|
Kimyoviy bog’lanish va ularning turlari
|
bet | 2/4 | Sana | 26.01.2024 | Hajmi | 221,45 Kb. | | #146466 |
Bog'liq Kimyoviy bogʻlanishlarKovalent bogʻlanish
Atomlarning barqaror boʻlishining yana bir usuli bu (ularni butunlay egallash yoki yoʻqotishdan koʻra) elektronlarni almashish va shu tariqa kovalent bogʻlanishlar hosil qilishdir. Tirik organizmlar molekulalarida kovalent bogʻlanishlar ionli bogʻlanishlarga qaraganda koʻproq uchraydi.
Masalan, kovalent bogʻlanishlar tanamizdagi DNK va oqsillar singari uglerodga asoslangan organik molekulalar tuzilishining asosini tashkil qiladi. Kovalent bogʻlanishlar \[\text H_2\text O\], \[\text{CO}_2\] va \[\text{O}_2\] kabi kichikroq noorganik molekulalarda ham uchraydi. Atomlar oʻrtasida bir, ikki yoki uch juft elektronlar taqsimlanishi mumkin. Natijada shunga mos ravishda bitta, qoʻsh yoki uchtalik bogʻlanishlar paydo boʻladi. Ikki atom oʻrtasida qancha koʻp elektronlar almashsa, ularning bogʻlanishi shunchalik kuchli boʻladi.
Kovalent bogʻlanishga misol tariqasida suvni olaylik. Suv molekulasi \[\text H_2\text O\] ikkita vodorod atomining bitta kislorod atomiga birikishidan iborat. Har bir vodorod kislorodga elektronini beradi va oʻz navbatida, kislorod ham elektronlaridan birini vodorodga beradi:
Vodorod atomining kovalent bogʻlanish natijasida kislorod atomi bilan elektronlarini almashib, suv molekulasini hosil qilishi.
Grafik material OpenStax Biologyʼdan olindi.
Almashingan elektronlar oʻz vaqtlarini vodorod va kislorod atomlarining valent qobiqlari oʻrtasida taqsimlab, har bir atomga toʻliq valent qobigʻiga erishishi uchun (H uchun ikkita, O uchun sakkizta) elektron almashiniladi. Bu suv molekulasini uning tarkibidagi atomlari birikishidan oldingi yagona holatiga qaraganda ancha barqaror qiladi.
Qutbli kovalent bogʻlanish
Kovalent bogʻlarning ikkita asosiy turi mavjud: qutbli va qutbsiz. Qutbli kovalent bogʻlanishda elektronlarni atomlar teng ravishda taqsimlamaydi va bir atomga boshqasiga qaraganda koʻproq vaqt sarflaydi. Turli elementlarning atomlari oʻrtasida elektronlar teng taqsimlanmagani sababli molekulaning turli qismlarida biroz musbat (δ+) va biroz manfiy (δ–) zaryadlar paydo boʻladi.
Yuqorida koʻrsatilgan suv molekulasida kislorodni har bir vodorod bilan bogʻlaydigan bogʻ qutbli bogʻdir. Kislorod vodorodga qaraganda ancha koʻp elektromanfiy zaryadlangan atomdir, yaʼni almashilgan elektronlarni koʻproq oʻziga tortadi, shuning uhun suvdagi kislorod qisman manfiy zaryadga (yuqori elektron zichlikka) ega, vodorodlar esa qisman musbat zaryadga (quyi elektron zichlikka) ega.
Umuman olganda bogʻlanishdagi ikkita atomning nisbiy elektron manfiyligi, ularning almashgan elektronlarini “hammasini egallash”ga moyilligi kovalent bogʻning qutbli yoki qutbsiz ekanini belgilaydi. Qachonki bitta element ikkinchisidan sezilarli darajada koʻproq elektromanfiy boʻlsa, ular orasidagi bogʻlanish qutbli boʻladi, yaʼni uning bir uchi biroz musbat zaryadga, ikkinchisi esa biroz manfiy zaryadga ega boʻladi.
|
| |