|
ISHLAB CHIQARISH SANOAT XARAJATLARI
|
bet | 5/6 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 70,48 Kb. | | #263505 |
Bog'liq Kimyo va oziq ovqat sanoati korxonasida mahsulot tannarxini kama-fayllar.org2.2 ISHLAB CHIQARISH SANOAT XARAJATLARI
Ishlab chiqarish harajatlari — korxonaning mahsulot i.ch. maqsadlarida, iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan pul sarflari. Firma oʻz faoliyatini bozordan moddiy resurslar, yaʼni asbob-uskuna, dastgohlar, transport va aloqa vositalari, xom ashyo, yoqilgʻi, har xil materiallarni, mehnat bozoridan ish kuchini sotib olishdan boshlaydi. Shunga muvofiq holda Ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga xom-ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg'ʻi va energiya xarajatlari, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar, foiz toʻlovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarish xarajatlariga qilingan barcha xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxining tashkil qiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarni oʻrganishga iqtisodchilar turlicha yondoshadilar. Jumladan, harajatlarning qiymat nazariyasiga koʻra, Ishlab chiqarish xarajatlar quyidagi turlarga boʻlinadi: doimiy harajatlar: — korxona toʻlov majburiyatlari, soliqlar, amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qoʻriqlash xizmati harajatlari, boshqaruv xodimlari maoshi va b; oʻzga-ruvchan harajatlar: — xom ashyo, materiallar, yonilgʻi, transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilar uchun harajatlar.
Umumiy (yalpi) harajatlar — doimiy va oʻzgaruvchan harajatlar yi-gʻindisi. Bevosita i.ch. harajatlari — konkret mahsulot Ishlab chiqarishga ketgan va bevosita uning tannarxiga oʻtadigan harajatlar. Bilvosita harajatlar — mahsulot tannarxiga bevosita qoʻshilmaydigan harajatlar. Oʻrtacha harajatlar — maʼlum vaqt orali-gʻidagi mahsulot birligiga, tovarlar partiyasi boʻyicha yoki tashkilotlar gu-ruqi boʻyicha bir buyumga toʻgʻri keladigan harajatlarning oʻrtacha kattaligi. Ekspluatatsiya (foydalanish) harajatlari — uskunalar, mashinalar, transport, i.ch. vositalarini va kundalik foydalaniladigan xoʻjalik buyumlarini ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan harajatlar (yana q. Muomala harajatlari).
Xarajatlarni kalqo‘lyatsiyalash xarajatlarni moddalar bo‘yicha guruhlash, ma’lum bir mahsulot tannarxini aniqlash uchun qo‘llaniladi, ya’ni (mahsulot ulgurji narxi rentabelligini, ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash uchun zarur).
Sanoat korxonalarida moddalar bo‘yicha xarajatlarni kalqo‘lyatsiyalash quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi.
1-modda. Xomashyo va materiallar.
2-modda. Xarid qilingan komplekt buyum, yarim fabrikatlar va boshqa korxonalar xizmatlari.
3-modda. Qaytariladigan chiqindilar (ayriladi).
4-modda. Texnologik maqsadlar uchun yoqilg‘i va energiya.
5-modda. Ishlab chiqarish ishchilarining asosiy ish haqi.
6-modda. Ishlab chiqarish ishchilarining qo‘shimcha ish haqi.
Yagona ijtimoiy soliq. (Ishlab chiqarish ishchilarining asosiy ish haqidan olinadi).
8-modda. Ishlab chiqarishni tayyorlash va takomillashtirish xarajatlari.
9-modda. Ishlab chiqarishda foydalanilgan asbob va dastgohlar yemirilishi
10-modda. Ishlab chiqarish umumiy xarajatlari.
10.1-modda. Uskunalarni saqlash va ekspluatatsiya qilish xarajatlari.
10.2-modda. Sex xarajatlari.
11-modda. Xo‘jalik umumiy xarajatlari.
12-modda. Boshqa ishlab chiqarish xarajatlari.
13-modda. Brakdan kelgan yo‘qotishlar.
14-modda. Tijorat (ishlab chiqarishdan tashqari) xarajatlar.
Bu yerda 1-10 moddagacha bo‘lgan xarajatlar mahsulotning sex tannarxini tashkil etadi. 1-13 moddagacha bo‘lgan xarajatlar korxonaning ishlab chiqarish tannarxi deb hisoblanadi.
Barcha moddalar 1-14 gacha bo‘lgan xarajatlar to‘la (tijorat) tannarxini tashkil qiladi.
Sanoat korxonalarida mahsulot tannarxini kalqo‘lyatsiyalashda quyidagi metodlar qo‘llaniladi:
to‘gridan - to‘gri hisob metodi;
normativlar bo‘yicha hisoblash;
hisoblash – analitik metodi;
solishtirma ko‘rsatkichlar metodi;
ballar bo‘yicha hisoblash;
parametrik ko‘rsatkichlar metodikasi.
To‘gridan–to‘gri hisob metodi eng sodda va qulay metod. Bunda mahsulot tannarxi barcha xarajatlar yig‘indisini ishlab chiqarilgan mahsulot soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Normativ metodni qo‘llash uchun - korxonada mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlar normasi va normativlari, mehnat, materiallar va moliyaviy xarajatlar aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Hisoblash–analitik metod – korxonada mahsulot tannarxiga ta’sir etadigan barcha omillarni (ishlab chiqarish, texnikaviy, iqtisodiy va tashkiliy) tahlil qilish lozim.
Solishtirma–ko‘rsatkichlar metodi bo‘yicha tannarxni aniqlashda – mahsulot og‘irligini quvvat birligiga va yuk ko‘tarish birligiga taqqoslash kerak.
Ballar bo‘yicha mahsulot tannarxini hisoblashda – mahsulotning texnik parametrlarini ballar bo‘yicha hisoblash kerak.
Parametrik metod - bu mahsulot tannarxi va texnik parametrlari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni korrelyatsiya qismiga asoslanadi.
Xarajatlarni kalqo‘lyatsiyalash moddalari bo‘yicha ular quyidagi jihatiga asosan guruhlanadi:
1.Tarkibiy qismi bo‘yicha xarajatlar:
a) bir elementli (xomashyo, materiallar, ish haqi va boshqalar);
b) kompleksli (umumxo‘jalik, umumkorxona xarajatlari).
2. Ishlab chiqarish jarayoniga nisbatan:
a) asosiy - ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq xarajatlar (yoqilg‘i, energiya, materiallar);
b) qo‘shimcha – boshqarish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq (sex va korxona) xarajatlari;
3. Xarajatlarni bir dona mahsulot tannarxiga nisbatan va hisoblash metodi bo‘yicha xarajatlar:
a) bevosita xarajatlar;
b) bilvosita xarajatlar;
- bevosita xarajatlar - mahsulot tannarxida bevosita hisoblash mumkin bo‘lgan, bu xarajatlar vaqt, ta’rif, narxlar norma va normativlari asosida hisoblanadi.
- bilvosita xarajatlar sex va korxona ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq va ularni konkret mahsulot tannarxida hisoblash qiyin (uskunalarni saqlash va ekspluatatsiya qilish, sex, umumxo‘jalik xarajatlari).
4. Uskunalarni saqlash va ekspluatatsiya qilish xarajatlari mahsulot tannarxida ikki usul orqali hisoblanadi.
1- usul. Ishlab chiqarish ishchilarining asosiy ish haqiga proporsional ravishda;
2- usul. Mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarf bo‘lgan mashina - soatlar soniga proporsional ravishda.
5. Sex va umumxo‘jalik xarajatlar mahsulot tannarxida uchta usul bilan hisoblanadi:
1- usul. Ishlab chiqarish ishchilarining asosiy ish haqini bir dona mahsulot tannarxiga proporsional ravishda.
2- usul. Mehnat sig‘imiga proporsional ravishda.
3- usul. Ishlab chiqarish ishchilarining asosiy ish haqi va uskunalarni saqlash va ekspluatatsiya qilish xarajatlari yig‘indisiga proporsional ravishda – tijorat xarajatlari asosan mahsulot turlari bo‘yicha ishlab chiqarish tannarxiga asosan taqsimlanadi.
Mahsulot tannarxini rejalashtirish uchun quyidagi ko‘rsatkichlarni aniqlash zarur:
natural va qiymat ko‘rsatkichlarida ishlab chiqarilgan mahsulot soni, manbalar narxi va normasi, tariflar, soliq stavkasi, amartizatsion ajratmalar normasi, sug‘urta normasi, ishlab chiqarishni qayta jihozlash to‘g‘risida ma’lumot.
Tannarxni rejalashtirish mahsulotni reja asosida kalqo‘lyatsiyasiga bog‘liq va quyidagi ko‘rsatkichlarni hisoblash ko‘zda tutiladi: yalpi, tovar va realizatsiya qilingan mahsulot tannarxini aniqlash va mahsulot turiga qarab tannarxini hisoblash.
Mahsulot tannarxi darajasiga ta’sir ko‘rsatadigan asosiy texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlar quyidagi to‘rtta guruhga bo‘linadi:
ishlab chiqarishning texnik darajasiga bog‘liq faktorlar;
ishlab chiqarish, mehnat va boshqarish darajasiga bog‘liq faktorlar;
mahsulot hajmi va nomenklaturasini o‘zgartirishga bog‘liq faktorlar;
xalq xo‘jaligidagi va boshqa o‘zgarishlarga bog‘liq faktorlar.
1-guruh faktorlar mahsulot tannarxi kamayishiga fan va texnik progressini ta’sirini ko‘rsatadi, ya’ni yangi texnikani o‘rnatish, zamonaviy texnologiya va resurslarni tejaydigan uskunalarni qo‘llash, ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, mahsulotning konstruktiv va texnik ko‘rsatkichlarini mukammallashtirish, xomashyolar, materiallar, yoqilg‘i va energiyalarning yangi samarali turlarini qo‘llash, mehnat unumdorligini oshirish, materiallar sarf qilish normasini kamaytirish zarur.
2–guruh faktorlar mahsulot tannarxining pasayishiga quyidagi omillar orqali ta’sir qiladi: mehnat va ishlab chiqarishni tashkiliy qismini takomillashtirish, ish vaqtidan samarali foydalanish, mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish vaqtini qisqartirish, korxonani boshqarishni takomillashtirish asosida boshqaruv xarajatlarini kamaytirish. Bu guruh faktorlari tahlil qilinganda ishlab chiqarish asosiy fondlaridan samarali foydalanish asosida amartizatsion xarajatlar kamayishi kutiladi.
3-guruh faktorlar masulot tannarxiga ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi va assortimenti ta’sirini ko‘rsatadi, ya’ni korxonada bor ishlab chiqarish maydoni va uskunalarda ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi oshgan taqdirda mahsulot tannarxi kamayishiga asos bo‘ladi.
4-guruh faktorlar mahsulot tannarxiga quyidagi omillar orqali ta’sir ko‘rsatadi: narxlar, tarif stavkalari, transport ta’riflari, soliq stavkalari, inflyatsiya darajasi, bank kreditlariga stavka foizi va ularning o‘zgarishi.
Korxonada mahsulot tannarxini kamaytirish maqsadida kompleks programma ishlab chiqish zarur, bunda tannarxga ta’sir etadigan barcha faktorlarni tahlil qilish va ular tannarxi kamayishini rejalashtirishda quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Yuqorida ko‘rsatilgan tadbirlarni tatbiq etish mahsulot tannarxining kamayishiga va korxona moliyaviy ahvolini yaxshilashga asos bo‘ladi.
Xulosa
Korxonada ishlab chiqarish xarajatlari korxona faoliyati uchun muhim rol o’ynaydi, chunki mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari qancha kam bo’lsa korxona foydasi va rentabelligi shuncha oshadi.
Korxona sarf xarajatlari o’z ichiga 1) mahsulot ishlab chiqarish tannarxi, 2) davr xarajatlari, 3) moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar, 4) favqulotda zararlarni oladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevralda qabul qilgan 64 qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (xizmatlar)ning sotish xarajatlarining tuzilishi va moliyaviy natijalarning tashkil topishi qoidalari»ga asosan korxonalarning xarajat moddalari quyidagilardan tashkil topadi:
Ishlab chiqarish xarajatlari:
– mahsulot tannarxi:
Ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari:
mahsulotga qushiladigan xom ashyo va materiallar – sotib olingan materiallar (ishlab chiqarishni me’yorida o’tishini ta’minlash, ehtiyot qismlar, mahsulotlarni urash, joylash uchun materiallar va h.k);
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, yangicha sharoitda mahsulot tannarxiga tijorat, ma’muriy, umumxo’jalik va moliyaviy xarajatlar kiritilmaydi. Balki ular har davrning o’zida korxona foyda summasi hisobidan qoplanadi va bu holat milliy hisoblar tizimiga mos keladi.
Davr xarajatlari – korxonalar faoliyatida yangi ko’rsatkich hisoblanadi. Bu xarajatlar bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq emas.
Bularga ishlab chiqarishni boshqarish, tijorat xarajatlari, umumxo’jalik xarajatlari shu jumladan ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktorlik xarajatlari kiradi. Ular umumxo’jalik xarajatlari bo’lib, ularning hajmi ishlab chiqarish mahsulot hajmi bilan bog’liq emas, balki davr, vaqt bilan bog’liq.
Mahsulot tannarxi korxona mahsulotini ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq bo’lgan, pul bilan ifodalangan xarajatlarning yig’indisidir. Mahsulot tannarxining ma’lum darajasi juda ko’p ishlab chiqarish omillarining o’zaro ta’sir natijasidir. Masalan, tannarxning pasayishiga mehnat unumdorligining oshishi, xom ashyo, elektroenergiya, yoqilg’gi materiallarning tejab tergab sarf qilinishi.
|
| |