|
Uglerodning aylanma harakati
|
bet | 4/8 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 113 Kb. | | #136821 |
Bog'liq Geotizmlar modda va energiya migratsiyasiUglerodning aylanma harakati. Jonli substansiyaning asosiy kimyoviy elementi bo`lgan uglerod geografik qobiq (biosfera)ning eng muhim kimyoviy elementi hisoblanadi. Chunki u: a) Yerdagi barcha jonli organizmlarni tashkil etuvchi asosiy elementdir; b) biosferada uglerod birikmalarining oksidlanish va tiklanish reaksiyalari nafaqat uglerodni, balki kislorodni ham, shuningdek boshqa ko`pgina kimyiviy elementlarning ham mavjud bo`lishini taqoza etadi; c) uglerpd atomining zanjir va halqalarni yarata olish qobiliyati organik birikmalarning xilma-xilligini ta’minlaydi; d) uglerodli gazlar – uglerod gazi (CO2) va metan (CH4) – antropogen issiqxona samarasida hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Uglerodning manbalari ko`p bo`lsada, atmosferadagi gaz holatidagi va suvda erigan karbonat kislota jonli organizmlarning organik moddasiga qayta ishhlanadi. Fotosintez jarayonida karbonat kislota shakarga, so`ngra proteidlar, lipidlar va boshqa organik birikmalarga aylanadi.Fotosintez jarayonida assimilyatsiya qilingan barcha uglerod jonli organizmlarning oziqa manbasi bo`lgan uglevodlarga qo`siladi. Nafas olish jarayonida bu uglerodning 1/3 qismiga yaqini uglerod qo`sh oksidiga aylanadi va atmosferaga qaytadi. Geografik qobiqning uglerodli “rezervuarlari” hidrosfera, biosfera va atmosferada turadi. Ular orasida har yili o`nlab milliard tonnalar niqdorida uglerod almashuvi bo`ladi. Bu almashuvda uglerodni asosiy singdiruvchi okean bo`ladi. Okeanga uglerod ham organik moddalarning buzilishi natijasida daryolar oqimi bilan quruqlikdan, ham barcha jonli organizmlar (biota)ning nafas chiqarishi natijasida tushadigan atmosferadan tushadi. Quyosh energiyasi ishtirokida noorganik moddadadan organik moddavivi shakllanishi (fotosintez), biotaning hayotiy faoliyatining aerob va anaerob jarayonlarida organik moddaning sarflanishi va organik moddaning buzilishi geografik qobiqdagi eng muhim jarayonlardir. Biologik aylanma harakatda ishtirok etadigan uglerod atmosferadan yoki suvdan yashil o`simliklar tomonidan oziqa manbalaridan biri sifatida singdiriladi hamda o`simliklar va hayvonlarning nafas olish va, shuningdek, ularning qoldiqlarining bakteriyalar tomonidan parchalanish jarayonida ajralib chiqadi.
Uglerodning aylanma harakati to`liq qaytmaydi. Uglerodning organik (gumus, torf, sapropel) va noorganik (kalsiy karbonati va b.) birikmalari cho`kindilarda ko`milib qoladi.Agar cho`kindilar Yer po`stining chuqur qatlamlariga tushib qolsa, ulardagi uglerod millionlab yillarga aylanma harakatdan chiqadi. Ko`mir, neft, ahaktosh va boshqa jinslarda 1016 t ga yaqin uglerod to`plangan.Bu ko`rsatkich okean va dengiz suvlaridagi, atmosfera va jonli organizmlaridagi uglerod miqdoridan ancha ko`p. Vulkanlarning otilishida va tog` hosil bo`lishi jarayolarida ko`milib qolgan uglerod geografik qobiqqa qaytadi va biologik aylanma harakatga qo`shiladi.
Biogeokimyoviy siklda faol ishtirok etadigan uglerodning katta zahirasi Dunyo okeanida bo`1ib, u yerda noorganik uglerodli moddalarning zarralari, organik erimaydigan uglerod, erigan organik uglerod va jonli shakllarning zarralari shakllarida bo`ladi. Pirovardida okeandagi uglerodning katta qismi uning tubida yotqiziladi, keyingi yotqiziqlar bilan qoplanib boraveradi va kichik aylanma harakatdan chiqib, litosfera moddalarining katta aylanma harakatiga qo`shiladi.
Uglerodning global aylanishida asosiy antropogen oqim yoqilg`i qazilmalarning energiya ishlab chiqarish jarayonida yoqish natijasida hosil bo`ladi. Insonning xo`jalik faoliyati natijasida har yili 15-25x109 t uglerodning qo`sh oksidi hosil qilinadi (tabiiiy manbalardan esa har yili 0,15x109 t tushadi). Bundan tashqari, inson faoliyati (o`rmonli maydonlarning qisqarishi, dengiz va okeanlarning ifloslanishi) natijasida fotosintez jarayonlari susayadi. Bu esa atmosferada uglerod gazi miqdorining ko`payishiga olib keladi. Quruqlik ekosistemalarining antopogen o`zgarishida vujudga keladigan boshqa bir oqim biota va tuproq moddalari buzilishining har xil turlaridir. Bu antropogen oqimlar uncha katta emas, ammo ular uzluksiz ko`payib bormoqda. Atmosferadagi gazlarning miqdori XIX asrning o`rtalaridan boshlab kuzatilmoqda. Kuzatishlar bu gaz miqdorining atmosferada ko`payib borayotganligidan dalolat beradi.
Uglerodning nihoyat muvozanatlashgan aylanishida antropogen ta’sir hozirdayoq hayot muhiti uchun jiddiy oqibatlari bo`lgan issiqxona samarasini sezilarli darajada kuchayishiga olib kelmoqda. Chunki, bu gaz Yer yuzasidan kelayotgan uzun to`lqinli issiq nurlarni tutib qoladi. Buning natijasida havo haroratining ko`tarilishi, muzliklarning erishi, Dunyo okeanining sathi ko`tarilishi mumkin. Sayyoramizda iqlimning o`zgarishiga karbonat angidtid miqdorining ko`payishi bilan birgalikda atmosferaning ifloslanishi va va unda chang zarrachalarining ko`payishi (Yer yuzasiga keladigan Quyosh radiatsiyasi miqdorini kamaytiradi), o`rmonlarning qirqilishi va Dunyo okeani yuzasining neft mahsulotlari bilan ifloslanishi, atmosferaga albedoni o`zgartiradigan ishlab chiqarish issiqligiining tashlanishi va boshqa omillar ta’sir ko`rsatadi.
|
| |