• Ionlar va ionli bogʻlanishlar Baʼzi atomlar barcha elektronlarini (yoki bir nechta elektronlarini) olish yoki yoʻqotish orqali barqaror boʻladi. Ular shunday qilganlarida atomlar ionlar
  • Ionlarning hosil boʻlishi Ionlar ikki xil turda boʻladilar. Kationlar
  • Kimyoviy bog’lanish va ularning turlari




    Download 221,45 Kb.
    bet1/4
    Sana26.01.2024
    Hajmi221,45 Kb.
    #146466
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Kimyoviy bogʻlanishlar


    Kimyoviy bog’lanish va ularning turlari


    Reja:



    1. Ionlar va ionli bogʻlanishlar

    2. Kovalent bogʻlanish

    3. Vodorod bogʻlanish

    4. London dispersiya kuchi


    Kimyoviy bogʻlar molekulalarni oʻzaro birgalikda ushlab turadi va ular orasida hayot uchun zarur boʻlgan vaqtinchalik bogʻlanishlarni hosil qiladi. Kimyoviy bogʻ turlariga kovalent, ion va vodorod bogʻlari va London dispers kuchlari kiradi.

    Nega kimyoviy bogʻlanishlar hosil boʻladi? Asosiy javob shundaki, atomlar oʻzlari erisha oladigan eng barqaror (eng kam energiyali) holatga oʻtishga harakat qiladilar. Koʻp atomlar ularning valent qobigʻi elektronlar bilan toʻlganda yoki ular oktet qoidasiga (sakkizta valent elektronlarga ega boʻlish orqali) mos kelganida barqaror boʻla oladilar. Agar atomlar bunday tartibga ega boʻlmasa, ular bogʻlanishlar orqali elektronlarni olish, yoʻqotish yoki berish yoʻli bilan barqaror boʻlishga “intiladilar”.


    Ionlar va ionli bogʻlanishlar
    Baʼzi atomlar barcha elektronlarini (yoki bir nechta elektronlarini) olish yoki yoʻqotish orqali barqaror boʻladi. Ular shunday qilganlarida atomlar ionlar yoki zaryadlangan zarrachalarni hosil qiladi. Elektron olish yoki yoʻqotish atomga toʻliq tashqi elektron qobigʻini berishi va uni energetik jihatdan yanada barqaror qilishi mumkin.
    Ionlarning hosil boʻlishi
    Ionlar ikki xil turda boʻladilar. Kationlar bu elektronlarni yoʻqotish natijasida hosil boʻlgan musbat zaryadli ionlardir. Masalan, natriy atomi elektronini yoʻqotib, natriy kationiga (\[\text{Na}^+\]) aylanadi. Manfiy zaryadlangan ionlar elektronni olish natijasida hosil boʻladi va anionlar deb ataladi. Anionlar element nomiga “-id” qoʻshimchasi qoʻshilib nomlanadi: masalan, xlor anioni (\[\text{Cl}^-\]) xlorid deb nomlanadi.
    Bir atom elektronini yoʻqotib, boshqa atom xuddi oʻsha elektronga ega boʻlsa, ushbu jarayon elektron koʻchib oʻtish jarayoni deyiladi. Natriy va xlor atomlari elektronning koʻchib oʻtishiga misol boʻla oladi.
    Natriyning (Na) tashqi qobigʻida faqat bitta elektron bor, shu sababli natriy tashqi qobigʻini toʻldirish uchun yettita elektron topishidan koʻra, oʻsha bitta elektronini berib yuborishi osonroq (energiya jihatidan qulayroq)dir. Shuning uchun natriy bitta elektronini yoʻqotib, Na\[^+\] koʻrinishini hosil qilishga intiladi.
    Xlor (Cl) esa tashqi qobigʻida yettita elektronga ega. Bunday holatda xlorga bitta elektron olish, yettitasini yoʻqotishga qaraganda osonroqdir, shuning uchun u bitta elektronni egallab, Cl\[^-\] koʻrinishiga oʻtishga intiladi.

    Natriy oʻz valent elektronlaridan birini xlorga oʻtkazadi, natijada natriy ioni hosil boʻladi (uning 3n qobigʻi elektronsiz boʻladi, bu esa 2n qobigʻi toʻla ekanini bildiradi) va xlorid ioni (3n qobigʻida sakkizta elektroni bor va u barqaror oktetni hosil qiladi).
    Grafik material OpenStax Biologyʼdan olindi.
    Natriy va xlor birlashganda, natriy oʻzining qobigʻini boʻshatish uchun bitta elektronini berib yuboradi va xlor bu elektronni oʻz qobigʻini toʻldirish uchun qabul qiladi. Endilikda ikkala ion ham oktet qoidasiga mos tushadi va ular toʻliq tashqi qobiqqa ega boʻladi. Elektronlar soni protonlar soniga teng boʻlmagani sababli endilikda har bir atom iondir va +1 (Na\[^+\]) yoki –1 (Cl\[^-\]) zaryadiga ega.
    Umumiy holatda bir atomning elektron yoʻqotishi va boshqa bir atom tomonidan olinishi bir paytda sodir boʻlishi kerak: natriy atomi elektronini yoʻqotish uchun unga xlorga oʻxshagan mos qabul qilib oluvchi kerak boʻladi.

    Download 221,45 Kb.
      1   2   3   4




    Download 221,45 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kimyoviy bog’lanish va ularning turlari

    Download 221,45 Kb.