|
Kirish asosiy qism 1 Supper kompyuterlar
|
bet | 11/12 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 2,34 Mb. | | #262268 |
Bog'liq ilyosbek
Lenovo kompaniyasi asosiy aksiyadorlari — Xitoy ilmiy akademiyasi Legend Holding Ltd (42 %), IBM (AQSH kompaniyasi) (8,82 %), amerika toʻgʻri investisiyalar fondlari Texas Pacific Group,General Atlantic LLC va Newbridge Capital LLC (10,1 %). 2007-yil 25-may oyida kompaniya bozor kapitalizatsiyasi — $4,08 mlrdni tashkil etdi. Kompaniya direktorlar kengashi raisi — Yan Yuan'sin.
Lenovo_xiang.
Kompaniya shaxsiy, choʻntak kompyuterlari, serverlar, monitorlar, videoproektorlar va boshqa koʻpgina qurilmalar ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi. Kompaniya mahsulotlari asosan — Think Centre va ThinkPad savdo belgilari ostida ishlab chiqariladi. Gartner analitik kompaniyasi hisobiga koʻra 2007-yilning birinchi kvartalida Lenovo kompaniyasi 3,9 mln dona kompyuter sotgan. Kompaniya umumiy ishchilari soni — 19,5 ming kishini tashkil etadi. 2007-yil 31 mart moliyaviy yilda kompaniya daromadi — $14,6 mlrd(oʻsish oʻtgan yilga nisbatan 10 %), sof foyda — $161 mln(oʻsish 640 %)ni tashkil etdi.
Sony
Sony Corporation- transmilliy korporatsiya,bosh ofislari Yaponiya va AQSH da joylashgan, 1946-yil Yaponiya da tashkil topgan. Korporatsiya xoʻjalik va professional elektronika mahsulotlari, oʻyin moslamalari va boshqa yuqoritehnologiyali mahsulotlar ishlab chiqaradi.
Bundan tashqari Sony dunyoda eng yirik mediya kompaniyalaridan biridir.Hozirgi kunda kompaniya Sony - BMG ovoz yozish studiyasi(Bertelsmann kompaniyasi bilan hamkorlikda),Columbia Pictures kinostudiyasi va TriStars Pictures,shuningdek MGM kompaniyasining toʻliq kinolar arhiviga(Comcast kompaniyasi bilan hamkorlikda) egalik qiladi.
Tarix:[tahrir | manbasini tahrirlash]
Fayl:Tobei.gifMasaru Ibuka,Sony asoschilaridan biri
"Sony" korporatsiyasi 7-may 1946-yil Akito Morita va Masaru Ibuka tomonidan asos solingan. "Sony" atamasi lotincha "sonnus"- ovoz degan maʼnoni bildiradi.Boshida kompaniya "Tosuko" deb nomlangan.Kompaniya asoschisi Akito Morito kompaniyani ancha yillar boshqaradi,oʻzi marketing va savdo-sotiq boʻlimlariga boshchilik qilgan,kompaniyani yuqori choʻqqilarga olib chiqqan.
1950 yil "Sony" tranzistorlar muhimligini tan oldi va oʻzining ilk "TR-63"deb nomlangan radiosini ishlab chiqadi,bu kompaniya kelajagida muhim rol oʻynaydi.
1970-1980 yillarda birinchi "walkman"lar ishlab chiqarila boshlanadi.
1983 yil "Sony" "Filips"kompaniyasi bilan hamkorlikda birinchi boʻlib kompakt - disklar ishlab chiqaradi(ing.Compact Disc,CD).
1990 yilda birinchi "mini-diskmenlar"ishlab chiqariladi.
1990 yil "Sony" 500ga yaqin yangi mahsulotlar ishlab chiqaradi,bu kuniga 2 yangi mahsulot kashf etilgan hisoblanadi.
|
| |