• Apple Inc.
  • Asus
  • Kirish asosiy qism 1 Supper kompyuterlar




    Download 2,34 Mb.
    bet12/12
    Sana10.06.2024
    Hajmi2,34 Mb.
    #262268
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    ilyosbek

    Samsung


    Samsung (koreyscha: 삼성전자, 三星電子, „Samson Chonja“ Uch yulduz ) — xalqaro kompaniya. Markazi Seul shahrida joylashgan. Samsungning 56 davlatda joylashgan 124 ishxonasida 164 mingdan koʻproq xodim ishlaydi.Samsung Electronics kompaniyasiga 1969-yil Suvon shahrida Samsung.Electric.Industries nomimbilan.asos.solindi. Dastlab Musurchelak, kalkulator, muzlatgich, konditsioner va kir yuvish mashinalarini ishlab chiqargan. 12 yil davomida, ya'ni 1981-yilgacha 10 milliondan koʻproq oq-qora televizior ishlab chiqardi. Rasmiy web-sayt:www.samsung.com


    Apple Inc.


    Apple Inc. – shtab-kvartirasi Kupertinoda (Kaliforniya) joylashgan Amerika koʻp millatli texnologiya kompaniyasi. Apple 2022-yilda 394,3 milliard dollar daromad bilan dunyoning eng yirik texnologiya kompaniyasi hisoblanadi. 2023 yil mart holatiga koʻra, Apple bozor kapitallashuvi boʻyicha dunyodagi eng yirik kompaniya hisoblanadi. 2022 yil iyun holatiga koʻra, Apple shaxsiy kompyuterlar sotuvchisi boʻyicha toʻrtinchi va dunyodagi ikkinchi yirik mobil telefon ishlab chiqaruvchisi. U Alphabet (Google kompaniyasining bosh kompaniyasi), Amazon, Meta Platforms va Microsoft bilan bir qatorda Amerikaning Katta beshlik axborot texnologiyalari kompaniyalaridan biri hisoblanadi.
    Apple 1976-yil 1-aprelda Steve Wozniak, Steve Jobs (1955–2011) va Ronald Wayne tomonidan Wozniak-ning Apple I shaxsiy kompyuterini ishlab chiqish va sotish uchun Apple Computer kompaniyasi sifatida tashkil etilgan. U 1977-yilda Jobs va Voznyak tomonidan Apple Computer, Inc. nomi bilan tuzilgan. Kompaniyaning ikkinchi kompyuteri Apple II eng koʻp sotilgan va birinchi ommaviy ishlab chiqarilgan mikrokompyuterlardan biriga aylandi. Apple 1980 yilda bir zumda moliyaviy muvaffaqiyatga erishdi. Kompaniya innovatsion grafik foydalanuvchi interfeyslariga ega kompyuterlarni ishlab chiqdi, jumladan, 1984-yilgi asl Macintosh, oʻsha yili „1984“ deb nomlangan tanqidiy reklamada eʼlon qildi. 1985 yilga kelib, uning mahsulotlarining yuqori narxi va rahbarlar oʻrtasidagi hokimiyat uchun kurash muammolarni keltirib chiqardi. Voznyak Apple kompaniyasini tark etdi va boshqa tashabbuslarni davom ettirdi, Jobs esa isteʼfoga chiqdi va NeXT kompaniyasiga asos soldi va Apple xodimlarining bir qismini oʻzi bilan olib ketdi.
    Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
    70-yillar

    Apple II
    Kaliforniyada Steve Jobs va Steve Wozniak tomonidan asos solingan. 1970-yilning oʻrtalarida ular „Motorola 6502“ protsessori bazasida birinchi shaxsiy kompyuterni ishlab chiqishadi. Oʻnlab shunday kompyuterlarni sotib, yosh tadbirkorlar moliyaviy daramod olishdi va 1-aprel 1976-yilda kompaniyasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazishgan.1976-yilda ishlab chiqilgan „Apple I“ birinchi dasturlashtiruvchi mikrokompyuter boʻlmagan. Birinchilik „Alʼtair 8800“ kompyuteriga tegishli, 1974-yilda yaratilgan va kataloglardan tarqatilgan. Ammo, „Alʼtair“ texnik tomondan „shaxsiy kompyuter“ sifatida kvalifikatsiyalanmagan boʻlgan, chunki yigʻish imkoniyatiga ega boʻlmagan va dastur yordamida maʼlumotlarni chiqarish imkoniga ega boʻlmagan. Yillar davomida kompaniya „Motorola“ prosessorli, firma tomonidan ishlab chiqilgan operatsion tizimli oʻzining „Macintosh“ kompyuterlarini ishlab chiqarib kelgan.
    80-yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

    Macintosh 128K
    1980-yil noyabr oyida kompaniya kompyuterlarini bozorga chiqara boshlaydi va barcha kamchiliklar oʻzini namoyon eta boshlaydi. 1981-yil mart oyiga kelib etkazib berilgan kompyuterlarning 20 % i nosoz holda yetkazilayotgani aniqlandi. Qolganlari esa yoqilishi bilan bir soat oʻtar oʻtmas buzilar edi, chunki Jobs ventilyator qoʻyishga ruxsat bermagan edi va mikrosxemalar temperatura oshishiga dosh bermas edi. 1981-yilning mart oyida Wozniak aftohalokatga uchraydi va vaqtinchalik ishlay olmaydi. „Apple III“ ni sotish bilan bogʻliq muammolar shunga olib keldiki, Jobs oʻzning 40 ta ishchisini boʻshatishga majbur boʻladi. 1985-yilda AQSh prezidenti Ronald Reygan texnik progressni rivojlantirgani uchun Jobs va Wozniakga medal topshiradi.
    Boshqaruv[tahrir | manbasini tahrirlash]

    Companiya bosh ofisi Cupertino, California.


    „Apple“ – ommaviy kompaniya, uning aksiyalari NASDAQ va London fond birjalarida sotiladi. Kapitalizatsiya 2007-yil iyul oyi oʻrtalarida – $115,3 mlrdni tashkil etdi.

    Bosh boshqaruvchi –Steve Jobs.
    Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
    Kompaniya oʻzining bir qism mahsulotlarini oʻziga tegishli doʻkonlar tizimi orqali koʻtara sotadi. (AQSH, Kanada, Yaponiya va Buyuk Britaniya da 147 ta doʻkoniga ega). „Apple“ 2005-yil 24-sentyabr moliyaviy yil yakunlariga koʻra oʻz doʻkonlaridan $2.35 mlrd daromad olgan, bu uning yillik savdo hajmining 17 % ni tashkil etadi.
    Apple oʻzining mustaqil xizmat koʻrsatish markazlari dasturini (IRP) 200 dan ortiq mamlakatlarda, shu jumladan, Oʻzbekistonda ham ishga tushiradi. Dastur bosqichma-bosqich kengaytiriladi – Oʻzbekiston esa ikkinchi bosqichda qamrab olinadi. Mamlakatdagi xizmat koʻrsatish markazlari 2021-yilning oxirida IRP sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun ariza berishi mumkin boʻladi[3].
    Mahsulotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

    MacBook Air M1


    Hozirgi kunda Macintosh kompyuterlaridan tashqari (MacPro, iMac va Mac mini modellari, noutbuklar : MacBook va MacBook Pro, Xseve server ishlab chiqarish) shuningdek ularga dasturiy taʼminoti (Mac OS X, iLife,Final Cut, Aperture multimediya paketlari va boshqalar) ishlab chiqaradi. Apple iPod pleyerlari ishlab chiqaradi, shuningdek iTunes onlayn doʻkoni orqali raqamli audio va videoyozishlarni sotish bilan ham shugʻullanadi. Apple Cinema Display deb nomlanuvchi professional kompyuter displeylarini ham ishlab chiqaradi.
    2006-yil yanvar oyidan boshlab „Apple“ kompaniyasi Intel prosessorli kompyuterlar ishlab chiqara boshladi.
    2007-yil 21-mart dan boshlab „Apple“ HDTV video formatda ishlovchi Apple TVmultimediya pleyerlarni ishlab chiqara boshladi.

    iPhone
    2007-yil 29-iyundan „Apple“ yangicha boshqarish usuli Multi – Touch ga asoslangan iPhone yangi telefonini sotishni boshladi.

    Asus


    AsusTek Computer Inc. (xit. 華碩電腦股份有限公司 Huáshuò Diànnǎo Gǔfèn Yǒuxiàn Gōngsī; qisqacha — ASUS[3] (/eɪˈsuːs/ yoki /ɑːˈsuːs/ yoki /æˈsuːs/) — Tayvanda joylashgan kompyuter texnikalarini (tayyor mahsulotlar va ehtiyot qismilar) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan transmilliy kompaniya. Asus brendi Pegasus („Pegas“) soʻzidan kelib chiqqan. Qimmatli qogʻozlar kotirovkalari: NASDAQ: AKCPF.
    Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
    1989-yil — markaziy platalarni (ona plata) ishlab chiqarishni boshladi. 2002-yil — ASRock shoʻba kompaniyasiga asos solindi. 2003-yil sentyabr/oktyabr — J100 mobil telefoni ishlab chiqarildi. 2005-yil sentyabr — birinchi PhysX video tezlatgichi chiqarildi (u „Ageia“ kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va NVIDIAʼga sotilgan). 2005-yil dekabr — TLW32001 modei bilan LCD televizor bozoriga kirdi. Mahsulot faqat Tayvan bozorida mavjud. 2006-yil yanvar — VX seriyasini ishlab chiqish uchun Lamborghini bilan hamkorlikni eʼlon qildi. 2006-yil 9 mart — ASUS Samsung va Founder bilan birgalikda oʻzini ilk Ultra-Mobile kompyuter modellari ishlab chiqaruvchilardan biri sifatida eʼlon qildi. 2007-yil 5-iyun — COMPUTEX Taybey 2007 da Eee shaxsiy kompyuteri eʼlon qilindi. 2007-yil 9-sentyabr — kompyuter uchun BC-1205PT BD-ROM/DVD drayveri chiqarildi. 2007-yil 31-oktyabr — Buyuk Britaniy bozoriga moʻljallangan PDA-smartfonlari ishlab chiqarildi. 2008-yil 3-yanvar — ASUSTeK bosh kompaniyasi hamda Pegatron va Unihan shoʻba korxonalariga boʻlinib, qayta shakllantirildi. 2009-yil 4-fevral — Garmin va ASUS oʻrtasida LBS xizmatlariga yoʻnaltirilgan mobil telefonlarni birgalikda ishlab chiqish uchun Garmin-Asus alliance tuzildi..[4]
    2021-yil 13-may — Kompaniya ikkita yangi flagman smartfonlarini taqdim etdi — asosiy model Zenfone 8 va Zenfone 8 Flip.

    Asusning AQShdagi bosh qarorgohi Kaliforniya shtatining Fremont shahrida. Gonkongdagi Asus doʻkoni
    Ishlab chiqariladigan mahsulotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
    Shaxsiy kompyuterlar, noutbuklar, nettoplar, Internet planshetlari;[5]
    Kompyuter komponentlari: markaziy platalar, grafik kartalar, ovoz kartalari, optik disklar, sovutgichlar;
    Tashqi kompyuter qurilmalari: monitorlar; tashqi xotira va optik disklar; sichqonchalar;
    Mobil telefonlar, smartfonlar;
    Asus routerlari.
    Asus, shuningdek, Sony (PlayStation 2), Apple Inc kabi boshqa korporatsiyalar mahsulotlari uchun turli komponentlarni ishlab chiqaradi. 2010-yilgacha (iPod, iPod Shuffle, MacBook), Alienware, Falcon Northwest, Palm, Inc., HP va boshqa koʻplab uskunalar ishlab chiqaruvchilar oʻz tizimlarida ASUS markaziy platalaridan foydalangan (2008-yildan buyon bu mahsulotlarning barchasi Pegatron Corporation ishlab chiqarish korxonalarida tayyorlanmoqda).
    2017-yil 3-noyabr kuni Asus oʻzining 18:9 displeyli birinchi smartfoni Pegasus 4S ni chiqarganini eʼlon qildi.

    ASUS ZenFone

    Asus Nvidia GeForce GTX 1080 grafik kartasi

    Asus x21 ultrabuk

    Asus anakarti
    Markaziy platalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
    Asus markaziy platalarni nomlash uchun "shifr" tizimidan foydalanadi. Masalan, Asus P5K Deluxe/WiFi-AP nomida birinchi qism (P5K) soket turini (P5 soket 775 ga mos keladi) va foydalanilgan chipsetni (K Intel P35/G33 degan maʼnoni anglatadi), ikkinchisi (Deluxe/WiFi-AP)ni ona plata Deluxe seriyasiga tegishli ekanligini anglatadi; shuningdek, plata qoʻshimcha ravishda WiFi moduli bilan jihozlanganligiga ishora mavjud.
    Download 2,34 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 2,34 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish asosiy qism 1 Supper kompyuterlar

    Download 2,34 Mb.