezlik bilan kirib kelishi mumkinligini o’rganadilar. O’ziga o’xshash o’rinbosarlari bo’lgan yangi mahsulot taqlidiy yoki moslashtirilgan mahsulot tarzida tasnif etiladi. Bunday hollarda narx siyosati ilgarigi taktikasini davom ettiradi va narx darajasi muqobil tovarlar o’rtasida mavjud bo’lgan sifat va miqdorga qarab o’zgaradi.
Mahsulotning bozorga kirib kelishi va o’sishi bosqichidan to’yinish bosqichiga harakati darajasiga qarab, narxlarni puxta boshqarish narx marketingni strategiyasini amalga oshirishning kaliti hisoblanadi.
To’yinish bosqichida narxlarni ko’tarish odatda talabning ko’payishi emas, balki ishlab chiqarish xarajatlarining qiymatini ortishi oqibatidir. SHu sababli mahsulotning turiga qarab yo erkin narxlar qo’yiladi yoki tovarlar sotish hajmini ko’paytirish uchun narxlar pasaytiriladi.
Yo’qolib ketayotgan mahsulotlarga narx belgilash.
Narx marketingida keyingi rejalarga qarab ikki muqobil narx belgilash yo’li qo’llaniladi. Ishlab chiqarishni qisqartirish uchun narxlarni bosqichma-bosqich pasaytirish strategiyasi jami g’amlamalar sotib tugatilgunga qadar amalga oshiriladi. Unga muqobil holda foydani quvvatlash yo’lida qo’shimcha xarajatlar, xususan mahsulot sotishni rag’batlantirish xarajatlarini qisqartiriladi, narxlar esa ilgarigi darajada saqlab qolinadi. Raqiblarning bozorni tashlab chiqib ketishiga qarab, bozor ta’minoti manbalari qisqaradi va aksariyat bunday vaziyatda shu mahsulotga hali muhtoj bo’lgan muayyan bozor segmenti saqlanib qoladi. Bu esa mahsulot yashash davrining so’nggi bosqichi davrida bozorda qolgan firmaga o’z narxini oshirish imkonini yaratishi mumkin.
Savdo-sotiq faoliyatida marketing mutaxassislari uchun narx belgilashning ikkita asosiy siyosati mavjud, bu «qaymog’ini olish» va «kirib olish» siyosatidir.
«Qaymog’ini olish» va «Kirib olish» siyosatlari narx belgilashning favqulodda namoyon bo’lishi hisoblanadi. Uning birinchisi – qimmat narxlar, ikkinchisi – arzon narxlar strategiyasidir.
«Qaymog’ini olish» siyosati avvalo, tovar narxi ishlab chiqarish narxidan ancha yuqori o’rnatib asta-sekin uni tushirib boradi. «Qaymog’ini olish» siyosatidan aksariyat bozorga yangi mahsulotni joriy etishda foydalaniladi. Bunda narx qandaydir bir yuqori darajada belgilanadi, mahsulot esa segmentasiya natijasida asosiy deb e’tirof etilgan bozorda sotiladi. Bozorning to’yinishidan so’ng iste’molchilarni jalb qilish maqsadida narx pasaytiriladi. SHunday yo’l bilan to’liq daromad eng ko’p miqdorga etkaziladi.
Foyda Maksimizasyonu Sharoitlarfoyda iqtisodiy faoliyat faoliyatini o'lchash hisobga olib, har qanday tadbirkor maqsadida emas. uning qiymati, ishlab chiqarish hajmi, resurslar soni va birikmalar: ishlab chiqaruvchilar ko'p omillarga bog'liq moliyaviy natija, eng yuqori darajaga chiqarish niyatidamiz. kompaniyada iqtisodchilar asosiy vazifasi - balandligini topish qaysi moliyaviy natijalar qoniqarli bo'ladi. Buning uchun, siz marginal daromad va xarajatlar nisbati asosida foyda maksimallashtirish, qoidalariga rioya qilish kerak.
O'rtacha umumiy xarajat (ATC) yuqorida tovarlar qiymati, sanoatiga yangi raqiblari jalb qilish uchun bir vaziyat. Biroq, firmalar keskin oshishi bozorda tovarlar hajmining ortishiga olib keladi, va bu ATS darajasiga tushib, qaysi narxlarini kamaytirish uchun to'g'ridan-to'g'ri yo'ldir. sektor kompaniyalari chiqishi natijasida zarar bera qo'rquv va teskari trend rivojlanmoqda.
narxlari tushib jami xarajatlarning darajasiga yalpi daromad yuqoriga tenglashtirish olib keladi, miqdori sof daromad kamayadi, lekin buxgalteriya foydasi barqaror bo'lib qoldi. P> ATC: Bu kompaniya bahosidagi birga sudrab, qaysi talabni oshirish va foyda maksimallashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish, ishlab chiqarish o'zgartirmay uzoq muddatli operatsiyalarni davom ettirish imkonini beradi.
Hhiqish xarajatlari bilan tavsiflanadi bir sanoatida, vaziyat boshqacha: U shunchaki yo'qotishdan narxi, agar yangi korxonalar, bozorda o'z mahsulotlari bilan chiqib rag'batlantirmaydi. o'rtacha umumiy xarajatlarni ortiq yuqori narxlari belgilash va barqaror talabni ta'minlash taqdirda, notijorat maksimallashtirish qoidalarini bajarish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.
|
| |