• Vodorod bogʻlanish
  • Qutbsiz kovalent bogʻlanish




    Download 221,45 Kb.
    bet3/4
    Sana26.01.2024
    Hajmi221,45 Kb.
    #146466
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Kimyoviy bogʻlanishlar

    Qutbsiz kovalent bogʻlanish bir elementning ikki atomlari orasida yoki turli xil elementlarning biroz teng ravishda elektronlarini almashuvchi atomlari orasida hosil boʻladi. Masalan, molekulyar kislorod (\[\text{O}_2\]) qutbsizdir, chunki elektronlar ikki kislorod atomi orasida teng almashgan.
    Qutbsiz kovalent bogʻlanishga yana boshqa bir misol metanda (\[\text{CH}_4\]) uchraydi. Uglerodning tashqi qobigʻida toʻrtta elektron bor va u barqaror oktetga erishishi uchun yana toʻrtta elektron kerak. Ushbu holatga erishish uchun uglerod vodorodning toʻrtta atomi bilan elektron almashadi va ularning har biri bittadan elektron beradi. Oʻz-oʻzidan vodorod atomlarining har biri tashqi qobiqlarini toʻldirish uchun bittadan elektronga muhtoj, uni esa ugleroddan almashilgan elektron holatida qabul qiladi. Uglerod va vodorod bir xil elektron manfiylikka ega boʻlmasalar ham, ular bir-biriga biroz oʻxshash, shuning uchun uglerod bilan vodorod bogʻlanishi qutbsiz boʻladi.

    Jadvalda qutbli va qutbsiz bogʻlanishlar misolida suv va metan molekulalari koʻrsatilgan.
    Grafik material OpenStax CNX Biologyʼdan oʻzgartirib olindi.
    Vodorod bogʻlanish
    Vodorodni oʻz ichiga oluvchi qutbli kovalent bogʻda (masalan, suv molekulasidagi O-H bogʻlanishi) vodorod biroz musbat zaryadga ega boʻladi, chunki bogʻ elektronlari boshqa elementlarga koʻproq tortiladi. Ushbu biroz musbat zaryad tufayli har qaysi qoʻshni manfiy zaryad vodorodni oʻziga tortadi. Ushbu oʻzaro taʼsir vodorod bogʻlanish deyiladi.
    Vodorod bogʻlanish tabiatda, ayniqsa, suv molekulalarida koʻp uchraydi. Vodorodning alohida bogʻlari kuchsiz va oson uziluvchi boʻlib, bir nechta vodorod bogʻlari bilan juda kuchli boʻla oladi.
    London dispersiya kuchi
    Vodorod bogʻlanish kabi London dispersiya kuchi molekulalar orasida sodir boʻluvchi kuchsiz taʼsirlashuvdir. Lekin, vodorod bogʻlanishdan farqli ravishda, istalgan turdagi atomlar va molekulalar orasida hosil boʻla oladi va bu elektron taqsimotidagi vaqtinchalik nomutanosiblikka bogʻliq boʻladi.
    Bu qanday yuzaga keladi? Elektronlar doimiy harakatda boʻlganligi sababli baʼzida biror-bir atom yoki molekulaning elektronlari birgalikda molekulaning bir qismida qisman manfiy zaryad (va boshqasida qisman musbat zaryad) hosil qilib birlashadi. Agar ushbu nomutanosib zaryadga ega molekula boshqa molekulaga juda yaqin boʻlsa, natijada bu ikkinchi molekulada ham oʻxshash zaryadlarning qayta taqsimlanishiga va ikki molekulaning vaqtincha musbat va manfiy zaryadlari bir-biriga intilishiga sabab boʻlishi mumkin.\[^2\]
    odorod bogʻlanish ham, London dispersiya kuchi ham 
    Download 221,45 Kb.
    1   2   3   4




    Download 221,45 Kb.