• Mahsulotlar Energiya sarfi, kVt-soat/t
  • Kimyoviy texnologiyada energiya reja: Energiya va uning turlari




    Download 41.5 Kb.
    bet1/3
    Sana31.05.2023
    Hajmi41.5 Kb.
    #67655
      1   2   3
    Bog'liq
    kimyoviy texnologiyada energiya (1)
    5, 336574, e sadabujhkj fgbfd, Maruza-1 Prezentatsiya (1), QXMT kurs ishi betlik2222, Tarix test, QXMT kurs ishi betlik2222, powerpointstore.com 7, WQDsf, Sirtqi topshiriq 1

    KIMYOVIY TEXNOLOGIYADA ENERGIYA
    Reja:
    1. Energiya va uning turlari.
    2. Elektr energiyasidan texnologik jarayonlarda foydalanish.
    3. Texnologik jarayonlarning o’tkazish uchun energiyaning ahamiyati.


    Maqsad: Talabalarga energiya va uning turlari, texnologik jarayonlarda energiyaning ahamiyati haqida tushuntirish.
    Sanoatning hozirgi ko`lami va uning texnik rivojlanish asosidagi o`sish tezligi uning energiyaga bo`lgan talabini benihoya orttirib boradi. Undirma va ishlov berish sanoatining barcha tarmoqlarida energiyadan turli maqsadlarda foydaliniladi. Sanoat miqyosida energiyaning sarflanish miqdori bir birlik og`irlik (yoki dona va hajmi) mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan energiya (kVtsoat) yoki yoqilg`i miqdori (tonna, kilogramm, kubometr) bilan belgilanadi.
    Sanoatning turli tarmoqlarida turli xil mahsulotlar ishlab chiqarishda energiya sarflash miqdori turlichadir. Quyidagi ba`zi bir xil kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish uchun sarflangan elektr energiyasining o`rtacha miqdori keltirilgan.



    Mahsulotlar

    Energiya sarfi, kVt-soat/t







    Alyuminiy

    18000-20000

    Magniy

    17500-18000

    Kalsiy karbit, 80% li

    2700-3200

    Fosfor

    13000-20000

    Xlor

    2300-3500

    Sintetik ammiak

    3000-3500

    Sulfat kislota

    60-70

    Ammoniy sulfat

    30-40

    Ammiak selitrasi

    7-5

    Superfosfat

    2-10

    Domna pechida ishlab chiqarilayotgan cho`yan turiga qarab sarflanayotgan yoqilg`i (koks) miqdori ham turlichadir. Masalan, 1 tonna qayta ishlanuvchan cho`yan eritib olish uchun 600-800 kg, bessemir cho`yani va ferroqotishmalar uchun esa 1750-2500 kg koks sarflanadi.


    Tajribalarning ko`rsatishicha, elektr pechlarda po`lat ishlab chiqarishda pechlarning hajmi ortishi bilan elektr energiya sarflanishi kamayadi (u 600 dan 1000 kVtsoat/t gacha bo`ladi). Energiya resurslari yoqilg`i va yoqilg`isiz ko`rinishlarda bo`linadi. Yoqilg`ili xillarda energiya olish uchun ishlatiladigan barcha yoqilg`ilar – gaz, neft, ko`mir, torf, yonuvchi slaneslar, o`tin va hokazolar; yoqilg`isizlarga – suv, shamol, atom, quyosh energiyasi kiradi. Barcha energiya manbalari, shuningdek, qayta tiklanadigan va qayta tiklanmaydigan xillarga ham bo`linadi.
    Doimiy qayta tiklanadigan xillarga suv, shamol va quyosh energiyalari kiradi, ko`mir, neft, tabiiy gazlar, yonuvchi slaneslar, atom yadrosi energiyasi kabilar qayta tiklanmaydigan manbalarga kiradi. Yuqorida qayd etilgan energiya manbalari sanoatda turli xil ko`rinishlarda ishlatiladi.
    Quyida kimyo sanoatda ishlatiladigan energiya turlari keltirilgan. Elektr energiyasi kimyo korxonalarida eritmalarni elektroliz qilishda, moddalarni suyultirishda, isitishda, murakkab kimyoviy sintezlarda hamda kimyoviy ishlab chiqarishlarni tekshirish va avtomatlashtirishda ishlatiladi. Bundan tashqari, elektr energiyasi mexanik energiyaga aylantirilgan holda elektr dvigatellarida juda keng qo`llaniladi. Umuman mamlakatda hosil qilinayotgan hamma elektr energiyasining 10-12% i kimyo sanoati uchun sarflanadi.
    Kimyo sanoatida moddalarni qizdirishda, suyultirishda, quritishda, bug`latishda, distillash jarayonida issiqlik energiyasi ishlatiladi.
    Ichki yadro energiyasidan kimyo sanoatida analitik maqsadlarda, avtomatik kuzatuvchilar, jarayonlarni boshqarish, radiasion-kimyoviy jarayonlarni o`tkazish kabi ishlarda foydaniladi.
    Kimyoviy energiya galvanik elementlarda va akkumulyatorlarda qo`llaniladi, bunda bu energiya elektr energiyasiga aylanadi. Kimyoviy energiya manbalari foydali ish koeffitsiyenti yuqoridagi bilan boshqa energiyalardan farq qiladi.
    Yorug`lik energiyasi kimyo sanoatida fotokimyoviy reaksiyalar, elementlardan vodorod xloridni sintez qilish, organik birikmalarni galoidlash va shunga o`xshash jarayonlarda qo`llaniladi.

    Download 41.5 Kb.
      1   2   3




    Download 41.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kimyoviy texnologiyada energiya reja: Energiya va uning turlari

    Download 41.5 Kb.