|
Fosforning aylanma harakati
|
bet | 6/8 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 113 Kb. | | #136821 |
Bog'liq Geotizmlar modda va energiya migratsiyasiFosforning aylanma harakati. Fosfor ham muhim kimyoviy elementlardan biri bo`lib,biologik va biokimyoviy jarayonlarda katta ahamiyatga ega. Fosfor – DNK ning va hujayra membrana fosfor-lipid molekulasining zaruriy komponenti. Azot bilan bir qatorda fosfor ekosistemalarda bu elementlarning miqdori yuqori bo`lmaganligi sababli yer yuzasidagi va dengiz ekosistemalarining biologik mahsuldorligini boshqaradi.Quruqlik ekosistemalari, okeanlar, va suv havzalaridagi loyqa yotqiziqlar fosfor to`plangan asosy joylardir.Fosforning fazsimon shakllari deyarli bo`lmaganligi sababli atmosferada fosfor yo`q. Litosferada kristal jinslardagi fosforning ko`p qismi apatitlarda (95%) bo`ladi. Quruqlikda dastlab deyarli barcha fosfor apatetning nurashi natijasida hosil bo`lgan. Ikkilamchi sajiydagi cho`kindi yotqiziqlar (fosforitlar) jahonda qazib olinadigan fosforning 80 % iga yaqinini beradi. Tabiiy ekosistemalarda o`simliklardagi bog`langan fosfor organik moddalarning parchalanishi sababli o`simliklardan qaytadigan fosfor bilan teng holatda bo`ladi. Erigan ko`rinishdagi fosfor kislorod bilan (P2O5, P3O4 va boshqa birikmalarda) doimo dinamik muvozanatda bo`ladi. Tuproqlarda va o`simliklarda uglerod va fosfor konsentratsiyasining o`rtacha nisbati: C:P = 750:1 bo`ladi. Fosforning biogeokimyosi boshqa biogen elementlar (uglerod, kislorod, azot va oltingugurt)ning biogeokimyosidan juda farq qiladi. Chunki boshqa biogenlardan farq qiladigan fosfor, yuqorida ta’kidlab o`tilganidek, gazcimon ko`rinishda deyarli uchramaydi va shu tufayli og`irlik kuchi ta’siri ostida qiyalik bo`yicha pastga bir tomonlama oqim hosil qiladi. Bu oqim asosan yupqa tarqoq (dispers) loyqa yotqiziqlar ko`rinishida bo`lib, fosfor birikmalari ularning yuzasiga singigan. Shunday qilib, fosfor daryolar orqali sekin suv almashuviga ega bo`lgan sistemalar (ko`llar, suv omborlari, dengizlar va boshqa havzalar)ga keltiriladi va ularda loyqa yotqiziq ko`rinishida to`planadi. Bu suv habzalarodan quruqlikka tomon oqimning yo`qligi tufayli qurulik ekosistemalarining, shu jumladan agroekosistemalarning biologik unumdorligi pasayib boraveradi. Hozirgi paytda tuproq eroziyasining kuchayishiga, fosfor o`g`itining yuvilishiga va tozalanmagan oqava suvlarning tashlanishiga sabab bo`ladigan antropogen faoliyat natijasida jahon miqyosida fosfor oqimining intensivligi ko`paygan va suv havzalari evtrofikatsiya jarayonlarining kuchayishiga olib kelmoqda. Hidrosferaga tushadigan fosforning miqdori jahon bo`yicha yiliga 20 mln. t ga yaqin.
|
| |