|
Kimyoning asosiy qonunlari. Kimyoning xalq xo’jaligidagi ahamiyati Rеja
|
bet | 3/5 | Sana | 26.01.2024 | Hajmi | 62 Kb. | | #146281 |
Bog'liq Kimyo (3)Ekvivalentlar qonuni. Ekvivalent teng qimmat demakdir. Elementlar birbiri bilan o‘zlarining ekvivalentlariga proporsional miqdorlarda birikadi. Oddiy va murakkab moddalarning ekvivalentlari bir-biridan farq qiladi. Elementning vodorod massasining bir-birligi yoki kislorod massasining 8 birligi bilan birikadigan, yoki birikmalarda shuncha miqdor vodorod yoki kislorodning o‘rnini oladigan miqdori shu elementning kimyoviy ekvivalenti deb ataladi.
Hajmiy nisbatlar qonuni. Gey-Lyussaq gaz moddalar orasida sodir bo‘ladigan kimyoviy reaksiyalarni o‘rganib chiqib, quyidagi hulosani chiqardi: o‘zgarmas sharoitda reaksiyaga kirishuvchi gaz moddalarning hajmlari bir-biriga va hosil bo‘luvchi gazsimon moddalar hajmlariga butun sonlar kabi nisbatda bo‘ladi.
Masalan:
H2 + CI2 = 2HCI
2H2 + O2 = 2H2O
3H2 + N2 = 2NH3
Birinchi misolda qonun to‘gridek tuyuladi, ikkinchi va uchunchi misollarda qonundan chetga chiqayotgandeq tuyuladi, bu holni tushuntirish uchun 1811 yili
Avogadro o‘zining qonunini yaratdi.
Avogadro qonuni. Turli moddalarning bir gramm-molekulasidagi molekulalar soni shuningdek, turli elementlarning 1 gramm - atomlaridagi atomlar soni ham teng bo‘ladi. Har qanday moddaning 1 gramm- molekulasida 6,02•1023 ga teng molekula bo‘ladi. Bu Avogadro sonidir.1 l gazning normal sharoitdagi massasi aniq bo‘lsa, ayni gazning bir molekulasi huddi shu sharoitda qancha hajmni egallashini aniqlash mumkin.
Har qanday gaz holatiga o‘ta oladigan moddaning 1 gramm molekulasi normal sharoitda 22.4 l. hajmni egallaydi.
Bir hil sharoitda va barobar hajmda olingan turli gazlarning molekulalar soni barobar bo‘ladi.
Avogadro oddiy gazlarning (vodorod, azot, kislorod va boshqalar) molekulalari ikki atomdan tuzilgan deb hisoblaydi.
Oddiy moddalar. Murakkab moddalar.Allotropiya. Atom oddiy va Murakkab moddalar molekulasi tarkibiga kiruvchi kimyoviy elementning eng kichik zarrachasidir.
Har bir oddiy moddaning ma'lum fizik va kimyoviy hossalari bo‘ladi.
Kimyoviy element atomlarining ma'lum hossalar majmui bilan
harakterlanadigan alohida bir turidir. Har qanday atom kimyoviy elementdir: bir hil element atomlarining o‘zaro birikishi natijasida oddiy moddalar hosil bo‘ladi. Ikki yoki undan ortiq oddiy moddalarning birikishidan murakkab moddalar hosil bo‘ladi : oddiy modda atomlarining birikishi natijasida murakkab modda hosil bo‘ladi.
Molekula moddaning mustaqil mavjud bo‘la oladigan va ma'lum hossaga ega bo‘lgan eng kichik zarrachalaridir.
Kimyoviy elementning bir necha oddiy modda holida mavjud bo‘la olish hossasi allotropiya deb ataladi.
Molekuladagi bir hil atomlarning soni yoki joylashuvi biror tarzda o‘zgarmas ekan, yangii sifat, boshqacha hossalarga ega bo‘lgan yangi modda hosil bo‘ladi.
|
| |