|
Kislorodning aylanma harakati
|
bet | 5/8 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 113 Kb. | | #136821 |
Bog'liq Geotizmlar modda va energiya migratsiyasiKislorodning aylanma harakati. Tabiiy jarayonlarda erkin kislorod juda katta ahamiyatga ega. V.I.Vernadskiy kislorodni Yerdagi eng qudratli kimyoviy faoliyat deb atagan edi. Tabiatdagi kislorod bilan oksidlanish eng muhim va keng tarqalgan reaksiyadir. Geografik qobiqda kislorod turli shakllarda bo`ladi. Atmosferada gazsimon shaklda (kislorod molekulalari va uglerod qo`sh oksidi ko`rinishida), suvda erigan ko`rinishda bo`ladi va suvning o`zining ham tarkibiga kiradi. Atmosferada taqriban 1,1x1021 g kislorod bor. Shuningdek, kislorod bog`langan holda suv molekulalarida, tuzlarda, Yer po`stining qattiq jinslarining oksidlarida juda ko`p. Atmosfera kislorodi bilan jonli organizmlar nafas oladi. Shuningdek, kislorod murakkab organik moddalarning mikroorganizmlar tomonidan parchalanishida hosil bo`ladigan oddiy moddalarning oksidlanish jarayonlariga ham sarflanadi.
Kislorod erkin holatda uzoq geologik vaqt davomida Yer yuzasida bo`lmagan. Erkin bo`lmagan kislorodning uncha katta bo`lmagan miqdori taxminan 3 mlrd. Yil ilgari vujudga kelgan. Atmosferada kislorod miqdorining asta-sekin ko`payishi unda Quyoshning ultrbinafsha nurlarini o`zida singdiradigan va Koinotga aka ettiradigan ozon qatlamining hosil bo`lishiga olib kelgan.Buning natijasida organizmlar tez rivojlangan va quruqqlik bo`ylab tarqalgan. Geografik qobiqning butun tarixida kislorod Yer po`stining yuqori qatlamlarida, nurash po`stida va tuproqlarda to`plana borgan.
Yashil o`simliklar atmosferadagi kislorodning asosiy manbai. Har yili fotosintez jarayonida 2,7x1017 g yoki atmosferadagi kislorodning taxminan 1/2500 qismiga teng bo`lgan kislorod ajralib chiqadi. Shu sababli atmosferada kislorodning aylanma harakati 2500 yilni tashkil etadi. Jamiyat va sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishi bilan yoqilg`i qazilmalarni yiqib issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, metallurgiya, kimyoviy ishlab chiqarish, metallar korroziyasi kabi erkin kislorodni iste’mol qiladigan yangi turlar vujudga keldi. Kislorodning insonning ishlab chiqarish faoliyati bilan bog`liq bo`lgan sarfi fotosintez jarayonida hosil bo`ladigan kislorod miqdorining 10-15 %ini tashkil etadi. Azotning aylanma harakati. Azot biologik aylanma harakat jarayonlari uchun muhim bo`lgan element bo`lib, u hayot va hosildorlik unsuri deyiladi. Azot – barcha oqsil birikmalarida albatta bo`ladigan komponentligi tufayli hayotning asosiy tarkibiy qismidir.
Azotning asosiy manbai tarkibida 78 %ga yaqin kimyoviy kam faol azot bo`lgan havodir. Bundan tashqari, momaqaldiroqlar paytidagi elektr razryadlari atmosfera azoti va kislorodidan yomg`irlar bilan suv va tuproqlarga tushadigan azot oksidlarini sintez qiladi. Azotning fotokimyoviy birikishida ham intensiv ravishda hosil bo`ladi. Ammo, bu gaz azotni biriktiruvchi mikroorganizmlarning faoliyati natijasida eng ko`p hosil bo`ladi. Azotning biosfera va hidrosferadagi zahiralari atmosferadagiga nisbatan uch marta kam. Yer usti biomassasi va tuproqlardagi uglerod va azot massasining o`rtacha nisbati C:N=160:15 ni tashkil etadi.
O`simliklar va hayvonlar atmosferadagi erkin azotni kam o`zlashtira oladi. Ayrim suv o`tlarigina havodan azotni bevosita biriktira oladi. Azotning aylanma harakati - bu biosferadagi organizmlar – redusentlar, shuningdek, nitratlashtiruvchi va tugunchak hosil qiluvchi bakteriyalar ishtirok etadigan biokimyoviy jarayon. Biosfera va hidrosferadagi azotning nisbatan kam zahiralariga qaramasdan u geosferalar orasida tez almashinadigan faol elementdir. Azot aylanishi kimyoviy jarayonlarining kechishi juda murakkab va rangbarang. Chunki, azot turli shakllarda havo, suv va tuproqlar orqali o`tadi. Azotning yer usti va okeandagi kichik aylanishlarida uning oqimlarining 95%igacha to`plangan. Azot o`g`iilaridan foydanish azotning aylanishidagi muhim antropogen oqimdir. Ikkinchi jahon urushidan so`ng amosfera azotidan azot o`g`itlarini ishlab chiqarish to`xtovsiz ko`paydi. Ammo XX asrning keyingi o`nyilliklarida azot o`g`itlaridan foydalanish rivojlangan mamlakatlarda ham, MDH davlatlarida ham kamaydi yoki barqaroplashdi. Ayni paytda rivojlanayotgan mamlakatlarda qishloq xo`jaligida ularni qo`llash ko`payib bormoqda. Agroekosistemalarga kiradigan azotning taqriban 50%i qishloq xo`jalik ekinlari tarkibioga kiradi., uning yarmiga yaqini daladan hosil bilan yig`ishtirib olinadi, qolgan yarmi esa tuproqning organik moddasida qoladi. Shunday qilib, zamonaviy dehqonchilik azot oqimining umumiy yo`nalishini tuproqdan atmosferaga emas, atmosferadan tuproqqa tomon o`zgartirib yubordi. Aholi sonining ko`payishi va oqsilli ovqatlarga bo`lgan ehtiyojlarning oshib borishi ko`proq oqsil ishlab chiqarish uchun azot aylanishini intensivlashtirdi. Biroq, azot aylanishining intensivlashuvi atrof muhitni ifloslanishiga, xususan suv havzalarining evtrofikatsiyasi jarayonlarining tezlashuviga olib keldi.. Energetika ham azot oqimi iantropogen intensivlashuvining boshqa bir omilidir. Zero, ko`mir, neft va uning mahsulotlarini, slanetslar, torf va boshqalarni yoqishda atmosferaga ammiak va azot oksidining emissiyasi ortadi. O`z navbatida, azot oksidlari va ammiak atrof muhitning asidifikatsiya jarayonlarida hal qiluvchi ahamiyatga ega.
|
| |