|
Kirish. Avtomobilning ishonchliligi va uzoq muddatgacha ishlashga yaroqliligiga oid asosiy atamalar va tushunchalar
|
bet | 13/164 | Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 6,09 Mb. | | #109742 |
Bog'liq yurish qismiga txk O\'MT (2)Moylash tarmog’idvigatel ishlayotganda uning ishqalanuvchi yuzalariga kerakli miqdorda moyyetkazib beradi, natijada ishqalanuvchi sirtlar qisman soviydi, ishqalanishi vayeyilishi kamayada hamda detallarningyeyilishiga sababchi moyga yopishganyeyilgan zarrachalar moy bilan birga karter tubiga tushadi va bu moy keyin qayta tozalanadi.
Dvigatelning detallarini moylash uchun, asosan, neftdan olinadigan moylar ishlatiladi. Ishlatiladigan moyning turi dvigatelning turi va uning ishlash sharoitiga bog’liq. Moy dvigatel detallariga sachratilib, bosim ostida yoki aralashusulda yuborilishi mumkin. SHunga ko’ra sachratib, bosim ostida majburiy, aralash usulda moylash tarmoqlari qo’llaniladi.
Sachratib moylashtarmog’i dvigatelning ishqalanuvchi detallarigayetarli miqdorda moyniyetkazib bera olmaydi.
Bosim ostida majburiy moylash turi esa tarmoqni murakkablashtirib yuboradi. SHuning uchun zamonaviy avtomobil dvigatellarida asosan aralashgan moylash tarmog’i qo’llaniladi. Bu turdagi moylash tarmog’ida zo’riqib ishlaydigan detal’ yuzalariga moy bosim ostida majburiy, qolganlariga esa sachratib va oqizish usuli bilan yuboriladi.
Aralashgan moylash tarmog’i quyidagi mexanizm, asbob va tuzilmalarni o’z ichiga oladi: moy saqlagich, moy qabul qilgich, zo’riqib ishlaydigan ishqalanuvchi detal oralig’iga moy yuboruvchi nasos, moyni tozalovchi filtrlar, moy sovituvchi radiator, moy yo’llari va naychalari, moyning sathi, bosimi va haroratini ko’rsatuvchi asbob-uskunalar.
Aralashgan moylash tarmog’i quyidagi mexanizm, asbob va tuzilmalarni o’z ichiga oladi: moy saqlagich, moy qabul qilgich, zo’riqib ishlaydigan ishqalanuvchi detal oralig’iga moy yuboruvchi nasos, moyni tozalovchi filtrlar, moy sovituvchi radiator, moy yo’llari va naychalari, moyning sathi, bosimi va haroratini ko’rsatuvchi asbob-uskunalar.
68 - rasmda shu turdagi moylash tarmog’ining soddalashtirilgan chizmasi keltirilgan. Moy quyish naychasi 16 orqali moy karter tubi 21 ga tushadi. Karter tubidagi moy sathi sath o’lchagich dastagi 19 bilan o’lchanadi. Karter tubiga, ishlatilgan moyni chiqarib tashlash uchun tiqin 22 kirgiziladi. Odatda karter tubining eng pastki qismiga moy nasosi 6 ning moy qabul qilgichi 23 joylashadi. Moy nasos yordamida dag’al filtir 3 dan o’tib, asosiy moy kanali 8 ga boradi. Dvigatel sovuqligida yoki uning tirsakli vali juda katta aylanishlarda ishlaganda, tarmoqdagi moy bosimi juda ko’tarilib, moylash tarmog’i naychalarini yorib yuborishi mumkin. Buning oldini olish va tarmoqqa moy belgilangan bosim ostida borib turishi uchun nasosning pastki qismiga qaytarish (reduktsion) klapan 4 o’rnatilgan, u tarmoqqa oshiqcha o’tayotgan moyning bir qismini karter tubiga qaytarib, moy bosimini bir me’yorda ushlab turadi. Dag’al filtr 3 ning ifloslanishi natijasida uning moy o’tishiga bo’lgan qarshiligi oshib ketadi yoki moyni butunlay asosiy moy kanallariga o’tkazmay qo’yadi. Bu paytda moy o’tkazish klapani 5 orqali asosiy moy yo’liga o’tadi. Ba’zi xollarda mayin filtrga saqlagich klapani o’rnatilishi mumkin. Moy asosiy moy yo’li orqali blokdagi moy teshiklaridan chiqib, tirsakli valning o’zak bo’yinlari 20 va taqsimlash valining podshipniklariga o’tadi. Blokdagi tik joylashgan tuynik yoki moy naychasi 9 orqali moy koromislo o’qi 11 ga yuboriladi. Koromislodagi moy yo’li 10 orqali, moy klapan o’zagining tub iva shtangaga oqib tushadi. Shatun podshipnigiga moy o’zak bo’ynidan tutashtiruvchi moy yo’li 18 orqali bosim ostida o’tadi. Ba’zi dvigatellarda porshen barmog’i 14 ga moy shatun o’zagidagi moy yo’li 15 orqali bosim ostida yuboriladi. Tirsakli val aylanganda markazdan qochma kuch ta’sirida karter tubidagi moy sachrab, karter devorlariga urilib, mayda zarrachalarga bo’linadi va moy tumani qiladi. Moy tumani silindr devorlariga o’tirib, porshen, porshen xalqalari va barmog’i, taqsimlash valining harakat uzatuvchi ayrim qismlarini va boshqa detallarini moylaydi. Taqsimlash shesternyalari va gaz taqsimlash mexanizmining ba’zi yo’naltiruvchi detallari oqizish yo’li bilan moylanadi. Moylash tarmog’idagi moyning bosimi va haroratini manometr 7 va distantsion termometr 25 ko’rsatadi. Tarmoqdagi qizigan moy radiator 29 da sovitiladi, unga moy asosiy 6 yoki maxsus nasos orqali yuborilishi mumkin. Radiatorga moyning borishini to’xtatish uchun jo’mrak 28 va saqlagich klapan 27 o’rnatilgan. Tarmoqdagi moyning bosimi 100 kPa (1,0kgk|sm2) dan pasayganda saqlagich klapan berkilib, radiatorga moy o’tishi to’xtaydi.
Moy moylash tarmog’iga shesternyali nasos bilan yuboriladi. Shesternyali nasoslar bir yoki ikki xonali bo’lib,yengil, oddiy va ixcham tuzilgan hamda puxta ishlaydi.
Ilova-№7
Uyga vazifa.
O’tilganlarni takrorlab mavzuga doir qo’shimcha ma’lumotlarni o’zlashtirib yozib kelish.
|
| |